‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
3-fasl.
M illiy raatboot milliy o'ziga xosliklar manzarasida XIX asming birinchi yarmida Osiyo jumalistikasida hali aytarli muhim o'zgarishlar va ko‘zga yorqin tashlanuvchi milliy nashrlaming oyoqqa turishi yuz bermayotgan b o ‘lsa-da, yangi g‘oyalar va mavzular bilan boyish davom etdi. Milliy o ‘zlikni anglashning shakllanishi bu davrda namoyon b o ia boshlagan m adaniy qadriyatlaming an’anaviy tizimini qayla tafakkur qilish jarayonida o ‘z ifodasini topdi. Bir qator mamlakatlarda mumtoz merosni davr talablari asosida qayta ko‘rib chiqish mayli va buning oqibati o la ro q jurnalistikani din t a ’siridan xoli qilish va demokratlashtirish kuzatildi. Yevropa madaniyati bilan tanishuv jamiyatning m a’lum qismi (eng aw alo, ilg‘or ziyolilar) tom onidan ijtimoiy jarayonlaming qayta tafakkur qilinishiga, hayotning yangi, m utaraqqiy shakllarmi hisobga oluvchi va tasdiqlovchi amaliy ratsionalistik g ‘oyalar va nuqtayi nazaiiaming ishlab chiqilishga ko‘p jihatdan yoidam berdi. Bu davr matbuoti ta ’limni, ilg‘o r g‘oyalami rivojlantirishga, milliy ziyolUami o'stirishga, jumalistikaning yangi shakllarini vujudga keltirishga yo‘naltirilgan edi. Tabiiy huquq, shaxs erkinliga va hokazo jihatlar bilan sug'onlgan madaniy va ijtim oiy yangilanish harakatini turiga qarab, muayyan m a’noda XVIII asrda G ‘arbda yuz btrgan ma’rifatparvarlik harakati bilan taqqoslash mumkin. Bu harakat rahnam olari ilmiy va amaliy bilimlami yoyish, m a’rifat tarqatish yo‘li bilan ijtimoiy sharoitlam i o'zgartirish, féodal mahdudlikni va o ‘z mamlakatlarining qoloqligini bartaraf qilish mumkin, degan e ’tiqoddan kelib chiqardilar. 0 ‘sha davrdagi Osiyoda hind ma’rifatcliilari yangi g‘oyalaming ijodkorlari va targ ‘ibotchilari bo‘lib maydonga chiqdilar. Ular tashkil etgan m atbuot nashrlari vositasida Rammoxon Roy, Dvaraknatx va D ebend- ronatx Tagor, Balshastri Dzambxekar, D zotiba Pxule va boshqalar m az- habparastlik, k o ‘pxudolik, kohinlik, butparastlik va hokazo tartibotlarga qarshi kurash olib bordilar. 1821-yilda R am m oxon Roy asos solgan «Shombad koumudi («Xa- barlar oyi*) gazetasida hind ma’rifatchilari diniy xurofotga qarshi va ijtimoiy islohotlar o ‘tkazishni yoqlab maqolalar bilan chiqdilar. Gazeta sahifalarida R oyning o ‘zi yozgan pamfletlarga katta o ‘rin berilardi. Bengal tili grammatikasi m uam m olariga, huquqiy, siyosiy masalalarga oid m aqo lalar ham uning qalam iga mansub edi. Royning avlodlarga «Qonunni aql bilan murosaga keltiring», degan vasiyati ham da chinakamiga insonpar- varlarcha aytilgan «Tenglik dushmanlari va istibdod do‘stlari hech qachon uzil kesil muvafaqqiyatga erisha olmaydilar*1, degan hikmati birinchi m arta aynan «¡Shombad koumudi* gazetasida e ’lon qilindi. Bengal m a’rifatparvari, publitsist Ishshorchondro G upto (1812—1859) ham o ‘sha davr jurnalistikasining taniqli nam oyandalaridan bo‘lgan. U hindlarning vatanparvarlik hamda fuqarolik ruhini oshirishda katta rol o'ynagan «Shorabad probxakor» («Yangiliklar quyoshi») va «Probxakor* («Quyosh») jum allarining noshiri edi. G uptoning ijodi nihoyatda keng qamrovli bo‘lib, bengaliyaliklaming bayramlari, pazandalik san’atini ta ’rif- tavsif qilishdan tortib ijtimoiy hajv va ehtirosli siyosiy lirikagacha bo‘lgan mavzularni o ‘z ichiga olardi. Hajviy asarlarini kelajakni ko‘ra biladigan bashoratchilarga, be’m ani bid’atlam i qo‘llab-quw atlash uchun eskirib qolgan aqidalarga ko‘r-k o ‘rona amal qiladigan qiroatxoniar va qohinlarga ham («Yolg‘onchi braxman*), inglizlar oldida ta ’zim qiluvchi «kosmo- politlar*ga ham («Laganbardorlik»), mustamlakachilarga ham qarshi qaratdi. Gupto o ‘z maqolalarida vatandoshlarini faqat erkinlikka ega bo‘lgandagina tabaqachilik aqidalaridan, qullikdan qutulib, o ‘z yurtining haqiqiy fuqarosi bo‘lishi mumkinligiga ishontirardi. XIX asr o ‘rtalariga kelib mahalliy hindi tilida m a’rifatchilik mazmunidagi matbuot nashrlari Hindistonning Beiigaliyadan boshqa hududlarida ham paydo bo‘ldi. Nomlarida albatta «dnyan» («bilim») so‘zi ishtirok etishidan ham ulaming qanday yo'nalishda ekanligini bilib olsa bo'ladi: «Dnyanday» (Bilim tongi), «Dnyanchandroday (Bilim oyining shu’lasi), «Dnyanprokash» (Bilim nuri), «Dnyansangrax* (Bilimlar maj- muasi) va hokazo. M a’rifatchi m atbuot Hindiston xalqlarining milliy madaniyati va ada- biyotini rivojlantirishda ulkan roi o'ynadi. Uning m uh an irlari va xodimlari mahalliy hindi tillaridagi zamonaviy badiiy adabiyot va publitsistika sar- chashmasida turdilar. Masalan, hindi tili mam lakatning millionlab aholisi uchun adabiy til sifatida qaror topishiga B. X arishchandra katta hissa qo'shdi. U o ‘zi asos solgan jum allarda hindi tilining go‘zalligini madh etdi. E ’ion qilinayotgan materiallar tilini diqqat bilan kuzatib bordi2. Biroq bu til mamlakatdagi birdan-bir m uom ala vositasi emasdi. Musulmonlar ta ’siri kuchli b o lg an va fors tili asosiy adabiy til sifatida q o ‘llaniladigan hududlarda asta-sekin urdu tili qaror topa bordi. Ushbu tildagi davriy matbuot rivojlanishiga mashhur tarjim on va publitsist Ram Chandar (1821—1880) juda katta ta ’sir ko‘rsatdi. O 'zi 1948-yilda asos solgan urdu tilida dastlabki adabiy jum al bo'lgan «Muxib-e hindi» («Hindistonning do‘sti») va «Favoid un-naziron* («Jum alxonlar baxti») nomli ilmiy-tarixiy haftalik orqaü Hindiston m usulm onlarini Sharq va G ‘arb mamlakatlari madaniyati hamda fani bilan tanishtirib bordi. Faqat XIX asr oxirlariga kelibgina bu tildagi m atbuotda qayta rivojlanish kuzatildi. Bunda hindistonlik yirik musulmon m a’rifatparvari Said Ahmad- 1 История всемирной литературы. В 9-ти томах. 6. М.: 1986, с-646. 2 Челишсв Е.П. О характере просветительства в литературе хинди. Про- ветитсльство в литературах Востока. М.: 1973, с-280-281. xon va u nashr etgan «Tahzib ul-axloq* («Axloqni takomillashtirish*) jurnalining xizm atlari katta bo‘l(ii. M ashliur rus sharqshunosi I. P. Minayev Hindistonda milliy tillar va adabiyotlam i shakllantirishda matbuot o'ynagan buyuk roüii ta ’kidlab: «Hindistonda m atbuot til m a’nosida Italiyada Dante, Germ aniyada esa Lyuterchalik ishni am alga oshirdi», deb yozdi1. Tarixning olg‘a harakati, ijtimoiy taraqqiyot to ‘g‘risida hind m a’ri- fatparvarlari yaratgan ta ’limot ulaming ijodiga faqat taqdir nuqtayi nazaridan qarashni yengib o'tganliklari, inson faoliyatining o ‘zgartiruvchilik kuchi to'g'risidagi tasaw urlari, tirikchiük mazmunini borliqdagi «jon»ga singib ketishda em as, balki insonning jismoniy va m a’naviy sifatlarini butun choralar bilan rivojlantirishda ko'rishga intilganliklari-bulaming barchasi ijtimoiy m uam m olam i, xususiy hayot mavzuyini qaror toptirishga, ju- nalistikada shaxs om ilini rivojlantirishga imkon berdi. U m um an olganda, bu davrda publitsistika alohîda m a’naviy soha sifatida am al qilib, unda nafaqat mafkuraviy, balki shuning bilan birga m a’lum darajada estetik funksiyalar ro‘yobga chiqdi. Ocherk, esse, pamflet va feletonda badiiy umumlashma usullari o ‘zlashtirila bordi, obrazli ta ’riflash vositalari ishlab chiqildi. Y apon m atbuoti XIX asrdagi Osiyo m atbuoti rivojlanishida o ‘ziga xos hodisa o ‘laroq nam oyon bo‘ldi. Taniqli m atbuot tarixchisi Lyudvig Sala- m on guvohlik berishicha, «u deyarli mislsiz tezük bilan rivojlanib bordi*2. G azetalar texnik jihatdan yevropacha tarzda yo‘lga qo‘yilgan edi. M azmun bobida ham k o ‘p jihatdan Yevropa matbuotidan nam una olindi. Ayniqsa, ingliz nashrlarining ta ’siri sezilib turardi. 0 ‘sha davrda gazetalarning aksariyati Tokioda chiqar edi. 1873-yilda asos solinib, 4 0 -5 0 ming nusxa atrofida nashr etiladigan «Nitshi Schimbun* (Kundalik yangiliklar) gazetasi ulardan eng obro‘lisi hisoblanardi. U paytlarda gazetalar sotuvi oldindan obuna qilish hisobiga amalga oshirilardi. Ular chakana savdoga juda kam chiqarilardi. N ashrlarni c h o p etishda umumxalq iahjasi bilan adabiy til o*rtasida ancha farq b o ‘lgan yapon tili xususiyatlariga katta e’tibor berilardi. Alohida aliiboga ega bo'lgan adabiy til gazetalarda asosan jamiyatning m a’lumotli qatlam i, ziyolilar uchun qo'llanilardi. Masalan; «Tschoja Schihbun* («H ukum at va xalq xabamomasi*) gazetasi shular jumlasidan edi. «Jiyi no Tomoschibi*ga o ‘xshagan gazetalar keng aholi qatlamlariga mo'ljallab ancha sodda va ham m aboproq alifbodan foydalanishardi. Davriy matbuot nashrlarini shu tarzda ikki xil lahjada chop etish amaliyoti Xitoyda ham qo‘Uanildi. Q arab chiqilayotgan davrda Osiyodagi ko‘pgina mamlakatlar mat- buotida gazeta va jurnallam ing tabaqalanishi kuzatiladi. K o‘plab siyosiy nashrlar b ilan b ir qatorda aholi muayyan ijtimoiy qatlamlarining matbuot organlari nashr etila boshladi. Hatto, balet va kafe yoki restoranlarda 1 М инаев И .П . Очерки Цейлона и Индии. 2-п. СПб.: 1878, с-193. 2 Salam on L. O ’sha manba, 182-bct. beadab o ‘yinlar ko'rsatuvchi raqqoslar o ‘z gazetalariga ega bo'lishdi. Mpsalan, Yaponiyada «Tschotscho Schimbun» (Xabaç bcruvchi kapalak) gazetasi shunday nashrlar toifasidan edi. Osiyo mamlakatlarining XIX asrdagi jum alistikasi haqida gap ket- ganda, ko‘pgina tadqiqotchilar o ‘sha davrdagi aksariyat nashrlar becho- rahol va ko'rimsiz boiganligini ta ’kidlashadi. M asalan, L. Salamon Xitoy matbuotining o'ziga xosligini shunday tavsiflaydi: «Xitoy gazetalarining tashqi ko‘rinishi g‘ayrioddiyligi bilan hayron qoldiradi. Shanxaydagi nufuzli gazetalardan bo‘lgan «Sshî-wu-schi-pa* (Eng so‘nggi yangiliklar) bunday ko‘zga tashlanadi: gazeta yupqa va ensiz varaqlarda (xitoyliklar vertikal yo‘nalishda yozishlari bois) so‘zlar ustm a-ust q o ‘yib chop etilgan. U lar o ‘ngdan chapga qarab o'qilishlari sababli sakkiz varaqdan iborat, oxirgi sahifaning yuqorgi o ‘tig burchagida gazetaning nom i, uning bilan yonma- yon esa xitoycha va yevropacha taqvim bo‘yicha yil va sana qo’yiladi. Birinchi sahifaning boshqa qismini ingliz gazetalaridagiga o‘xshab son- sanoqsiz e ’ionlar to ‘ldiradi, chunk! ustamon xitoy savdogarlari reklamaning ahamiyatini juda yaxshi bilishadi. Ikkinchi sahifada muhim siyosiy xabarlardan, im perator farmontaridan va rasmiy vazifalarga tayinlashlardan ayrim ko‘chirm alar joylashtiriladi. So‘ngra ingliz va yapon gazetalaridan ko‘chirib bosilgan telegrammalar, provinsiyadan olingan xat-xabarlar va oxirida bosh maqoia berilib, utida m uharrirlardan bin îchki va tashqi siyosatga nazar tashlab chiqadi». Tadqiqotchi xitoy gazetalarining mazmuni «qoniqtirarli emas»ligini qayd qilar ekan, m atbuot organlaridagi provin- siyalar bo‘limining ajoyibligini ta ’kldlaydi: «...DahshatU voqea-hodisalar to ‘g‘risidagi xabarlami xush ko‘rish, ya’ni, aql bovar qilmaydigan daraja- dagi to'qim a gaplar, milliy jihatdan o'zlarini yuqori qo'yish soddalik va xurofot..*1. Shunday bo‘lsa~da, o ‘slia yillardayoq nashrlaming mavzu doirasini kengaytirishga, xiima-xil bezatishga intilish seziladi. Masalan, Xitoydagi eng qadimiy, ya’ni, 911-yildayoq asos solingan «King-pao» (Poytaxt xabar- nomasi) 1844-yili qayta tashkil etilib, kengaytirildi. Gazeta uch gallik chiqarilishda nashr etila boshladi. «Hing-pao* (Amaliy varaqa)nomi ostida sariq qog‘ozda chop etiladigan birinchi chiqarilishda iqtisodiy mazmundagi xabarlar berilardi. Yana sariq qog'ozda chop etiladigan ikkinchi chiqarish aslida qadimdan nashr etib kelinayotgan gazetaning vorisi bo‘lib, «Schuen- pao» (Hukumat xabamomasi) deb nomlanardi. U nda rasmiy mazmundagi axborot, dekretlar, hukumat proklamatsiyalari va boshqa shu kabi materiallar e’lon qilinardi. Bosiladigan «Titany-pao* (U m um davlat varaqasi) nomli uchinchi chiqarilish qizil qog‘ozda provinsiyalarga m o‘ljallangan bo‘lib, birinchi va ikkinchi chiqarilishiardan qisqartma ko‘chirmalardan iborat edi. Ko‘rib chiqilayotgan -davrdagi Osiyo m atbuoti yangi g'oyalar, mav- zular, matbuot nashrlarini chop etishga yangicha yondashuvlar bilangina emas, balki jum aiistik shakllar m a’nosida ham yangiliklar bilan xarak- terlanadi. 1874-yilda Birmada tashkil etilgan «Yadartaboun neypido» (M andalay gazetasi)1 nashrida qadimgi nasihatnom a janri bo‘lgan mu- tassaddi foydalanildj. Bosh ruhoniy M oun’yvey-sxayado o ‘z nasihatiiji qirolga yo'naltirarkan, sulola sha’niga aytiladigan odatdagi ulug‘lash so‘zlari va m uqaddas am rga amal qilish haqidagi d a’vatlar bilan bir qatorda monarxning barcha majburiyatlarini bayon etib, aniq siyosiy voqealarga ishora qilgan holda o ‘z tavsiyalarini qadimiy risolalardan olingan fikrlar, hayotga oid hikoyalar bilan mustahkamlagan. G azetada oddiy nasihatnoma yuksak ruhdagi vazifa, yo‘l-yo‘riq janriga aylanib, o ‘sha davrdagi ijtimoiy hodisalarga sezgir m unosabatni ifodalardi. XIX asrda Y aqin va 0 ‘rta Sharq mamlakatlari jurnalistikasining rivoj- lanishi ham ijtim oiy va madaniy yangilanish belgisi sifatida davom etdi. M intaqaning ko‘pgina davlatlarida bosmaxonalar tashkil etilishi matbuot nashrlarining ko'payishini taqozo qildi. Shu tariqa 1821-yili Misrdagi dast- labki bosmaxona Bulakda ishga tushdi. 1828-yilda unda Misr hukuma- tining ilk rasmiy gazetasi bo‘lgan «Al-Vaqoi al-Misriyya» («Misr axborot- nomasi») chop etila boshladi. Gazetada hukum at farmonlari va far- moyishlaridan tashqari mahalliy iqtisodiyot va madaniyatning ahvoliga doir materiallar ham e ’lo n qilib turilardi. M ashhur adabiyotchi, taijim on Rifai at-Taxtaiy uning muharrirlaridan b o iib , u gazeta sahifalarida o'zining publitsistik yo'nalishdagi adabiy asarlariga ham o ‘rin berardi. Rifai at-Taxtavaviy Q ur’oni karim va hadisi sharifdan oyatlar, iqtiboslar keltirish bilan yangi g'oyalar ham, ijtimoiy hayotning yevropacha yo‘sinlari ham islomga zid kelmasligini, aksincha, uning ta ’lim otida k o ‘zda tutilganligini isbotlashga harakat qilardi. Boshqa arab mamlakatlarining aksariyatida davriy matbuot XIX asming ikkinchi yarmida vujudga keldi. Hukumat Damashq va Halabda chiqarib kelgan rasmiy nashrlardan tashqari 1858-yilda Bayrutda «Hadiqat al-Axbor» (Xabarlar bo‘stoni) gazetasi ham nashr etildi, uni haqli ravishda birinchi arab m a’rifatchi nashri deb atashadi. Shundan keyin «Nafir Suriya* (Suriya ovozi), «Al-Janna» (Bog‘) gazetalari, «Al-Jinan* (Bog‘lar), «Al-Muktataf* (Majmua) jum allari tashkil etildi. Ulaming barchasi aka-uka Butrus va Salim al-Bo‘stoniy, Ibrohim al-Yaziji, Hadil al-H uriy va boshqa taniqli m a’rifatparvarlar boshchilik qilgan Suriya-Livan ilmiy madaniy va adabiy jamiyatlari ham da kiublarining faoliyati bilan bog‘liq edi2. Suriya m a’rifatchi matbuotida sof axborot materiallaridan tashqari turli mavzularga oid ko‘plab ilmiy-ommabop asarlar hamda voqealar aksariyat hollarda Yevropa manbalaridan olinib, ko'pincha tanib b o im as darajada arabiy yo‘singa solingan qissa va hikoyalar chop etib turilardi. Bu davrda Sharq m a’rifatparvarlari turli siyosiy, ijtimoiy, diniy, falsafiy m uam m olarni yoritish hamda ilmiy bilim lam i ommalashtirish uchun foydalaniladigan publitsistik maqola janri ommalashdi. Rivojlanish jarayonida Yevropa publitsistikasiga tayangan bu ja n r milliy ildizlariga ham <• 1 Yadanaboun-Mandaiayning ikkinchi nomi. 3 Котлов A. H . Становление национально-освободительного движения на арабском Востоке. М .: 1975, с-244. ega edi: bu, bii tom ondan, arablarda azaldan m ashhur b o ‘lib kelgan va o ‘z a n ’analarini zamon talablariga doim iy moslashtirib turishga m ajbur bo'lgan voizlik san’ati bo‘isa, ikkinchi tom ondan, yozilishidagi niyatdan kelib chiqib, o ‘ta jimjitnador yoki qat’iy ilmiy uslub tanlanishi m um kin bo'lgan risola edi. Asr oxiriga kelib Misrda arab tili rruimlakítning rasmiy titi sifatida turk tilining o ‘m ini to ‘iiq egalladi. «Al-Vaquí al-Misriyya* gazetasi bata- mom arab tilida bosila boshladi. M atbuot va publitsistika me'yorlarí a n ’anachilar tomonidan q a t’iy him oya qilib borüadigan arab tilining yangi- lanishini rag'batlantirib turardi. Tarixiy mav/ularda yozilgan maqolalar va mazm unan g'uyiioddiy hodisalam i ta&virlovchi eng yangi fikrW bilan b o g iiq yo‘l ocherklari tilni va adabiy uslubni yangilash jarayoniga o ‘z hissasini qo'shdi. Shu ma’noda livanlik Ahmad Foris ash-Shid’yakning (1804—1887) yo‘l ocherklari diqqatga sazovordir. Paríjga qilgan safarlaridan birini tavsiflashda u yevropacha hayotning ayrim tomonlari xususida tanqidiy fíkr bildiradi, fransuz olimlanning arab tilida y o i qo‘yayotgan xatolarídan kuladi. Uning o'zi esa she’riy iqtiboslar, yorqin istioralar, hajviy vosita- lardan foydalanilgan mumtoz uslubni puxta egallaganligini o'quvchilarga namoyish qildi1. Boshqa arab mamlakatlarida davriy matbuotning adabiy tilini yangilash jarayon: Misrdagi shunday jarayon bilan yonm a-yon davom etdi, biroq Misrda bu, eng aw alo, tabiiy-ilmiy va texnik so‘zlarga tegishli bo'lgani holda Suriya va Livanda, masalan, ko“p jihatdan ijtimoiy tafakkur, adabiy falsafa sohalarini qamrab oldi. 60-yillardan e’tiboran Yaqin va 0 ‘rta Sharq mamlakatlarida mahalliy gazetalar keng rívojlandi. Usm onlilar imperiyasining arab shaharlarída ular viloyat gazetalari deb atalardi. Shulardan bir vaqtning o 'zid a turk va arab tillarida naslir etilgan «Ai-Raid at-Tunisiy* (Tunis sharhlovchisi), «Al- Furot», «Al-Mo‘suU. «Al-Basra» va boshqa gazetalarni sanab o 'tish m um kin. Ayrim holatlami hisobga olm aganda, rangsiz va quruq varaqalardan iborat bu gazetalar hukumat qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, «donishmand» sulton va uning atrofídagilar sha’niga qaratilgan maqtov- larga to'liq bolardi. Istanbul gazetalaridan ko'chirib bosilgan materiallarga ham katta o'rín berílardi. Biroq istisno nashrlar ham yo‘q emasdi. Jum ladan, taraqqiyparvar davlat arbobi, Bag‘doddagi turk gubematori Midxatposho homiyligida chiqadigan «Az-Zaura* (Bag'dodning qadimgi nomi) gazetasi ular orasida ajralib turardi. U, matbuotning ijtimoiy foydasini yaxshi tushungan holda, gazeta sahifalarida Bag'dod viloyatidagi ishlar ahvoli to ‘g‘risida tanqidiy materíallar bosilishiga yordam berib, tahririyatga gazetxo ti lardan xatlar keüb turishini rag batlantirardi, ko'pincha o ‘zi ham U sm onlilar saltanatida ijtimoiy tqtisodiy va madaniy islohotlar amalga oshirilishini yoqlovchi maqolalar bilan qatnashardi. 1 Крымский A E . История новой арабской литературы: XIX — начало XX в. М.: 1971.72-76-с. Asr poyoniga borib m adaniy va ilmiy biiimlami yoyadigan dastlabki gaze ta va ju m a lla r paydo bo‘ldi. U lar orasida Misming 1870-yilda asos solingan «R audat al-Madaris* (M aktab bog‘i) jum ali ham bo‘lib, unda m adaniyat, adabiyot masalalariga d o ir dolzarb va teran maqolalar bosilardi. Rifai at-Taxtaviy bir nccha yil shu jurnalga bosh muharrir bo'lganligi diqqatga sazovordir. 70—90-yillarda arab dunyosida dastlabki bolalar va ayollar jum ailari paydo b o ‘ldi. Bu davrda turk jurnalistikasi o ‘zining yuksak cho'qqisiga ko‘tarildi. Rasm iy m a’lumotlarga qaraganda, 1876-yilda Konstantinopolda kamida 70 d an ko‘proq gazeta chiqib turardiki, ulardan 16 tasi turk, 29 tasi fransuz, 12 tasi grek, 13 tasi arm an , 4 tasi bulg'or, 2 tasi yahudiy-ispan va bittasi arab, fors, ingliz tillarida nashr etilardi1. X IX asr oxiri ixtisoslashgan nashrlaming vujudga kelishi bilan xarakterianadi. Bu m a’noda birgina Turkiya manzarasining o ‘ziyoq zo‘r taassurot beradi: «Bassiret* (E ’tiqod), «Hazinei Evrak* (Adabiy xazina), «Tschudjuklara Kraet* (Bolalar o ‘quvi), «Bagtsche* (Bqg‘), «M ekteb’ va hokazo. Hajviy nashrlar ham keng ommalashdi. Xitoyda nashr etiladigan «Inschi-pao*, Yaponiyada chiqadigan «Maru-Maru Schinbun* jum ailari ulam ing eng qiziqarlilari edi. Ayniqsa, kcyingisi o ‘ta zukkoligi va ajoyib karikaturalari bilan shuhrat qozondi. U shbu bobda yoritilgan davm i Osiyo va Sharq jumalistikasida eng boy davr deyish qiyin. Biroq uning bitta xususiyati bor. Bugungi kuni- m izdan turib qaralganda, XIX asr alohida istiqboli bilan ko‘zga tashlanadi: uning q a ’rida kelajak shonalari hosil bo'ldi. Aynan shu davrda Osiyo va Sharqda m illiy nashrlar shakllana boshladi, ma’rifatchilik yo‘nalishi rivoj topdi. Jum alistika m am lakatlam ing ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotini faol aks ettirib, XX asraing birinchi yarmida o ‘zini sezilarli darajada nam oyon qiladigan xususiyatlami mujassamlashtira bordi. X V I bob. XX ASRNING B IR IN C H I YARMIDA JA H O N M ATBUOTI M atbaachilik ravnaq topgan sari matbuot rivojlanib borardi. XX asm ing birinchi yarmida, ayniqsa, AQSH, Angliya, Germaniya, Italjya, Fransiya, Yaponiya, Rossiya (keyinchalik sobiq SSSR tarkibida), Xitoy kabi davlatlam ing gazeta-jum allari o'ziga xos axborot olamini vujudga keltirdi. 0 ‘sha yillarda paydo bo'lgan o ‘nlab nashrlar keyingi davrlar m atbuoti uchun tam al toshi b o ‘üb xizmat qildi. Am erika Q o‘shma S h tatlari matbuoti taraqqiyot bobida o'tgan asriardayoq ancha ilgarilab ketdi. 1900-yilga kelib 2235 nomdagi kundalik gazeta 15 million 102 ming2 nusxada chop etilardi. Bu davrda Q o ‘shma S htatlarda chiqadigan turli nom dagi nashrlar soni 21235 tani tashkil etdi. 1 Salam on L. 0 ‘sha manba, 180-bct. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling