Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон республикаси гендер тенглиги комиссияси


ONA ALLASI JAMIYAT INTELEKTUAL SALOHIYATINI OSHIRISHDA MUHIM OMIL


Download 3.58 Mb.
bet12/78
Sana02.06.2024
Hajmi3.58 Mb.
#1840139
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78
Bog'liq
{28.09.2022. Халқаро

ONA ALLASI JAMIYAT INTELEKTUAL SALOHIYATINI OSHIRISHDA MUHIM OMIL


Ahrorjon Usmonov o’qituvchi. FarDU

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin o’zbek xalqi milliy qadriyatlari, milliy madaniyati o’zining betakror san’ati, mumtoz maqom ashulalari, xalq og’zaki ijodi, vaholangki barcha san’at janrlari qaytadan jonlanib, tiklanib, jahonga yuz tutdi. Davlatimiz san’at va adbiyot, teatr san’atimizning rivojlanishi uchun alohida e’tibor berib, barcha shart sharoitlarni yaratib berdi. O’zbekistonda yosh avlodni yetuk, bilimli, salohiyatli, barkamol qilib voyaga yetkazish, vatanimiz kelajagi vorislari uchun barcha g’amxo’rliklar qilinmoqda.


Mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan islohotlar jarayonida ayollarga bo’lgan e’tibor va hurmat o’zining yuqori cho’qqisiga ko’tarilgan desak mubolag’a bo’lmaydi.
Ayol – dunyoni yovuzliklardan saqlovchi mayoqdir. Ayollar ertangi kun, jamiyat ravnaqi hamda istiqboli uchun jonkuyar onadir. Ular zamonlar osha avloddan avlodga o’tib davom etib kelayotgan qadimiy va o’lmas an’ana va qadryatlarimiz, urf-odat va marosimlarimizning jonli davomchilaridir.
Asrlar davomida sayqallanib bizgacha yetib kelgan nomoddiy madaniy merosni asrab avaylash hamda kelgusi avlodlarga yetkazishda ayollarni, onalarimizni ro’li beqiyosdir. Nomoddiy madaniy meros gender rollari va gender o‘zligini shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Shunday ekan, u gender tengligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Aynan nomoddiy madaniy meros orqali hamjamiyatlar genderga oid o‘zlarining qadriyatlarini, normalarini va qarashlarini berib boradi. U tufayli hamjamiyat a’zolarida gender o‘zligi shakllanadi[1. – B.58].
Ayollarimizni nomoddiy madaniy merosni asrab avlaylashini bolalar folklor qo’shiqlarini saqlab qolish va rivojlantirishda ham ko’ramiz.
Bir muqaddas qoʻshiq borki, u butun dunyo onalari dilidan tiliga koʻchgan. Sevimli yozuvchimiz Oʻtkir Hoshimov yozganidek, dunyoning istalgan burchagida jaranglaydigan, tarjima qilinmasa ham tushuniladigan qoʻshiqdir alla! U qaysi tilda aytilmasin, chaqaloq vujudiga ilohiy bir ozuqa kabi ona suti bilan qoʻshilib singadi.
Alla — beshik qo‘shig‘i, u xalq og‘zaki ijodi namunalarida ham keng kuylangan. Bolani yo‘rgaklash, beshikka solish, uxlatish, uyg‘ongan bolani yo‘rgakdan yechib olish singari mashg‘ulotlar kuylar, chiroyli ohangdor so‘zlar bilan bezalgan bo‘ladi. Bunday dilni erkalovchi qo‘shiqlar bolaga ham xush yoqqan – ana shu she’riy to‘qimalar turli voqealarga, ayrim marosimlarga bog‘lab aytilgan bu qo‘shiqni alla qo‘shiqlari deyishgan. Alla aytishni o‘rgatuvchi, badihago‘y ayollar bo‘lgan. Bunday ayollarga enagalar ham kiradi. Alla bola tug‘ilgandan to beshikdan chiqquncha aytilgan.
Allalar ham har bir joylarda o’ziga xos uslubda ijro etiladi. Allalar har bir onaning o’z so’zi, o’z ohangida alohida aks etadi. Qadim-qadim zamonlardagi xasrat dard, alam, alamli allalar o’rnini hozirgi kunda tinch farovon obod, go’zal turmushimizni aks ettiruvchi so’zlar bilan kuylanishi yoki ijro etilishini alohida ta’kidlab o’tishimiz mumkin.
Alla, birinchi qo’shiq, barcha onalar qo’shig’i, bu qo’shiqda farzandiga yaxshilik, ezgulik, mehr-muxabbat, yurtiga, ona vatanga sadoqat tuyg’ularini singdiradi. Allalar dastlab har bir ayolning o’z ohangi o’z dardi, o’z yurak nolasi bilan musiqa jo’rligisiz aytilgan bo’lsa keyinchalik, bir necha vaqtlardan so’ng, bizlarni davrimizga kelib ayrim ustoz san’atkorlar, bastakorlar tomonidan allalarga xos musiqalar bastalay boshladilar. Shoirlarimiz alla yo’nalishiga tushadigan vaznda she’rlar yozdilar. Shunday qilib Xalq og’zaki ijodining yangi yo’nalishi musiqa jo’rligida kuylanadigan zamonaviy allalar yaratildi.
O’zbek ustoz san’atkorlari (asosan ayollar va qizlar) ko’plab musiqa jo’rligidagi “alla” turkumidagi qo’shiqlarni ijro etib, O’zbekiston Teleradio kompaniyasi oltin fondiga milliy musiqa merosimizning boyligi sifatida yozib qoldirdilar. Ustoz san’atkorlar: Shirin Azizova, Xabiba Oxunova, Mexri Abdullayeva, Raxima Mazoxidova, Farog’at Raxmatovalar shular jumlasidandir.
Hozirgi kunda biz bilan yelkama yelka turib o’z san’at maktablarini, ijro uslublarini, bilimlarini yosh avlodlarga o’rgatib kelayotgan O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o’qituvchilari O’zbekistonda xizmat kursatgan artist ustoz san’atkor Shafoat Rahmatullayeva, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Xursanoy Umarova, Qirg’izistonda xizmat ko’rsatgan artist Yorqinoy Xotamovalar ham “alla” turkumidagi bir necha qo’shiqlarni maromiga yetkaza oladilar.
Alla aytay jonim bolam,
Quloq solgil, alla.
Shirin allam tinglab asta,
Uxlab qolgin alla.
Yuzlaringa tomgan suvga,
Hayron bo’lma, alla-yo,
Baxtimga sen katta bulgin,
Xazon bo’lma alla.
Alla Yulduzim desamda oz,
Kunduzim desamda oz.
Dunyoda nimaiki bor,
Bo’lsa undan o’zing so’z
Orom ol qo’zim,alla – yo,
Uxla yulduzim, alla.
Abu Ali ibn Sino o‘zining mashhur «Tib qonunlari» kitobida bola tarbiyasida allaning ahamiyati to‘g‘risida shunday yozadi: «Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun, unga ikki narsani qo‘llamoq kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi uni uxlatish uchun odat bo‘lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badan tarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo‘lgan iste’dodi hosil bo‘ladi»[2. – B. 34].
Qo‘li arslon bilakligim, alla,
Botir, qoplon yurakligim, alla.
Yaxshi-yomon kunimda, alla.
Menga juda kerakligim, alla.
O‘zbek onalari tilidan aytilgan allalarda uning orzusi, to‘kis odam haqidagi ideali aks etgan deyish mumkin. O‘zbek allasida ona qalbining harorati, tilaklarining samimiyati va bolasiga chin insoniy sifatlar yor bo‘lishini istashidagi haqqoniyat mavjud. Alla matnini chaqaloq (bola) tushunmasligi mumkin, lekin alla mohiyatiga singdirilgan ona muhabbatini, undagi shukronalik tuyg‘usini ko‘ngli bilan his qiladi. Allada onaning mehr-muhabbati bilan birga uning quvonchi, g‘ururi, ayni chog‘da dardi, alami, o‘kinchi, orzu-armonlari ham o‘z ifodasini topishi mumkin. Ma’lumki, har qanday ona oilasini farzandi uchun asraydi-ardoqlaydi. Ona qalbidagi shukronalik hissi bilan unga berilgan eng oliy ne’mat – farzandi uchun Xudodan jamiki yaxshi sifatlarni so‘raydi va buni allasida mujassamlashtiradi.
Beshik qo‘shiqlari onalarning orzu va armonlari bilan birgalikda turli tarixiy voqealar, ijtimoiy hayotga munosabat ham bayon etiladi. Onalar hech kimga aytolmagan yurak dardlarini chaqalog‘iga, bolasiga alla orqali aytgan va bundan ma’lum darajada yengil tortgan. Alla o‘z davrining lirik kayfiyatdagi ruhiy ko‘zgudir. Onaning yoqimli ohanglari ichida davr muhiti, kishilar tirikchiligi, ijtimoiy-maishiy hayot, kishilar o‘rtasidagi munosabatlar, qarama-qarshiliklar oddiy so‘zlarning go‘zal va badiiy, ruhiy qudrati o‘z ifodasini topgan.
Guli savsarni ko‘ring, alla,
Suvga qarab qayriladir, alla.
Bevafo yorni ko‘ring, alla.
O‘lmay turib ayriladir, alla…
Alla – umuminsoniy qo‘shiqdir. Alla aytish malakasi onalar tomonidan qizlarga tabiiy ravishda o’tadigan meros bo’lib Uni aytish maxsus o’rgatilmaydi.3
Alla turli tillarda, turli yo’llarda aytilishi mumkin, lekin uning zamirida onaning farzandiga cheksiz mehri, ertangi kuni va yangi umidlari yotadi.
O‘zbek xalqining o‘tmishi uzoq tarixga borib taqaladi. Bu davr ichida xalqning ham moddiy, ham ma'naviy madaniyati jahon sivilizatsiyasining o‘lmas namunalariga aylandi. Xususan, o‘zbek xalqining nomoddiy madaniy merosi asrlar osha ajdodlar tomonidan sayqallanib, xalqning bebaho mulki bo‘lish bilan bir qatorda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sub'ektisifatida baholandi. Zero, nomoddiy madani meros insonni tarbiyalaydi, ulug’laydi. Tabiat va xayot go’zalligini ochib beradi. Unga mehr – muhabbat munosabatini oshiradi. Shu bilan birga nomoddiy madaniy meros muhim aqliy vazifani ham bajaradi. «Biz har qanday qobiliyatda yozilgan asarni», - deb yozadi Gyote – Ona xayotimizdagi faktlarni o’rganishga ko’maklashganligi uchun qadrlaymiz va e`zozlaymiz.”
Eʼtiborli jihati shundaki, alla bilan bola nafaqat jisman va qalban orom oladi, balki uning ongi rivojlanib ham boradi. Alla necha ming yillik qadriyatimiz sifatida milliyligimizning oʻzagi, koʻrki, bebaho namunasi boʻlib qolaveradi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida urf-odatlar, marosimlar va anʼanalarni oʻrganish, yoshlarning alla ijrochiligi sanʼatiga boʻlgan qiziqishini kuchaytirish hamda yangi iqtidorli havaskor ijrochilarni kashf etish, ularning sanʼatini keng targʻib qilish maqsadida Madaniyat hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirliklari hamkorligida “Alla aytgan yetar murodga” koʻrik-tanlovi oʻtkazilganligini ham aytib o’tishimiz zarur.

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling