„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dezinformatsiya
- Virtual ta‟qib.
- 5. Geosiyosiy manfaatlar axborot xavfsizligi omili.
Axborot (informatsion) urushi (ingl, information war; information – “axborot”, war – “urush” ) – o‗zga davlat tinch aholisi va (yoki) harbiylariga muayyan axborot (informatsiya) tarqatish yo‗li bilan ta‘sir o‗tkazish. ―Axborot-ruhiy urushi‖ atamasi AQSH harbiy doiralari lug‗atidan qabul qilingan. Ushbu atama ingliz tilida shu bilan birga ―Axborotlar qarama- qarshiligi‖ tushunchasini ham anglatib keladi. Mediavirus (ingl, media virus; media – “ommaviy axborot vositalari (OAV)”, virus – “zararli element”) – ommaviy axborot vositalari sohasi bo‗yicha mutaxassis - amerikalik Duglas Rashkoff tomonidan jamiyat hayotida bevosita yoki bilvosita o‗zgarishlarga sabab bo‗ladigan OAV bilan bog‗liq hodisalarni anglatish uchun kiritilgan atama. Mediaviruslar – axborotlar bilan bog‗liq sohalarda tarqatiladigan memlar, ma‘lumotlar majmui bo‗lib, u odamlarning yirik va mahalliy tusdagi voqea-hodisalarga nisbatan fikri, ularni anglashini tubdan o‗zgartirib yuboradi. Mediaviruslarning uch turi mavjud: Atayin, muayyan maqsad bilan yaratilgan mediaviruslar, ular biron tovar yoki mafkurani tarqatishga ko‗maklashish maqsadini ko‗zlaydi. Masalan, reklama tryuklari va mediafaollarning aksiyalarini misol qilib keltirish mumkin. ―Olg‗a yetaklaydigan‖ viruslar, ular to‗satdan paydo bo‗lishiga qaramay, zudlik bilan manfaatdor guruhlar tomonidan o‗z qarashlarini tarqatish uchun qurol qilib olinadi. Misol: OITS epidemiyasi (konservatorlar tomonidan besoqolbozlarni ayblash maqsadida qo‗llangan) va h.k. O‗z-o‗zidan paydo bo‗ladigan viruslar, bu o‗z holicha, birovning buyurtmasisiz yuzaga kelib, qiziqish tug‗diradi va shu kabi o‗z holicha tarqaladi. Ularga yangi texnologiyalar yoki ilmiy kashfiyotlarni misol tariqasida keltirish mumkin. AQSH ning sobiq prezidenti Bill Klinton va Monika Levinski o‗rtasidagi ishqiy munosabatlar oqibatida kelib chiqqan janjalni ham mediavirus misoli sifatida ko‗rsatish mumkin. 33 Kalmikov A.A., Koxanova L.A. Internet-jurnalistika. M.: YUNITI–DANA, 2005, c. 122-125 Chunki u o‗sha paytda respublikachilar partiyasi tomonidan o‗z manfaatlari yo‗lida, demokratlar pozitsiyasini kuchsizlantirish maqsadida qo‗llangan edi 34 . Dezinformatsiya (fran, des- “salbiy” va information- “axborot”) muayyan guruh va doiralarning g‗arazli maqsadlariga erishish yo‗lida soxta ma‘lumotlardan foydalanish asosida ijtimoiy fikrni chalg‗itish maqsadida matbuot, radio va TVda qo‗llanadigan usul, vosita. Masalan, Ikkinchi jahon urushi davrida u tashviqotda keng qo‗llangan. Dezinformatsiya turlari: a) soxta axborot, ovoza va shovshuvlar tarqatish; b) konfidentsial ma‘lumotlar "oqib ketishi"ni tashkil qilish; v) muayyan faktlarni bo‗rttirib yoritish, ziddiyatli xabarlarni tarqatish. Grifing. So‗nggi paytlarda internet orqali ta‘qib etish yoki ilmiy tilda aytadigan bo‗lsak, grifing holatlari ko‗p kuzatilmoqda. Bu kabi tarmoq bezoriligining eng birinchi qurbonlari aynan yoshlar qatlami, xususan, o‗smirlar hisoblanadi. Bir qarashda beozor tuyulgan chat xonalar yoki maxsus muloqot dasturlari orqali kechadigan suhbatlar tafakkuri endi shakllanayotgan bolalarni ba‘zan jinoyatgacha yetaklab borayotgani hayotiy haqiqat. Grifing bilan shug‗ullanadiganlar yoki grifyorlar zamonaviy yoshlarning qiziqishlaridan juda yaxshi xabardor bo‗lib, onlayn konferentsiya, forum xonalarida istalgan mavzuda suhbat yuritishi, o‗zlarini ularning muammolarini tushunadigan odamlar sifatida ko‗rsatishi mumkin, buning ustiga veb tarmoqda anonimlikni saqlash xususiyati qisqa fursat ichida ishonchga kirib olishga imkon yaratadi. Grifing bilan kurashishning eng oddiy usuli — kompyuterga maxsus taqiqlov dasturlari (yeng mashhurlari Kiberpatrul yoki Kidskontrol)ni o‗rnatish. Shunda zararli manbalardan keladigan barcha xabarlar avtomatik tarzda filtrlanadi yoki dasturga ota- onalar tomonidan kiritilgan cheklov tufayli bolaning o‗zi qiziqib nojo‗ya axborotni olmoqchi bo‗lganda, avtomatik taqiqga tushadi. Ayni paytda mazkur dasturlar ham to‗liq xavfsizlikni kafolatlay olmaydi, chunki ba‘zida ular foydali axborotni cheklab qo‗yishi yoki keraksizini o‗tkazib yuborishi mumkin. “Kibernetik do„st”. Zamonaviy texnologiyalarning tez sur‘atlarda o‗sishiga qaramay, ba‘zan odamlar ulardan qanday oqilona foydalanish kerakligini to‗liq anglab yetmaydi. Kompyuter va internetgacha bo‗lgan davrda o‗sib ulg‗aygan aksariyat ota-onalar va muallimlar agar bola internetdan foydalana boshlasa, albatta, foydasidan zarari ko‗proq, deb o‗ylaydi. Bolani kompyuter yoki internetdan chalg‗itish harakati zamirida aslida boshqa bir muammo, ya‘ni kattalarning bu masalada nisbatan savodsiz ekani aniqlandi. Biroq agar ular o‗zlari avval texnologiyalar savodsizligi masalasiga jiddiyroq yondashib, uni bartaraf etishsa, maqsadga muvofiq bo‗lardi. Negaki, savodsizlik masalasidan qochish orqali bolani texnologiyalardan ajratib qo‗yish to‗g‗ri emas. Buning ustiga yana bir jihat e‘tiborga loyiq: bolalarda kibernetik do‗stga nisbatan munosabat aynan kattalarning tutgan yo‗lidan kelib chiqqan holda shakllanadi. Shubhasiz, internet bilim va kerakli axborotni olish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi, biroq tarmoqqa joylashtiriladigan katta hajmdagi axborotning barchasini ham ishonchli va foydali deb bo‗lmaydi. Foydalanuvchilar ma‘lumotlarning to‗g‗riligini aniq ajrata bilishi uchun tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‗lishi talab etilardi. Buning uchun bolalarga internetda xohlagan odam o‗z sahifasini ochishi, unga har qanday ma‘lumotni joylashtirishi, bu borada unga hech kim to‗sqinlik qila olmasligini vaqtida tushuntirish zarur. Bolalarni keng doiradagi manbalardan foydalanishga yo‗naltirish jarayonida faktlarni fikrlardan farqlashga, to‗g‗riligi tasdiqlanmagan axborotdan himoyalanishga ularni o‗rgatish ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Kiberterrorizm – zamonaviy, ilg‗or texnologiyalar, kompyuter va boshqa imkoniyatlardan foydalangan holda yovuz kishilarning o‗zining g‗araz niyatlariga erishishdan iborat. Kiberterrorizm (kompyuter terrorizmi) ostida g‗arazli niyatda, siyosiy maqsadlarda amalga oshirilgan kompyuter tizimi va tarmog‗idagi axborotga qilingan hujum tushunilib, u odamlar hayoti va sog‗lig‗iga xavf paydo qilib, jamoatchilik tinchligini buzadi, aholini qo‗rqitib, harbiy nizo keltirib chiqarishga intiladi. Kiberterrorizm insoniyat uchun jiddiy xavf bo‗lib, uni yadro, bakteriologik va kimyoviy qurolga tenglashtirish mumkin. Hatto u o‗z yangiligi tufayli to‗la-to‗kis o‗rganib ulgurilmagan quroldir. Masalan, kompyuter tarmoqlari orqali bank tizimlariga kirish va u yerdan pul mablag‗larini o‗marish. Misol sifatida kredit kartalari bilan amalga oshirilayotgan afera (g‗irromlik)lar har yili 34 htpp/ www.wikipеdia.org; Hornby A.S. ―Oxford Advancеd Lеarnеr's Dictionary of Currеnt English‖. Д.Рашкофф, «Медиа вирус. Тайние послания в популярной културе», 2003. 400 million dollar atrofida zarar keltiradi. Viruslardan ko‗rilgan zarar esa 12 milliardni, mualliflik huquqining buzilishi 250 milliardga yaqin zarar keltiradi. Virtual ta‟qib. Bugungi kunda virtual ta‘qib nihoyatda ommalashib bormoqda. O‗tkazilgan tadqiqotlar natijalaridan ma‘lum bo‗ldiki, hozirda maktab yoshidagi bolalar internetdan tobora erta foydalanishga kirishmoqda. Masalan, boshlang‗ich sinf o‗quvchilari bemalol maktab yon-atrofidagi kafe yoki klubga kirib, internetdan foydalanishi mumkin. Shu bois ular uyda ham internetga ulanish imkoni bo‗lishini xohlashi tabiiy. Lekin, mutaxassislarning fikricha, yoshi o‗nga yetmagan bola odatda mustaqil ravishda internetdan foydalanish uchun zarur bo‗lgan tanqidiy fikrlash va shu asosda ma‘lumotlarni farqlash, ularni ajrata bilish, boshqacha aytganda, «filtrlash» qobiliyatiga ega emas. Shu sababli internetdan yolg‗iz qolganda ham foydalanish ehtimoli bo‗lgan bolani qattiq nazorat ostiga olish kerak, unga o‗zi haqidagi shaxsiy ma‘lumotlarni internet orqali tanishgan odamlarga aytmaslikni o‗rgatish zarur. Virtual reallik, virtuallik( ing. virtual reality, virtual – borligicha, lot. virtus – potentsial, ehtimollik, energiya, kuch, shuningdek tasavvurdagi xayol) – kompyuter yordamida modellashtirish asosida foydalanuvchi sun‘iy dunyoga cho‗mib, maxsus sensorli moslamalar orqali unda harakat qilish imkonini beradi. Bunda foydalanuvchining ko‗rish, eshitish, sezish va motorli sezgilari kompyuter tomonidan yaratiladigan imitatsiyasi bilan almashtiriladi. Virtual reallikning o‗zi nima, degan masalada asosan ikki yo‗nalish (gipoteza) shakllangan. Birinchisi virtual reallikni texnikaviy hodisa deb qarash bo‗lsa, ikkinchisi ruhiy xodisa deb xisoblashdir. Umuman, hozirgi davr falsafiy adabiyotlarida ko‗rsatilishicha, virtual reallik tushunchasining fanda, san‘atda va amaliyotda keng tarqalishi, ― o‗z-o‗zidan tashkillashuv‖, ―kooperatsiya effektlari‖, ―tasodifiy tashkillanishlar‖ va shular kabi boshqa tushunchalar orqali ifodalanadigan yangi ilmiy paradigmaning vujudga kelayotgani haqida gapirish imkoniyati vujudga kelayotganini bildiradi 35 . Hozirgi davrda virtual reallikni faqat kompyuter texnologiyalari, ya‘ni ―kibermadaniyat‖ bilan bog‗lash tamoyili ham mavjud. Lekin, bunga qarama - qarshi o‗laroq boshqa olimlar virtual reallikning kompyuterdagi variantlarini undan ancha chuqur kechadigan jarayonlarning yuzadagi qo‗pol namoyon bo‗lishidir, degan fikrlarni oldinga surmoqdalar. Virtual reallik jamiyat hayotida muhim hodisalardan biri sifatida o‗rin oldi. Bu jarayon tasarrufchini kompyuterda turli manipulyatsiyalar (o‗yin yoki boshqa ishlar) qilishi uchun mo‗ljallangan har xil olam modellarini yaratish proyektidan boshlangan edi. Ana shu proyekt tufayli kimyoviydan tortib to ijtimoiyga qadar bo‗lgan barcha jarayonlarni sun‘iy ravishda yaratishning cheksiz imkoniyatlari ochildi. Bu hol fanning barcha sohalari namoyandalarining, ayniqsa faylasuflarning diqqatini o‗ziga tortdi. Hozirgi davrda virtual reallik sistemalarini ishlab chiqish va ulardan amalda foydalanish jarayoni virtualistika muammolarini falsafiy-metodologik nuqtai nazardan anglash bilan parallel ravishda amalga oshmoqda. Bu borada ko‗plab kitoblar, jurnal va gazetalarda maqolalar nashr etilgan. Virtualistika bo‗yicha olib borilayotgan ishlarni asosan uch yo‗nalishga ajratish mumkin. Birinchisi, sistemalar nazariyasi, modellashtirish, kompyuter grafikasi, mul‘timediya va h.k.da erishilgan yutuqlarni hisobga olishga tayanadigan nazariy ishlar. Ikkinchisi, virtual reallik muammosining falsafiy va psixologik jihatlari hamda uning insonga, odamlar guruhi va butun jamiyatga ta‘siri haqidagi ishlar. Uchinchisi, virtual reallikka tegishli sistemalarni inson faoliyatining texnik sohalarida, ta‘limda, ilmiy tadqiqotlarda, biznesda va h.k.da foydalanish muammolariga bag‗ishlangan ishlar. To‗rtinchisi, virtual reallikning axloq, siyosat, madaniyatshunoslik bilan bog‗liq muammolari bo‗yicha ham ishlar olib borilmoqda. Prezidentimiz ta‘biri bilan aytganda, 6unday informatsion quporuvchilikdan maqcad - mamlakatimiz aholisiga axborot orqali va mafkuraviy yul bilan tazyiq utkazish, jahon afkor ommasida o‗zbekiston haqida noto‗g‗ri tasavvur to‗g‗dirishga intilishdan iborat. "Milliy istiqlol g‗oyasi asosiy tushuncha va tamoyillar" risolasidagi ba‘zi fikrlar ham bugungi hurujlarning maqsadini oydinlashtiradi. Ushbu risolada aytilishicha, geopolitik maqsadlar - davlatning uzga 35 Paxrutdinov Sh. Taraqqiyotga tahdid: nazariya va amaliyot. T.: ―Akademiya‖, 2006, 73 b. qududlarda o‗z mavqeyi va ta‘sirini kuchaytirishga qaratilgan siyosatdir. Ochig‗i, bu ta‘sirif ayrim ommaviy axborot vositalarining faoliyati nimaga yunaltirilganligini fosh etib qo‗ymoqda. Yirik siyosatchilardan biri Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Margaret Tetcher "Ommaviy axborot vositalari terrorchilar uchun kislorod vazifasini o‘taydi", degan. Bu gapning mag‗zini chaqan odam "ommaviy axborot vositalari terrorchilar uchun havodek zarur ekan", degan xulosaga keladi. Bir qarashda bu fikr mantiqsizday tuyuladi. Chuqurroq uylab kursak-chi? Aslida, terrorchilar bir qancha insonlarni shafqatsizlik bilan uldirish orqali millionlarda qo‗pqyv va daqshat uyg‗otishga intiladilar. Demaq ularning maqcadlari - uldirish emas, jamoatchilikka kuchli ta‘sir qilishdir. Taassufki, ba‘zi ommaviy axborot vositalari uzlari bilmagan holda terrorizmning buzg‗unchiliq qo‗poruvchilik ta‘sirini yanada oshirishga "xizmat" qilib qo‗yadilar. Ularning terror oqibatlari haqidagi vaqimali axborotlari insonlardagi qurquvni, daqshatni, himoyasizlik hissini yanada kuchaytirib yuboradi. Bu kabi axborotlarga qarshi aksiltarg‗ibotni uyushtirish zarurati tug‗iladi. Globallashuv, axborot sohasi liberallashayotgan bir paytda, uzoq-yaqin mamlakatlardagi turli hil siyosiy, mafkurafiy va boshqa kuchlar (120 ga yaqin davlat axborot xurujlarini uyushtirish ustida ish olib bormoqda)o‗zlarining g‗arazli manfaatlari yo‗lida ommaviy kommunikatsiya vositalaridan, ayniqsa, Internet tarmog‗idan foydalanib, axborot erkinligini suiste‘mol qilib, o‗sib kelayotgan yosh avlodga axborot tahdidlarini kursatish orqali, hali ongi va hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg‗itish, yoshlarning ongi va qalbini egallash yo‗lidagi intilishlari kuchaytirayotgani hech kimga sir emasdir. Shunday ekan, nosog‗lom axborot oqimi va ta‘siridan yoshlarni himoyalash uchun qanday huquqiy mexanizmlar mavjud, degan o‗rinli savol to‗g‗iladi? Ma‘lumki, xalqaro amaliyotda ―Kiber jinoyatlar to‗g‗risida‖ Konvensiya, ―Voyaga etmaganlar uchun xavfsiz Internet va on-layn resurslarni joriy qilish to‗g‗risida‖ Yevropa Ittifoqi Parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, ―Bola huquqlari to‗g‗risida‖ BMT Konvensiyasini, ―Yoshlarni himoyalash to‗g‗risida‖ Germaniya, ―Voyaga etmaganlarni ommaviy axborotning salbiy ta‘siridan himoyalash to‗g‗risida‖ Litva va ―Bolalarni sog‗ligi va rivojlanishiga ziyon etkazuvchi axborotdan himoyalash to‗g‗risida‖gi Rossiya Federatsiyasi qonunlari mavjud ekanligini tilga olishimiz mumkin bo‗ladi 36 . AQSH tajribasi haqida gapiradigan bo‗lsak, shuni aytish lozimki, 2001 yili kuchga kirgan qonunga asosan, davlat dotatsiyasini oluvchi ommaviy muassasalarning barchasi kontent fil‘tratsiya tizimini urnatishi majburligi belgilanib (Child Internet Protection Act), 2001 yili 74 foiz maktablar, 43 foiz kutubxonalar, 41 foiz oilalar (qaysi kim bolalari Internetga chiqish imkoniyatlari borlari) kontent fil‘tratsiya tizimini, tegishli dasturlarni urnatishdilar 37 . Yevropa mamlakatlari tajribasiga murojaat qiladigan bo‗lsak Buyuk Britaniyada davlat strukturasi faoliyat yuritib (―Internet Watch Foundation‖), u doimiy ravishda Internetdagi xavfli kontentli resurslarni monitoring qilib boradi 38 . Milliy qonunchiligimizda ham yoshlarni nosog‗lom axborotlardan himoyalashning mexanizmlari mavjud bo‗lib, xususan, O‗zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‗g‗risidagi Qonunda ―O‗zbekiston Respublikasida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo‗ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday hatti-harakatlar man etilishi‖, Bola huquqlarining kafolatlari to‗g‗risidagi Qonunda ―Pornografiya, shafqatsizlik va zo‗ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta‘sir ko‗rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‗luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda fil‘mlarni namoyish etish taqiqlanishi‖ belgilab berilgan bo‗lsada, bugungi axborot makonidagi tendensiyalar, axborot ekspansiyasi, agressiv axborotlarning kuchayishi milliy qonunchiligimizni va ma‘rifiy-tarbiyaviy ishlarimizni yanada kuchaytirishni taqoza etadi desak mubolag‗a bo‗lmas. 36 Muminov A. O‗zbekiston: axborotlashgan jamiyat sari. T., ―Turon zamin‖, 2013, 95-96 betlar 37 O‗sha manba, 97 bet. 38 O‗sha manba, 97 bet. Zamonaviy ommaviy kommunikatsiya vositalari bizni global axborot makoni bilan bog‗lab, axborotni olish va tarqatish geografiyasini kengaytirib, dunyo mamlakatlari va xalqlarini yaqinlashtirdi. Bu ijobiy holat, albatta. Biroq, axborot makonida taxdidlar bor ekan, milliy axborot makonimizga chegara quyib bo‗lmasligini nazarda tutib, kelajagimiz vorislarini uylab, vayronkorlik va buzg‗unchilik mazmunidagi axborot oqimini cheklashimiz, yosh avlodning ma‘naviy olamining daxlsizligini asrashimiz kunning dolzarb vazifalaridan biri desak, mubolag‗a bo‗lmas. Inson o‗zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun nima qilishi zarur? Buning uchun u yoki bu axborotni eshitar ekan, har bir inson hech bo‗lmaganda ―Bu axborotni kim uzatayapti?‖, ―Nima uchun uzatayapti?‖ va ―Qanday maqsadda uzatayapti?‖ degan savollarni o‗z-o‗ziga berishi, unga asosli javob topishga harakat qilishi kerak bo‗ladi. Ana shundagina turli g‗oyalar ta‘siriga tushib qolish, taqdim etilayotgan ma‘lumotlarga ko‗r-ko‗rona ergashishning oldi olinadi. Shakllangan axborot iste‘moli madaniyati milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga zid bo‗lgan xabar, ma‘lumotlarga nisbatan o‗ziga xos qalqon rolini o‗taydi, shaxs dunyoqarashi va xulqidagi sobitlikni ta‘minlashga xizmat qiladi. Axborot iste‘moli ijtimoiy, aniqrog‗i, ma‘naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan hodisadir. Axborot iste‘molining xizmatlar iste‘molining o‗ziga xos shakli hisoblanadi. Ma‘lumki, har qanday xizmatni iste‘mol qilishdan avval uning sifati, narxi, foydasi, qulayligi va boshqa shu kabi xususiyatlariga e‘tibor beriladi. Bu jarayonda, iste‘mol qilinayotgan xizmatning talab-taklif xususiyatlari ham inobatga olinadi. Masalan, taklifi kamayib ktegan xizmatlarning iste‘mol darajasi yuqori bo‗lib, ularga talab kuchayadi. Mazkur xususiyatlar axborot iste‘moli jarayoniga ham xosdir. Biroq ma‘anviy ne‘mat bo‗lgan axborotni iste‘mol qilish o‗ziga xos tomonlari bilan ham ajralib turishini ta‘kidlash joiz. Xususan, axborot konkret shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat va davlat tomonidan iste‘mol qilinadi-ki, mazkur darajalarda iste‘mol jarayonlari bir-biridan farq qiladi. Masalan , biron shaxs uchun qiziqarli bo‗lgan ma‘lumot, muayyan ijtimoiy qatlam yoki guruh uchun ahamiyatsiz bo‗lishi mumkin. Shuningdek, axborot makon va zamon xususiyatlariga ham ega. Chunonchi, g‗arbda o‗ta ommabop bo‗lgan axborotlar. Sharq xalqlari tomonidan kam iste‘mol qilinishi mumkin. Bundan tashqari, ma‘lum bir tarixiy davrda katta qiziqish bilan kutib olingan ma‘lumotlar, vaqt o‗tishi bilan odatiy holga aylanishi va ijtimoiy hayotda bu tarzda in‘ikos etmasligi mumkin. Axborot iste‘moli, kim tomonidan iste‘mol qilinishidan qat‘i nazar, qabul qilish, tushunish, talqin etish kabi bir-biri bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan bosqichlarda amalga oshadi. Bugungi kunda, axborot iste‘moli jarayoni ham o‗ziga xos madaniyatni taqozo etmoqda-ki, madaniyatning bunday shakli insoniyat ma‘naviy madaniyatining tarkibiy qismiga aylanishi zarur. Axborot iste‘moli madaniyati globallashuv jarayonlarining xarakterli xususiyatlaridan biri bo‗lgan, Internet tarmog‗i jadal rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. ˗ 5. Geosiyosiy manfaatlar axborot xavfsizligi omili. Bugungi dunyoda axborot muhim ahamiyatga ega bo‗lgan siyosiy omil hisoblanadi. Dunyo bo‗yicha xabar tarqatuvchi ommaviy axborot vositalariga ega bo‗lgan davlatlar yer yuzida kechayotgan siyosiy voqealarni o‗z manfaatlaridan kelib chiqqan holda talqin qiladi va boshqalarga yetkazadi. Tarqatilayotgan xabarlar asl haqiqatdan yiroq bo‗lganligi tufayli ko‗pgina mamlakatlar va xalqlar tajovuzkor davlatlarning ta‘siriga tushib qolmoqda. Bu esa adolatsiz urushlarning davom etishiga olib kelmoqda. Ana shu holatni nazarda tutgan holda axborot va ommaviy axborot vositalari omilini tahlil etishga harakat qilamiz. ˗ Ma‘lumki, huquqiy fuqarolik jamiyatida eng muhim demokratik institutlardan biri – ommaviy axborot vositalari sanaladi. Rivojlangan demokratik tizimda ―To‗rtinchi hokimiyat‖ deb e‘tirof etilgan ommaviy axborot vositalari ikki muhim vazifani ado etadi: ˗ birinchidan, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy, ma‘rifiy islohotlarni targ‗ib va tahlil etadi; ˗ ikkinchidan, jamiyatdagi turli qatlam fikrini ifodalash barobarida ijtimoiy fikrni shakllantiradi va yo‗naltiradi. Demak, mamlakatdagi ijobiy o‗zgarishlar, iqtisodiy yuksalishlar Ommaviy axborot vositalarining mavqei va darajasini belgilaydi. O‗z o‗rnida axborot vositalarining erkin va mustaqil faoliyatini ta‘minlamay turib demokratik o‗zgarishlarga erishib bo‗lmaydi. Ommaviy axborot hukumat va xalq o‗rtasida vositachi sifatida siyosiy partiyalar, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan ijtimoiy muvozanatni saqlaydi. Ommaviy axborot vositalari davlatning siyosatini, muayyan masalalar bo‗yicha, nuqtai nazarini, shu yo‗ldagi Farmon, qaror va qonunlarni xalqqa yetkazadi. O‗z navbatida xalq davlatning ichki va tashqi siyosatidan boxabar bo‗ladi, uni tahlil etib, o‗ziga yarasha xulosa chiqarishga intiladi, noqonuniy hatti- harakatlarning oldini olishga harakat qiladi. Demak, ommaviy axborot vositalarining mavjudligi bois jamiyatda xalq hokimiyati va inson huquqlari ta‘minlanadi. Keng jamoatchilikka ta‘siri, muayyan axborot yoki ma‘lumotni zaruriy darajada yetkazish, auditoriyani qamrab olishi, jamiyatda kechayotgan voqea va hodisalarni to‗g‗ri talqin etish, targ‗ibu va tashviq qilish jihatidan ommaviy axborot vositalari turli darajaga ega. Rus olimi Ye.Starobinskiy ta‘biri bilan aytganda, har soha o‗ziga yarasha axborot vositasini, har bir bozor esa targ‗ibot shaklini tanlaydi. Kishilarning ayrim qatlami esa o‗ziga mos arzon, sifatli va qulay vositani tanlab, ko‗proq ma‘lumot olishga intiladi. ―Delovoy mir‖ jurnali tahliliga ko‗ra, aholiga tez ta‘sir qilishi, qisqa fursatda ma‘lumotlarni yetkazish bo‗yicha televideniye, barcha yoshdagi kishilarni jalb etishi, ta‘sirchanligi bo‗yicha radio qulay va arzon axborot vositasi sanalar ekan. Ijtimoiy-siyosiy voqelikni targ‗ib etish va muayyan g‗oyalar talqinini yetkazishda radioning mavqei yuqori baholangan. 39 Demak, mamlakatdagi islohotlar jarayonida radio va televideniye, gazeta va jurnalning o‗ziga xos alohida o‗rni mavjud. Ommaviy axborot vositalari ichida televideniye va radio kuchli mafkuraviy ta‘sir o‗tkazadigan vositadir. Ular bir tomondan jurnalist va mutaxassislar ko‗magida targ‗ibot olib boradi, siyosiy, iqtisodiy, xuquqiy muammolarni tahlil etadi. Ikkinchi tomondan har bir fuqaroga o‗z fikrini ayta olishga imkon beradi. Axborot tarqatishda televideniye va radio Avvalo, siyosiy jarayonlarda ishtirok etish, uning asl maqsad-mohiyatini anglash uchun fuqaroning xabardorlik darajasini oshiradi; Ikkinchidan, o‗tish davri, to‗g‗rirog‗i asta-sekin iqtisodiy yuksalish bo‗layotgan bir pallada paydo bo‗layotgan muammolarni tahlil etishda muhim vazifani amalga oshiradi; Uchinchidan, mafkuraviy kurashlar kuchayayotgan, islom diniga siyosiy tus berilayotgan, ―islom dini‖ niqobi ostida o‗zining qabih – qo‗poruvchilik niyatini amalga oshirayotgan terrorchilar guruhlarining kirdikorlarini ochiq-oydin tahlil etishda ishtirok etadi; To‗rtinchidan, dunyo hamjamiyatining dardiga aylangan diniy aqidaparastlik, terrorizm, separatizm illatlarini bartaraf etishda teleradiokanallar samarali axborot tarqatadi. Bugungi illatlarning tub ildizini, aniqrog‗i axborot tarqatish manbalarini qo‗porib tashlash xususida O‗zbekiston birinchi Prezidenti shunday yozadi: ―Biz faqat terrorizmning tashqi ko‗rinishlariga, begunoh odamlarni otadigan, portlatadigan va o‗ldiradigan kimsalarga qarshi kurashish bilangina bu ofatni bartaraf etib bo‗lmasligini bir necha bor ta‘kidlaganmiz. Hayotning o‗zi shuni ko‗rsatmoqdaki, avvalambor, ushbu balo-qazoning birlamchi manbalariga qarshi kurashish darkor. Ya‘ni islom dinini siyosatga aylantirayotgan, yovuzlik va terrorchilik mafkurasini yaratayotgan ko‗plab radikal va ekstremistik markazlarning birinchi navbatda yoshlar ongini zaharlab, zombiga aylantirib, ulardan terrorchilar tayyorlash bo‗yicha konveyer tashkil etayotgan, xalifalik tuzishda turli xom-xayollarni amalga oshirishga urinayotgan qabih kishilarning ildizini qirqib tashlash kerak‖. 40 Ko‗rinib turibdiki terrorizm va diniy aqidaparastlik aynan axborot vositasida tarqatiladi. Axborot vositasida amalga oshiriladigan har qanday qo‗poruvchilik, xoh siyosiy, xoh iqtisodiy, xoh harbiy yo mafkuraviy bo‗lmasin davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi, islohotlar jarayonini sustlashtiradi. Ulkan miqdordagi iqtisodiy zarar keltiradi, davlatlar o‗rtasidagi munosabatlarni salbiy tarafga o‗zgartiradi, millatlar, diniy-etnik guruhlar orasidagi ziddiyatni keskinlashtirib, kelishtirib bo‗lmaydigan darajaga keltiradi. Bu turli millat, 39 O‗sha joyda, 123-bet. 40 Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz—jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modjernizatsiya va isloh etishdir. Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo‗shma majlisidagi ma‘ruzasi. elat, diniy konfessiya, mazhab va yo‗nalishlarga mansub bo‗lgan, turli dunyoqarashu tafakkur vakillari yashaydigan Markaziy Osiyo, xususan O‗zbekiston davlati uchun nihoyatda xavflidir. Demokratiya tamoyillarini yoyish, inson huquqlarini himoya qilish, globallashuv jarayonini tezlashtirish, dinlarni takomil toptirish, nodavlat tashkilotlar faoliyatini dunyo bo‗ylab yoyish, rivojlantirish va mustahkamlash bahonasida ―Gegemonlik‖ g‗oyasini singdirishga intilayotgan ba‘zi bir davlatlar ommaviy axborot vositalaridan o‗z mafkurasini singdirishda foydalanmoqda. Aslida terrorizm, diniy aqidaparastlik, mutaassiblik, giyohvandlik va narkobiznesga qarshi kurashda ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, radio va televideniyeya asosiy tashviqot quroli bo‗lishi kerak. Ammo g‗arblik siyosatshunoslarning fikricha, televideniya va radio terrorchilarning odamlar bilan muloqot qiladigan oddiy vositaga aylanib qoldi 41 . Bu jarayon Yevropadagi axborot vositalarida ko‗proq seziladi. 1972 yil 5 sentabrda Germaniyaning Myunxen shahrida XX olimpiada o‗yinlari bo‗layotgan bir vaqtda Arabistondagi ―qora sentabr‖ ekstremistik tashkiloti isroillik sportchilarni avval garovga olib, so‗ngra otib tashlagan edi. Bu qonxo‗rlikning vaqti, joyi, shakli tasoddifiy emas, oldindan rejalashtirilgan. Dunyo hamjamiyatining diqqatini Arab - Isroil mojarosiga qaratish asosiy maqsad hisoblanib, ommaviy axborot vositalari targ‗ibot manbaiga aylangandi. Axborot tarqatish usuli bilan nafaqat maxsus kontrterroristik harakatlar o‗tkazishni qiyinlashtirish yoxud terrorizm g‗oyasini targ‗ib qilish, balki jinoiy harakatlar tayyorlash taktikasi va terroristik maqsadlarni amalga oshirish ham mumkin. Masalan, 1986 yilda bir guruh uyushgan jinoyatchilar Shvetsiya bosh vaziri U.Telmanni vahshiylarcha o‗ldirishadi. Ommaviy axborot vositalari esa bosh vazir o‗limi tafsiloti va taktikasini butunicha e‘lon qiladi. Oradan bir qancha vaqt o‗tmay xuddi shu ssenariy asosida bank direktori Z.Marbiy o‗ldiriladi. Mamlakatlardagi harbiy xizmatchilar, maxsus xizmat vakillari, huquqni himoya qiluvchi organlar, yirik siyosatshunos olimlar ommaviy axborot vositalarini har qanday holatda ham terrorchilarga minbar sifatida bermaslik tarafdoridirlar. AQSH Mudofa Vazirligi 1991 yilda 14 yanvarda ―Ommaviy axborot vositalari uchun asosiy qoida va ko‗rsatmalar‖ ni qabul qilib, odamlarning hayotiga xavf tug‗dirishi mumkin bo‗lgan axborotni tarqatishni ta‘qiqlab qo‗ydi. 1996 yil Moskvada bo‗lib o‗tgan ―Terrorizmga qarshi kurash‖, 1997 yilda Sankt-Peterburgda o‗tgan ―Xalqaro terrorizm va yangi o‗lchovlar‖ xalqaro anjumanlarda muhim masala bo‗yicha bir to‗xtamga kelindi: terroristik va antiterroristik harakatlarni yoritish bilan bog‗liq ma‘lumotlarni olish va tarqatishda jurnalistlarning huquqlarini qonunan chegaralash zarur. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti 1996 yil 7 martda ―Terrorizm bilan kurashni kuchaytirish xaqida‖ Farmon qabul qilib, Bosh Prokuraturaga terrorizm bilan bog‗liq voqealarni ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritilishida Rossiya Federatsiyasi qonunchiligining bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish borasida tavsiya ham bergan. Xulosa sifatida aytish mumkinki, terrorizm va uning oqibatlarini axborot vositasida yoritish, targ‗ib va tahlil etishda ikki tendensiya ko‗zga tashlanadi: Birinchisi – axborot terrorizm illatini bartaraf etish, uning oldini olish, manba va ildizlarini quritish jarayonida targ‗ibot manbai. Ikkinchisi – axborot antiterroristik aktlarni o‗tkazishda xalaqit berish barobarida uyushgan jinoyatchilar guruhi va oqimlarining reklama manbaiga aylanmoqda. Keyingisi O‗zbekiston ommaviy axborot vositalariga taalluqli emas. Sababi – birinchidan, istiqlolning dastlabki kunidanoq O‗zbekiston davlati terrorizm, diniy aqidaparastlik, mutassiblikning og‗ir oqibatlarini anglab, axborot vositalarida Afg‗oniston, Tojikiston misolida ayta boshladi. Ikkinchidan, diniy-etnik va millatlararo notinchlikning jabrini biz boshqalardan oldinroq ko‗rdik (Parkent-O‗sh) va uning ―gazak‖ otishiga qarshi radio, televideniya va matbuot kuchidan ham foydalandik. Uchinchidan, mavjud OAV to‗g‗risidagi qonunlar O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mudofaa to‗g‗risidagi qonunlarda buzg‗unchilik, qo‗poruvchilik va parokandalikka qarshi kurash alohida qayd etilgan. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling