Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд давлат чет тиллар институти


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/43
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1831891
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43
Bog'liq
ТУПЛАМ 6

ADABIYOTLAR 
1. Solovova E. N. Chet tillarni o'qitish metodikasi. Ma'ruzalarning 
asosiy kursi. M .: Ta'lim, 2008.
2. Schukin A. N. Chet tillarni o'qitish usullari: Kurs ma'ruzalari. M., 
2002. Osnovnye termini (generatorutya avtomaticheski): ESP. 
3. Poxojie stati ESP (Ingliz tili aniq maqsad uchun - angliyskiy dlya 
spetsificheskoy 
4. Berdibekova, D. A. Tilsiz universitetlarda chet tili ta'limi 
muammolari va ularning echimlari /
5. Berdibekova D. A.. - Tekst: neposredstvennyy // Molodoy uchenyy. 
– 2019 
PERSONAJLAR NUTQI TASVIRI VA TARJIMA 
Arabov D. (SamDCHTI magistranti) 


111 
Ayrim shaxslar hayotda o’zlarining so’zlashish uslublari bilan ajralib 
turganlaridek, badiiy asar personajlarining ko’pchiligi so’zlarni sekin, 
chertib- chertib, salmoq bilan talaffuz etsalar, ayrimlari duduqlanib,
soqovlanib so’zlashadilar, boshqalari adabiy til me’yorini buzib,
fikrlarini o’z lahjalarida bayon etadilar. 
Tarjimada personajlar nutqi tasviri o’z aksini topmas ekan, badiiy ijod 
sohibining bu boradagi xizmatlari ko’rinmay qoladi. Adabiy asar muallifidan 
personajlari nutqi tasvirini yaratish talab qilinadi. Hatto buyuk Shekspirni 
ham personajlari nutqi tasviriga kam e’tibor berganligi uchun ayblashadi. 
Binobarin, bu masala har qanday badiiy asarning ajralmas bo’lagi 
bo’lishi kerak. Bas shunday ekan, tarjimon nutqiy tasviri alohida ajratib 
ko’rsatilgan asar personajlarining hammasi bir “qolipda” so’zlatish yo’li 
bilan kitobni asliyatning o’ziga xos nafosatini to’la xis etish imkoniyatidan 
mahrum etmasligi darkor. M.E.Salitikov-Shchedrin o’zining “Janob 
Galovyovlar” nomli asarida bosh qahramon Iudushka nutqi tasvirini o’ziga 
xos tarzda yaratgan. 
Muallif tomonidan ataylab “Iudushka” deb nomlangan qahramon 
obrazi, Injilda zikr etilgan “Iuda” obrazi timsoli o’laroq, qabihlikni 
shirinzabonlik bilan niqoblashga intilish xususiyati bilan ajralib turadi. 
Iudushka, mazmunan uni salbiy tavsiflaydigan nutqida so’zlarga ijobiy 
ma’no belgisi baxsh etuvchi kichraytirish, erkalatish suffikslari qo’shish yo’li 
bilan o’z qabihligini, makkorligini niqoblamoqchi bo’ladi. Iudushka nutqi 
asarning boshidan oxirigacha shu tarzda tasvirlangan bo’lib, bu 
xususiyatning o’zbekcha tarjimada tiklanmay qolganligi muallif yaratgan 
o’ziga xos obrazning kitobxonga to’la yetib borishiga to’sqinlik qilgan. 
Badiiy asar personajlarining asliyatda maxsus tasvirlangan bunday 
diniy xususiyatli nutqini tarjimada qayta yaratish masalasini o’zbek 
tarjimonlari ko’p hollarda ijobiy hal etmoqdalar: 
Что ты принесу или что ты воздам, великодаровитый 
бессмертний царю… И соблюдали нас от всякого мечтания… Господи, 
покрый мя от человек некоторых… Даждь ми слезы и память 
смертную… 
Karami keng malikul abad tangrim, dargohingga nimani olib boramen, 
nima 
deb 
shukrona 
izhor 
qilamen…Bizni 
jamiki 
hayollardan 
asraygaysen…Iloho, yomonlar yuzini teskari qilgaysen, o’limni yodimga 
tushirgaysen. 


112 
Da’vomizning ma’nosi shundan iboratki, Qur’on oyatlari
qulog’imizga xush yoqsa, mazkur diniy lavha nasroniylar uchun ham 
shunchalik rohatbaxshdir. 
Musulmonlar Alloh kalomiga to’la e’tiqod qilganlari holda, har doim 
ham o’qilgan qur’on oyatlarining ma’nosini tarjimon sahifa tagiga berish 
o’rniga, uning iltijo ohangini bazi diniy unsurlar yordamida matn ichida 
talqin etsa kifoya qilardi. Vaholanki tarjimonning vazifasi asliyatga mos 
diniy jarangdorlikni yuzaga keltirishdan iborat edi. 
Personajlar nutqi tasvirining tarjimada qayta yaratilishi ko’p hollarda 
asliyatda o’z aksini topgan lahjaviy unsurlarni tarjimada aks ettirish zarurligi 
haqidagi fikr aslo ularni o’zbek tiliga xos biror lahja unsurlari bilan 
almashtirib qo’yish lozimligini bildirmaydi. Asliyatda foydalanilgan lahjaviy 
unsurlari bilan almashtirib qo’yish asarga o’zgacha tarjima tiliga xos milliy-
lisoniy xususiyat baxsh etadi. 
Lahjalar adabiy til meyoridan chetga chiqish hisoblanganligi tufayli 
ularni o’zga tilga personajlar nutqiy muhitini, kasb-korini, bilim va madaniy 
saviyasini hisobga olib, shu darajadagi shaxslar yo’l qo’yishi mumkin 
bo’lgan ayrim g’aliz, noadabiy, ammo tarjima tiliga xos biror lahjaviy 
alomatlardan holi so’z va so’z birikmalari orqali beraverish mumkin. Shu 
tariqa asliyatda aks etgan lahja alomatlarining o’rni qoplanadi. 
Bu jihatdan M.Shalaxovning “Tinch Don ” romani personaji Pantaley 
Prokofevich nutqida “или” o’rnida qo’llanilgan “али” lahjaviy so’zi 
vazifasining tarjimada og’zaki nutq tarkibida goho “birga” so’zi o’rnida 
qo’llaniladigan “billa” noadabiy so’zi yordamida talqin etilishi vazifaviy 
monandlikni yuzaga keltirgan: 
Ночью Панталей Прокофьевич, толкая в бок Ильиничну, шептал: 
Глянь потихопьку: вмести легли али нет? 
Kechasi Pantaley Prokofevich Ilinichnaning biqiniga turtib shivirladi: 
Sekin borib qaraginchi, billa yotishibdimi, yo’qmi? [6, 473] 
Personajlar nutqi xususiyatini belgilovchi lahjaviy unsurlar vazifalarini 
adekvat talqin eta bilmaslik o’zbekcha tarjimalarning ko’pchiligiga xos 
bo’lib, bu tarjimaviy matnlarning uslubiy to’laqonli jaranglashiga to’sqinlik 
qilmoqda. 
Masalan, “Ochilgan qo’riq” (M.Shalaxov) personaji Shchukar bobo 
nutqi uning kayfiyati, dunyoqarashi va tabiatidagi o’ziga xos jihatlarni 
gavdalantirishi bilan birga kollektivlashtirish davridagi savodsiz Don 
kazaklari nutqining ochiq- oydin tasvirini beradi. 


113 
Tarjimaning asliymonand xususiyat kasb etishi diniy ruhdagi nutqning 
ona tilida ijodiy talqin etilishiga ham bog’liqdir. Xudoga iltijo qilish, qiyin 
ahvolga tushib qolgan paytlarda undan najot so’rab yalinib yolvorish barcha 
xalqlar vakillariga xos bo’lib, ayni hol til sohiblaridan o’ziga xos shakl va 
mazmunga ega so’z va iboralardan o’rinli foydalanishni taqozo etadi. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling