Ӛзбекстан республикасы жоқары ҩӘм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги әжинияз атындағы нӛкис
hisobga olgan holda egallagan o’rni
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
Топлам КОНФЕРЕНЦИЯ 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment)
hisobga olgan holda egallagan o’rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini beradi.
Milliy ta‘lim tizimini isloh qilish, ta‘lim mazmunini, pedagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi. Xalqaro tadqiqotlar ta‘lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘kazishga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda turli tashkilotlarning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda monitoring tadqiqotlarini o’tkazish madaniyati rivojlanadi, ta‘lim sifatini baholashning xalqaro standartlarga moslashuviga olib keladi. Qanday xalqaro baholash dasturlari mavjud? PISA – o‘quvchilarning ta‘limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi PIRLS – matnni o‘qish va tushuntirish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot TIMSS – maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring ICILS - kompyuter va axborot savodxonligi bo‗yicha xalqaro tadqiqot kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud bo‗lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta‘lim sifatini yanada oshirishdasi mezon sifatida keng qo‘llanilmoqda. Maqsad: maktabda olingan malaka, bilim va ko‘nikmalarni hayotda qo‘llashni bilish va natijani tahlil qila olish, vaziyatdan chiqa olish, baholashni bilish. PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) - turli davlatlarda 15 yoshli o‗quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘lash qobiliyatini baholovchi dastur. 358 Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000- yilda birinchi marta qo‘llanilgan. Xalqaro Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkilotiga Xalq ta‘limi vazirligi mamlakatdagi hamma maktablarni ro‘yhatini yuboradi. Kompyuter ixtiyoriy tanlashi natijasida maktab raqamlari tanlab beriladi. So‘ngra o‘sha tanlangan maktablarning 4-sinf va 8-sinf o‘quvchilarining ro‘yhati yuboriladi. O‘sha ro‘yhatdan ixtiyoriy o‘quvchilar tanlanadi. So‘ngra markazlashtirilgan holda o‘sha o‘quvchilardan xalqaro ekspertlar kompyuterda imtixon olishadi. Bunda imtixon topshiruvchi o‘quvchilar soni o‘sha sinf umumiy sonining 2% ini tashkil qiladi. Test topshiriqlari ―ochiq‖ va ―yopiq‖ test turlaridan, rasmlar, diagrammalar, jadvallardan iborat. Test topshiriqlarini bajarish uchun 7 soat vaqt beriladi. 2015-yildan buyon testlar kompyuterda topshiriladi. Tabiatshunoslik darslarida PISA testlaridan foydalanish o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengayishiga, bilimini oshishiga yordam beradi. Bulardan tashqari PISA testlari yordamida har bir darslarni integratsiya qilish imkoniyati ham tug‘iladi. Masalan; rasmlar yordamida tuzilgan PISA testlarda tasviriy san‘at, o‘qish, matematika, tarbiya, texnalogiya, ona tili fanlari bilan integratsiyalanadi. PISA testlarini qo‘llashdan asl maqsad o‘quvchilarni zamon talablariga mos, raqabotbardosh kadrlarni yaratish, o‘quvchilar o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarini hayotda kerakli vaziyatlarda qo‘llay olish kompetensiyasi hisoblanadi. Ta‘limning asosiy vazifasi o‘quvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirish uchun bugun va kelajakda kerak bo‘ladigan ko‘nikmalarni shakillantirishdir. O‘quvchilarga doimiy tarzda va shiddat bilan o‘zgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari ―XXI asr‖ ko‘nikmalariga ega shaxslarni dunyoga moslashishga ko‘maklashish. Bugungi o‘quvchi kelajakda hozir hatto mavjud bo‘lmagan sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi texnalogiyalar orqali hal etishi kutilmoqda. O‘quvchida kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakillantirish ularga tobora murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini beradi. Maktabda kreativ fikrlashni rivojlantirishning ahamiyati faqat mehnat bozori bilan cheklanmaydi. Maktab yoshlar uchun o‘z qobiliyat va ko‘nikmalarini, ijodiy talantlarini kashf etishda muhim ahamiyatga ega. Maktabda o‘quvchilarning motivatsiyasi va qiziqishini oshirish uchun, barcha o‘quvchilarning ijodiy salohiyati va shijoatini hisobga oluvchi ta‘limning yangi shakillari yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu ayniqsa ta‘lim jarayoniga unchalik qiziqish bildirmayotgan o‘quvchilarga yordam berishi mumkin va ular o‘z fikrini ayta olishiga, salohiyatini ochishga xizmat qiladi. 1. Yog‘ingarchilikka mos bo‘lmagan holatni toping? A) qor; B) jala; S) yomg‘ir; D) shamol; 2. Qaysi hayvon issiq o‘lkalarda yashamaydi? A) oq ayiq; B) fil; S) zebra; D) jirafa; 359 2. Sigir sut beradi, tovuqchi - ….? A) yog‘; B) tuxum; S) ip; D) xo‘roz; 5. Avgust yoz bo‘lsa, noyabr bu - ? A) oktabr; B) qish; S) yomg‘ir; D) kuz; 5. Jumadan so‘ng - shanba, dushanbadan so‘ng - ….? A) payshanba; B) seshanba; S) hafta; D) kun; 6. Kasbga mos so‘zni toping? A) oshpaz; B) ona; S) do‘st; D)qo‘shni 360 7. Yo‘l transporti - bu A) kombayn; B) avtobus; S) traktor; D) ekskavator; 8. 1 yilda nechta oy bor? A) 24 ta; B) 3 ta; S) 12 ta; D) 5 ta; 9. O`zbekistonda bayramlarning eng ulug`i qaysi javobda aks etgan? A)Navro`zi olam; B)Ayollar bayram; C)Mustaqillik bayrami; D)Yangi yil 10.Qaysi mutafakkirni o`zbek adabiy tilining asoschisi sifatida taniymiz? A)Bobur; B) Alisher Navoiy; C)Islom Karimov; D)Ustozlar; Adabiyotlar 1. Ta‘lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. ―O‘quvchilarning matematik, tabiiy-ilmiy fanlar hamda o‘qish savodhonligini baholashga mo‘ljallangan topshiriqlar to‘plami‖. 2. Mamadinova N., Ahmedova M. ―Atrofimizdagi olam‖ umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik. ―O‘qituvchi‖ nashriyot - matbaa ijodiy uyi Toshkent – 2019. 3. Bahramov A Sharipov Sh., Nabiyeva M. ―Tabiatshunoslik‖ umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik. ―Sharq‖ nashriyot – matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent – 2020. 4. Elektron adabiyotlar: Ziyonet.uz.www. Sadikov.uz https://baxtiyor.uz Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling