Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети
- ma'ruza va amaliy mashg`ulot mavzulari
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima nazariyasi va amaliyoti 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xiang zongli qingshi
4 - ma'ruza va amaliy mashg`ulot mavzulari
Lug`atdan to`g`ri foydalanish. Shanxayda chop etilgan Xitoycha-ruscha; Ashanin (4 tom) Xitoycha – Ruscha; Si Xay (3 tom) - Entsiklopеdik lug`at Xitoy tilida; Si Yuan lug`atlari. Reja: 1. Eramizdan avvalgi III asrdan eramizning XX asrigacha xitoy tili lug‟atlarida ierogliflar guruhi tizimining transformatsiyasi. 2. Xitoy tili lug‟atlarining tarjima jarayonidagi ahamiyati. 3. Xitoy tili lug‟atlarida ierogliflarni qidirishning asosiy tizimi. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati.
Xitoy tili hozirgi mavjud tillar orasida eng qadimgilaridan biri hisoblanadi. Shuningdek u o‟ziga hos yozuvga – ieroglifik yozuvga ega. Bu yozuv eramizdan avvalgi bir yarim ming yil oldin yaratilgan bo‟lib, hozirgi paytda ham keng qo‟llanilmoqda. Hamon ko‟pchilik uchun birinchi qarashda bunday murakkab va tushunarsiz tilni o‟rganish va tushunish jumboq bo‟lib qolmoqda. Aynan: minglab ierogliflar manosini eslab qolish, ularning yozilishi va eng muhimi so‟z manosi uchun muhim bo‟lgan ieroglifning qanday va qaysi tonda talaffuz qilinishi. Yana shuni esda tutish kerakki, xitoyliklarning so‟zlashuvi boshqa tillarga nisbatan bir necha barobar tezroq. Bu esa muloqotda ko‟plab qiyichiliklarni keltirib chiqaradi. Ko‟pchilikning fikricha, xitoy tilini o‟rganish inson ongi imkoniyatlaridan yuqori turadi. Agar shunday bo‟lsa dunyodagi eng katta millat shu tilde gaplashishini qanday izohlash mumkin? Javob bitta: xitoy tilini o‟rganish mumkin va bu bilan turli davlatlardagi insonlar shug‟ullanib kelmoqda. Bunday murakkab ishda nafaqat mavjud grammmatik , fonetik , kollegrafik darsliklar va qo‟llanmalar, balki lugátlar ham yordam bermoqda. Aytish kerakki, lugátlar barchaga kerak, boshlangích lingvistlardan tarjimonlargacha ular xitoy tili bilan bog‟liq barcha ishlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Bu shu bilan izohlanadiki, lugátlar nafaqat qidirish funksiyasini bajaradi, balki lugát tarkibining boyishiga, tog‟ri orfografik va talaffuzni ko‟rsatishga hizmat qiladi. Ular shuningdek, o‟quv qo‟llanma sifatida qo‟llanilib, o‟zida grammatik malumotlarni jamlashi mumkin. Hozirgi kunda ko‟plab xitoycha- ruscha va ruscha xitoycha lugátlar mavjud. Ularning ajralib turadigan qismi bitta formada kuzatiladi va foydalanuvchiga malumotni yetkazib berishga hizmat qiladi. 1.Eramizdan avvalgi III asrdan eramizning XX asrigacha xitoy tili lug‟atlarida ierogliflar guruhi tizimining rivoji. Xitoy tilida qadimiy ierogliflar manosini anglatuvchi birinchi lugát 尔雅 hisoblanadi. Lug‟at keng qo‟llaniladigan va qadimiy yodgorlik xatlarini o‟z ichiga o‟z ichiga oladi. Sin sulolasi davrida bu lug‟at yoq qilib yuborilgan. Xan sulolasi
davrida asta sekin qayta tiklanga va xitoy filologiyasining rivojiga o‟z hissasini qo‟shgan. 尔雅 lug‟atida tizimli ierogliflarning tematik prinsipi berilgan. 方言 lug‟ati Xan sulolasi davrida xitoy tilidagi dealiktik lug‟atlarning eng birinchisi hisoblanadi. Bu lug‟at eramidan avvalgi I asrda Yan Syun tomonida tuzilgan. Lug‟at to‟qqiz mingdan ortiq ierogliflarni o‟z ichiga olgan. Eramizdan avvalgi 121-yilda Sharqiy Xan sulolasi davrida Syuy Shenem tomonidan yaratilgan 说文解子 lug‟atida ierogliflar grafik klassifikatsiya qilib yozilgan. Yozuvchi hamma ierogliflarni sinflarga bo‟ladi. U birinchi navbatda so‟zlarni hosil qiluvchi semantik sinfga bo‟ladi. Ko‟pincha ierogliflarni bildiradigan umumiy semantik qismlarga ega. Masalan, 木 elementi daraxtdan yasalgan predmet yoki taxtali buyumlarning nomlari bilan ishlatiladi. III-VI asrlardan beri ierogliflarning soni to‟xtovsiz ko‟paydi, ular adabiyotga oid matnlarda va yangi davr ieroglif lug‟atlarining ko‟payishiga sabab bo‟ldi. 字林 lug‟atining tashkil topishi nomalum, taxmiman eramizdan avvalgi 265- 420 yilda yozuvchi Lyu Zhen tomonidan yozilgan. Lug‟at 说文解子 turiga mansub, u yettita bobdan va 540 ta kategoryaga bo‟lingan va quyidagi farqlarga ega bo‟lgan. U ko‟proq belgilarga ega bo‟lgan, deyarli o‟n uch mingta ieroglifdan tashkil topgan. Bazilari grafik variantlarga va umumiy belgilarga ega bo‟lgan. Lug‟at Sun va Yuan sulolasi davrida tarixiy voqealar rivojida yo‟qolgan. Anologik lug‟at 玉篇 543- yilda Lyan sulolasi davrida Guevan tomonidan tuzilgan. U birinchi navbatda o‟zida o‟n yetti mingta ieroglif belgilaridan tashkil topgan, lekin bizning davrimizgacha lug‟atga bir necha o‟zgarishlar kiritilgan. O‟sha davrning ierogliflar soni zamonaviy lug‟atda yigirma ikki ming besh yuz oltmish bitta belgidan iborat. Fonetika xitoyda Hindistondan buddizm tasirida nutq jarangi va she‟r qofiyasi, tovushi va musiqiyligiga katta etibor qaratilgan. Shuningdek, hind tilining alfavit - lug‟at yozuvida tuzilgan. V asrdan boshlab normativ rifm lug‟atlari yozila boshlangan. Unda she‟rlarning keng tarqalishida, davlat imtihonlarida keng qo‟llanilgan. Bu lug‟atning paydo bo‟lishida ton sistemasini kashf qilmay bo‟lmasdi. Birinchi lug‟at beshta tovush turidan iborat bo‟lgan: har bitta tovush beshta turdan birini bosh unli sinfdan biriga kirgan. 1. Labda 2. Til uchida 3. Til orqasida 4. Bo‟g‟izda 5. Affirikat 声类 Li Den tomonidan tuzilgan, 1520 ta belgidan tashkil topgan. O‟nta bobdan iborat bo‟lib, har birining ichida leksik materiallar rifmlarga bo‟lingan. 声类 lug‟ati asosida Lyu Sin yun zi lug‟atini tuzadi, u beshta bobdan iborat. Boshi unli besh sinfga taluqli qilib yaratilgan. Keyingi davrlarda tarix asta –sekinlik bilan eski narsalar lug‟atlari yangi fonetik va nofonetik lug‟atlarni kashf qildi . Ular sistema to‟lishiga va mukammallashiga va sinflarga bo‟linib sekin- astalik bilan mukammallashgan, Lug‟atlar boshqa talablarga javob bermagan, lug‟atlar boshqa malumotlarga javob bermagan. XIX-XX asrlar Xitoy va Rossiyada lug‟atlar keng rivojlanga davr hisoblanadi. 1888- yilda Rossiyada birinchi xitoycha- ruscha lug‟at paydo bo‟lgan. 1910- yilda yepiskop Innokentiy xitoycha- ruscha lug‟atni yozib tugatgan va bu lug‟at Innokentiy lug‟ati deb nom olgan, ushbu lug‟atda o‟n olti ming sakkiz yuz qirq besh xitoy ierogliflari mavjud va bir yuz ellik ming iboralar va dialoglardan tashkil topgan. Lug‟at xitoy tili va xitoy adabiyotini o‟rganishda keng qo‟llanilmoqda. Lug‟at ikki qismga bo‟lingan har bitta qism yigirma ikkita belgilardan tashkil topgan. Har bir guruh ierogliflari bir nechta ieroglif belgilaridan iborat. Bu lug‟at Xitoyda ilk marotaba nashr etilgan va 国语典 deb nom olgan. Ushbu lug‟at 1936-yil Li Zin va boshqa ensiklopedik lug‟atlar 辞 海 va boshqa ko‟pgina lug‟atlar shu yilda yaratilgan. Ushbu lug‟atda ierogliflar lotin alfaviti bo‟yicha joylashgan va kalitlar ham kiritilgan, juda qulay lug‟at hisoblanadi. 汉俄- bu Shanhai lug‟ati juda ko‟p qiyinchiliklar bilan 1979- yilda yaratilgan. Ierogliflar sinflar tartibi bilan joylashtirilgan. Sobiq SSSR paytida 大汉俄词典 IM.Oshanin 1983-yilda yaratilgan, ushbu lug‟atning 4 ta tomi mavjud. O‟n olti mingta ieroglif ikki yuz ellik mingtadan ortiq
so‟z va iboralar va shuningdek alfavit bo‟yicha ierogliflar joylashtirilgan va kalitlar ham kiritilgan. Lug‟atning tuzilish tarkibida o‟rtacha ierogliflarning mos kelishi leksik va frazeologik birliklar 白话 va 文言 milliy xitoy tiliga mos kelishi nazarda tutilgan. Har bir tarjimon tarjima jarayonida bevosita lug‟atlarga murojat qiladi. Lugátlar tarjima jarayonida muhim vosita hisoblanadi. 2.Ma‟lumki, xitoy yozuvi ieroglif xisoblandi va uning alifbodan grafik farqi “ieroglif yozuvi alifbo belgilaridan bir muncha qiyin va ular bir necha mingni tashkil etadi”. Tarjima vaqtida ieroglifli matnlar bir qancha qiyinchiliklarni keltirish mumkun. Ayniqsa uning 1-etapi tarjima qilinayotgan matnni analiz qilish. Gazetadagi matnni tarjima qilish uchun tarjimon judda katta so‟z boyligiga ega bo‟lishi kerak. Nashrda o‟rtacha to‟rt yarim mingdan ortiq ieroglif ishlatilinadi. Ayrim ierogliflarni adashtirib yubormaslik uchun tarjimon juda diqqatlik bo‟lishi kerak, chunki ayrim hollarda ular orasidagi farq katta etiborga muhtoj bo‟lmasligi mumkun. Masalan, mashhur xitoylik demograf olim Sun Ye Fang 孙冶方 o‟rtadagi 冶 (Ye) 治 (Zhi) ieroglifidan faqat bitta imlo bilan farq qiladi. Juda ko‟p yangi tarjimonlar ularni adashtirib ism-sharifni Sun Zhi Fang deb atashadi. Juda o‟xshash ierogliflar 乌 (wu) va 鸟 (niao) 乌古兰(wu gu lan) Ukrainaning o‟qilishida juda ko‟plar bu ierogliflarni adashtirib yuborishadi va niao gu lan deb o‟qishadi. Aynan mana shu hatolik xitoy dorilari kompaniyasining Rossiyadagi vakilligida bo‟lib o‟tgan yig‟ilishda avtor dorining istemol qilish yo‟riqnomasini o‟qiyotganida uchragan. 乌药 (wu yao) “qush dorisi” deb tarjima qilingan, umuman esa bu o‟simlik nomi bo‟lgan. Ism-shariflarni, joy nomlarini ierogliflik matndan tarjima qilishda ko‟p muamolar yuzaga keladi. Shaxs nomidagi bir ieroglifning bir qancha transkripsiyalari bo‟ladi, yagona yozuvga kelishdan oldin ism bir qancha metamorfozalarni engib o‟tishi mumkun. Masalan, sharif “Stalin” oldin shunday yozularga ega bo‟lgan 斯太林 (si tai lin), 史达林(shi da lin), 史丹林(shi dan lin), 史太林 (shi tai lin), va oxir oqibat 斯大林(si da lin), yozuviga kelib to‟xtadi. Xujjatlar bilan ishlashda, nashr ishlarida, transkripsiyalarda xatolilar bo‟lmasligi uchun tarjimon juda etiborli bo‟lishi kerak. Shaxslarning ismini tarjima qilsihda uchraydigan xatoliklardan biri g‟arb mamlakatlarida ism-sharif yozilganida oldin ism keyin sharif keladi xitoyliklarda
esa teskarisi oldin sharif keyin ism keladi, aynan shu narsa tarjima vaqtida bir qancha mushkulliklarni olib keladi. G‟arb urf-odatlariga suyangan holda AQSH da yashovchi xitoylik mashhur filologning ismini ingliz tilida Yuen Ren Zhao xitoy tilida esa 赵 元 任 ( Zhao yuan ren ) bir necha xitoy tilini bilmaydigan rus lingvistlari rus transkripsiyasida g‟arbliklardek Yuan Ren Zhao deb saqlab olishgan. Xitoyda esa yevropaliklarning ism-shariflari qanday bo‟lsa shundayligicha yoziladi. Walt Disney 华尔特狄斯尼 (Hua er te Di si ni). Ayrim ismlar ieroglifda yozilganda o‟qilishi o‟zgaradi va u qanday ism-sharif ekanligini aniqlash qiyin bo‟ladi. Masalan, “Chapayev” xitoy tilida 复伯阳(Xia bo yang) yoziladi. Bunday talafuzda uning Chapayev ekanligini bilish juda qiyin chunki xitoy tilidagi transkripsiyasi rus tilidagi talafuzidan tubdan farq qiladi. Taxmin qilishlaricha bunday yozuv tarjimon sharifni ingliz tilidagi ev ni en bilan yanglishtirib unga 阳 (yang) ieroglifini bergan deyishadi. Ierogliflik yozuv ism va so‟zni farqini berkitadi, shuning uchun tarjima qilinayotgan matnning analizida mavjud bo‟lgan shaxs nomi va mavjud so‟z bilan adashtirib yuboriladi. Bir gazetadagi nashrda shu holatga misol keltirilgan, xitoy maktabidagi o‟quvchilarga " 项 羽 拿 破 仑 论 ” (xiang yu na po lun lun) mavzusida insho yozish vazifasi berilgan. O‟quvchilardan biri gap Napalion haqida ketayotganini tushunmay Xiang Yu ni kuchli botirga qiyoslab qo‟ygan, go‟yoki u hech qanday qiyinchiliksiz “singan g‟ildirakni ko‟tardi” deb tarjima qilgan (拿 na ning ma‟nosi ko‟tarmoq, 破 po ning ma‟nosi esa singan, 仑 lun ieroglifini o‟quvchi 轮 lun g‟ildirak bilan adashtirgan). Bu holatda xitoylik o‟quvchi chet tilidagi ma‟nosini bilmaganligi uchun adashtirgan. Shu bilan birga xitoy ismlari ham unchalik tanish bo‟lmasligi mumkin shunday holatda xitoy tilini o‟rganayotgan talabalar ham adashtiradilar va shunday xatoliklarni qiladilar. Masalan, 庄 子 (zhuang zi) lug‟atda “qishloq” degan ma‟noni beradi, shu bilan birga Zhuang Zi (369-286y. m.av) qadimgi hitoy faylasufining ismi hamdur. Bu ism bilan notanish bo‟lgan talabalar “ 庄 子 ”ni “Qishloq asari” deb tarjima qilishgan. Bunday hatoliklarni qilmaslik uchun L.Eydlin aytganidek “Ierogliflar ortidan quvib o‟tgan asrlarning ko‟p qavatlik madaniyatiga kirib boorish kerak” . Xitoy tilida nomlar ma‟noga ega so‟zlar bilan yozilsa, so‟z o‟yinlarida ishlatsa bo‟ladi unda gapning hech bir qismida so‟zlarning ma‟nosini yoqotmay
tarjima qilsa bo‟ladi. Tian‟an men maydonida 1976 yili aprelda nishonlangan 清明 节 (O‟tganlarni eslash kuni)dagi she‟r misol bo‟la oladi. 向总理请示 Xiang zongli qingshi 黄埔江上有座桥, Huangpu jiangshang you zuo qiao, 江桥腐败已动摇. Jiangqiao fubai yi dongyao. 江桥摇, Jiangqiao yao, 眼看要垮掉: Yankan yao kuadiao: 请指示, 是拆还是烧? Qing zhishi, shi chai haishi shao? Bu she‟r “uyushgan jinoyatchilar to‟rtligi” ga qaratib yozilgan edi. Uning ichiga 江青 (jinag qing) 张春桥 (zhang chun qiao) va 姚文元(yao wen yuan) (guruhning to‟rtinchi vakili 王洪文 (wang hong wen) u she‟rda tilga olinmagan). Agar she‟rdagi har bir ieroglif o‟z ma‟nosi bilan tarjima qilinsa unda bu odamlarga umuman tegishli bo‟lmaydi.
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling