1-mavzu: Sertifikasiyaning tovarlarni sifat ko'rsatkishini oshirishdagi ahamiyati. Reja


Download 0.68 Mb.
bet1/9
Sana07.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1174265
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
korsatkich


1-MAVZU: Sertifikasiyaning tovarlarni sifat ko'rsatkishini oshirishdagi ahamiyati.


Reja:


11.1. Standartlarning mahsulotlarni sifat ko’rsatgichlarini oshirishdagi roli.


11.2. Standartlarning ishlab chiqarishda mahsulotlarni sifatga ta'siri.


11.1. Standartlari mahsulotlarni si fat ko’rsatishiii oshirishdagi roli.

Ishlab chiqarishda standartlarga rioya etish undagi talabni qoidalariga amal qilish mahsulot sifatini oshirish imkonini beradi. Standartlarda ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan hamma ishlar, shu jumladan korxona bo’limlarining funkniyalari aniq va ravshan belgilab beriladi. Korxona standartlari davlat hamda soha standartlariga amal qilingan holda to’ziladi va ularni ishlab chiqarish bilan uzluksiz bog’laydi. Korxona standartlari quyidagilarga javob berishi lozim:

-Nima standartlashtiriladi;

-Nimaga asoslanadi (GOST);

-Kim bajaradi yoki kim ta’minlaydi;

-Qachondan qachongacha bajariladi.


Korxona standart tayyorlashda va uni ishlab chiqarishga joriy etishga quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: - Mahsulot sifati sistemali suratda yaxshilab borish muhim siyosiy va iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan vaziyatdir. Bu vaziyatni tinmay amalga oshirib borish moddiy texnika bazasini yaratilish ichiga munosib hissa qo’shishi demakdir. Bugungi kunda sifat problemasi xo’jalik faoliyatiniig hamma jihatlarini qamrab oladi. Yuqori sifat bu mehmat va moddiy resurslarni tejash eksport imkoniyatlarini oshirish provard natijada esa jamiyatning ehtiyojlarini yaxshiroq yanada to’laroq qondirish demak­dir.



Mahsulot sifatini boshqarish deganda mahsulotni loyihalashda, uni ishlab chiqarishda va ekspulutasiya qilishda yoki undan foydalanishda uning zaruriy sifat darajasini belgilash ta’minlash va saqlash tushuniladi. Bu ish sifatini sistemik ravishda nazorat qilib turish va mahsulot sifatiga ta'sir qiluvchi sharoitlar va omillarga maqsadga muvoffiq tarzda ta'sir ko’rsatishi yo’li bilan amalga oshiriladi.

Mahsulotlar uchun belgilangan normativ texnik hujjatlar asosida ularga qo’yiladigan asosiy talablarga bunyod etilishi kerak. Bozor iqtisodiyotining asosiy qonuni talab va taklif bo’lganligi uchun har bir ishlab chiqarilgan tovarga iste’molchining qo’ygan talabi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida iste'molchining talabi davrlariga nisbatan doimo o’zgaruvchan bo’lganligi uchun ishlab chiqarish korxonalariga doimo yangi takliflar beriladi. Shu sababli tovarlarning sifat ko’rsatkichlari doimo yaxshilanib borishligi va ularni bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardoshligi oshib boradi. Mahsulot sifatini oshirishning muhim omillaridan biri bu rag’batlantirish va planlashtirishdir.



Mahsulot sifatini planlashtirishnmng ma’nosi shuki, xalq xo’jaligini muayyan tarmoqlar va korxonalarni rivojlantirish planlarini mahsulot sifatini yashlash vazifalari ko’zda tutilgan hamda ushbu vazifalar bajarilishi uchun kerak bo’lgan muddatlar belgilanishi zarur. Mahsulot sifatini planli ravishda oshirishda standartlar katta ahamiyatga ega. Korxona birlashmalarning sifatni boshqarishning avtomatlashtirilgan tub sistemalarning joriy etilishi asosiy maqsadga mehnatni nuqsonsiz tashkil etishga asoslangan. Bu sistema mehnatni baholashda kavalimetriya metodlaridan foydalanishni ko’zda tutadi. Ishchi yoki jamoat mehnatni baholangandan so’ng ko’rsatkichlar analiz qilinadi va kamchiliklarni yo’qotish choralari ko’riladi. U vaqtida ko’rsatkichlar ishchi yoki jamoatchilikni iqtisodiy rag’batlantirishda asos qilib olinadi. Sifat koeffisienti deb ataluvchi bu ko’rsatkich o’zaro va jamoatlararo musobatlarni uyushtirish g’oliblarni aniqlashtirshda asosiy ko’rsatkich deb qabul qidinadi. Bu koeffisientlar orqali ishlab chiqarish davrida ularning sifatiga qo’yiladigan talablar doim o’zgaruvchan bo’ladi. Shuning uchun tayyorlangan mahsulotning sifati har tomonlama tahlil qilib ularning iqtisodiy barqarorligini chiqarilayotgan mahsulotni miqdori, ularnmng potensialiga ya'ni korxona uskunalariga, quvvatiga, xom-ashyo sifatiga bog’liq. Shuning uchun mahsulotlarning sifatini boshqarish yangi assortimentdagi mahsulotlarni yaratish ishlab chiqarishni rivojlantirishga texnologiyalarni yaratishga asosiy omil bo’ladi.


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling