1-modul. Logistika tizimida transport ta’minoti 1-mavzu. Logistika tizimining transport tashkil etuvchisi


Download 229 Kb.
bet1/10
Sana09.04.2023
Hajmi229 Kb.
#1345024
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 ma\'ruza Logistika tizimining transport tashkil etuvchisi




1-modul. Logistika tizimida transport ta’minoti
1-mavzu. Logistika tizimining transport tashkil etuvchisi
1.Transport logistikasi fanining mazmuni, mohiyati, predmeti va vazifalari.
2.Transportning umumiy logistika tizimidagi o‘rni. Transport jarayonlarini tashkil etishda logistik yondashuv va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
3.Transport logistikasida oqimlar. Transport-logistika jarayonlari va uning tarkibiy tuzilishi.
4.Transport-logistika jarayonlari ishtirokchilari
1.Transport logistikasi fanining mazmuni, mohiyati, predmeti va vazifalari.
Logistikaning 1970 yillardagi rivojlanish davridan ma’lum bo’ldiki, masalaning yechimi material oqimlarni xom ashyo manbaidan oxirgi istimolchiga yetkazishni boshqarish, ya’ni logistik zanjir faoliyatini uning butun uzunligi bo’ylab boshqarishdan iborat bo’ladi. Ammo ayni paytda bunday yechimga erishishning imkoni yo’q edi. CHunki bunda ilg’or infrastruktura, tegishli tashkiliy tuzilmalar, yuqori malakali ma’muriy -xo’jalik apparati hali shakllantirilmagan va endi rivojlanayotgan yangi soha o’zining tashkiliy-texnik asoslari va tartib-qoidalarining me’yoriy-uslubiy jihatdan chuqur ishlab chiqilishiga muhtoj edi.
O’sha davrda, ya’ni 1974 yilda I-Evropa kongressida logistikaga ilk yangi ta’rif berildi: logistika – bu material, energetik, axborot va yo’lovchilar oqimlarini tizimli rejalashtirish, boshqarish va nazorat etish haqidagi ta’limotdir. SHu tariqa logistikaga mahsulot, tovar xom ashyo, xizmat, axborot va energiyaga bo’lgan talabni qondirish uchun oqimlar jarayonini boshqarishning tashkiliy shakllari va usullarini ishlab chiqaruvchi ilmiy yo’nalish sifatida qarala boshladi.
Hozirgi paytda logistika sohasidagi olimlar va mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtirish, nazariy va uslubiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotda qo’llash samaradorligini oshirish uchun turli logistik tuzilmalar, assotsiatsiyalar tashkil etilgan va ular faoliyat ko’rsatmoqda. “Ishlab chiqarish va zaxiralarni boshqarish muammolari Amerika jamiyati”, “Menejment muammolari bo’yicha Amerika kengashi”, “Logistika va transportlashtirish bo’yicha Amerika jamiyati”, “Materil boshqaruvi bo’yicha Xalqaro jamiyat”, “Jismoniy taqsimlashni boshqarish va logistika instituti” (Buyuk Britaniya), “Ishlab chiqarishda logistikaning Frantsuz assotsiatsiyasi”, Gollandiya, Italiya, SHvetsariya, Germaniya, Finlandiya va boshqa mamlakatlardagi logistika assotsiatsiyalari, Rossiya logistika bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengashlari shular jumlasidan.
XX asrning 90-yillariga kelib logistikaning qo’llanish sohasi nihoyatda kengaydi. Logistika xo’jalik yuritish faoliyatining turli sohalariga kirib borishi bilan uning tushinchasi va aniqlanishi ham kengayib bordi. Logistikaga oid ilmiy sohada quyidagi yo’nalishlar shakllandi:

  • axborot logistikasi;

  • xarid (ta’minot)logistikasi;

  • ishlab chiqarish logistikasi;

  • taqsimot logistikasi;

  • zaxira logistikasi;

  • transport logistikasi.

Korxona va tashkilotlarning logistik faoliyati kengayib borgani sari logistikaning ta’rifi ham aniqlashib va kengayib bordi. Misol tariqasida ulardan ba’zilarini keltiramiz.
Logistika – bu material oqimlarni va ular bilan bog’liq xizmatlar, axborotlar, moliya va boshqa oqimlarni optimallashtirish va ularni ma’lum tizimda boshqarish asosida uning maqsadlariga erishish xaqidagi fandir.
AQSHning material taqismlashni boshqarish bo’yicha milliy kengashi xodimlari esa logistikaning quyidagicha aniqlanishini ko’rsatmoqdalar: Logistika- bu korxonalarga kirib kelayotgan material va unga mos ravishda shakllanayotgan axborot oqimlarini rejalashtirish, nazorat etish va boshqarishdir.
Logistikaning asosiy maqsadi korxonaning bozordagi raqobatdoshligini ta’minlashdan iborat. Bunday maqsadga logistika oqimlari jarayonini quyidagi qoidalarga muvofiq boshqarish asosida erishiladi: bu qoida ko’ra iste’molchi (xaridor)ga kerakli mahsulot (xom ashyo, xizmat, resurs) lozim bo’lgan sifati ta’minlagan holda kerakli miqdorda va belgilangan muddatda, eng kam xarajatlar evaziga yetkazib berilishi lozim.
Logistikaning asosiy maqsadi boshqaruv vertikali bo’yicha turli darajadagi lokal maqsadlarga bo’linadi. Maqsadlar gorizontal tekislikda ham bo’linib, har bir ijrochi yoki logistik operatsiyaning maqsadlarigacha yetib boradi. Logistik tizimda vertikal va gorizontal tekislikdagi integrallashuvda turli funktsional soha va boshqarish darajalaridagi o’zaro ta’sir va qayta bog’lanishlarni hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun logistika ma’lum vazifalar, umumiy va xususiy vazifalarni amalga oshirishi lozim (1.6. rasm).
Logistikaning umumiy global vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • material, axborot va boshqa kerakli oqimlarning integrallashgan kompleks tizimlarini yaratish;

  • ishlab chiqarish va muomala sohalarida logistik imkoniyatlardan foydalanishni nazoratga olish, ularni rejalashtirish va strategik muvofiqlashtirish;

  • logistik tizimning yuqori darajadagi moslashuvchanligini ta’minlash;

  • bozor muhitini hisobga olgan holda tanlab olingan strategiya doirasida logistik kontseptsiyani doimiy mukammallashtirish.

Global masalalarni hal qilishda vaqt omilini hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo’ladi. CHunki tashqi muhit tez o’zgarishi mumkin va bunda global masalalarning yechimi sekinlashib, tashqi muhit o’zgarishidan orqada qolsa, unda qabul qilingan yechimlar natijasi salbiy bo’lishi mumkin.
Logistikaning xususiy vazifalari lokal xarakterda bo’lib, ular turlicha va o’zgaruvchandir (1.1 rasm):

  • mahsulotni saqlab turish vaqtini maksimal qisqartirish;

  • tashish muddatini kamaytirish;

  • etkazib berish muddatini qisqartirish;

  • iste’molchilar talablariga tezda javob berish;

  • axborotlarni jadal qayta ishlash, uzatish va shu kabilar.


1.1-rasm. Logistikaning global va lokal vazifalari

Yuqorida keltirilgan global va xususiy vazifalarni bajarish logistikaning umumiy masalalari doirasida bo’lib, ular quyidagilardan iborat (1.2. rasm):



  • logistik tizimdagi oqimlar jarayonining boshidan oxirigacha nazorat etish;

  • material oqimlarni boshqarish usullarini ishlab chiqish va ularni takomillashtirish;

  • hodisalarning rivojlanishini turli variantlarda oldindan ko’ra bilish;

  • logistik operatsiyalar sifatiga bo’lgan talablarni standartlashtirish;

  • bozor talablariga muvofiq bo’lgan logistik operatsiyalar bilan logistik tizim imkoniyatlari o’rtasidagi nomuvofiqlikni aniqlash;

  • tashkilotning texnik va texnologik tuzilmalarini optimallashtirish.

Logistikaning umumiy vazifalari



Logistik tizimdagi oqimlar jarayonini boshidan oxirigacha nazorat etish





Material oqimlarning boshqarish usullarini ishlab chiqish va ularni takomillashtirish





Hodisalarning rivojlanishini turli variantlarda oldindan ko’ra bilish





Logistik operatsiyalar sifatiga bo’lgan talablarni standartlashtirish







Bozor talablariga muvofiq bo’lgan logistik operatsiyalar bilan logistik tizim imkoniyatlari o’rtasidagi nomuvofiqlikni aniqlash



Tashkilotning texnik va texnologik tuzilmalarini optimallashtirish




1.2- rasm. Logistikaning umumiy vazifalari



Download 229 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling