Zbekiston respublikasi oriental universiteti


Laxurdagi Shalimar bog‘i landshaftlarining ko‘rinishi


Download 130.12 Kb.
bet7/10
Sana09.06.2023
Hajmi130.12 Kb.
#1470171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hindistonga arablar va turklar kirib kelishi

Laxurdagi Shalimar bog‘i landshaftlarining ko‘rinishi.Bog'ning asosiy binosiikki qavatli saroy 0‘rtadagi hovuz yonida joylashgan. Hovuzning qolgan uch tomonida marmar shiyponlar qad ko‘tarib turibdi, hovuz markazidagi marmar supa esa bog‘ bilan tosh ko‘priklar orqali bogiang. Hovuzdagi qator mitti favvoralar havoga rohatbaxsh suv purkaydi. Bog’-ning sharqiy qismidagi ravoqlar bilan bezalgan xonalarda dastlab shohning harami joylashgan bo‘lib, unda asosiy xonalardan tashqari hammom va 
cho‘milish uchun hovuz ham bo‘lgan. Tevarakatrofni to ‘ldirib turgan Atr gullarning muattar hidi, qafasdagi rangorang to‘tiqushlar
dilga surur bag‘ishlagan. Shalimar bog‘i endilikda Loxur shahri bilan qo‘shilib ketib, oddiy xalq va sayyohlar dam oladigan go‘zal go‘shaga aylantirilgan. «Shalimar» so‘zi har xil taijima qilinib, «Sevgi maskani»yoki « Huzur halovat va go‘zallik m askani» degan m a’nolarni bildirar ekan.
Kashmirdagi Dal k o ii sohilidagi Shalimar bog‘ining m e’moriy- 
landshaft yechimi. 
Akbarshohning o‘g‘li Jahongirshoh (1569-1627) ham Agra va Loxur
shaharlarida, shuningdek Hindistonning eng go'zal joylarida: Kashmir vaG ‘arbiy Pokistonda q ato r bog‘lar yaratgan.Uning Kashmirdagi Dal ko‘li sohilida joylashgan Shalimar bog‘ining rejasi cho‘zinchoq to ‘g‘ri to ‘rtburchak shaklida (500x200 metr) bo‘lib, ketm aket uch qismdan:
tashqi bog‘, markaziy bog‘ va ichkari bog‘lardan iborat. Tashqi bog'ning me’moriy ochiq maydoni va ulkan shiyponi bo‘lib, u podshoh qabulxonasi bilan tutashgan. Markaziy bog‘sahni esa ikki pog'onali bo'lib, o'rtasida shoh saroyi va qabulxonasi joylashgan. Ichkari bog' shoh oilasi uchun mo'ljallangan, bog'dagi saroylar qorli, ulug'vor Maxadev tog'lari etagida joylashgan. Ana shu tog' qoyalaridan boshlangan kengroq ariq 
Shalimar bog'ini uzunasiga kesib o'tib sharshara va favvoralar, har ikki yondan esa xiyobonlar hosil qilgan.
Boburiylar sulolasining tashkil topishi. XVI asrda Hindistonda siyosiy tarqoqlik hukm surardi. O’zaro ichki nizolar va urushlar mamlakatni kuchsizlantirgan edi. Hindistondagi ichki siyosiy ahvolni sinchkovlik bilan kuzatib turgan Kobul hukmdori Zahriddin Muhammad Bobur vaziyatdan foydalanib qaror qildi va Hindistonni egallash uchun harbiy yurish boshladi.
Bu davrda Shimoliy Hindistondagi Dehli sultonligida lodiylar sulolasi hukmronlik qilardi.
Bobur Mirzoning Hindistonga qarshi harbiy yurishi 1525-yilning oxirida boshlandi. 1526-yilning 21- aprelida panipat jangida Ibrohim Lo’diy qo’shini tor mor keltirdi. 27-aprel kuni esa Dehli shahrida Bobur podshoh nomiga xutba o’qildi. Shu tariqa tarixda 332 yil yashagan yangi imperiya — Boburiylar imperiyasiga asos solindi. Bobur Hindistonda o’zi bilan qolgan qo’shinga jogir tarqatdi. Bu yerlarda xo’jalik yuritish ishlariga rahbarlik qilish mahalliy urf-odatlarni yaxshi biladigan hindlarga topshirildi. Bobur podshoh imperiya taxtida uch yil o’tirdi. 1530-yilda o’limidan avval imperiya hududlarini o’g’illariga bo’lib berdi. Imperiya taxti katta o’g’li Humoyunga nasib etdi. Panjob, Kobul va Qandahorga ega bo’lgan qolgan uch o’g’li akalari Humoyunga bo’ysunishini vasiyat qildi.

Download 130.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling