Zohid jumaniyozov


So’z shakllarini almashtiruvi


Download 160.29 Kb.
bet35/81
Sana06.10.2023
Hajmi160.29 Kb.
#1693156
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81
Bog'liq
TARJIMANING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

So’z shakllarini almashtiruvi. Ikki tilning grammatik tizimlari o’rtasida mavjud bo’lgan farqlar tarjimonlik ishida qiyinchiliklar tug’diradi. Ikkala tilda bir xildek ko’ringan grammatik kategoriyalar aslida o’z ma’nolarining hajmi, vazifasi va leksik materialini qamrab olishi jihatidan hech qachon bir-biriga to’g’ri kelmaydi. Masalan, o’zbek va nemis tillarida otlarning ikkita son shakli - birlik va ko’plik shakllari – mavjud; ammo bu bir xildek tuyulgan grammatik shakllar orasida to’la semantik va funktsional bir xillik bo’lmaydi. Ko’p hollarda o’zbek tilidagi birlik shakliga nemis tilidagi ko’plik shakliga to’g’ri keladi. Masalan: Auf der Straße lag tiefer Schnee. Die Eltern (1) hatten keine Kohlen (2), so daß die Wohnung eiskalt war.

Ko’chada qor uyumlari turardi. Ota-onaning (1) ko’miri (2) yo’q edi, shuning uchun uy juda sovuq edi.

Uchta kitob - drei Bücher

Bir necha bola - einige Jungen

Juda ko’p daftar - sehr viele Hefte

Dasta-dasta gul - Blumensträuße

Ikki juft etik - zwei paar Schuhe
Ba’zida esa o’zbek tilidagi ko’plik shakliga nemis tilida birlik shakli to’g’ri keladi.


Yanada dillarimda (1) nash’alar (2) o’ynar (Uyg’un).

Wieder ist in meinem Herzen (1) Freude und Vergnügen (2).

Sening xotirangni unutmas aslo,

Mening yuraklarim O’rta Osiyo. (Vera Inber)

Mein Herz wird immer bewahren,

Mittelasien, Andenken an dich.

So’z turkumlarini almashtiruvi. Ko’p hollarda olmosh o’rniga tarjima tilida ot qo’llaniladi yoki, aksincha, ot o’rniga tarjima tilida olmosh ishlatiladi.

Es war ein schwerer Schlag, den sie erlitt, und das schwerste war, daß alle (1) lachten, über sie (2) lachten und nicht über die ungeschickte Hand. (H.Ch.Andersen. Die Teekanne. In: H.Ch.Andersen. Fliedermütterchen. Berlin, 1973. S.196-197).
Unga qaqshatqich zarba berilgan edi, eng malol keladigan joyi shunda ediki, odamlar (1) shalayim qo’ldan emas, balki yerga tushib singan choynakdan (2) kulishibdi. (G.X.Andersen. Choynak. /G.X.Andersen. Juldurvoqi qirol taxtida. S.Yo’ldoshev tarjimasi.T.,1976. 230 b.)
Bu misolda gumon olmoshi "alle" o’zbek tilida "odamlar"so’zi (ot) bilan, kishilik olmoshi "sie"- "choynak" so’zi (ot) bilan almashtirilgan.

Download 160.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling