Zbekiston xalqaro islom akademiyasi islomshunoslik fakulteti


Download 105 Kb.
bet11/12
Sana20.12.2022
Hajmi105 Kb.
#1037683
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
QUR’ONDA NOMLARI ZIKR ETILGAN PAYG’AMBARLARNING QADIMGI DUNYO DAVLATLARIDAGI

Birinchidan, qissalar Nabiy sallollohu alayhi vasallamning nabiy va rasulliklarini isbotlaydi. U zotning Ibrohim, Yusuf, Muso, Iso va ulardan boshqa o‘tgan anbiyo alayhimussalomlar qissasi haqida juda aniq va ravshan holatda xabar berishlari Qur'onning Allohning huzuridan ekanligiga yorqin dalildir. Chunki o‘qish va yozishni bilmaydigan, o‘tgan anbiyolar haqida bilimga ega bo‘lgan ahli kitoblardan xoli bo‘lgan joyda (Makka shahri) tug‘ilib o‘sgan bir kishining bunday xabarlarni berishi u kishining payg‘ambarligini isbotlaydi. Bu haqda Qur'oni karimda shunday deyiladi:
Biz senga ushbu Qur'onda vahiy qilgan narsamiz ila eng go‘zal qissani hikoya qilurmiz. Agarchi undan oldin sen bundan bexabarlardan bo‘lsang ham”[3].
Ya'ni, Qur'on deb nomlangan ilohiy kitobimizni vahiy ila nozil etish jarayonida eng go‘zal qissani ham senga aytib beramiz. Sen qavming ichida o‘qish-yozishni o‘rganmagan, bunaqa qissalardan xabarsiz kishilardan biri eding. Endi esa, Allohning inoyati ila bulardan xabardor bo‘lasan va ularni xalqqa yetkazasan[4], deyilmoqda.
Ikkinchidan, qissalar imonga, ulug‘ xulqlarga chorlaydi, taqvodorlarning go‘zal xotimasini bayon qiladi va buzg‘unchi, fitna chiqaruvchi, din dushmanlarining yomon oqibatlari haqida ogohlantiradi.
Va Madyanga o‘z birodarlari Shuaybni (yubordik). U: “Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Sizga Undan o‘zga iloh yo‘q. Batahqiq, sizga Robbingizdan hujjat keldi. Bas, o‘lchov va tarozuni to‘liq ado eting, odamlarning narsalaridan kamitib qolmang va yer yuzida uning islohidan keyin buzg‘unchilik qilmang. Agar mo‘min bo‘lsangiz, shunday qilmog‘ingiz o‘zingiz uchun yaxshidir.
Har ko‘chada o‘tirib olib qo‘rqitmang. Allohning yo‘lidan Unga iymon keltirganlarni to‘smang va u(yo‘l)ni egri bo‘lishini istamang. Oz bo‘lgan chog‘ingizda sizni ko‘paytirib qo‘yganini eslang. Buzg‘unchilarning oqibati qanday bo‘lganiga nazar soling”[5].
Ushbu oyatlarda Shuayb alayhissalomning o‘z qavmiga qilgan da'vatlari haqida xabar berilyapti. Ularni Allohga ibodat qilishga chorlab, yomonliklardan, gunoh, buzg‘unchilik, zulm ishlardan qaytarganlari bayon qilinmoqda.
Odatdagidek, Payg‘ambar kelganda har bir qavm ikki qarama-qarshi guruhga bo‘linadi. Bir guruh iymonga kelib, ikkinchi guruh kufr keltiradi. Xuddi shunday holat vujudga kelganda, Shuayb alayhissalom o‘z qavmlarini, mo‘minlarga zulm qilmasdan, urush-janjal chiqarmasdan, eng adolatli yo‘lni tutishga, ularga Allohning hukmi yetib kelguncha sabr qilib kutib turishga chaqirganlar.
Uchinchidan, qissalar oldingi payg‘ambarlarning Allohning yo‘liga da'vat qilishdagi aziyatlarga qilgan sabrlarini bayon qilish bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qiyinchilik paytida tasalli berish, mo‘minlarning qalbini dinga sobit qilish uchun nozil qilingan.
Biz Qalbingni sabotli qilish uchun senga Payg‘ambarlar xabarining hammasini qissa qilib aytmoqdamiz. Bu(sura)da senga haq va mo‘minlarga mav'iza hamda eslatma keldi”.
Alloh taolo bu oyat bilan payg‘ambari Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam qissalardan xabardor bo‘lganlaridan keyin dinga da'vat qilishda qalbilarigasubut to‘lishi, oldin o‘tgan payg‘ambarlar ham qiyinchiliklarga duchor bo‘lganlarini, ammo sobit turganlari uchun oqibatda najot topganlarini bilib, himmatlariga himmat, g‘ayratlariga g‘ayrat qo‘shilishini, mo‘minlar uchun esa, qissalar mav'iza hamda eslatma ekanini bayon qilmoqda[8].
Qur'oni karimda keltirilgan qissalar haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, avvalo Qur'onning haqiqiy mo‘jiza ekani haqidagi tasdig‘imiz sayqallashadi, o‘tgan ummatlardan najot topganlari qanday amallar qilganlari, aksincha, azobga duchor bo‘lganlarga qaysi ishlari sabab bo‘lgani haqida mushohada yuritib ibrat va va'z-nasihat olamiz, qiyinchiliklarga sabr qilishning samarasiga guvoh bo‘lamiz. Bu esa imonimizning ziyoda bo‘lishiga olib keladi. Zero, Qur'on “taqvodorlarga hidoyatdir”


Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling