Zbekiston xalqaro islom akademiyasi islomshunoslik fakulteti


Muhammad, Muhammad ibn Abdulloh


Download 105 Kb.
bet10/12
Sana20.12.2022
Hajmi105 Kb.
#1037683
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
QUR’ONDA NOMLARI ZIKR ETILGAN PAYG’AMBARLARNING QADIMGI DUNYO DAVLATLARIDAGI

MuhammadMuhammad ibn Abdulloh 571 makka 632-yil, Madina)— islom dini va birinchi musulmonlar jamoasi asoschisi. Musulmonlar eʼtiqodiga koʻra, Allohning oxirgi paygʻambari va uning elchisi. Shu maʼnoda uni Rasululloh, Rasuli Akram deb atash odat tusiga kirgan. Islom taʼlimotiga koʻra, Muhammad nomini aytgan yoki eshitgan kishi „sallalohu alayhi vasallam“ (s.a.v.) yoki „alayhissalom“ (a.s.) deb salovat aytib qoʻyish vojib hisoblanadi. Muhammad orqali odamlarga Qurʼon nozil qilingan10.
Quraysh qabilasining hoshimiylar urugʻiga mansub, uncha boy boʻlmagan, lekin Makka zodagonlariga yaqin oilada tugʻilgan. Muhammadning bolalik va oʻsmirlik yillari haqidagi maʼlumotlar juda kam. Muhammad goʻdakligidayoq yetim qolgan; tugʻilmasidan avval otasi Abdulloh, 6 yoshligida esa — onasi Omina vafot etgan. Muhammadni oʻz tarbiyasiga olgan bobosi Abdulmuttalib ham koʻp oʻtmay olamdan oʻtadi. Yetim bolani tarbiya qilishni amakisi Abu Tolib oʻz zimmasiga oladi. 12 yoshida Muhammad bir muddat Abu Tolibning podasini boqadi, keyin tijorat ishlariga jalb qilinadi. Abu Tolib Muhammadni 21 yoshida Huvaylid ibn Asʼadning qizi, badavlat beva ayol Xadicha xonadoniga dastyorlikka beradi. Xadichaning savdo ishlari bilan shugʻullangan Muhammad Suriyaga safar qiladi, xususan, Halab va Damashq shaharlariga boradi. Muhammad 25 yoshida (595 yil) 40 yoshlarga borib qolgan Xadichaga uylanadi. Muhammaddan Xadicha 3 oʻgʻil (Qosim, Tohir, Tayyib) va 4 qiz (Ruqiya, Zaynab, Ummu Kulsum, Fotima) koʻrgan. Ogʻillari goʻdakligidayoq vafot etgan. Qizlaridan Fotimagina Muhammad naslini davom ettirgan. Xadicha vafotidan soʻng Muhammad bir necha bor uylangan (lekin, Oyshadan boshqa bokira xotin olmagan), ulardan farzand koʻrmagan. Faqat joriyasi Moriyadan Ibrohim ismli oʻgʻli boʻlgan. U ham juda yoshligida olamdan oʻtgan.
Muhammad 40 yoshga toʻlganida oʻzini boshqacha seza boshlaydi. Yolgʻizlikni qoʻmsab, Makka yonidagi Hiro togʻida joylashgan gʻorga borib ibodat bilan mashgʻul boʻlar, oʻyga tolardi. Taxminan 610-yilda Muhammad Makkada oʻzining Allohdan vahiy olayotganligini eʼlon qiladi. Buni birinchilardan boʻlib Xadicha, Muhammadning amakivachchasi Ali ibn Abu Tolib, hamda asrandi oʻgʻli Zayd ibn Horisa eʼtirof etib imon keltirishgan. Koʻp oʻtmay, Makkaning eng nufuzli savdogarlaridan Abu Bakr, Zubayr, Talha, Saʼd ibn Abu Vaqqos, Abdurahmon ibn Avf va Usmon ibn Affon Muhammadni chin paygʻambar deb tan olishgan. Muhammad izdoshlari jamoasi dastlabki paytlarda 50 kishidan oshmagan. Makkaning asosiy aholisi, ayniqsa, nufuzli qurayshliylar esa Muhammad taʼlimotini ochiqdan-ochiq dushmanlik bilan qarshi olgan. Buning natijasida Muhammad tarafdorlaridan 11 xonadon Habashiston (hozirgi Efiopiya) ga koʻchib ketgan. Muhammad jamoasiga jasur jangchilar sifatida tanilgan Hamza va Umar ibn Xattobning qoʻshilishi jamoaning mavqeini oshirdi. Ayni vaqtda quraysh zodagonlarining Muhammad va uning tarafdorlariga dushmanligi yanada kuchaydi. 620 yilda Xadichaning, soʻngra Abu Tolibning vafotidan soʻng Makkada vaziyat yomonlashadi, Muhammad muayyan xatar ostida qoladi. Har yilgi anʼanaviy Makka ziyoratiga kelgan yasriblik Avs va Hazraj qabilalarining vakillari Muhammad bilan uchrashib, sodiqlik bildirishadi va yordam qilishga vaʼda berishadi, Muhammadni Yasribga koʻchib borishga daʼvat qilishadi. Avval Muhammadning izdoshlari (asʼhoblar) oʻz oilalari bilan quraysh zodagonlaridan maxfiy ravishda guruh-guruh boʻlib koʻchadi. Oxirida Muhamadning oʻzi Abu Bakr bilan joʻnab ketadi. 622 yildada yuz bergan bu koʻchish payti (arab, hijrat)dan musulmonlar erasi — hijriy yil hisobi boshlanadi. Yasrib esa Madina an-Nabiy („Paygʻambar shahri“) yoki qisqacha, Madina deb ataladigan boʻldi.
Madinada birinchi masjid qurildi, islom arkonlari ishlab chiqila boshlandi, Kaʼba qibla qilib belgilandi. Jamoani jipslashtirish va uni kengaytirish uchun makkalik mushriklarga qarshi kurashish zarur edi. Makkaliklarga qarshi uyushtirilgan iqtisodiy urush ular farovonligining asosiy manbai boʻlgan savdo karvonlari ishini chippakka chiqardi. 624 yilda Badr quduqlari oldida Badr jangi, 625 yilda Uhud togʻi etagida Uhud janglari boʻldi. 626 yilda makkaliklar madinaliklarga uzil-kesil zarba berish maqsadida yirik harbiy safarga otlanishdi. Muhammad Madinani uzoq qamal sharoitiga tayyorladi, shahar atrofiga chuqur xandaqlar qazildi va u yerlarga kamonchi oʻqchilar joylashtirildi. Kutilmagandagi izgʻirin, kuchli shamollar qamal qiluvchilarni toliqtirdi, ular orasida nizolar boshlandi. Natijada Madina qamali bekor qilindi, bu gʻalaba Madina jamoasini yanada jipslashtirish bilan birga, unga yangi-yangi badaviy qabilalarning qoʻshilishiga olib keldi. Hijratning 6-yilida makkalik quraysh zodagonlari mavjud muammolarni kelishuvchilik yoʻli bilan bartaraf etish uchun Muhammad bilan tengma-teng muzokara olib borishga majbur boʻlishdi. Madinaga qarshi kurashning yetakchilaridan biri boʻlgan Abu Sufyon Muhammad tarafiga oʻtdi. 630 yilda Makka Muhammadga jangsiz taslim boʻldi, makkaliklar Muhammad jamoalariga qoʻshildi. 631 yildda koʻp qabilalar Muhammadga boʻysundi va islomni qabul qildi. Hijratning 10-yili (632 yil martida) Muhammad oʻz oila aʼzolarini olib, Madina atroflaridagi 100 mingdan ortiq kishi bilan Makkaga birinchi va oxirgi marta ziyorat (haj)ga bordi. Bu vidolashuv haji boʻlgan. Mana shu ziyorat Makkaning islom dini markazi sifatidagi mavqeini uzil-kesil hal etdi. Oʻshandan buyon oʻtgan barcha asrlar davomida musulmonlar bu shaharni ziyorat qiladi. Haj safaridan 81 kun keyin uzoq davom etmagan kasallikdan soʻng Muhammad Madinada vafot etdi. Muhammadni oʻz hujrasiga dafn qilishgan, maqbarasi keyinchalik u yerda qurilgan katta masjid ichida qolgan, musulmonlarning ziyoratgohiga aylantirilgan.
Muhammadning hayoti va tarjimai holi siyratda, uning soʻzlari va qilgan ishlari haqidagi rivoyatlar hadislarda bayon etilgan. Islom taʼlimotida Muhammad komil inson sifatida taʼriflanadi. Sunnat paygʻambarning hayoti barcha musulmonlar uchun namuna boʻlishi kerakligi taʼkidlanadi. Islom anʼanasida Muhammad hech qanday gʻayritabiiy, ilohiy xususiyatga ega emasligi, balki hamma kabi oddiy odam, lekin Allohning chin va oxirgi paygʻambari ekanligi qayd etiladi.
Muhammadning shaklu-shamoyillari, siyratu-sifatlari, insoniy fazilatlari, boshqa paygʻambarlardan farq etadigan xususiyatlari toʻgʻrisida u bilan birga yurgan, suhbatlaridan bahramand boʻlgan sahobalar hamda nikohida boʻlgan ayollari tomonidan naql qilingan rivoyatlar asosida koʻplab asarlar bitilgan. Ulardan Abu Iso Termiziyning „Shamoili nabaviya“, Muhammad Busiriyning „Qasidai burda“, Abu Jaʼfar Barzanjiyning „Mavlidin-Nabiy“, Muhammad ibn Solihning „Muhammadiya“, Mavlono Muʼinning „Siyari sharif“, Akbarobodiyning „Nodirul-meʼroj“, Sayyid Mahmud Taroziyning „Shirin kalom“, „Nurul kalom“, „Nurulbasar“ va boshqa koʻplab mu-alliflarning asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Imom Termiziyning „Shamoili Muhammadiyya“ kitobi ular ichida qadimiyligi va rivoyatlarining sahihligi bilan ajralib turadi. Unda Muhammadning jismoniy va axloqiy xususiyatlariga batafsil taʼrif berilgan. Maslan, ikki kiftlari oʻrtasida „Muhammadun rasululloh“ deya bitilgan muhri nubuvvatlari boʻlgani, soch-soqollarining oqu-qorasi nechta boʻlganidan tortib, kiyim-kechaklari, oyoq kiyimlari, taqqan uzuklari, qilich-qalqonlari, salla-choponlari, yegan va yoqtirgan taomlari, ovqatdan oldin va keyin oʻqigan duolari, suv ichishlari, xushboʻy narsalarni isteʼmol qilishlari, soʻzlashish odoblari, xulq-odoblari, kulish va hazil-mutoyibalari, musiqa va sheʼriyatga munosabatlari, ibodat va riyozatlari, tilovat va munojotlari, yotish-turishlari, tibbiyotga munosabatlari, kundalik tirikchiliklari, nomu laqablari, umrlarining miqdori, xastalik va vafotlari, qoldirgan meroslari va boshqa sifatlari toʻgʻrisida alohida-alohida bob va fasllar orqali bayon etilgan. Jismoniy tuzilishlari toʻgʻrisida jumladan shunday naql qilinadi: „Ul zotning boʻylari unchalik novcha ham, past ham emas, bosh, qoʻl, oyoq va kiftlari yoʻgʻon, yuzlari qizgʻish, koʻzlari katta, oqi juda oq, qorasi oʻta qora, oʻtkir, sochlari quloqlarining yumshoqlarigacha yopib, yelkalariga tegib-tegmay turar, boʻyinlari sochlari orasidan tovlanib, goʻyo kumush koʻzdek koʻrinib turar, terlasalar, marjondek terlaridan muattar hid taralar, biror kishiga qayrilib qaramoqchi boʻlsalar boshlarinigina burib qaramay, balki butun gavdalari bilan oʻgirilib qarar edilar. Old tomonlarini qanday koʻrsalar, orqa tomonlarini ham shunday koʻrar edilar“.


XULOSA
Musulmon tarixchilari: “Tarixni o‘rgangan kishining umri uzayadi”, deyishadi.Haqiqatdan ham tarixni qunt bilan o‘rgangan odam goyo o’sha o’zi o’rgangan davrda yashaydi.Tarixni qunt bilan o’rgangan odam dunyo tarixida bolib o’tgan ko’plab hodisalarning ishtirokchisiga aylanadi desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz.Binobarin , islom tarixini qunt bilan o’rgangan musulmonning umri uzayishi, Alloh taoloning dinida yashagan hayoti boyishi, insoniyat tarixiga iymon va islom yog’dusi, nuri ila nazar solishi shubhasizdir.
Islom tarixi deganda islom davlatlarining va musulmon halqlarining islom dinining ilk davrlaridan boshlab hozirgi kungacha bo’lgan muddatdagi tarixi ko’zda tutiladi.Boshqacha qilib aytganda , ushbu tarix dunyo boshlanganidan to hozirgi – biz yashab turgan paytgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Qur'oni karimda o‘tgan payg‘ambarlar, o‘tmishdagihodisalar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida ro‘y bergan voqealarga taalluqli qissalar keltirilgan.Ularning din yo‘lida va'z nasihatlar olish va iymonni sayqalashda muhim o‘rni bor. Bu haqda Qur'oni karimda:
Batahqiq, ularning qissalarida aql egalari uchun ibrat bor edi. Bu (Qur'on) to‘qima gap emas, lekin o‘zidan oldin kelganni tasdiqlash va har bir narsani batafsil qilish, hidoyat hamda iymon keltirganlar uchun rahmatdir”[1], deyilgan.
“Qissa” arabcha so‘z bo‘lib, “izidan ergashmoq”, “ortga qaytish” kabi ma'nolarni anglatadi. Qissalar bir-birining ortidan keltirilgan xabarlardir. Qur'on qissalari uch navga bo‘linadi.

  1. Anbiyolar qissasi. Bunday qissalarda payg‘ambarlarning qavmlarini haq yo‘lga da'vat qilishlari, da'vat bosqichlari va dinning rivojlanishi, Allohning yordami ila ko‘rsatgan mo‘jizalari, mo‘min va kofirlarning oqibatlari bayon qilinadi. Nuh, Ibrohim, Muso, Iso alayhimussalomlar qissasi shunday qissalardandir.

  2. Oldin bo‘lib o‘tgan voqealar, payg‘ambarligi sobit bo‘lmagan shaxslar haqidagi qissalar. Masalan, As'hobi fil, “G‘or” sohiblari, Qorun, Tolut, Jolut qissalari.

  3. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida ro‘y bergan voqealarga taalluqli qissalar. Masalan, Isro va Me'roj kechasi, Badr, Uhud, Hunayn, Tabuk g‘azotlari kabilar[2].

Qur'on qissalaridan bir nechta maqsadlar kelib chiqadi.

Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling