‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
Hozirgi kunda bu gazeta nafaqat
Misrda, balki butun Yaqin Sharqda eng nufuzli nashrlardan hisoblanadi. Ingliz tilidagi «Ijipshn gazett» nashri esa 1880-yili tashkil etilgan. G rek tilidagi «Taxidromas Egiptes» (M isr kureri) kundalik gazetasi 1882-yildan boshlab chiqayapti. Fransuz tilidagi kundalik «Progre ejipsen» (M isr taraqqiyoti) gazetasi 1890-yildan nashr qilinib kelinmoqda. Arab tilida chiqadigan adabiy jum al «Al-Hilol» (Yarim oy) esa 1895-yildan buyon chop etiladi. Alohida davlat hisoblangan Vatikan shahrida 1861-yildayoq gazeta chiqarish yo‘lga q o ‘yiIgan. «OccepBaroe poMaHo» (Rim lik sharhlovchi), gazetasi shulardan bin bo‘lib, u siyosiy-diniy yo‘nalishga ega edi. Xulosa qilib aytganda, XIX asrda matbaa texnikasining taraqqiy etganligi m atbuot ra\Tiaqida asosiy poydevor boldi. Bu texnologiyalar rivoj topib, tako- millashgani sari gazeta, jum al, kitob va boshqa matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarish ham sifat, ham m iqdor jihatidan rivojlanib boraverdi. X V bob. XIX ASRDA DUNYO JURNALISTIKASI ¡-/as/. Yevopada umumiy ijtimoiy-siyosiy vaziyat va jurnalistika XIX asrda Yevropadagi siyosiy hayot shiddatli kechdi deyish mumkin. Asm ing birinchi yarm ida ko‘plab mamlakatlarda manufakturalardan mashinalashgan fabrikalarga o ‘tish jarayoni boshlanib ketdi. 0 ‘sha payt- larda jam iyatda feodal tuzum i hukm surardi, ijtimoiy kamsitish ko'pincha milliy kamsitishga aylanib ketdi. Ayni shu davrlarda odam larda ozodlik, tenglik, o ‘zlikni anglash va ijtim oiy haqiqat uchun kurash ehtiyoji kuchaya boshladi. Ushbu jarayonlar barobarida sinfíy, millatlararo va boshqa m ojarolar ham yuzaga keldi. Bu esa, o ‘z navbatida, millatchilik va ijtimoiy g ‘oyalarning avj olishiga sabab bo‘ldi. 1848— 1849-yillarda Yevropaning Fransiya, Avstriya, Germaniya, Italiya kabi ko‘plab daviatlari inqilobiy harakatlar markaziga aylanib qoldi. U shbu q it’a tarixidan kelib chiqib aytish mumkinki, milliy tiklanish harakatlari hall hech qachon bu darajagacha yetmagan edi. Yevropaning turli burchaklarida bo‘lib o ‘tgan inqilobiy chiqishlar har xil tus olgani va turli natijalar bilan yakunlangani tabiiydir. Cluuiki ularda ishtirok etgan xalqlarning taqdiri bir xil em asdi, lekin bir narsa-butun Yevropa inqiîoblar og'ushiga ch o ‘mganligi aniq edi. XIX asr siyosiy jurnalistikasini yaxshiroq tushunish maqsadida biz tarixiy voqealarni xronologik tarzda va keng o'rganishdan tiyilib, shu davrdagi matbuot rivojining m uhim yo'nalishlariga teranroq nazar tash- laymiz. Bu davrda jum alistikaning davlatlar va xalqlar ijtimoiy hayotiga ta ’siri anch a kuchaydi. Misol tariqasida Yevropaning taraqqiy etgan davlatlaridan biri b o ‘lgan Fransiyani olam iz. Asr boshlarida mamlakatda matbuot m onarxiya bilan kurashish vositasiga aylanib qolgan edi. Binobarin, 30- yillarda Lui Filipp legitimistlar va respublikachilar bilan kurashishga katta e ’tib o r qaratdi. Ayniqsa, ikkita qonuniy guruhga birlashib oigan respub likachilar uning uchun haqiqiy bosh og‘riqqa aylandi. Buijuaziya respublikachilaridan iborat birinchi guruh A. Marrast bosh- chiligidagi «Natsonal» gazetasi atrofida uyushgan edi. Unda ko‘proq savdogar va tadbirkorlaming manfaatlarini ko‘zlovchi hamda Fransiya respublika sifatida e’lon qilinishiga da’vat etuvchi, saylov huquqi, ichki bozor * aylanmasini tartibga solishga chaqinivchi va shunga o'xshash maqolalar chop etilardi. Ushbu gumli a ’zolari ijtimoiy islohotlarga qarshi edi. Q at’iyroq kayfiyatdagi respublikachilaridan tashkil topgan ikkinchi guruh bosliida advokat A. Lediyu-Rollen turgan bo'lib, ular «Reforma» nomli gazeta atrofida birlashdilar. Mazkur gazeta umumsaylov huquqi, ijtimoiy-iqtisodiy îslohotlarning aniq dasturlari bilan ishchi xizmatchilar orasida katta hurmat qozongan. Matbuotda yagona milliy davlat tuzish g'oyasi ham o ‘z aksini topayotgan edi. Germaniyaga murojaat etaylik. 1848-yiining l-aprelidan Berlin shahrida chiqa boshlagan «National Zeitung» gazetasi mamlakat xalqining huquq va erkinliklarini ta ’minlovchi Konstitutsiya qabul qili- uishiga katta hissa q o ‘shdi. Yangi gazeta o ‘zining biriachi sonida «Bizning maqsadimiz G er- maniyani Sharq va G ‘arb hayiqadigan birlashgan kuchli davlat sifatida ko‘rishdir. Tashqi havfsizlik va kuchli davlatchilik, bizningcha, har bir xalqning hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi va ishchilarni rivojlantirshga bo‘lgan inlilishiga bogliq. Biroq xalqning kuchi uning to'laqonli siyosiy savodxonligi bilan chambarchasdir», degan shiorni ilgari surdi. Ta’kidlash kerakki, «National Zeitung* milliy davlatchilik g‘oyalarini asosiy maqsad qilib olgan edi. Gazetaning siyosiy boMimiga yosh iqtidorli doktor Fridrix Sabel boshchilik qilardi. Feleton bo'lim ida Fedor Myugge va Eduard Tempeltey, keyinchalik esa Karl Frensellar o 'z maqolalari bilan ishtirok etishi mamlakatlarining ko'pchiligida chet davlatlar mustam- lakachiligiga qarshi milliy tiklanish kurashida m atbuotning o ‘m i beqiyosdir. Italiyada Avstriya, Ispaniya mustamlakachiligiga qarshi kurash harakati (1780-1870) Risordjimento (Tiklanish) nom ini oldi. Respubiika g'oyasini singdinivchi bir qator nashrlar vujudga keldiki, ular orasida «Оссерваторе дела република италяна» va «Когтеre Milano» gazetalari alohida ajralib turardi. 0 ‘z navbatida, ular jamoatchilik orasida vatanparvarlik kayfiyatlari kuchayishiga ham zamin varatgani shubhasiz. Turli xalqlaming o 'z liuquqlari uchun kurashida ham matbuotning o ‘mi ahamiyatlidir. Grek, yahudiy, serb, bolgar va boshqa xalqlar musta- bidchilikdan aziyat chekar edi. Asr oxirlarida Usmonlilar imperiyasida sodir bo‘lgan voqealar ham bunga yorqin misol bo'la oladi. «Armeniya», «Ayastan», «Gnchak* gazetalarida o ‘z fikr va maqsadlarini ifoda etgan arman vatanparvarlari sulton Abdul Hamid II da katta xavotir uyg‘otar edi. Milüy o'zlikni tanish yo'lida tashkil etilgan har qanday siyosiy tadbir harbiy Armaniston hokimlari tomonidan bartaraf etilardi. Chunki ayni shu voqealar Usmoniylar saltanati birdamügiga tahdid solib turardi. Abdul Hamid buyrug‘i bilan matbuotda «Armeniya», «Makedoniya» kabi geografik atamalarni ishlatish taqiqlab qo'yildi. Harbiy Armanistonning Vana, Erzurum va boshqa markazlarida gazeta chiqarishga umuman ruxsat berifmasdi. Shunday bo‘isa-da, harbiy A rm anistonda o'sha yiliarda «Ayk», «Droshak» va boshqa gazetalar o'quvchilariga yetkazib turilardi. Jenevada esa.armanlar «Amaynk» nomli gazetasini bosib chiqarishar edi. 1 1 «Independent», 1884. Ne6, 37-bet; «Le semafor de Marselb», 1890 yil 2 dekabr, «Deyli nyus», 1890, № 1, 2-bet; Londonda chiqadigan «Tayms», 1890, №221-222 va boshqalar. A nnan m uam m osiga bag‘ishlab Nyu-York, M arsei va London mat- buotida tez-tez m aqolalar chop etilardi. 1894— 1896-yillarda arman xalqiga nisbatan qo‘llanilib, 300 ming kishi hayotiga zom in boMgan ommaviy terror voqeasi G ‘arb nashrlarida aloliida o ‘rin egalladi. Ushbu hunrezlik turklar tom onidan arm an xalqiga qarshi genosid sifatida baholandi. XIX asrda Y evropada noqonuniy nashrlar ko‘payib bordi. Jumladan, D. M adzinining «D ei e popoIo»,«Djustísía e liberta» kabi vatanparvarlik ruhidagi nashrlari ju d a m ashhur edi. Angliya davlati xalqaro jamoatchilik munosabatlari m arkaziga aylandi. U XVIII asr oxiri va XIX asr bosh- laridagi urushlarda b ir qator yutuqlami q o ‘lga kiritib, ko‘p yiilarga Yevropada ta ’sir kuchini oshirdi. Ishlab chiqarishdagi muvaffaqqiyatlari xalqaro savdo-sotiqda ham ustunlikka imkon berdi. Nisbatan siyosiy barqarorlik va shaxs erkinligi kafolotlari tufayli bu davlatda Yevropanining boshqa qismida, xususan, Ispaniyadan Rossiya- gacha bo‘lgan m am lakatlarda tazyiqqa uchrayotgan mafkuraviy siyosiy harakatlar panoh topdi. Mag'lubiyatga uchragan bir qator inqilobiy harakatlaming yetakchilari, jum ladan, L. Koshut, D. Madzini Londonda qo'nim topishdi. A. G ersen «Kolokol» gazetasi nashrini yo‘lga qo‘ydi, V. Gyugo esa u yerdan N apoleon III tuzumiga qarshi kurash olib borardi. Yevropaning noqonuniy matbuoti haqida so‘z yuritganda, aynan G er- senning «Колокол» nashrini eslash joiz. Senzuradan tashqaridagi btrinchi nashr sifatida u nafaqat muhojirlar doirasida, balki Rossiyantng o'zida ham katta mu vafiaqiyatlarga erishdi. Dunyo miqyosida, ayniqsa, Fransiya, Germaniya, Italiya kabi mamlakatlarda senzura masalasi o 'ta murakkab bo'lgan bir paytda «Колокол»п1вд hurmati va salohiyati nihoyatda yuqori edi. Yevropada m uxolif kayfiyatdagj nashrlar orasida yuksak jurnalistik m ahorat va yuqori professionallik bobida ham «Koлoкoл»ga yetadigani topilmasdi. XIX asm ing o ‘rtalari q it’adagi firqalar harakatlarining faollashuvi bilan xarakterlidir. 1846-yilda Parijda partiya nashriyotlarining soni 26 tani tashkil etgan bo‘lsa, 1848—1851-yiilarga keíib, ular 789 taga yetdi. Yevropa tarixining eng yangi davri jurnalistikada har tom onlam a o ‘z aksini topdi. V oqea-hodisalarning xabarchisigina bo‘lishdan qoniqmagan gazetalar siyosiy g ‘oyalam i ilgari surib, jam oatchilik fikrining ifodachisiga liam aylanishdi. M azm un va mohiyatiga ko‘ra salohiyatliroq hisoblangan nashrlar ko'pincha shu jam oatchilik fikrini shakllantiradigan vosita ham bo‘lib qolishdi. Ayni ushbu jihati bilan m atbuot davlatlar hayotining ajralmas qismiga aylandi. Ko‘plab siyosiy guruhlar faoliyat yuritayotgan bir paytda konser- vatorlar-mavjud tu zu m n i q o ’Uash, liberallar-tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish va bozor munosabatlarini joriy etish, islohotparvarlar-ja- miyatda tub burilishlar yasash, radikallar-bu o ‘zgarishlami qat’iyroq hayotga tatbiq etish, dem okrat va respublikachilar-monarxiyani ag‘darish va mamlakatni respublika deb e’ton qilish yo'lida kurash olib bordilar. Sotsial-dem okratlar ishchilar flrqasi o'laroq m ehnatkashlam ing manfaat- larini himoya qilar edi. H ar bir partiyaning o ‘z matbuot vositasi, xabar berishning o ‘ziga xos usiubiari, auditpriyaga ta ’sir o ‘tkazish yo'llari bor edi. Bu m a’noda «Times» va «Daily Telegraph» konservativ ruhdagi gazetalar edi. Masalan, Italiya respublikachilari «Djomale del popolo» (Xalq gazetasi) va «Италия дел пололо» (Xalq ïtalyan gazetasi) kabi kundalik nashrlariga ega edi. «Nyus Kronîkal» ham liberallann qoilab-quw ailadi. Maqsad hamda vazifalari, m azmun va mohiyati jih atid an , albatta, siyosiy nashriar boshqalardan keskin farqlanar edi. Angliyaning «Moming kronikl», Avstriyaning «Presse» gazetalari misolida bu farq yaqqol ko'zga tashianadi. «Neue Preussische Zeitung» esa nemts gazetalari ichida ajralib turardi. 1848-yilning 16-iyunida tashkil qilinib, «inqilobiy harakatlarga qattiq zarba berishni» o ‘z oidiga maqsad qilib qo'ygan va birinchi m uharriri German Vagner bo'lgan ushbu gazeta xodim lari orasida Bis mark, Kleyst-Resov, Shtai, Genrix Leo va boshqa siyosiy nam oyondalar bor edi. Gazeta har qanday ozodlik harakatiga qarshi chiqib, fon Radovis siyosatini, Avstriya vaziri fon Bax islohotlarini qattiq tan q id ostiga olar edi. Siyosiy jarayonlarda cherkov birlashmalariga qarashli nashriar ham faol ishtirok etdi. 1871-yilda m adaniy kurash avj oigan davrda tashkil etilgan «Zentrumspresse» katolik matbuoti markazi bunga misol bo‘la oladi. Katolik jumalistikasining namoyondalaridan yana biri Dyusseldorfda 1878-yilda tashkil topgan «Katolik matbuotni qo‘U ab-quw atlash Avgustin ittifoqi»dir. Awal katolik matbuotning yetakchi o ‘rinlarida «Germaniya gazetasi» turgan. Keyinchalik doktor Iosif Kardaun boshchiiigidagi «Kol- nishe VolkszeitungV gazetasi hajmi, mazmuni va sifati jih atid an ilgarilab ketdi. U Germaniya g‘oyalarini ilgari surib, boshqa nashriar bilan ochiq- oydin ziddiyatlarga borardi. Italiyaning har bir shahrida islohotlaming raqiblari ham o 'z gazetalariga ega edilar. Bunga Vatikan nashri bo‘lgan «Оссерватор Романо» gazetasini misol keltirish m um kin. Siyosiy nashriar ravnaqiga ijtimoiy-iqtisodiy jih atlar ham o ‘z ta ’sirini o'tkazdi. Qog'oz ishlab chiqarishning rivojlanishi, transatlantika kabelining o'tkazilishi, fotografiya, mikrofon, telefon, yangi bosm a mashinalarining ixtiro qilimshi, harf terishning mexanizatsiyalashuvi-bulaming barchasi jumalistikaning yanada haqgo'yroq, tezkorroq va sîfatliroq bo‘lishiga sharoit yaratdi. Gazetalarning telegraf xizmatidan foydalanishi esa axborot manbalarining ortishiga olib keldi. Ana shunday imkoniyatdan bahramand bo‘lgan yirik nashrlardan biri «National Zeitung» gazetasidir. U Bemgard Volfning telegraf b o ‘limi yordamida dunyoning turli burchaklaridan tezkor axborotlam i chop etishga muvaffaq bo‘lardi. Gazetalarning imkoniyat doirasiga telegrafning qo'shi- lishi ularning jamiyatda tutgan o ‘rni hamda vazifalarini birm uncha o ‘z- gartifdi. Ushbu davmi o ‘rganish jarayonida OAVga davlat ta ’sirini ham nazarda tutish kerak. Bu ta’sir iqtisodiy, huquqiy va mafkuraviy ko‘ri- nishda o‘z aksini topdi. Jurnalistikaning tez sur’atlarda rivojlanishi va m a’lum m a’noda jamiyatga o'tkazayotgan ta ’siridan m atbuotga nisbatan o ‘ziga xos siyosatga ega bo‘lgan birinchi davlat arboblaridan N apoleon o ‘zi bilganicha foydalandi. Uning fikricha, matbuot polk va diviziyalar o ‘mini bemalol egallay oladi. Shu m a’noda aynan Napoleon m atbuotni siyosat o ‘tkazish quroliga aylantirgan birinchi hukmdorlaidan hisoblanadi. 1800-yil 17-yanvar kuni Parij va uning yaqin atrofida chop etilayot- gan 73 ta gazetadan 60 tasini yopish haqidagi ko‘rsatma Napoleonning ilk qarorlaridan b o ‘ldi. Rasman senzura yo‘q deb hisobiansa-da, «Matbuot bo‘limi* n om li maxsus organ joriy etildi. Buning natijasida, birinchidan, gazetalarning keskin tanqidiy ruhdagi maqolalarni chop etishga ishtiyoqi pasaydi. Ikkinchidan, har qanday nojo‘ya mavzudagi material bosilgan gazetani tarqatilishidan ancha oldin musodara etish taomilga kirdi. U chinchidan, gazetalarda yoritilayotgan mavzularga nisbatan m as’uliyat ortdi. 1803-yilda Adliya vazirligi qoshida maxsus ko‘rik komissiyasi ish boshladi. «M oniteur» gazetasi Napoleonning jarchisiga aylandi. «Gazeta m uharririariga tayinlab qo'yingki, m en hech qachon gazetalarimda mening m anfaatlarim ga qarshi chiqilishiga, zaharli maqolalar chop etish yo‘l qo‘ym aym an. Bir kunm as-bir kun og‘izlarini yumib qo‘yishim m um - kinligini bilib q o ‘yishsin*, der edi Napoleon. U 1805-yilning 7-avgustidan e ’tiboran soliq, shtem pel yig'imlari va boshqa tadbirlar orqali gazetalarça iqtisodiy bosim o 'tk aza boshladi. 1807-yil 6-noyabrda esa siyosiy maqolalar chop etilishi um um an taqiqlandi. Bunday maqolalarni faqatgina «Moni- teur*da joylashtirish mumkin edi. 1820-yilda Parijda chiqarilayotgan gazetalar haqidagi dekret loyihasi tasdiqlandi. U nga ko‘ra, mamlakatda siyosiy va ichki ahvol haqida axborot beruvchi gazetalar soni uchtadan ortmasligi kerak edi; 1811-yilning 1-yan- varidan boshlab «Journal de I Empire*, «Le Publiciste* va «La G azette de France* shunday gazetalar sifatida belgilandi; endi feleton bo‘lmas!igi, nashrlar esa haftada uch marta chiqarilishi kerakligi ko'rsatiidi1. Hattokii islohotlarga qarshi chiqadigan avstriyalik jum alist G ents ham o ‘z d o ‘sti M etternixga yo'llagan xatida m atbuotga nisbatan nohaq siyosat quyish- qondan chiqib ketayotgani haqida yozdi2. K eyinchalik, XIX asrning 60-yillarida Bismark ham xuddi shu y o in i qo‘llashga urindi. Germaniyada pruss byurokratiyasini nemis jam oatchi- ligiga singdirishga uringan va pinhona ravishda davlatdan moddiy yordam olib turadigan «sudraluvchan* m atbuot vujudga keldi. Bir paytlar muxo- lifatda b o ‘lgan gazetalar hukumat siyosatining kuychisiga aylanib qoldi. 1862-yilda Avgust Bras tom onidan tashkil etiiib, awaliga demokratik va Buyuk Gei-maniya g‘oyalami ilgari surgan «Norddeutsche Allgemeine Zeitung» gazetasi Bismark ta ’siri ostiga tushib, konservativ partiya organiga aylanib qoldi. Jirardenning «Lya Press», «Jurnal de Deba* nashrlari qatori ushbu gazeta ham yashirincha ravishda hukumat yordamini olish evaziga pruss m onarxiyasi boshchiligida yagona milliy davlat tuzilishini m a’qullab, har qanday inqilobiy harakatlami qoralashga o ‘tib oldi. 1 Тарле E.B. Печать во Ф ранции при Наполеоне I. М.: 1913, 14-е. 2 0 ‘sha joyda, 15-бет. Shunday qiiib, XIX asr boshqariladigan va soîib olinadigan matbuotni yuzaga keltirdi. Ushbu davr jumalistikasiga xos jihatlardan yana b in uning oqsuyaklar hamda o'rta va past tabaqalar uchun nashrlarga b o ‘linganligidir. Bu holatni, ayniqsa, Buyuk Britaniya misolida kuzatish m um kin. Mamlakatda m atbuot va hukum at o'rtasidagi munosabatlar nisbatan xotiijamroq kechardi. Biroq bu yerda ham matbuotni iskanjaga oluvchi qonunlar mayjud edi. 1819-yilda Parlament tom onidan am aldagi siyosiy tuzumga tanqidiy baho berganla^ga jazo choralarini belgilovchi oltita akt qabul qilingandi. Aniqroq qilib aytganda, bu hujjatlar qirol parlamenti yoki hukumat sha’niga dog* tushiruvchi, isyonlarga chaqiruvchi materiallar chop etilishining oldini olish maqsadini ko'zlar edi. Qoidalarga bo‘ysun- magan gazetalar musodara etilib, mualliflarga keskin jazo choralari ko‘ri- lardi. «Bilimlar uchun soliq*lar matbuot rivojiga katta to‘siq bo'ldi. Hukumat tom onidan har bir nashrdan undirib olinadigan bojlar majburiy bo‘lib, ulami to'lamagan hech qaysi nashr m ushtariylar bilan ish olib bora olmasdi. Ingliz tadbirkorlarining o ‘z huquqlari u ch u n kurashi 1832-yilda aristokratiya va buijuaziyani bir xil toifaga keltirib q o ‘ydi. Demokratik kuchiaming sa’y-harakatiari m am lakatda matbuotga qo'yilgan soliqlar miqdorini kamaytirishga qaratildi. 1849-yitda bojlarga qarshi kurash sohasida maxsus qo'm ita tashkil etildi. 1853-yili matbuotdagi e ’lonlarga qo'yilgan soliq butunlay olib tashlandi. Buning natijasida matbuotda reklamalami joylashtirish imkoniyati tug'ildi. 1855-yildan e’ti- boran gazetalardan olinadigan yig‘imJar butunlay yo‘q qilindi. Va nihoyat, 1861-yili qog‘oz solig'i bekor etildi. Natijada, «bilimlar solig'i» deb ata- luvchi soliqlar turkumi kuchini yo‘qotdi. 1870-yillarga kelib, Angliyada qonunlar matbuot uchun katta xavf tug‘dirmay q o ‘ydi. Shu paytdan ingliz matbuoti uchun yangilanish davri boshlandi. Soliqlaming kamayishi o ‘z -o ‘zidan gazeta va jum allam ing ishlab chiqarish xarajatlari kamayishiga olib keldi. Tabiiyki, ulam ing narxi ham arzonlashdi. Shu tariqa, turli qatlamlarning vakillari gazeta sotib olish imkoniyatiga ega boldilar. Tadbirkorlar reklama joylashtirish maqsadida gazetalar xizmatidan tobora unumliroq foydalana boshladilar. Bundan keladigan daromadlar gazetalar budjetining asosiy qism ini tashkil qiladigan bo‘Idi. Ushbu holat gazeta nashrlarining ko‘payishiga ham sharoit yaratdi. Shunday qilib, gazeta ishlab chiqarishida asta-sekin rivojlanish davri boshlandi. Kun sayin yangi-yangi davriy nashrlar paydo bo'la bordi. Gaze- talarning oqsuyaklar va o ‘rta qatlamlarga m o'ljallab chiqarilishidagi farq tobora ko'zga tashlana boshladi. Yuqori tabaqa o'qiydigaii nashrlar jumlasiga «Tayms*, «Deyli telegraf*, «Morning post*, «Manchester gar dian» kabi gazetalami kiritish mumkin. Ulam ing asosiy mavzusini siyosat tashkil qilardi. «Tayms» parfamentdagi konservatorlarni qo'Uasa, «Sent- Djeyms gazett» liberallar tom onida edi. Keng k o ia m li sharhlar va maqolalarda parlament ishi o ‘z aksini topardi. Bu gazetalaming o ‘quv- chilari asosan ziyolilar bo‘lsa-da, ular doirasi aytarli keng emasdi. Oddiy aholi qatlam larida esa ular qiziqish uyg'otmasdi. D em okratlar ko‘p asrlar davomida m atbuot erkinligi yo‘lida ham kurash olib bordilar. Yangi butjuaziya feodalizm qoldiqlari bilan kurashib, shaxs erkinligini, shuningdek, so‘z erkinligini talab qilardi. Ishchi- xizm atchilarning o'ztga xos milliy va baynalmilal an’aiialari mavjud edi. Yevropada birinchi inqilob sodir boUishida yosh inqilobiy demokratik m atbuotning roli katta. 0 ‘sha paytlarda bu matbuot sahifalarida ishchi- xizmatchi om m a vakillari qahram on va m uallif sifatida chiqa boshlashdi. XIX asr oxirlariga kelib xaiqaro sotsialistik va ishchilar harakati yuksak darajaga ko'tarildi. Asr o ‘rtalarida bir nechta gazetadan iborat b o ig a n sotsialistik va ishchilar m atbuoti asr oxirlarida 200 ta nashiga etdi. 1869-yilda G erm aniya sotsial-demokratik firqasi tom onidan tashkil etilgan m atbuot saviyasi jihatidan boshqalardan ancha ustun edi. Bu yerda nashrlarning b u tu n bir tizimi tashkil etilgan bo‘lib, uning markazida «Foivets!* gazetasi va «Noyés sayt* jum ali turardi. 1885-yili Fransiyada G. Jed tom onidan tashkil etilgan «Le Sosialiste* haftalik gazetasi chiqa boshladi. Shu yilning o ‘zida Londonda «Djastis* gazetasi ham dunyo yuzini ko rdi. 1889-yilda «Tudey», 1893 yilda esa «Lebor Lider» gazetalari tashkil etildi. 1896-yilda R im da Italiya sotsialistik partiyasining «Avanti» gazetasi, Shveysariyada sotsial-dem okratlam ing «Berner tagvaxt» gazetasining nashri yo'Iga q o ‘yildi. Amerika ishchilarining Chikago, Filadelfiya, Sent-Luis, Nyu-Yorkda matbuot m arkazlari faoliyat ko‘rsata boshladi. Eng m ashhur «Eppil tu rinz» gazetasiga 1895-yilda Kanzas-Sitida asos qo'yildi. Shunday qilib, Yevropadagi OAV rivojiga ulaming qit’a va dunyo miqyosidagi siyosiy jarayonda qatnashishi, jamiyatning ijtimoiy turmusliiga ta ’siri, boshqariladigan m atbuotning paydo bo'lishi va turli siyosiy nashrlarning tashkil etiüshi kabi jarayonlar omil boidi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling