Ӛзбекстан республикасы жоқары ҩӘм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги әжинияз атындағы нӛкис
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
Топлам КОНФЕРЕНЦИЯ 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‗QIB TUSHUNISH MALAKASINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI N.Xakimova
Ádebiyatlar
1. Umumiy o‗rta ta‘limning davlat ta‘lim standarti. 2017-yil 6-aprel 187-son. 2. Matchonov S. va b. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish. –T., Yangiyo‘l poligraf serfis, 2008. 3. https://kun.uz/60638009?q=%2F60638009 O‗QIB TUSHUNISH MALAKASINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI N.Xakimova - Alisher Navoiy nomidagi ToshDO„TAU 1-bosqich magistranti Ilmiy rahbar: ped.f.d. (PhD) Klaraxon Mavlonova Bugungi zamon, davr taraqqiyoti ko‗p jihatdan jamiyatdagi shaxslarning o‗qish savodxonligi qay darajada rivojlanganligi bilan bog‗liq. Shaxsning ehtiyojlari uchun mos keladigan axborotlarning ko‗pligi, ularning ko‗rinishi, ifoda shakllarining turli xilligi insonlardan ularni o‗qib tushunish, tahlil qilish, ularga baho berish jarayonida o‗qish qobiliyatidan samarali foydalana olishdek muhim kompetensiyani shakllantirishni talab qiladi. O‗qish savodxonligi esa kichik maktab yoshidan boshlab shakllantirilib, rivojlantirilib boriladi. Shu sababli, bugungi kunda zamonaviy psixologiyada shaxsning o‗qib tushunish malakasini shakllantirishning bir qancha psixologik omillar bilan bog‗liqligi borasida juda ko‗p tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, L.A.Mosunova o‗z tadqiqotida o‗qish mahorati o‗quvchining o‗zini shaxs sifatida rivojlantirishning bir vositasi deya e‘tirof etgan. Shu fikri bilan bog‗liq holatda u matnni o‗qib tushunishning quyidagi sifatlarini ajratib ko‗rsatgan: ijodiy va yaratuvchanlik bilan bog‗liq tasavvurlarni faollashtirish, motivatsion ta‘lim resurslarini boyitib borish, o‗quv jarayoni va ijodiy qobiliyatni bosqichma-bosqich rivojlantirish. Tadqiqotchi o‗qish qobiliyatining yaxshi rivojlanganligi birinchi navbatda kitobxonning shaxs sifatida shakllanishida juda muhim ekanligini ta‘kidlab o‗tgan [1;29-b]. Shuningdek, o‗qib tushunish jarayoniga oid bo‗lgan tadqiqotlarda kichik yoshdagi o‗quvchilarning o‗qish savodxonligini shakllantirish muammolari o‗rganilgan bo‗lib, unda o‗qish savodxonligi nutqiy-kommunikativ qobiliyat ekanligi, uni shakllantirish jarayonida o‗qilayotgan matnni qabul qilish, tushunish, qayta ishlash va yuzaga chiqarish kabi sifatlarning shakllanib borishi haqida ahamiyatli fikrlar keltirilgan [2;46]. Psixologik omillarning ahamiyatli tomoni Malayziya universitetining bir qancha olimlari tomonidan ham maxsus tajriba-sinov yordamida tadqiq etilgan [3]. Ular o‗quvchining idroki, hissiyoti va motivatsiyasi o‗qish jarayoniga sezilarli ta‘sir ko‗rsatishini o‘z tadqiqotlari yordamida asoslab berganlar. Ularning fikricha, o‗qish jarayoniga pozitiv tayyorgarlik, o‗z- o‗zini anglash va o‗qishga nisbatan kuchli ishtiyoq bilan yondashish nafaqat o‗qib tushunish jarayonining samarali tashkil etilishiga, balki o‗qish jarayonidagi qiyinchiliklarni yengishga, o‗qishdan ko‗zlangan maqsadga yetishish, o‗qish yordamida hal qilinishi kerak bo‗lgan topshiriq va muammolarga javob topishga juda katta yordam beradi. O‗qish eng murakkab psixofiziologik jarayonlardan biri sanaladi. Ushbu qobiliyatni shakllantirish ko‗rish, qabul qilish, fikrlashda ishtirok etadigan analizatorlar faoliyatining qay darajada samarali ishlashi bilan bog‗liqdir. Ya‘ni, nutqni hosil qilish (gapirish, yozish) hamda nutqni qabul qilish (tinglash va o‗qish) bir nechta psixologik jarayonlar: xotira, tafakkur, diqqat, 414 idrok kabilarning o‗zaro uyg‗un holatdagi faoliyati natijasida amalga oshiriladi. Ushbu psixologik qobiliyatlarning ishlash darajasi esa turli vaziyatlarda turlicha bo‗lib, o‗quvchida o‗qishdan ko‗zlangan asosiy maqsad va undan kelib chiqiladigan vazifalar bilan bog‗liq bo‗ladi. O‗quvchi o‗qish jarayonini bir nechta maqsadlarda amalga oshirishi, ma‘lumot olish uchun o‗qishi, biror nimani o‗rganish uchun o‗qishi hamda estetik zavq olish uchun o‗qishi mumkin. Bu esa o‗qish faoliyatining har birida ma‘lumotni tushunish, eslab qolish, mulohaza yuritish, boshqalarga yetkazishda diqqat, xotira, idrok va tafakkur kabi psixologik aspektlarning har birining o‗ziga yarasha faolligini talab etadi. Muayyan bir axborotni o‘zlashtirish uchun ta‘lim jarayonida o‗quvchidan o‗rganilayotgan obyektga hamda o‗qituvchi nutqiga diqqat qilish so‗raladi. Aynan diqqat orqali o‗quvchida o‗rganilayotgan obyekt bilan bog‗liq ma‘lumotlar ongda saqlanishiga, ya‘ni xotira bilan bog‗liq faoliyatning boshlanishiga turtki bo‗ladi. Xotira esa uzoq muddatli va qisqa muddatli bo‗lib, bunda o‗qishdan kelib chiqadigan maqsadning o‗rni ahamiyatlidir. Chunki o‗quvchi o‗zi uchun kerak bo‗ladigan va muhim deb hisoblaydigan axborotni esda saqlab qolishga ko‗proq kuch sarflaydi, irodasini ishga soladi. Yuqoridagi fikrlarning dalili sifatida quyidagi fikrlarni keltirish mumkin: ―Psixologik nuqtayi nazar bilan qaraganda o‗qish jarayoni bu o‗qish texnikasi va matnni tushunish kabi psixologik jarayonlarning uyg‗un holatda sodir etilishidan hosil bo‗ladi. O‗qish jarayonidagi anglash – bu matnni qabul qilish vaqtida uning elementlari orasidagi o‗zaro aloqani o‗rnatish, shaxsning psixologik qobiliyatlarini yuzaga chiqarishning shakli sifatida ta‘riflanadi. O‗qish vaqtida o‗quvchi nafaqat tayyor axborotlarni qabul qiladi, balki mavzu doirasidagi fikrlarni va matn tuzilishini o‗zida mavjud bo‗lgan bilim va tajribalari bilan qiyoslaydi‖[4]. O‗qib tushunish ko‗nikmasini shakllantirishning psixologik jihatlari to‗g‗risida fikr bildirar ekanmiz, mavzu bilan aloqador yana bir tadqiqotda [5] o‗qish va matnni tushunish ko‗nikmalarini rivojlantirishning nazariy modeli ishlab chiqilgan bo‗lib, unda metodologik asos sifatida o‗quvchilarda o‗qish va matnni tushunish ko‗nikmalarini rivojlantirishning bir qancha tamoyillari qatorida yosh va psixologik xususiyatlarni hisobga olish, o‗quvchi shaxsida o‗qish va matnni tushunishni qaror toptirish, o‗quvchi shaxsida o‗qish va matnni tushunishni takomillashtirishga individual yondashuv kabi tamoyillar sanab o‘tilgan. Ko‗rib turganingizdek, ta‘lim jarayonida o‗qish ko‘nikmasini shakllantirish va rivojlantirish pedagogik omillar qatorida bir qancha psixologik omillarga ham bog‗liq jarayon ekan. Bu jarayonda o‗qituvchining o‗qish jarayonini psixologik jihatdan samarali tashkil etilishida quyidagi jihatlarga e‘tibor qaratish juda muhimdir: - o‗quvchini o‗qish jarayoniga psixologik jihatdan tayyorlash; - o‗quvchi o‗qish jarayoniga o‗z xohishi asosida kirishishiga erishish; - o‗qish savodxonligini shakllantirish jarayoniga umumiy tamoyillar bilan birga individual tamoyillar asosida yondashish; - O‗qish uchun tanlangan materiallarning o‗quvchining yosh va psixologik xususiyatlariga asoslangan holda tanlanishi; - o‗quvchi ongida o‗qib tushunish jarayonida diqqatni jamlash, idrok qilish va xotirada saqlab qolish kabi jarayonlarni samarali kechishiga yordam berish; 6. o‗quvchi ongida o‗qiganlarini tahlil qilish jarayonida tafakkur va tasavvur qilish, his qilish, ijodkorlik, motivatsiyaning uyg‗onishi kabi jarayonlarning samarali kechishiga yordam berish; - o‗qiganlari asosida qabul qilgan axborotlarini nutqiy analizatorlar yordamida yangi nutq orqali boshqalarga tushunarli, ifodali va ta‘sirchan shaklda yetkazib bera olishiga erishish. Bugungi kunda matn bilan ishlashda yuqorida sanab o‗tilgan har bir tamoyilga mos keladigan alohida mashq va topshiriqlarni ishlab chiqish ona tili ta‘limi oldida turgan eng 415 muhim vazifalardan biriga aylanmoqda. O‗qituvchi ta‘lim jarayonida yuqoridagi tamoyillarning har birini shakllantirish va rivojlantirishga turtki bo‗la oladigan mashq va topshiriqlarni ishlab chiqa olsa, borlaridan unumli foydalana olsagina o‗quvchilarining jamiyatda yetakchi, o‗z maqsadiga erisha oladigan va faol fuqarolar bo‗lib yetishishiga o‗z hissasini qo‗shgan hisoblanadi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling