Ӛзбекстан республикасы жоқары ҩӘм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги әжинияз атындағы нӛкис
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
Топлам КОНФЕРЕНЦИЯ 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- MASOFAVIY O‘QITISHNI SHAKILLANTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSI A.Rajapowa
Adabiyotlar
1. Мосунова, Л.А. О теоретических основах развития полноценного восприятия xудожественной литературы [Текст] / Л.А. Мосунова // Вестник Вятского государственного гуманитарного университета. - 2009. - №1. 29-b. 2. Оморокова, М.И. Совершенствование чтения младших школьников: Метод. пособ. для учителя. / М.И. Оморокова – 2-е изд., испр. и доп. – М., – 2001.46-b. 3. Maryam Habibian, Samsilah Roslan Khairuddin Idris Jamilah Othman Faculty of Educational Studies, Universiti Putra Malaysia, Malaysia The Role of Psychological Factors in the Process of Reading. Journal of Education and Practice. Vol.6, No.29, 2015. 4. I.S.Xamrayeva. Psychological, Pedagogical and Methodological Basis of Formation of Conscious Reading in Primary School Students with Deficiencies in Intellectual Development International Journal of Progressive Sciences and Technologies 2020. International Journals of Sciences and High Technologies. http://ijpsat.ijsht-journals.org Vol. 23 No. 1 October 2020, pp. 01-05. 5. M.A.Asqarova. Boshlang‗ich sinf o‗quvchilarida o‗qish va matnni tushunish ko‗nikmalarini rivojlantirish. Pedagogika fanlari bo‗yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Namangan, 2020-yil. 6. Sani A.M. and Zain Z. (2011). Relating Adolescents‘ Second Language Reading Attitudes, Self Efficacy for Reading, and Reading Ability in a Non-Supportive ESL Setting. The Reading Matrix 11(3). MASOFAVIY O‘QITISHNI SHAKILLANTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSI A.Rajapowa – Nukus DPI BTSTI 3 guruh talabasi Jahon ta‗lim tizimida fan va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng foydalanish, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirish mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omili bo‘lib bormoqda. Hozirgi kunda an‗anaviy ta‗lim shakllari bilan birgalikda masofaviy ta‗lim texnologiyalari jadallik bilan keng joriy etilmoqda. Bu hozirgi yoshlarning, ya‗ni yangi avlodning ko‘pchiligi shaxsiy kompyuterdan erkin foydalana olishi va hozirgi kunda har bir ta‗lim muassasasi, har bir shaxs Internet tarmog‘i va undagi ma‗lumotlardan mohirlik bilan foydalanishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Xorijiy davlatlar olimlarining adabiyotlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, hozirgi kunda ―masofaviy o‘qitish, ―elektron o‘qitish, ―e-learning, ―kompyuter texnologiyalarini qo‘llab o‘qitish, ―masofaviy ta‗lim texnologiyalari, ―tarmoq ichida o‘qitish (ta‗lim dasturlarini amalga oshirishning tarmoqli shakli), ―virtual o‘qitish va boshqa tushunchalar mavjud. Masofaviy o‘qitish jarayonini amalga oshirishda interfaollikni ta‗minlash maqsadida asosan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, internet texnologiyalaridan keng foydalangan holda o‘qitishning barcha komponentlar maqsad, mazmun, metod, shakl, vositalarini amalda qo‘llash nazarda tutiladi. Bunda, albatta, o‘qitish texnologiyalarini va o‘qitish modellarini aniqlashtirib olish maqsadga muvofiqdir. 416 Masofaviy o‘qitishda didaktik tizim — bu masofaviy o‘qitishda ta‗lim jarayoni va natijalarining tarkibi jihatidan murakkab tizim hisoblanadi. Didaktik tizimning asosiy elementlari tyutor va ta‗lim oluvchining faoliyati bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘lib, o‘qitish jarayoni va ta‗lim oluvchining o‘quv faoliyati hisoblanadi. Didaktik tizim (yunoncha ―systema — yaxlit qismlardan tashkil topgan, birlashtirish) — ma‗lum mezonlar asosida ta‗lim jarayonining yaxlit holatini belgilash, ajratib ko‘rsatishdan iborat. Didaktik tizimni an‗anaviy, ilg‘or (progressiv), zamonaviy kabi guruhlarga ajratish mumkin. Masofaviy o‘qitishning didaktik tizimi komponentlarning mazmun mohiyati quyidagilardan iborat: - masofaviy o‘qitish maqsadi — masofaviy o‘qitish jarayonining oldindan bashoratlanadigan natijasi va uning aniqlovchi komponenti hisoblanadi, maqsadlar asosan ta‗lim mazmunini belgilaydi; - masofaviy o‘qitish mazmuni — masofaviy o‘qitish kurslarida o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan o‘quv materiallar, bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar; - masofaviy o‘qitish qonuniyatlari — an‗anaviy o‘qitish shaklida o‘rnatilgan asosiy qonuniyatlar masofaviy o‘qitish jarayonida ham asosiy qonuniyat bo‘lib xizmat qiladi; - masofaviy o‘qitish tamoyillari — masofaviy o‘qitish jarayonining maqsadlari va qonuniyatlariga muvofiq holda uning mazmuni, tashkiliy shakllari va metodlarini belgilovchi asosiy (rahbariy) qoidalar; - masofaviy o‘qitish metodlari — masofaviy o‘qitish kurslarida ta‗lim beruvchilar bilan ta‗lim oluvchilarning qo‘yilgan ta‗limiy maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan birgalikdagi faoliyat usullari; - masofaviy o‘qitish vositalari — masofaviy o‘qitish kurslarida bilimlar olish yoki ko‘nikmalarni shakllantirish manbalari; - masofaviy o‘qitish shakllari — ta‗lim jarayonini tashkil qilishning tashqi tomoni; tizimning eng qaram komponenti; - masofaviy o‘qitish nazorati — masofaviy o‘qitish kurslarida ta‗lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini tekshirish, baholash va ularning muayyan davrda tegishli fanlar, modullar bo‘yicha ta‗lim olganlik darajalarini aniqlab borish hisoblanadi. Bu borada agar o‘qitish texnologiyasi haqida fikr yuritiladigan bo‘lsa, u ta‗lim tamoyillari, metodlari, vositalari va shakllarini o‘z ichiga oladi. Masofaviy o‘qitishda qo‘yilgan ta‗lim maqsadlari va mazmun an‗anaviy ta‗lim dasturlariga muvofiq tashkil qilinishi nazarda tutiladi. Lekin o‘quv materiallarni ishlab chiqish va taqdim etish shakli, tyutorlar bilan ta‗lim oluvchilarning hamda ta‗lim oluvchilarning bir birlari bilan o‘zaro aloqa, munosabatlar o‘rnatish shakllari an‗anaviy ta‗limdan farq qiladi. Masofaviy o‘qitishni tashkil qilishning didaktik tamoyillari ham an‗anaviy ta‗limdagi bilan deyarli bir xil xususiy tamoyillar masofaviy o‘qitishni tashkil etishning konseptual asosini tashkil etadi. Bular masofaviy o‘qitish qonuniyatlarini aks ettiradigan va o‘quv jarayonining maqsadi, vazifalarini qo‘yish, mazmunini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, uning umumiy samaradorligini aniqlashtirish uchun qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan umumiy qoidalar bo‘ladi. Shunday qilib, ayni vaqtda masofaviy o‘qitishning bir qator asosiy tamoyillari shakllangan va uning xususiyatlari aniqlangan bo‘lib, terminologik bazasi va tushunchalari ham ishlab chiqilgan hamda hozirgi kunda masofaviy o‘qitish tizimini tashkil etish va joriy etish uchun etarlicha ilmiy-nazariy baza mavjud hisoblanadi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling