Zbekiston respublikasi oriental universiteti


Download 130.12 Kb.
bet3/10
Sana09.06.2023
Hajmi130.12 Kb.
#1470171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hindistonga arablar va turklar kirib kelishi

Kurs ishining obyekti sifatida Hindistonga arab va turklar kirib kelishi va shu xududga o’rnashishi va shu davrda bo’lgan ijtimoiy va siyosiy muammolar belgilab olindi.



I BOB. ILK O’RTA ASRLARDA HINDISTONNING TASHKIL TOPISHI VA ARABLAR BOSQINI
1.1 Hindistonda Islom madaniyati tarqaldi
Ayni vaqtda hind subqit’asida – Hindiston, Pokiston va Bangladeshda 500 milliondan ortiq musulmon istiqomat qiladi. Bu esa mazkur mintaqaning dunyo bo‘yicha eng ko‘p musulmon yashaydigan joy ekanini anglatadi. Islom dini ilk bor Hindistonga kirib kelganidan beri uning zamini va xalqiga ulkan hissa qo‘shdi.Hindiston qanday qilib bunchalar katta musulmon zaminiga aylanib qolgani borasida ko‘plab nazariyalar mavjud. Ayrim siyosatchilar va ularni qo‘llab-quvvatlovchilar (masalan, millatchi hindlarning hindutva harakati tarafdorlari) Islom dini Hindistonga begona ekanini, bu diyorda Islom arab va fors musulmonlari bostirib kelgani uchungina mavjudligini ta’kidlashdan charchashmaydi. Haqiqat esa tamomila o‘zgacha.
Hindistonning ilk musulmonlari: Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning 600-yillardagi hayotlaridan avval ham arab savdogarlarining Hindiston bilan aloqalari bor edi. Savdogarlar ziravor, oltin va Afrika mahsulotlarini sotish uchun Hindistonning g‘arbiy sohillariga muntazam ravishda borib turishgan. Tabiiyki, arablar Islomni qabul qilgach, o‘zlarining yangi dinini Hindiston sohillariga ham olib kelishdi. Hindistondagi birinchi masjid – “Chereman” masjidi 629 yilda, ya’ni Payg‘ambarimiz alayhissalom hali hayotlik paytlaridayoq barpo Keralada etilgan. Uni Hindistonning ilk musulmon kishisi Cheraman Perumal Bxaskala Ravi Varma qurdirgan. Arablar va hindlar o‘rtasida oldi-sotdi ishlari davom etgani sayin Hindistonning sohil bo‘ylaridagi shahar va qishloqlarida Islom dini keng yoyila boshladi.
Muhammad ibn Qosim
Hindistonda odamlarning ommaviy ravishda Islomni qabul qilishi Damashqni o‘ziga poytaxt qilib olgan umaviylar davrida yuz berdi. 711 yilda toiflik 17 yashar Muhammad ibn Qosimga Sind diyorini fath etish vazifasi yuklatildi. Sind – bu subqit’aning shimoli-g‘arbi, hozirgi Pokistondagi Hind daryosining atrofidagi yerlar hisoblanadi.Muhammad ibn Qosim bu yerga o‘zining 6 ming askardan iborat qo‘shinini olib keldi.U Hindistonga kelganida ozroq qarshilikka duch keldi. Hind daryosi yoqasidagi Nerun shahrida esa uni shahar boshqaruvini qo‘lga olgan buddaviy rohiblar qarshi oldi. Shunday qilib, Hind daryosi bo‘yidagi shaharlarning ko‘pi hech qanday jangsiz musulmonlarning nazoratiga o‘tdi. Ba’zi hollarda esa hind hukmdorlardan bezor bo‘lgan buddaviylar musulmonlardan yordam so‘radi.Aksar aholi musulmonlardan rozi ekaniga qaramay, Sind hukmdori Daxir musulmonlarga qarshi chiqdi. 712 yilda bo‘lib o‘tgan jang musulmonlarning g‘alabasi bilan tugadi va Sind tamomila ularning nazoratiga o‘tdi. Ta’kidlash kerakki, Sind aholisi Islomni qabul qilishga majburlanmagan. Insonlarning kundalik hayotida hech narsa o‘zgarmagan. Muhammad ibn Qosim barcha hindlar va buddaviylarga xavfsizlik va din erkinligini va’da qildi. Masalan, brahmanlar soliq yig‘ishni, buddaviylar esa o‘z ibodatxonalarida ibodat qilishni davom ettirgan. Diniy bag‘rikenglik va adolat tufayli Muhammad ibn Qosim va uning armiyasini aksar shaharlarda odamlar raqs va musiqa bilan kutib olgan. Buddaviylik o‘rniga – Islom Musulmonlar qo‘shinlarining Hindistonga keyingi yurishlari ham shu taxlit davom etdi. Masalan, Mahmud G‘aznaviy va Muhammad Tug‘luq singari yetakchilar hind jamiyatning diniy va ijtimoiy tuzilmasini o‘zgartirmagan holda musulmonlarning siyosiy doirasini kengaytirdi.Islomdan avval Hindistonda kasta, ya’ni tabaqa tizimi hukmron bo‘lgani sababli odamlarning Islomga o‘tishi bosqichma-bosqich amalga oshdi. Ba’zan butun boshli kastalar musulmonlikni qabul qilar edi. Chunki Islomdagi tenglik insonlarni ochiq-oydin kamsitishga asoslangan kasta tizimidan jozibaliroq ko‘rina boshlagan edi. Odamlar Islomni qabul qilgan holda jamiyatda rivojlanish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi va brahmanlar kastasiga itoat etmay qo‘yishdi.
Bir paytlar mintaqada mashhur bo‘lgan buddizmning yulduzi Islom kelganidan keyin so‘na boshladi. Avvallari kasta tizimidan qochishni istaganlar yirik shaharlarga ko‘chib o‘tar va buddaviylikni qabul qilardi. Islom kelgach esa ham buddizmdan, ham kasta tizimidan voz kechishga o‘tishdi. Musulmonlar buddizmni zo‘ravonlik bilan yo‘q qilgani haqidagi gap-so‘zlar yolg‘ondan boshqa narsa emas. Buddaviylar musulmon boshqaruvchilarga nisbatan toqatli bo‘lgan, ularning majburan Islomga o‘tkazilgani haqida dalil-isbot yo‘q.Islom dinining ommalashishiga sayyor ustozlar ham katta hissa qo‘shdi. Musulmon olimlar odamlarga Islomni o‘rgatish uchun Hindiston bo‘ylab sayohat qilishgan.
Majburlash bo‘lganmi?
Ayrimlar Hindistonda musulmonlarning ko‘pligi zo‘ravonlik va majburlashning oqibati ekanini ta’kidlasa-da, dalillar buning aksini ko‘rsatadi. Hind hukmdorlari o‘rnini musulmon rahbarlar egallagan bo‘lsa-da, jamiyat o‘zgartirilmagan. Islomga o‘tishni majburlash hollari kamdan-kamdir va ilmiy munozara o‘tkazish uchun arzimaydi. Agar Islom urushlar va zo‘ravonlik orqali tarqatilganida edi, hozir hindistonlik musulmonlarni Islom dunyosining qolgan qismiga yaqin hududlarda ko‘rardik, musulmonlar subqit’aning faqatgina g‘arbiy qismlarida yashagan bo‘lardi. Holbuki, hozir musulmonlar subqit’aning har tomoniga tarqalganini ko‘rib turibmiz. Mahmud G‘aznaviy, Abulqosim Mahmud ibn Sabuqtegin (967— G‘azna, 1030) — davlat arbobi va harbiy sarkarda, G‘aznaviylar davlati hukmdori (998—1030). Sabuqteginning o‘g‘li. G‘aznaviylar davlatining Nishopurdagi noibi (994—997). Otasi vafotidan so‘ng taxtni egallagan (998 y.dan).Mahmud G‘aznaviy qoraxoniylar bilan o‘z mavqeini mustahkamlab, asosiy eʼtiborni Shimoliy Hindistonni oxirigacha zabt etishga qaratgan. U Panjob va Kashmir viloyatlariga 17 marta harbiy yurishlar uyushtirgan (1002—28). Mahalliy aholini islom diniga kiritgan. Uning harbiy safarlarida Beruniy hamkorlik qilgan. Beruniyning mashhur «Hindiston” (1030—31) asari ushbu safarlar natijasida vujudga kelgan.
Mahmud G‘aznaviy arab va pahlaviy (fors) tillarini puxta bilgan, turkiy tilda sheʼrlar bitgan. O‘z davlatining poytaxti G‘aznada nodir kitoblardan katta kutubxona to‘plagan. Bu davrda islom madaniyati rivojlanishi va islom dini tarqalishiga katta hissa qo‘shgan. Xususan, o‘z saroyida 400 dan ortiq olimlar, shoirlar va sanʼatkorlar (Beruniy, Unsuriy va b.)ni to‘plab, ularga homiylik qilgan. Amir Temurning Hindistonga harbiy yurishi — 1398—1399-yillarda Amir Temur tomonidan Hindistonga qilingan harbiy yurish. Oʻsha davrda Hindistonda islom diniga eʼtiqod qiladiigan davlat Dehli sultonligi mavjud boʻlgan boʻlsada, harbiy yurishning asosiy maqsadi gʻazavot hisoblangan. Harbiy yurish 1398-yil aprel oyida boshlanadi. Pirmuhammad Mirzo qoʻshini (taxminan 30 ming otliq) Sulaymon togʻlari orqali Moʻltonga kelib, uni 6 oy davomida qamal qiladi. Amir Temur qoʻshinlari Termiz orqali Samangan tomon harakatlana boshladilar. Bagʻlon viloyatidagi Hindukush togʻlaridan oʻtgan Amir Temur qoʻshini eski Kofiriston (hozirgi Nuriston) aholisi bilan bir necha oy jang qiladi[1]. 1398-yil avgust oyida Amir Temur Andarob orqali Kobulga keladi va shu yerda boshqa davlatlarning elchilarini qabul qiladi. Avgust oyining oʻrtasida Shohrux Mirzoni Hirotga va Mirzo Ulugʻbek bilan Saroymulkxonimni Samarqandga qaytarib, oʻzi 2-avgust kuni Kobuldan chiqib, Hindiston sari yoʻl oladi[1]. Sentabr oyida Amir Temur qoʻshini Hind daryosini kesib oʻtadi va 6-oktabrda Chenab daryosining Jhelum daryosi bilan qoʻshilish nuqtasiga yetib keladi. Soʻngra oktabr oyida qoʻshin Ravi va Beas daryolarini kechib oʻtadi. Shundan soʻng Amir Temur va uning nabirasi Pirmuhammad Mirzo qoʻshinlari yagona qoʻshinga birlashadilar (daryodan kechib oʻtish paytida Pirmuhammad Mirzo qoʻshini koʻplab otlaridan ayriladi)[1]. Oktabr oyi oxirida qoʻshin Sahivalni, noyabr oyi oʻrtalarida Sirsani, kuzning oxirida esa Kaithalni bosib oladi. Dekabr oyida gabrlar va moniylik diniga eʼtiqod qiluvchilar yashaydigan Panipat shahrini egallab oladilar. Soʻngra Dehli yaqinida Amir Temur qoʻshini 30 ming kishilik qoʻshin toʻplagan Dehli sultonligining lashkarboshisi Malluxonning qarshiligiga duch kelishadi[2].1398-yil 10-dekabrda Malluxon qo‘mondonligidagi qo‘shin jangda mag‘lubiyatga uchraydi[2]. Oradan bir hafta oʻtgach, 1398-yil 17-dekabrda Dehlidan taxminan 100 km shimolida joylashgan Panipat yalangligida Amir Temur qoʻshini (92 ming kishi) bilan Dehli sultoni Sulton Mahmudxon qoʻshini (10 ming otliq, 20 ming piyoda askar va 120 jangovar fil) oʻrtasida sodir boʻlgan shiddatli jang yuz beradi. Qoʻshin safi oldida harakatlanuvchi fillarning hartumlari bir-biriga bogʻlangan, fillar ustiga kajavalar oʻrnatilgan, ularda bir necha oʻqchilar joylashtirilgan. Fillar qatori yonidan toʻp otuvchilar — raʼdandozlar oʻrin olgan. Qoʻshinlar oʻzaro yaqinlashgan chogʻda Amir Temur oʻz qarorgohi Baholi doʻngligidan atrofni kuzata boshlaydi. Jang doʻmbira va nogʻoralar ovozi, karnay-surnay sadosi ostida boshlanadi. Amir Temur askarlari fillarga nayza sanchadi, kajavada joylashgan merganlarni oʻqqa tutadi. Yarador boʻlgan fillar filbonlarni uloqtirib, orqaga qochgan, bu bilan hind qoʻshiniga katta talafot yetkazgan. Biroq, shunga qaramay sulton qoʻshini qarshilik koʻrsatishni davom ettirgan. Amir Temur qoʻshini sulton askarlarini qurshovga olib, fillarni oʻlja qilgan. Sulton Mahmudxon ozgina otliq guruhi bilan jang maydonini tark etib, lashkarboshisi Malluxon bilan Dehliga yashiringan, kechasi esa ular shahardan qochishgan. 18-dekabr Dehlining buzurglari, sayyidlari, qozilari, aʼyonlari kelib Amir Temurdan shahar aholisi uchun omonlik tilaganlar.
Biroq yurish shu bilan tugamaydi. 1399-yil 7-yanvarda Amir Temur gabrlar yashaydigan Meerut shahrini egallab oladi. Sharqqa qarab yurishni davom ettrigan Amir Temur qoʻshini Gang daryosiga yetib keladi va uning qirgʻogʻida gabrlarni yoʻq qiladi. Fevral oyida Amir Temur qoʻshini Jamna daryosidan kechib oʻtadi.


Download 130.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling