Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети
- ma'ruza va amaliy mashg`ulot mavzulari
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima nazariyasi va amaliyoti 2
3 - ma'ruza va amaliy mashg`ulot mavzulari.
Tarjima usullari. Sinhron tarjima. Lug`at yordamida tarjima. Badiiy tarjima. Erkin tarjima. Yozma tarjima. Og`zaki tarjima. Tarjima amaliyoti jarayonida XX asrning o'ttizinchi yillaridan boshlab tarjimaning bir qancha turlari farqlanadigan bo'ldi. Turlarning paydo bo'lishi tarjima ishiga turlicha yondashish va munosabatlar yuzaga kelgani bilan izohlanadi. Adekvat tarjima. Bunda asl nushaning barcha qoyaviy-badiiy hususiyatlari tarjima tilida to'la saqlanadi, originalga to'la hamohanglik yaratiladi.So'zlarning ma'nolarini anglatishda behato ekvivalentlikka erishiladi. Janrning stilistik, lingvistik talablariga optimal darajada rioya etiladi. Erkin tarjima. Tarjima tarihida juda ko'p qo'llangan. Asliyat tarjima jarayonida ancha-muncha o'zgarishlar, qisqartirishlar, o'zgacha talqinlarga uchraydi. Asliyat tarjimonning irodasi bilan soddalashtiriladi. Tarjima uslubida bayon qo'llanadi. Ekvivalentlik bu holda juda nisbiy tarzda namoyon bo'ladi. Buni tarjima nazariyasida ADAPTATSIYA deb aladi. Badiiy tuzilishi soddalashtirilgan, bayon qilib berish yo'lidan borilgan erkin tarjimada tarjima o'quvchisining uni qabul qilishi va oson tushunishi maqsad qilib olinadi. Erkin ijodiy tarjima. Asliyat tarjmasiga tarjimonning ta'siri ancha kuchli tarzda namoyon bo'ladi, tarjima asliyatga nisbatan badiiy jihatdan va tuzilishiga ko'ra ancha boyib, mukamallashadi. Bunga Navoiyning Jomiy, Attor, hazrat Alidan qilgan tarjimalari yorqin misol bo'la oladi. Erkin-ijodiy tarjimada tarjimonning individual ijodiy o'ziga hosligi hiyla ko'zga tashlanib turadi. Erkin- ijodiy tarjima ayniqsa she'riy asarlar tarjimasida ko'p yuzaga chiqadi. Tarjima asliyat bilan katta musobaqaga kirishgandek bo'ladi. Asliyatga teng yoki undan ortiqroq asar tug`iladi. Lermontovning hetedan qilgan “Tog` zirvalari uhlar”, CHo'lponning Pushkindan qilgan “Bulbul va Gul”, Krilovdan qilgan “Bo'ri va qo'zicho?”, Mirtemirning Nekrasovdan qilgan “Rusiyada kim yahshi yashaydi”, Usmon Nosirning “Kavkaz asiri”, “Iblis”, Erkin Vohidovning Sergey Еsenindan qilgan “Fors taronalari” kabi tarjimalar shunday asliyat darajasiga ko'tarilgan, tarjima tilida huddi asl asarday qabul ?ilingan va o'qiladigan asarlardir. Bunday erkin-ijodiy tarjima namunalarini ideal tarjimalar, deb ham atash mumkin. Unda asliyatga teng va hatto undan ortiq badiiyat yaratiladi. Ko'rinib turibdiki, go'zal original asosida yana ham go'zalroq tarjima tilidagi original dunyoga kelgan. Agar buni Pushkindan tarjima deb izohlanmasa, huddi ona tilida yaryatilganday ravon ogangdor o'qiladi va hech narsa tarjima ekanligidan darak ham bermaydi. Endi asliyat bilan tarjimani solishtirishga harakat qiling. Tarjima asliyatning naqt huddi uzi. Ayni choqda naqt huddi uzi emas. Krilovdagi “kuchi ko'p odam doim ojizni aybdor qiladi”, degan ajoyib m'ano Chulponda “darahtning mo'rtini qurt eydi doim” degan fikrga aylangan. Biz bu sh'erni bolalikda yod olganimizda “darahtning mo'rtini qurt eydi doim” deb yodlaganmiz. Huddi CHo'lpon ruscha originaldan juda uzoqlashib ketkandek ko'rinadi. Lekin m'ano Krilovga mos va muvofiq. Bu ekvivalentlikning eng oliy, ya'ni ijodiy shakli. O'zbek tilidagi masal rus tilidagi asl masal bilan hamma so'zlarda, hamma qollarda-ohangdorlik, uslubning lo'nda go'zalligida bahslashib, musoboqalashib turibdi. Erkin-ijodiy tarjimalarda ekvivalentlikning eng yuqori badiiy shakllari yuzaga keladi. So'zma-so'z tarjima. Buni ruscha termin bilan “podstrochnik” deb ham yuritadilar. Taglama tarjima, gijjalab tarjima qilish, degan atamalari ham bor. Bunda asliyatning badiiy hususiyatlari saqlanmaydi.so'zlarning yaqin va ilk ma'nolarini ifodalash bilan cheklaniladi. XX asrda taglama, qoralama tarjimalardan badiiy tarjima uchun juda ko'p foydalanish odat tusiga kirgan edi. Qardosh adabiyotlardan rus tiliga “podstrochnik”- taglama tarjima qilish keng tus olgan edi. Tarjima zarurati, milliy qardosh tillarni yahshi bilavermaslik shunday tarjima turidan foydalanish , mafkuraviy va boshqa ehtiyojlarni qondirishlikni nazarda tutardi. Misol uchun A. Qaxxorning mashxur “Sinchalak” asarini taniqli tarjimon Odil Rahimiy so'zma-so'z tarjima qilgan, atoqli yozuvchi Konstantin Simonov esa uning taglamasi asosida yuksak badiiyatga ega, to'laqonli tarjima yaratgan edi. Ammo bu tarjimaning zamon taqozosiga ko'ra, mafkuraviy vazifalar talablariga qo'llangan yasama usuli edi. Tarjimachilikda bu yo'l ma'qul emas. Uni yoqlab bolmaydi. U tarjima tarihida bir tajriba bo'lib qoldi. Uni mukammal tarjima uchun homaki matn, deb atash to'g`rirog bo'ladi. Ma'nolar tarjimasi. Buni SHarq tarjimachiligida tafsiv ham deb yuritishadi. Keyingi yillarda o'zbek tiliga ilohiy kitob “Qur'oni Karim” bir necha marotaba iqtidorli mutahassislar tomonidan tarjima qilindi. U tarjimalarga “ma'nolar tarjimasi” deb yozib qo'yildi. “Qur'oni Karim”ning rus tiliga qilingan Valeriya Porohova tarjimasiga ham “perevod smislov” deb yozildi. Bu ko'proq muqaddas kitoblar tarjimasida qo'llanadigan usul. Ilohiy muqaddas kitoblarni hech qachon asliyatga teng tarjima qilib bo'lmaydi, asliyatning siri, fusunkorligini hech qachon boshqa tilda to'la o'ziday chiqarish mumkin bo'lmagan ish, degan diniy doiralarda rasm bo'lgan fikr tufayli shunday yo'l tanlandi. Bu bayon qilish - tafsif, ya'ni eksplikaciyaga yaqin usuldir. Tarjima shunday ijodiy sohaki, bunda ma'lum bir asarning tarjimasining turli davrlarda, turli mualliflarda turli versiyalari yuzaga kelishi mumkin. Bu qonuniy hol shu bois ham har bir tarjimaga o'z davrining va unda hukm surgan estetik qarashlarning mahsuli deb qarash o'rinli. Tarjimada versiyalar - mukammallikka erishish yo'li tuganmas bo'lishini ko'rsatadi va isbotlaydi. har bir muallif individual bo'lganidek, har bir tarjimon ham individual ijodiy insoniy hususiyatlarga va qirralarga ega. Og`zaki sinhron tarjima. Nutq yoki jonli so'zlashuv jarayonini biror tilga o'girish, boshqa bir tilda takrorlashni og`zaki tarjima deyiladi. Og`zaki tarjima sinhron,ya'ni nutqning tugallangan har bir gap bo'lagini izma-iz tarjima qilish va nutqni u so'zlab bo'lingach, tekst bo'yicha tarjima qilish yo'llari mavjud. Sinhron tarjima tarjimondan juda katta bilim, madaniyat, zakovat va fikrni tez ilqab, uni ravshan ifodalaydigan so'z topishni talab qiladi. Bunda notiq jumlalarining ma'nosini bir zumda, darhol boshqa tilda qaytarish talab etiladi. Sinhron tarjimaga talab juda katta va uning mas'uliyati ham shu darajadir. Tarjimonlik kasbini tanlagan kishilar o'zlarini sinhron tarjimaga chuqur va keng tayyorlashlari kerak bo'ladi. O'zbekistonning halqaro aloqalari, munosabatlari ortgan, kuchaygan sari sinhron tarjimaga talab zo'rayadi. Bunday yuksak ihtisosli tarjimonlarni etishtirish katta ahamiyatga ega. Sinhron tarjima uchun ikki yoki undan ortiq tillarni mukammal bilish, leksik talaffuz normalariga mukammal rioya etish, tez fahmlilik, siyosiy, sociologik, falsafiy, iqtisodiytushunchalar hamda tilning barqaror birliklaridan, maqol- matallardan yahshi habardorlik talab etiladi. Mashina yoki tehnik tarjiam. Kompyuter yoki boshqa tehnikaviy vositalar yordamida bajariladigan tarjimalarni mashina yoki tehnik iarjima deb atash rasm bo'lib kelmoqda. Mashina tajimalar cheklangan lug`at va cheklangan matnlar doirasida amalag oshiriladi. Badiiy matnlarni mashinada tarjima qilishning hozircha imkoni yo'q. Asliyatdan tarjima. Tarjimaning eng maqbul sanalgan yo'li bu- asl tilning o'zidan bevosita qilinadigan sifatli tarjimadir. Vositali tildan tarjima. Tarjima tarihi va amaliyoti vositali, ya'ni ikkinchi, uchinchi til orqali tarjima qilishning juda boy tajribalariga ega. Vositali til orqali bajariladigan tarjimalar bu san'at nazariyasi va amaliyotining barcha me'yor va mezonlariga, qoidalariga rioya etadi. Bunda ham aniqlik, muvofiqlik, moslik, yuksak badiiy, ilmiy hususiyatlarni saqlash va har jihatdan teng kuchka ega matn yaryatish talab qilinadi. Albatta, vositali til orqali qilishda asl (original) tilining ayrim nozikliklari, ifodaviylik nyuanslari boy berilishi mumkin. Ammo tarjima faqat asliyatdan bo'lsin deb, qarab o'tirish, har tomonlama bilimdon, tillarni chuqur egallagan tarjimonlar etilishini kutish madaniyatlar aro hamkorliklar, yaqin aloqalarni orqaga surish bilan barobar bo'ladi. Hozirda qardosh tillar rus va Еvropa, SHarq tillaridagi asliyatdan tarjimalar qilish birmuncha jonlanib boryapti. Gomer dostonlarini o'zbek tiliga tarjima qilish uchun qadimgi yunon tilini mukammal biladigan mutahassislar etilishini kutib o'tirish kerakmi? Qodir Mirmuhamedov “Iliada”ni rus tili orqali ag`dardi. Erkin Vohidov “Faust”ni, Abdulla Oripov “Ilohiy komediya”ni rus tili vositasida o'zbekchalashtirdi. Bunday misollar ko'p. Hamma gap badiiy tarjimaning sifat darajasida. Bunda vositali tildan qilingan tarjimaning badiiy qimmati ham hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bu borada buyuk nemis adibi I.V. Getening odamni o'ylantiradigan bir fikri bor. U: Men “Faust”ning francuzcha va lotincha tarjimasini rohatlanib o'qiyman. Nemischasidan shunchalik lazzat olmayman, deydi. Gap qaysi tildan qilinmasin, tarjimaning jozibasida, muallif uslubi va badiiyatning shirasini saqlaganida.
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling