Ziyayev Sherali Abdulaziz o’g’lining


“Лекция”(Ma’ruza) – modulini yaratish


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/32
Sana22.08.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1669293
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Masofaviy ta\'lim QDPI diplom ishi

Лекция”(Ma’ruza) – modulini yaratish 
“Лекция” – modulini yaratish uchun o’quv kurs yoki uning bo’limlari 
sahifasining “Редактировать” rejimida 
tugmasi bosiladi. Mazkur oynadan “Лекция” modulini tanlab, “Добавить” 
tugmasini bosish natijasida “Добавить лекция” sahifasi hosil bo’ladi: 


56 
Лекция moduli asosiy kurs elementlaridan bir hisoblanganligi uchun ham 
uning sahifalarini to’ldirish qolga modullarni to’ldirishdan farq qiladi. Barcha 
modullar bila ishlashda “Общее”, “Общие настройки модуля” va 
“Ограничить доступ” bo’limlarini to’ldirish qoidalari bir xi kechadi.


57 
II bob yuzasidan xulosalar 
Xulosa tariqasida shuni aytish mumkinki: Ushbu bobda Moodle tizimida 
elektron resurs yaratish uchun qo’llanilgan dasturiy vositalar, hamda dasturdan 
foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar keltirilgan. Elektron ta’lim resursi maqsadga 
yo’naltirilgan, ta’lim maqsadiga erishish uchun pedagogik metodlar va 
texnologiyalarning uslubiy izchililigiga ega bo’lgan pedagogik ssenariy asosida 
tuziladi. Elektron ta’lim resurslari haqida ma’lumotlar yoritilgan. Ulardan qanday 
foydalanish va ular qanday xossalarga ega ekanligi to’liq bayon etilgan. Yani shuni 
aytish mumkinki, bu boblarni o’qib o’zlashtirgan fodalanuvchi elektron 
resurslaridan foydalanish yo’llari haqida ma’lumot oladi. Elektron ta’lim resurslari 
foydalanuvchiga vaqtdan unumdor foydalanish imkoniyatini yaratib beradi.


58 
III-BOB. TAJRIBA SINOV ISHLARINING QO’YILISHI VA 
ULARNING NATIJALARI 
3.1. Tajriba sinov ishlarining qo’yilishi 
Bugungi kunda jahonda ta’limga kompetentli yondashuv asosida 
bitiruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, pedagog kadrlarning kreativ 
kompetentligini rivojlantirish orqali ijodiy ta’lim jarayonini loyhalashtirishning 
zamonaviy metodik ta’minotini yaratish, talabalarda kasbiy faoliyat sohalariga 
yo‘naltirilgan kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish. Ana shu nuqtai-nazardan 
ilg‘or xorijiy tajribalar asosida zamonaviy kasbiy ta’lim mazmunini 
internatsionalizatsiyalash va modernizatsiyalash, kompetentsiyalarga asoslangan 
innovatsion ta’lim muhitini shakllantirish, elektron ta’lim va texnologiyalarini 
amaliyotga keng tatbiq etish asosida talabalarda kreativlik qobiliyatlarini 
rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini yanada takomillashtirish muhim o‘rin 
tutadi. 
Xususan, talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonida elektron ta’lim 
resurslaridan foydalangan holda tashkillashtirish ta’lim sifatini ta’minlashda 
muhim rol o’ynaydi. 
Tadqiqotimizning tajriba-sinov ishlari maqsadi talabalarning mustaqil ta’lim 
olish jarayonida elektron ta’lim resurslaridan foydalanish mazmunini asoslash va 
amaliy tajribada sinab ko’rishdan iborat etib belgilangan. 
Tadqiqotimizning maqsadi va vazifalariga tayanib tajriba-sinov ishlarini 
tashkil etish metodikasini va metodik kompetentligini baholash mezonlarini 
ishlab chiqdik. 
Tadqiqotimizning o’tkazishda tajriba-sinov maqsadi natijalari quyidagi 
vazifalarining hal etilishi hisobiga ta’minlandi: 
Elektron ta’lim resurslaridan foydalanish yo’llari, mazmuni, shakli, metod va 
vositalari. 
1. Elektron ta’lim resurslaridan foydalanishning mavjud shart-sharoitlarini 
aniqlash. 
Oliy ta’lim tizimidagi sub’ektlarini masofaviy ta’lim 


59 
texnologiyalaridan foydalangan holda nufuzli xorijiy oliy ta’lim 
muassasalarida bepul o’qitish imkoniyati foydalanib talabalarning mustaqil 
ta’lim olishda jarayonini tashkillashtirish va yechimlarini topish;
Xususan,
- yuqori sifatli raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda mustaqil ta’limni 
o’rnini aniqlash; 
- ochiq elektron ta’lim resurslari bazasini shakilantirish; 
- ochiq elektron ta’lim resurslaridan foydalangan xolda talabalarning mustaqil 
ishini tashkil etish mexanizmini yaratish; 
- xorij adabiyotlardan foydalangan xolda talabalarning mustaqil ta’lim olish 
jarayonini tashkilashtirish; 
2. Oliy ta’lim tizimida o’qitish sifatiga ta’sir etuvchi omillarni, husuan talabalar 
mustaqil ta’limini tashkil etishning zamonaviy usullari yordamida 
tadqiqotchilik bilim va ko’nikmalarini o’zlashtirish. 
3. Oliy ta’lim tizimida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning o’qitish 
sifatiga ta’sir etuvchi omillari mazmunini va shakl vositalarini o’rganish hamda 
tajriba sinovdan o’tkazish. 
4. Oliy ta’lim tizimidagi sub’ektlaridan biri bo’lmish talabalarning mustaqil 
ta’limi muhim masalalardan biri ekanligi hisobga olgan holda, tegishli ta’lim 
fanlari bo’yicha o’quv dasturlari mazmunini takomillashtirishni, ta’limni ishlab 
chiqarish bilan integratsiyalashni ta’minlash maqsadida iqtisodiyotning turli 
tarmoqlari bo’yicha mamlakatimizning ilg’or zamonaviy uskunalar va 
texnologiyalari bilan ishlash malakasini beruvchi ochiq elektron o’quv kurslar 
orqali mustaqil ta’lim olish jarayonini tashkillashtirish. Oliy ta’lim tizimida 
talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning o’qitish sifatiga ta’sir etuvchi 
omillariga oid ilmiy-uslubiy xulosa va tavsiyalar chop etish. 
Tajriba-sinov maydonlariga qo’yilgan talablar, talabalar va o’quvchilarning 
fikrlash doirasini shakllanishiga doir kompleks yo’llanmasini belgilab berish, 
kasbiy faoliyatida mustaqil o’z o’rnini topib olishni taminlab beradigan o’quv 
dasturlari, qo’llanmalarini yaratishga xizmat qilishi kerak. 


60 
Tadqiqot ishlarimizda QDPI Fizika-Matematika fakulteti “Informatika 
o‘qitish metodikasi” yo’nalishi 3-kurs talabalarining “Axborot tizimlari” fanidan 
mustaqil ta’lim jarayonining amaliy asoslariga tayangan holda yangi bilmlarni 
o’zlashtirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Tadqiqot ishimiz QDPI Fizika-Matematika fakulteti “Informatika o‘qitish 
metodikasi” yo’nalishi 3-kurs talabalarining “Axborot tizimlari” fanidan mustaqil 
ta’lim jarayonini tashkil etish masalalarini atroflicha tahlil qilish, sinab ko’rish, 
ilmiy farazlar tasdig’ini topish, muammoli va takomillashtirishga muhtoj sohalarda 
yangi AKT metodlar, vositalar, imkoniyatlar izlash, topish va joriy etish uchun 
ilmiy xulosalar chiqarishga qaratilgan.
Ta’lim sifatini ta’minlashga xizmat qiluvchi elektron ta’lim resurslari va xorij 
adabiyotlaridan foydalangan holda talabalarning bilim, ko’nikmalarini oshirish. 
Shuningdek, Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika institutidagi Axborot 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling