b)
Hotami
Toyi
nomi
bilan
bogʻliq
oʻxshatishlar.
Ogahiy
hukmdorlarning saxovatpeshalik, karamsevarlik xislatlari bayonida Hotami Toyi
nomini keltirib, uning ismiga monand xislatiga ishora qilgan.
“…xazinai karamidin ul mushobihda ganjrezlik koʻrguzdikim, Hotami
Toyi ehsonining fasonasi naqdi qalbdek bee’tibor boʻldi va ma’nizoida
bazlining zikri daftari abtar yongligʻ toqi nisyonda qoʻyuldi”.
1
Matndagi
Hotami
Toyi
nomi
bu
oʻrinda
bejiz
keltirilma-
gan,albatta.Xoqonning jangda qahramonlik koʻrsatgan mard va jasur yigitlarga
ehson ulashish holati yuqorida nomlari keltirilgan ulugʻ insonlarning tabiatiga
xos boʻlgan saxovatpeshalik xislati bilan qiyos qilingan. “Firdavs ul-iqbol”
asarida Hotam nomi bilan bogʻliq oʻxshatishlarni 19 oʻrinda kuzatish mumkin.
Ogahiyning boshqa tarixiy asarlarida ham bunday talmihlar koʻplab kuzatiladi:
“Va ahvolpursliq va dodarslik va zarbaxshliq marosimin Anushervon
va Hotam Toyi yangligʻtaqdimga yetkurub,ul havolidagʻi jame’i ulugʻ-u
kichik fuqaroni xushhol qilib, duoyi xayrlarin olgʻondin soʻng davlat
samandarigʻa rokib boʻlib… ”
2
d) diniy-tarixiy siymolar nomi bilan bogʻliq oʻxshatishlar “Muhammad
Niyozbek oning izidin barqi xotifdek yetib, ikki shonasi aroligʻidin
oraligʻidin andogʻ nayza urdikim, siynasidin bosh chiqardi va sakoroti mavt
bexudligʻI bila otdin mazallat tufroqigʻa sarnigun yiqildi ”;
3
“Osafi zamon, sohibdevon vaziri a’zam va mukarram Nizomalmulk
vaddin Yusuf mehtarni mamlakat harostigʻa tayin qilib… ”.
4
Xullas o‘rnida, Munis va Ogahiy badiiy tasviriy vosita turlaridan
hisoblangan oʻxshatish san’atini qoʻllashda oʻziga xos badiiylik kashf
etishgan.Kuzatishlardan koʻrinadiki, garchi bu ikkala muarrix koʻproq mumtoz
oʻxshatishlarga murojaat qilishsa-da, bu san’atning xalq tiliga yaqin boʻlgan
turidan ham samarali foydalanishgan. Bu holat muarrixlarning xalq orasida
mavjud oʻxshatishlarni chuqur oʻzlashtirishganidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |