‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
2 G azeta jurnallaming adadlariga oid ma’lumotlar ular olingan kitob (manba)lar
yaratilgan davrdagtga asosan olxndi. Tabiiyki, bugungi kungacha bu ko‘rsatkichlar o ‘zgarib kctgan. XX asming birinchi yarmida gazetalar bilan bir qatorda «Commercial and Financial Chronicle», «Afro-Americao*. «Baltimore Cun*, «Wa- chington Evning Star», «Journal o f Commerce and Commercial», «Wa- chington Post and Times Herald*, «Des Moines Register*, «Denver Post*, «Los Angeles Times*, «New York Herald Tribune*, «New York Times* gazetalari, «Iron Age*, «Cosmopolitan*, «Farm Journal*, «The Saterday Evening Post* kabi jum allar ham tobora om m alashib bordi. Jumallar adadi bir necha yuz mingdan tortib 12 million nusxadan ham oshgani e ’tiborga molikdir. AQSHda gazeta-jum al nashr etishning o ‘ziga xos maktabi yaratildi. T o ‘rt, sakkiz sahifadan iborat bo‘lib chiqadigan gazeta o ‘zini oqlay olmasligi, bunday nashrlar asosan muassis yoxud m a ’lum bir guruh kishilargagina m a’qui fikrlami yoritib, keng om m aning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondira olmasligi to ‘g“ri anglashildi. Shu bois gazetalar yetmish, sakson, hatto yuz sahifagacha hajmda chiqib turishi odatiy holga aylangan. Gazeta bir necha o ‘n sahifadan iborat bo'lgandagina unda keng xalq ommasining talablarini qondira oladigan axborot berish va turli mavzulardagi maqolalami yoritish mumkinligi o ‘z isbotini topdi. Amerikalikiar asosan dam olish kuni gazeta-jurnallam i bafuija mu- tolaa qilishga vaqt topishini hisobga olgan tahririyatlar o ‘z gaze-talarining yakshanba sonlarini besh yuz sahifagacha liajmda ham da odatdagidan ikki barobar ko‘p nusxada chop etishardi. Shunisi qlziqki, bir necha million nusxada chop etiladigan besh yuz sahifalik gazetalam ing ham sotuvda etishmay qolish hollari k o 'p uchrardi. Ko'rilayotgan foydaning to ‘rtdan uch qism i e ’lon qilinayotgan reklamalar hisobidan olinar edi. Qolgan qismi esa gazeta savdosidan tushardi. G azeta-jum allar narxini belgiiashda muassis yo tahririyatlar ko‘p hollarda o ‘z foydasini birinchi o ‘ringa qo'ym as edilar. Bil’aks, tannarxi, masalan, taxminan ikki dollarga tushadigan gazetani uch-to‘rt barobar arzonga (ta’bir joiz bo‘lsa — zarariga!) sotish «taomil*ga aylandi. O'quv- chilar manfaatini ko'zlab qilingan bu xayrli ishning mevasidan aslida noshirlar ko‘proq bahramand bo'lishadi. Ya’ni, nashm ing adadi misli ko‘rilmagan darajada ortib boraveradi. Qanchalik ko‘p nusxada bosilsa, nashming tannarxi shunchalik kamayishi turgan gap. Ikkinchidan, tadbirkor va ishbilarmonlar o ‘z reklamalarini adadi ko‘p gazetalar orqali yoritishni afzat ko‘rishardi. Demak, gazetani sotishdan ko‘rilgan ba’zi zararlar reklamadan olinadigan foyda hisobiga qoplanib, qo4shimcha daromadlarga ham erishiladi. AQSH matbuoti taraqqiyotida 1948-yili asos solingan «Associated Press* («Matbuot uyushmasi*) axborot agentligining roli katta bo‘ldi. Bu agentlik asr o ‘rtalariga kelib 3460 dan ortiq gazeta-jum alga, shuningdek, qator radiostansiya va telestudiyalarga xizm at ko‘rsatardi, agentlik dunyodagi 160 ta yirik shaharda faoliyat yuritayotgan 2500 dan ortiq muxbiriga ega edi. Assoshieyted Press maxsus- byurolari orqali jahonning 100 dan ortiq shahrida chop etiladigan 1763 ta gazeta bilan teletayp orqali aloqani yo‘Iga qo‘ydi. Shiddatkor davr hisoblangan XX asm ing birinchi yarmida mamla- katda chop etila boshlagan ayrim nashrlar haqida to ‘xtalish maqsadga muvofiqdir. AQ SH da gazetalar bilan bir qatorda jum allarga ham qiziqish baland ckanligi kuzatilgan. Buni XIX asm ing ikkinchi yarmida tashkil etilgan qator ju m a lla r navbatdagi asr avlodlarining ham e ’tiborini qozonganidan bilsa bo‘ladi. Vashingtonda «N ational Geographic» oylik bezakli ilmiy- omm abop ju m a li 1888-yilda, Nyu-Yorkda «Cosmopolitan» oylik adabiy- sivosiy ju m a li 1886-yilda, ayollarga mo'ljallangan «Vogue» oylik bezakli jum ali 1892-yilda, «American Weekly» rangli-bezakli haftalik jum ali 1896- yilda, «New York Times» gazetasi ilovasi bo‘lgan «New York Times Magazine* ju m a li 1896-yilda, «Me Calls* ayollar oylik bezakli jum ali 1897-yilda tashkil etildi. XX asm ing birinchi yarmidayoq bu jum allar adadi bir nech a yuz mingdan 13 milliongacha nusxani tashkil etgani ulam ing naqadar om m abop ekanügidan dalolatdir. Jurnallam ing aksariyati har haftada, oyda bir yoki ikki marotaba chop etilardi. Shunga yarasha mushtariylarining soni ham ortaverdi. Jurnallarga b o ig an talab-ehtiyojlar oshgani bois 1900-1950-yillarda ular safiga yana qator yangi nashrlar qo‘shildi. 1902-yilda «Chemical Engineering* jum alini m ushtariylar qiziqish bilan kutib oldilar. Asosan muhandislik kimyosi sanoati m uam m olarini yoritishga m oijallangan bu jum al har ikki haftada 44589 nusxada chop qilinar edi. 1914-yili ta ’sis etilgan «Current History* oylik jum ali yangi tarix mavzularini yoritishni o ‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Unda AQSHning xalqaro m aydonda tutgan o ‘mi, ichki va tashqi siyosatiga oid rang-barang mavzularga keng o ‘rin berilardi. Ishbilarmon hamda tadbirkorlarga moMjallangan «Forbes* jum aliga 1917-yilda asos solingan. Bu jum al ham har oyda ikki m arotaba chiqariladi. «Barron’s National Business and Financial Weekly* haftalik jum ali 1921-yilda Bostouda chiqarila boshladi. 97000 dan o rtiq nusxada chop etilgan bu jum alda AQSHdagi etakchi m onopoliyachilar, ishbilarmonlar va ilg‘o r moliyachilar faoliyati aks ettirilardi. Ju m a ld a AQSHning siyosiy faoliyatiga ham xolis munosabatlar bildirilar edi. Boshqa xalqlar qatori amerikaliklarda ham adabiyotga, m a’naviyatga qiziqish m udom yuqori boMgan. «The Readers Digest* oylik adabiy-siyosiy jum ali 1922-yilda Plezantvill shahrida tashkil etilganidayoq o ‘ziga xos voqelik b o ‘lgandi. Zero, 17 tilda chiqadigan ushbu jum alning umumiy adadi XX asr oxiriga kelib 30 million nusxaga etgani uning qay darajada om m alashganini ko'rsatadi. 0 ‘sha davrda Nyu-Yorkda q ato r jum allarga asos solindi. 1922-yilda «Foreign Affairs*, 1923-yilda «Time*, 1924-yilda «American Mercury*, 1925-yilda «New Yorker The*, 1929-yilda «Busineess Week*, 1930-yilda «Fortune*, 1933-yilda «Newsweek* jum allari tashkil etildi. M a’naviyatga tashna m ushtariylar orasida bu jum allar tezda ommalashib, umumiy adadlari ham b ir nech a yuz mingdan 10 million nusxagacha etdi. Dem ak, ' AQSHdagi nashrlar ham m azm unan juda boy, sifatli, o ‘quvchi didiga mos bo‘lgandirki, ulam ing mushtariylari soni tobora ko‘paya bordi. 0 ‘sha nashrlaming muassis va ta ’sischilan o'quvchilar sonining ko'payishidan manfaat ortishini t o ‘g ‘ri hisob-kitob qilib, gazeta-jum allarni haqiqiy tannarxidan ham arzonga sotishardi. Chunki bu sohada faqat daromad ketidan quvganlar uzoqqa bora olmasligini, tez orada bozori kasodga uchrashini amerikalik noshirlardan tortib muassislargacha yaxshi bilishlardi. AQSHlik mushtariylarning sevimli nashrlaridan biri— «Life» rangli- bezakli jurnaliga 1936-yili asos solingan. Umumiy adadi 6041778 nusxa bo'lgan bu xalqaro miqyosdagi ju m a l ikki haftada bir m arta chop etila boshiagan. Jahon miqyosida o 'z o'quvchilariga ega bo'lgan ushbu nashr Lotin Amerikasi mamlakatlari u chun Parijda ispan tilida ham chop etilardi. Ikkinchi jahon urushidan so ‘ng jum al «XX asr — Amerika asri», «AQSH dunyo rahnamosidir» shiorlari ostida chiqariladigan bo'ldi. Diinyo miqyosida miixlislariga ega bo'lgan «Look» jurnaliga 1937-yilda Nyu-Yorkda asos solindi. Ikki haftada bir marta 5623413 nusxada chop etiladigan jumalda rang-barang suratlar bilan bir qatorda qiziqarii hikoyalar, kinoyulduzlar haqida ocherklar yoritiladi. «Nigoh» degan nomiga yarasha bu ommabop nashr sahifalarida o ‘z aksini topadigan AQSH va boshqa davlatlaming ijtimoiy-siyosiy hayotiga daxWor muammolar, xususan, mamiakat boshqaruvida uchrashi mumkin bo'lgan korrupsiyaga oid tanqidiy maqolalar ham o'qnvchilar e ’tiborini o'ziga tortib turadi. Nyu-Yorkda tashkil etilgan yana ikkita jumal haqida to'xtalib o'tish joiz. «Parade* haftalik ommabop jurnaliga 1941-yilda asos solindi. H ar yakshanba kuni chiqadigan bu bezakli jum al 22 million (oyiga 88 million!) nusxada chop etilishi uning qanchalik sermazmun, qiziqarii ekanligini ko'rsatadi. Jurnalxonlar talab-ehtiyojini muntazam kuzatib borgan mutaxa- ssislar zamonga mos yangi nashrlar chop etish ustida muttasil izlandilar. Shunday izlanishlar samarasi o ia r o q 1949-yilda tashkil etilgan «Reporter» siyosiy jumali ham millionlab muxlislariga ega ekantigi bejiz emas. XX asrning birinchi yarmidagi AQSH matbuoti haqida s o 'z ketganda, m ashhur kompaniya rahbari G e n ri Lyus faoliyati haqida ham to'xtalib o'tish joizdir. 0 ‘zi bosh m uharrir sifatida ish boshiagan Lyusning kompaniyasiga qarashli jurnallarning bir galgi umumiy adadi 11 million nusxadan ortiq edi. «Xerst konsolideyted pablikeyshnz, ink.» yirik noshirlik konserni XIX asming oxirlarida tashkil etilgan b o ‘lsa-da, 1930-yil o'rtalarida ’chinakam ravnaq topa boshladi. Bu paytga kelib konsernda 28 ta kundalik gazeta va 13 ta jurnal chop etilardi. Bundan tashqari u o'zining axborot agentligiga, matbuot markazi, radiostansiyasi, kinofirmasiga ham ega edi. AQSH gazetalari haqida s o 'z yuritganda ham, avvalo, XIX asrda yuz bergan ayrim voqea-hodisalarga bir bora nazar tashlash maqsadga muvofiqdir. Negaki, bu davrda navbatdagi asr matbuotining ravnaqi uchun zamin yaratilgandi. Dunyoda d ong taratgan «New York Times» (Nyu-York Tayms) gazctasiga ham ayni shu davrda — 1851-yilda asos solindi. «Nyu- York tayms kompani» deb uom laugan kompav\iya tom onidan har kuni chop etiladigan gazetaning adadi 623588 nusxa. yakshanba kunlari esa 1261800 nusxadan kam bo‘Lmagan. Har kuni 80—120 sahifada chop etiladigan gazetaning yakshanba sonlari 400—500 sahifagacha yetishi odatiy holga aylangan. D am olish kungi soniga ju m a l tipidagi ikkita ilova — «Nyu-York taym s megezin* va «Nyu-York taym s buk revyu» ham q o ‘shib chiqarilishi yo‘lga q o ‘yilgan. Uiardan tashqari, «New York Times»ning 30 ga yaqin ilovalari chiqib turadi. Uning Lotin Amerikas! uchun Limada (Peru) va Yevropa davlatlari uchun Parijda nashriyot uylari mavjud. Gazeta xodim larining umumiy soni 5000 nafardan ortiq kishini tashkil etadi, aynan tahririyat shtatida esa 900 xodim muntazam faoliyat ko‘rsatadi. A Q SH ning 17 ta yirik shahrida ham da 29 ta mamlakat poytaxtlarida bu gazeta doim iy byurolariga ega. «M akkorm ika—Patterson» gazeta tresti mamlakatdagi yirik nashrlarga asos solgan. 0 ‘sha nashrlarning umumiy adadi 3,4 million, yakshanba sonlari esa 5 million nusxadan oitiqroqdir. Xristianlik ilmini targ‘ib etuvchi «C hristian Science M onitor» gazetasiga 1908-yilda Bostonda asos solingan. 19 1 7-yilda M edisonda (Viskonsin shtati) chiqa boshlagan «Capital Times» kundalik m ustaqil gazetasida asosan ijtimoiy mavzudagi maqolalarga keng o 'rin beriladi. «The N ew York Daily News» (Nyu-York kundalik haqiqati) gazetasining nom idanoq m azm un-m ohiyatini anglash mumkin. 1919-yilda asos solingan bu gazeta sahifalarida asosan reklamalar yoritiladi. Uning tahririyatida 3000 dan ortiq xodim faoliyat ko'rsatadi. G azeta adadi o ‘tgan asr o 'rta la rid a 2056521 nusxani, yakshanba sonlari esa 3455033 nusxani tashkil etardi. A Q SH m atbuoti taraqqiyotida 1919-yilda tashkil topgan «Federated Press» axborot agentligining ham salmoqii hissasi bor. K o'plab gazetalar eng m u h im axborotni shu agentlikdan olardilar. Uning uchta b o iim i Nyu- York, V ashington va Detroyt shaharlarida joylashgan. «W ashington Daily News» haftalik gazetasi 1921-yildan chiqa boshlagan. Bu gazeta asosan Skripss-Govard tresti siyosiy yo‘nalishidagi m avzularni kengroq yoritardi. Rang-barang materiallar bilan bir qatorda turli ko‘ngilochar suratlar va rrlaqolalar ham muxlislami xushnud etardi. M am lakatdagi yetakchi gazetalardan biri — «New York Herald T ribune»ga 1924-yilda asos solingan. Bugungi kunda ushbu gazeta yetakchi nashrlardan deb topilgan. G azetaning «Yevropa nashri* Parijda chiqadi. XX asr o ‘rtalarida 500000 nusxa atrofida chiqib turgan gazeta 50—80 sahifadan, yakshanba sonlari esa 300—400 sahifadan kam bo‘Lmasdi. 1924-vildan chiqa boshlagan yana bir gazeta - «New York Daily Mirror* N yu-Y orkning kundalik ko‘zgusi hisoblangan. Gazeta sahifalarida asosan am erikalik monopoliyachilarning qarashlari o ‘z aksini topardi. «This Week* haftaligi 1935-yili Nyu-Yorkda chiqa boshlashi bilanoq o ‘z m uxlislarini topdi. Yakshanba kunlari 39 ta ilovasi bilan chop etiladigan bu nashm ing umumiy adadi 11685200 nusxadan oshardi. Asosiy m aqsadi reklamalarni yoritish boMgan ushbu haftalik sahifalarida hikoya, ocherk, siyosiy va ijtimoiy mavzudagi maqolalar ham tez-tez yoritilib turgani uning ixlosmandlari sonini ko'paytirishga xizmat qilardi. Kasaba uyushmalarining 1942-yili San-Fransiskoda tashkil etilgan nashri — «The Dispatcher» mustaqil gazetasi asosan ishchi-xizmatchilar manfaatini himoya qilishga yo'naltirilgandi. U lam ing erkin minbari hisoblangan mazkur gazetada dunyo miqyosida kasaba uyushmalarining ilg'or tajribalari, bu sohadagi m uam m olar yoritilardi. Odamlarda ijtimoiy, siyosiy mavzulardagi maqolalarga qiziqish katta ekanligini anglagan chikagolik jum alistlar va noshirlar 1947-yili «Chicago Sun—Times» gazetasini tashkil etdilar. Bu davrda kurrai zaminda turfa siyosiy voqea-hodisalar avj olayotgan edi. SSSRdagi qonli qatag'onlar, Yevropada Ikkinchi jahon urushining o ‘choqlari paydo bo'layotgani haqidagi xabar va sharhlar amerikaliklaming ham e ’tiborini jalb qilmasdan qoimasdi. Boshqa yetakchi gazetalar qatori «Chicago Sun—Times* gazetasi sahifalarida ham bu mavzular atroflicha yoritib borildi. Agressiya va urushlaiga hamisha qarshi turadigan «N ational Gardian» taraqqiyparvar gazetasiga 1948-yiIi Nyu-Yorkda asos solingan edi. Ko‘p o ‘tm ay bu gazeta nihoyatda ommalashib ketdi. Dunyoning barcha burchaklarida uning muxlislari topiladi. XX asr birinchi yarmida AQSHda matbuot ravnaqini yuksak pog'o- nalarga ko‘tarishda «Ogdena», «Nyuxauz», «Perri», «Ridder», «Skripps- Govard*, «Skripps», «Tayms—M irror kompani», «Xerst» kabi gazeta tresti, konsemi va birlashmalari salmoqli o'rinda bo'lishdi. Ular o ‘nlab gazetalarni million-million nusxalarda chop etishgani yaxshi m a’lum. Shunisi e ’tiborga molikki, AQSHda ingliz tilidagi nashrlar bilan btr qatorda boshqa millat o ‘quvchilariga mo'ljallangan gazetalar ham emin- erkin chop etilardi. Masalan, 1905-yüdan Bostonda latish tilida «Amerikas Latweeties» (Amerikas Latvietis), 1909-yildan N yu-Y orkda eston tilida «Uus Ilm» (Uus Ilm), 1917-yildan Nyu-Yorkda rus tilida «Russkiy Golos», litva tilida esa 191 t-yildan Nyu-Yorkda «Laisve» (Laysve) va 1923-yiIdan Chikagoda «Vilnis» («Vllnis»), N yu-Y orkda ukrain tilida «Hromadsky Holos» (Gromadskiy Golos), 1938-yildan Nyu-Yorkda arm an tilida «Lraper» (Lraper) gazetalari ham ko‘pm ing nusxalarda chop etilgani bu yurtda demokratiyaning ravnaq topganidan dalolatdir. AQSH matbuoti tarixida XX asming birinchi yarm ida boshiangan ilg‘o r usullar va an ’analar dunyo matbuoti taraqqiyotiga ham sezilarli darajada ta’sirini o ‘tkazib kelayotir. Angliya matbuoti ham XX asming birinchi yarm ida ravnaq topdi. O 'sha davrdayoq angliyaliklarning amerikalik o'quvchilarga nisbatan ikki marta, fransuzlarga qaraganda uch barobar ko‘p gazeta-jum al xarid qilishlari kuzatilgan. Angliya gazetalarini shartli ravishda besh guruhga ajratish mumkin: MUliy (markaziy) ronggi gazetalar. Bular sirasida Londonda chop etitadigan 16 nomdagi gazetani sanash m umkin. 8 tasi yirik, yetakchi «Tayms», «Deyli telegraf», «Deyli meyl», «Deyli ekspress». «Deyli gerald», «Deyli Uorker», «Deyli mirror* va «Deyli sketch» gazetalari bo‘lib, o ‘sha davrdayoq ulaming umumiy adadi 13 million nusxadan oshardi. londonning fungi gazetalari «Ivning nyus», «Ivning standard»ning umumiy adadi 2, 7 m illion nusxadan ortiqroq edi. Tonggi vo fungi mahalliy (turli joylardagi) gazetalar. Angliya va Uelsda 19 ta tonggi va 67 ta tungi, Shotlandiyada 7 ta tonggi va 8 ta tungi, Shi- moliy Irlandiyada uchta tonggi va bitta tungi, Men hamda Channelda bitta tonggi gazeta chiqib turgan. Yakshanba kungi gazetalar umumiy adadi 32 million nusxadan oshardi. Bu davrda Angliyada 140 ga yaqin kundalik (va yakshanbalik) gazetalar ch o p etilardi. Londonda chiqadigan «Sandi tayms*, «Observer», «Sandi ekspress», «Nyus o f Uorld», «Pipl», «Reynolds nyus» va boshqa yirik nashrlar muxlislarining soni tobora ortib bordi. Mahalliy (joylardagi) kundalik gazetalar. 0 ‘sha davrda Buyuk Bri- taniyada 1200 d an ziyod gazeta va 4000 dan oitiq jurnal, bulardan tashqari, h ar yili m a’lum otnom a ham da yilnoma tipidagi 1000 dan oshiq nashrlar ham ch o p etib turilardi. Aynan XX asrning birinchi yarmidagi matbuot ravnaqi shunda ko'rinadiki, qator kichik-kichik nashrlar yirik m onopoliyachilar ko‘magida ulkan nashrlarga aylantinidi. Angliya m atbuotining taraqqiyotida uchta axborot agentligi m uhim o ‘rin tutadi. Y a’ni, Reyter, Press Assoshieyshn va Ekscheynj Telegraf axborot agentliklari mahalliy OAVni jahondagi eng muhim siyosiy xabarlar bilan ta'm in lab turadi. Ayni vaqtda mamlakat hayotiga oid axborotlarni ham asosan shu agentliklar tarqatadi. H ar b ir m am lakat matbuotining qiyofasini yetakchi nashrlar belgilaydi. Angliyada XX asrning birinchi yarmida paydo bo'lgan shunday gazeta-jum allar m am lakat ijtimoiy hayotida katta voqelikka aylandi. Bu davrda L ondonda q ato r yangi nashrlar paydo b oidi. Shulardan b in bo‘lgan «Daily Express» gazetasiga 1909-yilda asos solingan. 12—14 sahifadan ibo- rat bu gazeta b ir vaqtning o ‘zida London, M anchester va Glazgoda jam i 4,3 million nusxada chop etilardi. Keyinchalik gazetaning sahifalari ham, adadi ham keskin ko‘paydi. Uning muxlislari nafaqat Yevropada, hatto Amerika va Osiyo q it’alarida ham kam emasdi. Angliyaliklarning yangilikka intiluvchanligi ularning matbuotga b o i- gan ishtiyoqini kuchaytiradi. Yangi nashrlar hamisha qiziqish bilan kutib olinganini esa ularning adadlari keskin oshib borganidan ham bilsa bo‘ladi. «Daily M irror» (K undalik ko‘zgu) rangli, bezakli gazetasiga 1903-yilda asos solingan edi. Dastlab bir necha o ‘n ming nusxalarda chop etilib, tez orada G 'arb iy Yevropa va Amerikada ko'plab muxlislariga ega bo'lgan bu gazetaning adadi 4,5 milliondan oshib ketdi. O m m abop gazetalar qatoriga 1909-yilda «Daily Sketch» (Kundalik ocherk) gazetasi ham q o ‘shildi. 14-16 sahifadan iborat rangli gazeta adadi 1,2 million nusxadan kam bo‘lmasa-da unga bo'lgan talab-ehtiyoj tobora ortib borardi. X o‘sh, bu gazetalarning muxlislari bunchalik ko‘p bo‘lgan- ligining boisi nim ada edi? Ushbu savolga yuqorida bir qadar javob topgandek b o'ldik. Y a’ni, bu tahririyatlarda yuzlab, minglab xodimlar fao- liyat ko‘rsatishardi. Bundan tashqari, o'sha gazetalarning maxsus mux- birlari o ‘nlab m am lakatlarda faol harakat qilishardi. Ko‘pdan ko‘p fikr chiqadi, deganlaridek, har kuni o ‘nlab sahifadan iborat gazetalar axborotga boy, sermazmun bo'lganligi bilan bir qatorda ularning sifatli chiqishiga ham katta e ’tibor berilardi. Eng muhim va dolzarb axborotni ishonchli m anbadan olib, hoziija- voblik bilan yoritish Angliya matbuotining o ‘ziga xos xususiyatlaridan biriga aylangan. 0 ‘quvchilami bezdirib qo'yishi yoxud ularda norozilik kayfiyati uyg‘otishi mumkin b o ‘lgan oldi-qochdi, saviyasi past, mazmunan sayoz materiallarga uncha-m uncha gazeta sahifalarida o ‘rin berilmasdi. Shu bois ham 1912-yilda asos solingan «Daily Herald» (K undalik axborot) gazetasining adadi 1,5 million nusxadan oshganligi tabiiy holdek edi. 1915- yilda asos solinib, mohiyatan oddiy fuqarolaming erkin m inbariga aylangan «Sunday Pictorial» yakshanbalik gazetasi 3,5 m illiondan ortiq nusxada chiqardi. «Sunday Express* yakshanbalik gazetasiga 1918-yilda asos solin gan. 18—20 sahifadan iborat bu gazeta 3,5 million nusxada c h o p etilardi. Bularning barchasi zabardast jurnalistlar zalvorli m ehnatining samarasi bo‘lganini izohlab o ‘tirishga hojat yo'q. M uhimi, rivojlanish y o iin i tan- lagan boshqa mamlakatlaming jum alistlari, m atbuot u ch u n m as’ul kishilari ham ana shu tahririyatlaming sinalgan tajribalaridan foydalanib, ko‘zlagan maqsadlariga erishganlari sir emas. Gazeta-jurnallarning ko'pligi va adadlarining yuqoriligi jihatdan etak- chi 0 ‘rinda turgan Buyuk Britaniya matbuoti XX asrning birinchi yarmida jahonda yuksak mavqega ega bo‘idi. Matbuot taraqqiyoti, shak-shubhasiz, mamlakat ravnaqiga ulkan hissa qo'shdi. Gerroaniya matbuoti haqida so‘z yuritishdan a w a l besh asr ilgari bu yurt matbaaning beshigi bo'lganini eslab o ‘tish joizdir. Jam oatchilik fikrini shakllantirishda gazeta nech o g ii m uhim rol o ‘ynashini to ‘g‘ri anglagan o 'sh a davrdagi nemis ziyolilari bu ishga jiddiy kirishgan edilar. Ayrim manbalardan ma’lum bo'lishicha, 1725-yildan «General-ansayger* (*Ham- m abop xabarnoma»), 1850-yildan «Algemayne saytung» («Umumiy ga zeta»), 1898-yildan «Berliner morgenpost» («Berlin tonggi xabarlari») gazetalari chop etila boshladi. Ular sirasiga boshqa q a to r gazeta-jurnallar ham qo‘shildi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling