„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- Tayanch so‘zlar
- Mafkuraviy faoliyat maqsadli va mo„ljalli harakat sifatida.
- Mafkuraviy faoliyatni tashkil qilishning usullari va yo„llari. Mafkuraviy faoliyatni amalga oshirishning zamonaviy texnologiyalari.
41 Jumayev R., Ubaydullayev U., Xo‗janov B. Konfliktologiya asoslari. –T.:Akademiya, 2000, 17-bet. Adabiyotlar 1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga k‘otaramiz. 1-jild, - Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2017. -592 b. 2. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan oliy baho. 2-jild, - Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2018. 3. Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. T., ―Ma‘naviyat‖, 2008. 4. Muminov A. O‗zbekiston: axborotlashgan jamiyat sari. T., ―Turon zamin‖, 2013. 5. Otamurodov S. Globallashuv va milliy – ma‘naviy xavfsizlik. T.,‖O‗zbekiston‖, 2015. 6. Milliy g‗oya va rahbar mas‘uliyati / Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar. T., ― G‗afur G‗ulom‖ NMIU, 2007. 7. Ma‘naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‗ati. Q.Nazarov mas‘ul muharrir. T., ―G‗afur G‗ulom‖ NMIU, 2013. 8. Falsafa qomusiy lug‗at. Mas‘ul muharrir Q.Nazarov. T., ―Sharq‖ NMAK, 2004. 9. O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi. 4-jild. T., 2002. 10. Azroyans E. Globalizatsiya: katastrofa ili put k razvitiyu? —M., "Noviy vek", 2002. 11. Kalmikov A.A., Koxanova L.A. Internet-jurnalistika. M.: YUNITI–DANA, 2005. 12. Starobinskiy YE. Samouchitel po reklame.- M., 2002. 13. htpp:// www.wikipedia.org; Hornby A.S. ―Oxford Advanced Learner's Dictionary of Current English‖. 6- Мa‟ruza. Mafkuraviy faoliyat - milliy g„oyani amalga oshirish vositasi Reja: 1. ―Mafkuraviy faoliyat‖ tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va namoyon bo‗lish xususiyatlari. 2. Mafkuraviy faoliyat maqsadli va mo‗ljalli harakat sifatida. 3. Mafkuraviy faoliyatni tashkil qilishning usullari va yo‗llari. Mafkuraviy faoliyatni amalga oshirishning zamonaviy texnologiyalari. 4. Mafkuraviy faoliyatda milliy g‗oyani aholi ongiga singdirish 5. Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‗oyalarining namoyon bo‗lishi. Tayanch so‘zlar “Mafkuraviy munosabatlar” tushunchasi, uning mazmun –mohiyati va namoyon bo„lish xususiyatlari. Milliy g„oyaning ijtimoiy subyektlar orasidagi hamkorlik va hamjihatlikni mustahkamlashdagi ahamiyati. Mafkuraviy faoliyat” tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va namoyon bo„lish xususiyatlari. “Har qanday mafkuraviy faoliyat-muayyan g„oyani amalga oshirish jarayonidir” tamoyili – ideologik aksioma. Mafkuraviy faoliyat tizimi, uning elementlari. Mafkuraviy faoliyatni tashkil qilishning usullari va yo„llari. G„oyadan mafkuraga, undan amaliy faoliyatga tomon borish dialektikasi. Mafkuraviy faoliyat maqsadli va mo„ljalli harakat sifatida. Mafkuraviy faoliyatda individualizm va ijtimoiylikning namoyon bo„lishi. Formalizm, kompaniyabozlik, qog„ozbozlik kabilarning ma‟naviy-mafkuraviy oqibatlari. Bunyodkor g„oyalarni amalga oshirishga qaratilgan mafkuraviy faoliyat tamoyillari: yaratuvchanlik, gumanizm, plyuralizm, tolerantlik, ezgulik tomon harakat. Vayronkor g„oyalar asosidagi buzg„unchilik, aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga moyillik kabi mafkuraviy faoliyat tamoyillariga qarshi kurashning zarurligi. Mafkuraviy faoliyatni amalga oshirishning zamonaviy texnologiyalari. Ommaviy axborot vositalari, internet va boshqa axborot vositalarining mafkuraviy faoliyatdagi o„rni. Mafkuraviy faoliyatda milliy g„oyani aholi ongiga singdirish, Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g„oyalarining namoyon bo„lishi. “Mafkuraviy munosabat” va “mafkurafiy faoliyat” tushunchalari, uning mazmun- mohiyati va namoyon bo„lish xususiyatlari. ―Mafkuraviy munosabatlar‖ – muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, elat, millat, xalq jamiyat, davlat ehtiyoj va manfaatlari, orzu-istak, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma'naviy tamoyillarini ifoda etadigan g'oyalar sub'ektlari o'rtasida ma'lum vaqt ichida o'zligini bunyodkorlik yoki vayronkorlik xususiyatlari orqali namoyon qiladigan aloqalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimiga aytiladi. Mafkuraviy munosabatlar ob‘yektlariga quyidagilar kiradi: 1. Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va unda yuz berayotgan narsa va hodisalar (mulkka bo‘lgan munosabat); 2. Jamiyat siyosiy-huquqiy hayoti va unda yuz berayotgan jarayonlar. (demokratiya va qonun ustuvorligi); 3. Jamiyat madaniy-ma‘naviy hayoti va unda yuz berayotgan hodisalar. (insonning oliy qadriyat ekanligi). Inson va inson, inson va jamiyat o‘rtasidagi mafkuraviy munosabatlarni Sh.M. Mirziyoyev ko‘rsatib berganidek: “Inson har narsadan ulug‟, degan ezgu g‟oya”viy dunyoqarash tamoyiliga mos ravishda o‘rnatish zarur. Milliy g‘oyada ―Mafkuraviy faoliyat‖ tushunchasi va uning o‗ziga xos xususiyatlarini o‗rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, har qanday g‗oya ham o‗z-o‗zidan tarqalib, kishilar ongiga avtomatik tarzda singib boravermaydi. Muayyan g‗oyaviy tamoyillar va ta‘limotlar ishlab chiqilishining o‗zi ularning kishilar faoliyatini belgilab beruvchi, unga ta‘sir ko‗rsatuvchi ijtimoiy hodisaga aylanishi uchun yetarli emas. Buning uchun ular kishilar orasida tarqalishi, odamlar ana shu g‗oyalar ruhida tar-biyalanishi lozim. Aks holda, har qanday g‗oya va mafkura qancha-lik to‗g‗ri, jozibador bo‗lmasin, muayyan hodisa sifatida tarix sahifasida qolib ketaveradi. Ayni paytda, har qanday g‗oya va qarashlar tarqalishi uchun, eng avvalo, ular ishlab chiqilishi bilan birga, targ‗ib va tashviq etilishi zarur. Mafkuraviy faoliyat esa hamisha shakllangan g‗oyaviy qarashlar, baholar va maq-sadlar tizimini odamlarga yetkazish, ularning ongiga singdirish borasidagi ishlarni amalga oshirish jarayonini anglatadi. Shu ma‘noda, "Mafkuraviy faoliyat" tushunchasi biron-bir g‗oyani amalga oshirish, uni aholi ongi va qalbiga singdirish, muayyan g‗oyaviy qarashlar tizimini shakllantirish, uning amaliyotini ta‘minlash, yot va begona mafkuralarga qarshi kurash bi-lan bog‗liq chora-tadbirlar majmuini ifodalaydi. Ayni paytda, u g‗oyaviy qarashlar — bilimlar, baholar, maqsadlarni shakllantirish hamda ularni tarqatish, g‗oyaviy tarbiyani amalga oshirish, mafkuraviy profilaktika va immunitetni shakllantirish jarayonini ham anglatadi. Xar qanday ijtimoiy faoliyat shakli kabi mafkuraviy ishlarning mazmuni va maqsad-muddaolari ham har bir davrning g‗oyaviy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma‘rifiy xususiyatlariga chambarchas bog‗liq holda shakllanadi. Mafkuraviy faoliyat jarayonida keng ommani ezgu g‗oyalar asosida tarbiyalash, ularning umumiy siyosiy va ma‘naviy saviyasi-ni yuksaltirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bo‗sh vaqtlarini samarali o‗tkazishga ko‗mak beruvchi tadbirlarni amal-ga oshirish nihoyatda muhim. "Mafkuraviy faoliyat" tushunchasi keng ma‘noda o‗quv muassasalari, ta‘lim-tarbiya maskanlari, klublar, axborot-resurs markazlari, madaniyat va istirohat bog‗lari faoliyatini ham muayyan darajada qamrab oladi. Bunda muzey, kinoteatr, teatr va boshqa madaniy-ma‘rifiy muassasa-lar, shuningdek, OAV (gazeta-jurnallar, Internet, radio, TV) muhim o‗rin tutadi. Mafkuraviy ishlar muassasalarining keng tarmog‗ining tashkil etilishi, ularning o‗sishi va takomillashu-vi bilan unga rahbarlik qilish jarayoni ham mukammallashib borgan. Inson dunyoqarashini shakllantirish, ma‘naviy-axloqiy tarbiya, g‗oyalar targ‗iboti, iqtisodiy bilimlarning ilmiy-texnikaviy targ‗ibot-tashviqoti, estetik va jismoniy tarbiya, badiiy havaskorlik, madaniy dam olishni tashkil etish, yosh iste‘dodlarni har tomonlama qo‗llab- quvvatlash mafkuraviy ishlar-ning turli yo‗nalishlaridir. Ezgulik va mehr-oqibat, ulug‗vorlik va go‗zallik, vijdoniylik va mehr-shafqat, boshqalarga hurmat hamda tabiat bilan uyg‗unlikni saqlash kabi xislatlar har bir kishiga asta-sekin, tadrijiy ravishda singdirib boriladi. Mafkuraviy faoliyat jarayonida klub va o‗quv muassasalarida an‘anaviy shakllar (suhbat, muloqot, ma‘ruza, spektakl, konsertlar, she‘rxonlik) bilan birga mavzuli kechalar, kitobxonlar konferensiyalari va boshqa tadbirlar uyushtiriladi. Bu sohadagi mutaxassislar universitet va institutlarda tayyorlanadi. Istiqlol yillarida zamon, hayot talabiga binoan ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni yangi, davr talabi va manfaatlariga mos ta-komillashgan tizimi shakllantirildi. Bunda ta‘lim tizimi, muzeylar, madaniyat uylari va saroylari, axborot resurs mar-kazlari, madaniyat va istirohat bog‗lari ommaviy muassasalar sifatida millionlab aholiga ma‘naviy-ma‘rifiy xizmat ko‗rsatmoqda. Respublika «Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi» (1994) tashkil etildi va uning viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi bo‗limlari ishga tushirildi. Markazga Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat kengashi rahbarlik qila boshladi. O‗zbekiston Respub-likasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi «Milliy g‗oya targ‗iboti va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‗g‗risida»gi qaroriga binoan Respublika Ma‘naviyat va ma‘ri-fat kengashi faoliyati hamda tarkibiy tuzilishi qayta ko‗rib chiqildi. Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat kengashining il-miy- amaliy yo‗nalishda faoliyat olib boradigan va davlat byud-jeti hisobidan moliyalashtiriladigan "Milliy g‗oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi" tashkil etildi. Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat kengashining amaliy targ‗ibot yo‗nalishida faoliyat olib boradigan Respublika Ma‘naviyat targ‗ibot markazi shakllantirildi. Barcha viloyatlarda hokimlarning ma‘naviy- ma‘rifiy ishlar bo‗yicha yordamchilari faoliyati yo‗lga qo‗yildi. Res-publikamizdagi mahalla oqsoqollari va fuqarolar yig‗inlari raislarining ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‗yicha maslahatchila-ri tizimi shakllantirildi. O‗zbekiston respublikasi Prezidentning 2017-yil 28-iyuldagi PQ–3160-son qarori asosida Ma‘naviyat targ‗ibot markazi hamda Milliy g‗oya va mafkura ilmiy-amaliy markazini birlashtirish yo‗li bilan Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi qayta tashkil etildi. Ushbu Qarorga binoan Prezident Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat kengashining raisi hisoblanadi. Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlari tegishli ravishda hududiy kengashlarga boshchilik qiladi. Markaz zimmasiga quyidagi asosiy vaziflar yuklatildi: amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini targ‗ibot ishlarini tizimli va izchil amalga oshirish, ―Ma‘rifat‖ targ‗ibotchilar jamiyatini tashkil etish; dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‗oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, ―ommaviy madaniyat‖, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‗oyaviy kurash olib borish; jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‗sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‗-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e‘tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan kompleks tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; milliy g‗oyani yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari o‗rtasida keng targ‗ib etish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish, ertangi kunga ishonch tuyg‗ularini kuchaytirish; targ‗ibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish; ma‘naviy-ma‘rifiy targ‗ibot ishlari samaradorligining ilmiy asoslangan monitoringini ta‘minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o‗tkazishni muntazam yo‗lga qo‗yish; yoshlarda sog‗lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik ko‗nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda g‗oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish; mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu toifani ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‗lga qo‗yish; xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an‘analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‗rtasida dinlararo bag‗rikenglik, millatlararo totuvlik va o‗zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo‗yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish. Bu sohadagi ishlar samaradorligini kuchaytirish borasida bir qator ijobiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Respublikaning barcha viloyatlari, yirik shahar va tumanlarida faoliyat yuri-tayotgan ma‘naviy-ma‘rifiy muassasalar ishtirokida katta xalq sayillari, hosil bayramlari, «Mustaqillik», «Navro‗z», «Mehrjon» bayramlari, «Sharq taronalari» xalqaro festivali, xo-nandalar, raqqosalar, eng yaxshi kasb ustalarining, «O‗zbekiston - Vatanim manim», «Eng ulug‗, eng aziz», «Kelajak ovozi» va bosh-qa ko‗rik-tanlovlari o‗tkazilmoqda. Yurtimizda ma‘naviy-ma‘-rifiy muhitni yanada yaxshilash, ming yillar mobaynida uning bag‗rida sayqallanib kelayotgan ibratli an‘ana va qadriyatlarni targ‗ib- tashviq etish borasida ko‗plab tadbirlar tashkil etil-moqda. Shu mavzuda ilmiy-ommabop, publitsistik asarlar, huj-jatli filmlar va teleko‗rsatuvlar yaratilib, turli ko‗rgaz-malar tashkil qilinmoqda. Bu sohadagi mafkuraviy faoliyat yo‗na-lishi har bir kishi ongi va qalbiga milliy g‗oyani singdirish, barkamol avlodni voyaga yetkazish, ma‘naviyatning milliy-etnik asoslari va zamonaviylikni uyg‗unlashtirishga qaratilgan. Mafkuraviy faoliyat maqsadli va mo„ljalli harakat sifatida. Mafkuraviy faoliyat hamisha konkret tarixiy mazmunga, maqsad-muddao-ga ega bo‗ladi. Bu, eng avvalo, inson bilimlari, shu jumladan, mafkuraning mazmun-mohiyati haqidagi bilimlarning rivojlan-ganlik darajasi bilan belgilanadi. Mafkura tizimidagi bilim-lar to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri, progressiv yoki reaksion mazmunga ega bo‗lishi mumkin. Mazkur bilimlar o‗z navbatida ular asosida shakllanadigan baholarning to‗g‗ri yoki noto‗g‗riligiga zamin yara-tadi. Shakllanadigan baholarda esa real yoki kutilayotgan hodisa, jarayonlarga mavjud ehtiyojlar, manfaatlardan kelib chiqib, o‗ziga xos munosabat ifodalanadi. Bilimlar qanchalik chuqur bo‗lsa, hosil qilingan baholarga ishonch shunchalik yuqori bo‗ladi. Shu ma‘noda, baholar — qadriyatlar kishilarda ishonch, e‘tiqodning shakllanishiga xizmat qiladi. Ba‘zida erishilgan bilimlar, ularga asoslangan baholarning mutlaq to‗g‗riligiga ishonch dogma-tizmga aylanib ketishini, bu mafkuraviy turg‗unlikni yuzaga kel-tirishini ham unutmaslik zarur. Mafkuraviy faoliyat va g‗oyaviy qarashlar doirasida belgilab olingan maqsadlarni bayon etishda istiqbolga, ertangi kunga ishonch tuyg‗usini shakllantirish ham ko‗zlanadi. Albatta, bunday ishonch o‗z mohiyatiga ko‗ra, sarob bo‗lishi ham mumkin. Ammo u chuqur ilmiy asos va gumanistik mohiyatga ega bo‗lganda hamda jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari bilan hamohanglik kasb etganda kishilar xulqi va faoliyatining muhim regulyatori bo‗lib xizmat qiladi. Zero, bun-day paytda ishonch kishilar qarashlaridagi barqarorlikni belgi-lovchi xalqa sifatida namoyon bo‗ladi. Ayni paytda, mavjud yoki yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan qiyinchiliklardan cho‗chimaslikka, ular-ga qarshi tura olish va bartaraf etishning oqilona yo‗llarini iz-lashga xizmat qiladi, shu tufayli xulqdagi sobitlik, izchillik va amaliyotdagi faollikni ta‘minlashga yo‗l ochadi. Mafkuraviy faoliyat g‗oyaviy qarashlarni tarqatish va unga mos tarbiyani amalga oshirishni ham ifodalaydi. Unga ko‗ra, mafkuraviy qarashlarni tarqatish tizimi, mexanizmlari, usul va vositalari doimo takomillashib boradi, har bir davrda konk-ret xarakter kasb etadi. "Odamzod baxti uchun hamma narsadan voz kechishga o‗rgatadigan ezgu g‗oyalarni kishilarga singdirish buyuk san‘atdir", deb yozgan edi fransuz yozuvchisi Stendal. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mafkuraviy faoliyat g‗oyaviy tarbiyani o‗zga-ruvchan voqelik va ijtimoiy guruhlarga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda doimiy takomillashtirib borishni anglatadi. Shu bilan birga, mafkuraviy faoliyatni tashkil etishda tex-nika va texnologiyalar, targ‗ibot va tashviqot olib borish usul-larining rivojlanganlik darajasi ham o‗ziga xos ahamiyat kasb etadi. Xususan, bugungi kundagi va XX asr boshidagi mafkuraviy faoliyat o‗rtasida keskin farq borligi shubhasiz. Hozirgi davr-da OAV mafkuraviy faoliyatni amalga oshirishning muhim bo‗g‗i-ni hisoblanadi. Yaqin istiqbolda texnika va texnologiya rivoji odamlar ongiga ta‘sir o‗tkazish, ya‘ni mafkuraviy faoliyatni tashkil etishning yangidan-yangi mexanizmlarini topishiga ham shubha qilmasa bo‗ladi. Ayni paytda, fanlar rivoji mafkuraviy faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish uchun zamin yaratgani-ni ham unutmaslik lozim. Yuqorida qayd etilgan mulohazalar, mafkuraviy faoliyatning ijtimoiy-tarixiy belgilanganini ko‗rsatish barobarida uning o‗zgaruvchan xarakterga ega ekanini ham bildiradi. Ijtimoiy ja-rayonlarda mavjud voqea, hodisa, jarayonlar mohiyati, rivojla-nish qonuniyatlarini anglab yetmaslik, ularning nazoratdan tash-qarida bo‗lishi va oxir oqibatda kutilmagan natijalarni kelti-rib chikarishi bilan xarakterlanuvchi va stixiyalilik deb atali-shi mumkin bo‗lgan holatlar ko‗plab kuzatiladi. Mafkuraviy faoliyat ham o‗z mohiyatiga ko‗ra ijtimoiy hodisa bo‗lsa-da, unga nis-batan "stixiyalilik" tushunchasini ishlatish birmuncha qiyin. Zero, mafkuraviy faoliyat aniq ongli xarakterga ega bo‗ladi. G‗oyaviy qarashlarni tarqatish, mafkuraviy tarbiyani amalga oshirish esa aksariyat hollarda tizimli va tadrijiy tarzda amalga oshiriladi. Onglilik deganda, kishilarning ijtimoiy qonuniyatlarni tu-shungan, anglagan va unga asoslangan holda o‗z faoliyatini tashkil etishi tushunilishini inobatga oladigan bo‗lsak, bugungi kunda mafkuraviy faoliyat tobora ongli va aniq maqsadlarga qaratil-gan holda amalga oshirilayotganini qayd qilish zarur. Mafkuraviy faoliyatni tashkil qilishning usullari va yo„llari. Mafkuraviy faoliyatni amalga oshirishning zamonaviy texnologiyalari. Mafkuraviy faoliyatda targ‗ibot va tashviqot muhim o‗rin egallaydi. "Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqot" biron-bir shaxs, guruh, millat, jamiyat, hudud xalqlarining ongi va qalbiga mu-ayyan g‗oya va mafkuraning mazmun-mohiyati, maqsad-muddaolari, amaliyoti to‗g‗risidagi bilimlarni, ularga doir tushuncha va ta-moyillarni singdirishga qaratilgan tizimli faoliyat hamda u bilan bog‗liq chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonini ifo-dalaydigan tushunchadir. Shu bilan birga, bugungi kunda bu tu-shuncha yurtimizdagi turli millat, ijtimoiy toifa, kasbu kor-ga mansub bo‗lgan kishilarni ma‘naviy tajovuzlardan ogohlikka chorlash, mavjud xavf va taxdidlarning mohiyatini anglab yetish, ular haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish, eng muhimi, milliy g‗oya asosida xalqni birlashtirish, jipslashtirish, yosh avlod ongi va qalbida ezgu g‗oyalarga sadoqat tuyg‗ularini tarbiya-lashga qaratilgan usul va amaliy harakatlar majmuini ham anglatadi. Odamlar qalbi va ongida ana shunday insoniy tuyg‗ular qaror topishi, jamiyatda olijanob fazilatlar ustuvor bo‗li-shida mafkuraviy targ‗ibot va tashviqot muhim ahamiyatga ega. Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqot aslida ta‘lim-tarbiyaning muhim ko‗rinishidir. "Targ‗ibot" atamasining o‗zagini "rag‗bat" so‗zi tashkil etgani bois, u insonni biror harakatga rag‗batlantirishni nazarda tutadi. "Tashviqot" tushunchasining o‗zagi esa "shavq" so‗zidan olingan bo‗lib, u kishida biror narsaga shavq, ishonch tuyg‗ularini uyg‗otishga yo‗naltirilgan. Demak, targ‗ibot-tashviqotdan ko‗zlan-gan asosiy maqsad nafaqat bilim orttirish, balki kishyni biror-bir xatti-harakatga undashdan iborat. Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqotning ikki an‘anaviy yo‗li mavjud. Birinchisi — insoniy fazilatlarni ulug‗lash, yuksaq ma‘naviyatli kishilar hayoti va faoliyatini ta‘riflash, ular-ni ibrat, namuna qilib ko‗rsatish orqali kechadi. Ikkinchi yo‗l esa illatlarni qoralash, ulardan xalos bo‗lishga da‘vat, tar-g‗ib-tashviq orqali amalga oshadi. Bu vosita birinchisiga nisba-tan samaraliroq. Shu sababdan ham erishilgan yutuqlarni xoliso-na e‘tirof etib, yo‗l qo‗yilgan kamchiliklar tanqidiy nuqtai nazardan baholanishi lozim. Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqotda ulug‗ ajdodlarimizning hayot yo‗li, qoldirgan merosini bir yoqlamalikka berilmay, to‗g‗ri va haqqoniy aks ettirmog‗imiz darkor. Lekin, bunda faqat o‗tmish-dagi siymolar bilan cheklanib qolmay, bugungi kun qahramonlari, ilg‗or zamondoshlarimizdan o‗rnak olish ham muhim ahamiyatga ega. Toki, ular yoshlar uchun tom ma‘noda ibrat namunasi bo‗lsin. Chun-ki, targ‗ibot-tashviqotda faqat o‗tmishdan misol keltirish bilan cheklanib qolinsa, bu — kechagi kun bilan yashash bo‗ladi. Targ‗ibot-tashviqot borasida eski davrdan qolgan quruq, siyqasi chiqqan va‘z-xonlikdan voz kechib, yurt bugun boshidan kechirayotgan murakkab va mashakqatli hayot haqiqatiga tayanib, jamoatchilik fikrini shakl- lantirishning eng zamonaviy, ta‘sirchan usul-uslublaridan foydalangan holda ish olib borishni hayotning o‗zi talab qilmoqsa. Shu sababdan ham targ‗ibotchilar, ijtimoiy soha mutaxassis-lari, ilg‗or fikrli ziyolilar milliy g‗oyaning asosiy maqsadla-rini xalqqa sodda, haqqoniy, tushunarli tarzda ifodalab be- rishlari muhim ahamiyatga ega. Buning uchun nima, qanday targ‗ib qilishni aniq va puxta tasavvur etmoq, ma‘naviy oziq nimadan iborat bo‗lishini, uni odamlar ongiga qay tariqa yetkazish usul-larini ishlab chiqmoq darkor. Ma‘naviy oziqning mezoni haqiqat va faqat haqiqat bo‗lishi zarur. Ya‘ni, xalqqa bor haqiqatni ochiq aytib, shunga ko‗ndirish, ishonchini qozonish va shu asosda uni yangi marralarga intilishga rag‗batlantiriladi. Har qanday tarbiyada, hatto yuksak rivojlangan demokratik tarbiya tizimida ham ozmi- ko‗pmi bajarilishi shart bo‗lgan bel-gilar mavjud. Masalan, bola go‗dakligidan biror ezgu fazilatga o‗rgatilmasa, majbur qilinmasa, yuz-qo‗lini yuvmaslik, kattalar gapini bo‗lish singari qusurlar unga odat bo‗lib qoladi. Xalqimizga azaldan xos bo‗lib kelgan andisha, ota-onaga hurmat, ilm-ma‘rifatga intilish kabi olijanob fazilatlar ham o‗z-o‗zidan shakllanib qolmaydi. Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqot ishla-rida har bir ixtisos, har bir yo‗nalish bo‗yicha mutaxassislar-dan foydalanish kerak. Shundagina har bir ko‗rsatuv, eshitti-rish, ma‘ruza, ma‘rifiy tadbirlar mazmun-mohiyati bilan odam-lar qalbi va ongiga yetib boradi. Mafkuraviy targ‗ibot o‗tkinchi, mavsumiy holga aylanib qol-masligi lozim. Bugungi murakkab ma‘naviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ular- ning ustuvor yo‗nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratil-ganligini aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta‘sirini o‗rga-nish, ma‘naviy tajovuzlar mohiyatini ochib berish alohida ahamiyat kasb etmoqsa. Faqat ana shunday asosda aholi, ayniqsa, yoshlarni o‗z fikriga ega, ma‘naviy tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qodir, irodali, fidoyi, vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin. Targ‗ibot ishlarining ta‘sirchan-ligini ta‘minlaydigan zamonaviy informatsion va kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish, jamiyat ma‘naviy immuni-tetini kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarni ish-lab chiqish, davlat va jamoat tashkilotlari hamda targ‗ibotchi-tashviqotchilar uchun tegishli tavsiya va qo‗llanmalarni tayyor-lash bu boradagi muhim vazifalar tarkibiga kiradi. Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqotda keng qamrovlilik, uzluksizlik, bosqichma-bosqichlik, meyoriylik, shaxsiy ibrat singari tashkiliy tamoyillarga amal qilingan taqdirdagina ko‗zlangan samaraga erishish mumkin. "Mafkuraviy faoliyat samaradorligi" tushunchasi joylarda amalga oshirilayotgan ta‘lim va tarbiyaviy ishlardan qanday na-tijalarga erishilganini va shu soha xodimlarining faoliyati hamda tarbiyaviy salohiyatidan foydalanish darajasini ifodalaydi. Bu maqsadga erishish uchun tadbirlarni ta‘lim jarayoni bilan uyg‗unlashtirish va ulardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ta‘lim-tarbiya jarayonida aholiga ta‘sir o‗tka-zuvchi omillarning harakat qilish mexanizmlari va xususiyatla-rini aniqlash, ulardan unumli foydalanish, ma‘naviy-ma‘ri-fiy tadbirlar orqali yoshlarni milliy va umumbashariy qadri-yatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash g‗oyat muhim ahamiyat kasb eta-di. Mafkuraviy faoliyat samaradorligi yuqori bo‗lishi uchun ular-ni tayyorlash va o‗tkazish jarayonida yoshlarda tarbiya va o‗zini o‗zi tarbiyalash hissini shakllantirish hamda rivojlantirish tashkilotchining diqqat markazida bo‗lishi lozim. Ta‘lim tizi- midagi ma‘ruza, amaliy mashg‗ulotni ma‘naviy-ma‘rifiy tad-birlar bilan uyg‗unlashtirish, bir tomondan, ta‘lim samara-dorligini oshirsa, ikkinchi tomondan, ta‘lim va tarbiyaning uz-viyligini ta‘minlashga xizmat qiladi. Mafkuraviy tadbirlarni tayyorlash hamda o‗tkazishga yoshlar-ni keng jalb qilish ularda tuyg‗udoshlik va daxldoshlik xissini uyg‗otadi, bu holat o‗tkazilgan tadbirning tarbiyaviy samaradorli-gini yanada oshiradi. Bunday tadbirlardan ma‘naviy-axloqiy tar-biyada samarali foydalanishning muhim sharti shuki, bunda har bir kishining xususiyatlari, muayyan voqea- hodisaga nisbatan fikri qay darajada shakllanganini hisobga olish lozim. Ta‘lim muassasalarida tadbirlarni rejalashtirish, tashkil qilish, tayyorlash va o‗tkazishga talaba-yoshlarni keng jalb qilish, ay-niqsa, mavzu tanlash, reja tuzish, ssenariy tayyorlash, tadbir o‗tkaziladigan xonalarni jihozlash kabi yumushlarni ularning o‗zlariga topshirish lozim. Mafkuraviy faoliyat samaradorligining oshishi o‗quv yurtlarida o‗tkaziladigan ma‘naviy- ma‘rifiy tadbirlarning reja va ssenariylari professor-o‗qituvchilar yoki o‗quv yurti xodim-lari tomonidan tuzilgan taqdirda ularni talabalar muhokama-sidan o‗tkazish va muhokama jarayonida bildirilgan fikrlar-ning inobatga olinishiga ham bog‗liq. Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqot samaradorligini oshirish maqsadida o‗quv yurtlarining ma‘naviy-ma‘rifiy muassasalar bilan hamkorligini mustah-kamlashning ahamiyati katta. Bunday hamkorlik, bir tomondan, madaniy-ma‘rifiy muassasalarni auditoriya, tomoshabin bilan ta‘minlashga, ikkinchi tomondan, ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir-larning ta‘sirchanligi va samaradorligini oshirishga ko‗makla-shadi. Qolaversa, mafkuraviy targ‗ibot va tashviqot samarador-ligi tadbirlarning mazmunan milliy ma‘naviy-axloqiy qadri-yatlarimiz, milliy g‗oya va madaniyatimiz, ma‘naviy merosimiz bilan uyg‗un holda hamda zamonaviy shakllar va interaktiv us-lublar asosida tashkil etilishiga bog‗liq Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqot samaradorligini shu so-haning faollari, targ‗ibotchi va tashviqotchilarisiz tasavvur etib bo‗lmaydi. "Mafkura targ‗ibotchisi" shu sohadagi yangiliklar va axborotlarni tarqatuvchi, kishilarni muayyan g‗oya va g‗oyalar ti-zimiga xos maqsad- muddaolarga yetishish, ideallarga erishishga da‘vat etuvchi, hayotning barcha sohalaridagi ilg‗or jarayon va vo-qealarni muntazam ravishda tahlil etib, bu boradagi dolzarb muammolar yechimini topish bo‗yicha xabar, ma‘lumot, taklif-larni ommaga tarqatuvchi shaxsni ifodalaydigan tushunchadir. Mafkura targ‗ibotchisi, keng ma‘noda, ijtimoiy faoliyatning alohida turi, ya‘ni g‗oya va mafkura masalalari bilan shug‗ulla-nadi, ijtimoiy-siyosiy, g‗oyaviy, axloqiy qadriyatlarni targ‗ib qiladi. Tor ma‘noda esa, u faoliyati ma‘naviyat, mafkura va siyosatni targ‗ib etishga qaratilgan shaxsni anglatadi. Mafkura targ‗ibotchisi ilmiylik, konkretlik, obyektivlik, ijtimoiy hayot bilan chambarchas bog‗liqlik tamoyillariga asos-lanishi, ilmiy, nazariy, amaliy-tashkiliy jihatdan yetuk kishi bo‗lishi lozim. U shaxs, jamiyat va davlat ehtiyojlaridan kelib chiqib, ular manfaatlarini ifoda etib, adolatli jamiyat qurish haqidagi bunyodkor g‗oyalarni omma orasida yoyish, kishilarga ma‘-naviy, g‗oyaviy-siyosiy ta‘sir ko‗rsatish subyektidir. Mafkura targ‗ibotchisi o‗zi anglagan, o‗rgangan, yuragidan o‗tkazgan, to‗g‗ri-ligiga ishongan ma‘lumotlarning serqirraligi, yangiligi bilan aholini ma‘naviy, g‗oyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy jara-yonlarda faollikka chorlaydi. Hozirgi davrda ham har bir ma‘rifatli, vijdonli inson buzg‗unchi g‗oyalar ta‘siriga qarshi kurashishi, aholiga bor haqiqatni tushuntirib berishi, odamlar ruhini, ongu tafakku-rini, umuman, ma‘naviyatini himoya qilishi zarur. Elga ezgu g‗oyalarga asoslangan tushunchalarni targ‗ib qiladigan, aholiga tar-biya beradigan, tinchlik-osoyishtalikni saqlash, ma‘rifatni tar-qatish kabi savobli va xayrli ishlarni amalga oshirishga da‘vat etadigan mo‗tabar joy — maktablar va ularda ishlaydiganlar ham mafkura targ‗ibotchilaridir. Yuksak ma‘naviyat yoshlar ongi va qalbiga singishi, davlat va jamiyat maqsad-muddaolarini ja-moatchilik qo‗llab-quvvatlashiga erishmoq uchun targ‗ibot-tashvi-qot uzluksiz bo‗lmog‗i lozim. Shu ma‘noda, mafkura targ‗ibotchisi yangiliklarni anglashga qodir, haqiqat va xalq manfaati yo‗lida kurashlarga hamisha tayyor, mard, fidoyi bo‗lishi lozim. Bunday xususiyatlar esa, tarixdan, ajdodlar tajribasidan ma‘lumki, jamoa, jumladan, mahalla sharoitida shakllanadi. Mahalla — jamiyatimizda alohida ma‘-naviy tarbiyaviy ahamiyatga molik bo‗lgan o‗ziga xos demokratiya maktabi. Bu noyob tajriba — aholining mahalla bo‗lib yashash tar-zi jahonning boshqa mamlakatlarida kam uchraydi. Shuning uchun ham insonni jamiyat bilan birga yashashga o‗rgatadigan, uning ma‘-naviyatini tarbiyalaydigan birlamchi makon mahalladir. Milliy urf-odatlar, marosimlar targ‗iboti chog‗ida ham butun insoniyat, Vatan va millat manfaatlarini, shaxs erkinligi, mil-liy qadriyatlar majmuining yaxlit uyg‗unligini yodda tutmoq lo-zim. G‗oya va mafkura tamoyillari shu sohadagi har bir inson, jumladan, targ‗ibotchining har bir xatti-harakatida o‗z ifodasini topadi. Uning yashash tarzi, qilgan ishlari, yaratgan asarlari, mehnatining natijalari, atrof voqelikka munosabati — barcha-barchasi g‗oyalarga sadoqatning ko‗zgusidir. Olimning kashfiyoti, musavvirning kartinasi, yozuvchining romani, shoirning she‘ri, o‗qituvchining, voizning ma‘ruzasi, bastakorning musiqasi o‗ziga xos targ‗ibotdir. Bunday targ‗ibotda ko‗p kitob o‗qiydigan, ma‘lu-motli ziyolilarga mo‗ljallangan bir oz murakkabroq axborotlar bilan tadbirkorlar kayfiyatiga ta‘sir etib bo‗lmaydi. Shuningdek, g‗oyalarga sadoqat tuyg‗ularini singdirishda talabalarga ham, fermerlarga ham bir xil munosabatda bo‗lish, bir xil usullar-dan foydalanish kutilgan samarani bermaydi. Chunki, turli ij-timoiy guruh vakillarining dunyoqarashi, manfaatlari va qadri-yatlari bir-biridan farq qiladi. Mafkura targ‗ibotchisi tomoni- dan har bir guruh, tabaqa, toifa xususiyatlarini hisobga olish ko‗proq samara berishi mumkin. Mafkura targ‗ibotchilarining o‗zlari ham el-yurt orasida obro‗-e‘tibor qozongan, yuksak saviyali, ko‗pni ko‗rgan, jonkuyar, otashin, eng muhimi, odamlarning yuragiga haqqoniy so‗zi, yorqin fikri bilan yo‗l topadigan halol insonlar, ya‘ni bunga ma‘naviy huquqi bor kishi bo‗lishi lozim. Demak, mafkura targ‗ibotchisi "Avesto"dagi "ezgu niyat, ezgu so‗z, ezgu amal" tamoyiliga mos shaxs bo‗lmog‗i zarur. Mafkuraviy targ‗ibotda hissiyotlarga kuchli ta‘sir qilish, jozibalilik, no-an‘anaviy usullarni qo‗llash, oshkoralik, milliy qadriyatlar doirasidan chiqmaslik, ommabop va tushunarli ifodalash ko‗proq samara beradi. Bugungi g‗oyat murakkab, tahlikali dunyoda yoshlar ma‘naviyatini yanada yuksaltirish, ularni milliy an‘ana va qad-riyatlarga yot bo‗lgan buzg‗unchi g‗oyalar, zararli oqimlar ta‘siri-dan asrash vazifasi mafkuraviy targ‗ibot faollari bilan bir-ga, bu sohada faoliyat yuritadigan turli tashkilot va muassasa-lar zimmasiga ulkan mas‘uliyat yuklaydi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling