1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]


Download 0.56 Mb.
bet1/6
Sana17.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1205175
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
726 18.11.2020




[OKOZ:

1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.02.00 Notarial faoliyatining tashkiliy asoslari]

[TSZ:

1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5816-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga muvofiq notariuslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Notariuslar tomonidan ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Notariuslar tomonidan mol-mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomalarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq;
Notariuslar tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq;
Notariuslar tomonidan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomani berishning ma’muriy reglamenti 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-noyabr,
726-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qaroriga
1-ILOVA
Notariuslar tomonidan ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament notarius tomonidan ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni (ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joyni boshqa shaxsga berish shartnomalari va boshqa shu kabi bitimlarni) (keyingi o‘rinlarda — bitim) tasdiqlash tartibini belgilaydi.
2. Notarius tomonidan bitim notarial idora binosida yoki murojaat qiluvchilarning talabiga ko‘ra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi.
Bitim notarial idora binosidan tashqarida rasmiylashtirilgan taqdirda, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida bitim rasmiylashtirilgan joyning manzili ko‘rsatiladi va bitimni rasmiylashtirish hamda imzolash jarayoni majburiy audio va videoga qayd etiladi.
Bitimni rasmiylashtirish jarayonini audio va videoda qayd etishda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxslar tasvirga to‘liq tushirilishi shart. Bunda notarius tomonidan qanday turdagi notarial harakat amalga oshirilayotganligi, notarial harakat mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan ovoz chiqarib taraflarga tushuntirib berilganligi hamda hujjat matni bilan taraflar to‘liq tanishganligi va ularning asl maqsadiga muvofiqligini tasdiqlagan holda imzolash hamda barmoq izlarini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — Tizim) skaner qilish jarayoni to‘liq audio va videoda qayd etilishi lozim.
3. “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi o‘rinlarda — Qonun) 11-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon bo‘lsa, boshqa maqbul tilda beriladi.
Agar bitim murojaat qilgan shaxs tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaxs taklif etgan tarjimon tomonidan og‘zaki tarjima qilinishi mumkin.Bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvida kim tomonidan tarjima qilinganligi, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi hamda matn mazmuni tushuntirilganligi ko‘rsatilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs o‘zi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini to‘liq yozib, imzo qo‘yadi.
4. Bitimni tasdiqlash ushbu Reglamentga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Murojaat qilish tartibi
5. Murojaat qiluvchi bitimni rasmiylashtirish uchun notarial idoraga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki notarius xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “E-notarius.uz” axborot portali orqali (keyingi o‘rinlarda — elektron tarmoq) ro‘yxatdan o‘tadi.
6. Notarius Tizim orqali kelib tushgan elektron murojaatlarni ko‘rib chiqishi va belgilangan muddatda murojaat qilgan shaxslarni qabul qilishi shart.
7. Murojaat qiluvchi elektron tarmoq orqali notarius qabuliga navbatga yozilishni, shuningdek bitim rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni jo‘natgan holda tegishli bitim loyihasining oldindan tayyorlab qo‘yilishini so‘rab murojaat qilishi mumkin.
8. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali notarius qabuliga yozilish bo‘yicha yo‘llangan murojaatlari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd qilish elektron ro‘yxatiga avtomatik tarzda qayd qilinadi.
9. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali bitim rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oldindan jo‘natgan holda, tegishli hujjatlarning tayyorlab qo‘yilishi bo‘yicha yo‘llangan murojaatlari ularning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Murojaat bo‘yicha bitim loyihasi notarius tomonidan belgilangan vaqtda oldindan tayyorlab qo‘yiladi.
10. Quyidagi hollarda bitim rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oldindan jo‘natgan holda, tegishli hujjatlarning tayyorlab qo‘yilishi bo‘yicha elektron tarmoq orqali yo‘llangan murojaatlarni ko‘rib chiqish rad etiladi:
notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa;
tegishli notarial harakat bo‘yicha mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud bo‘lsa;
soliq yoki kommunal xizmatlardan yoxud O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda — MIB) ma’lumotlar bazasi orqali qarzdorlik holati tekshirilishi lozim bo‘lgan hollarda qarzdorlik aniqlangan bo‘lsa;
manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirish kechiktirib yoki to‘xtatib turilgan bo‘lsa.
3-bob. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash tartibi
11. Murojaat qiluvchi notarial idoraga bevosita o‘zi kelganda uni notarius yordamchisi qabul qiladi, notarius yordamchisi mavjud bo‘lmaganda kotib yoki notarius stajori, ular ham bo‘lmaganda notarius qabul qiladi va uning maqsadiga aniqlik kiritadi.
Bunda, notarius yordamchisi (kotib yoki notarius stajori) murojaat qiluvchini notarius qabuliga elektron navbatga yozib qo‘yadi va bu haqda notariusni xabardor qiladi, bundan notarius qabuliga navbatga yozilgan murojaat qiluvchilar mavjud bo‘lmagan hollar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Notarius bitimni rasmiylashtirishni so‘rab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Bitimni amalga oshirishni so‘rab murojaat qiluvchilarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
16 yoshga to‘lmagan fuqarolar — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonunchilik hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
(12-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
xorijda doimiy yashayotgan va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
Bitimni rasmiylashtirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
13. Notarius bitimni rasmiylashtirishni so‘rab murojaat etgan jismoniy shaxsning muomala layoqatini u bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlaydi.
14. Notariusga murojaat etgan shaxsning ruhiy holati buzilganligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol qilishi oqibatida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yadi deb hisoblash uchun asosi bo‘lsa (shubha tug‘dirsa), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa, u notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi to‘g‘risidagi qarori mavjud yoki mavjud emasligini Tizim orqali tekshiradi.
Notarius bitimni rasmiylashtirishda ishtirok etuvchi shaxslarning bosim yoki kuchli ruhiy hayajonlanish ostida deb hisoblash uchun asosi bo‘lsa (shubha tug‘dirsa) notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi.
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tomonning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan bo‘lsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaxs homiysining yozma roziligini talab etadi. Bunda, homiyning roziligi bitimni to‘g‘ridan to‘g‘ri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Yuridik shaxslar ishtirokidagi bitimlarni rasmiylashtirishda notarius tomonidan ularning huquq layoqati tekshiriladi. Yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish paytida yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning ta’sis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini Tizim orqali tekshirishi shart.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari va yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yig‘majildiga tikiladi.
16. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, uning vakolati tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va h.k.) bilan tasdiqlanadi. Bunda, vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning o‘lim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tekshirilib, Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yig‘majildiga tikiladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Notarius ta’sis hujjati bo‘yicha bitimlar tuzish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning rahbarlaridan bitimlar va boshqa harakatlarni bajarish uchun ishonchnoma talab qilmaydi. Bunday hollarda ularning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tug‘dirgan taqdirda, notarius uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali tekshiriladi.
4-bob. Voyaga yetmagan, muomala layoqati cheklangan va muomalaga layoqatsiz shaxslar ishtirokida bitimni tasdiqlash tartibi
17. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimni ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin.
Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimni uning vasiysi amalga oshiradi.
Vasiylikdagi shaxs nomidan hadya shartnomasi tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu qoidalar ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) tomonidan o‘zlarining voyaga yetmagan bolalariga vasiylik, homiylik qiluvchilar sifatida tuziladigan bitimlarga ham tegishlidir.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar, bitimni o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday bitimni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi. Bunda ota-onaning roziligi bitimni to‘g‘ridan to‘g‘ri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro bitimni homiyning yozma roziligi bilangina amalga oshiradi. Bunda homiyning roziligi bitimni to‘g‘ridan to‘g‘ri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Vasiy va homiy, ularning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylik va homiylikdagi shaxs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiy yoki homiyning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari o‘rtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning vakili bo‘lishga haqli emas.
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, homiylik va vasiylik qiluvchilar qandaydir sabablarga ko‘ra (xizmat safarida bo‘lish, boshqa joyda yashashi va h.k.) bitimni tasdiqlashga rozilik bera olmasalar, bitim vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida tasdiqlanishi mumkin. Bu holda “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasi talablariga rioya etiladi.
Ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, ular muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal bo‘lganda, uzoq muddat bo‘lmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlaganda, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga o‘xshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda, bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.
Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining ruxsati bilan vasiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan bitimlar tuzishga haqli.
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan ishonchnoma berilgan taqdirda ham vasiylik va homiylik organining ruxsati talab etiladi.
5-bob. Kar-soqovlik nuqsoni va ko‘zi ojiz bo‘lgan shaxslar ishtirokida bitimni tasdiqlash tartibi
18. Bitimni rasmiylashtirishni so‘rab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi), ko‘zi ojiz (ko‘r, zaif ko‘ruvchi) bo‘lgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz bo‘lsa, bitimni tasdiqlash paytida u bilan muomala qila oladigan va bitimning mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini o‘z imzosi bilan tasdiqlovchi surdo yoki tiflo tarjimon hozir bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Agarda notarius kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi) bo‘lgan fuqarolar bilan muloqot qila olsa va ko‘zi ojiz (ko‘r, zaif ko‘ruvchi) fuqaro uchun mo‘ljallangan moslama bilan ishlay olsa, unda surdo yoki tiflo tarjimonning ishtiroki talab etilmaydi. Bu holatda notarius o‘zi tomonidan jismoniy nuqsoni mavjud bo‘lgan fuqarolar bilan shaxsan muloqot qilganligi haqida bitim matni va tasdiqlovchi yozuvida yozib qo‘yadi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Murojaat qiluvchi bitimni o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, bitim uning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi va notarius hozirligida boshqa fuqaro tomonidan imzolanishi mumkin. Bunda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qo‘yilishi lozim.
Notarius mazkur harakatlarni amalga oshirishda hujjatni imzolagan fuqaroning, surdo yoki tiflo tarjimonning imzosi haqiqiyligini shahodatlashni alohida notarial harakat sifatida ro‘yxatga olmaydi.
Bir shaxs hujjatni imzolovchi fuqaro, surdo yoki tiflo tarjimon sifatida notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Surdo tarjimonning vakolati unga O‘zbekiston Respublikasi Karlar jamiyati tomonidan va tiflo tarjimonning vakolati unga O‘zbekiston Respublikasi Ko‘zi ojizlar jamiyati tomonidan berilgan ishonchnoma va xizmat guvohnomasi orqali aniqlanadi.
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi) bo‘lgan hamda muomala layoqatiga ega bo‘lgan savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilsa, bitim uning o‘zi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir, zaif eshituvchi) bo‘lgan, muomala layoqatiga ega bo‘lgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro o‘z imzosi bilan bitim mazmuni o‘zining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan bo‘lsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar bitim bilan birga tikib qo‘yiladi.
Mazkur bandda belgilangan tartibda bitimni imzolash jarayoni audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Agar notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, ko‘zi ojiz (ko‘r, zaif ko‘ruvchi) bo‘lsa yoki qandaydir sabablar tufayli ko‘zi yaxshi ko‘ra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitimni o‘qiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib o‘qib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tarjimon yoki surdo tarjimon yoxud tiflo tarjimon hujjat tarjimasini noto‘g‘ri yoki yolg‘on tarjima qilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida ko‘rsatiladi.
(18-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6-bob. Bitimni tasdiqlash uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni ko‘rib chiqish tartibi
19. Bitimni notarial tasdiqlashda notarius mulklar mulkdorga tegishliligini tekshiradi.
20. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
notarial tasdiqlangan shartnomalar (kelishuvlar);
merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma;
er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushiga mulk huquqi to‘g‘risida berilgan guvohnoma;
sud qarori (hal qiluv qarori, ajrim va boshqalar) yoki davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor o‘rtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi;
ko‘chmas mulk yoki uning bir qismi auksionda (kim oshdi savdosida) sotib olinganligini tasdiqlovchi auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlardan foydalanish uchun ruxsatnomasi;
(20-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) ko‘chirma;
ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma;
xususiylashtirilgan davlat binosi, inshooti, turar joyiga bo‘lgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa hujjatlar.
(20-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
21. Quyidagi hollarda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari notarial idorada qoldirilmaydi:
agar mulkdor o‘ziga qarashli ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini to‘la tasarruf etmagan taqdirda, shuningdek mulkdorlar ko‘chmas mulkning bir qismini (umumiy hujjat asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini ulardan biri o‘ziga tegishli ulushini yoki ulushidan bir qismini) tasarruf etish to‘g‘risidagi bitimlar tasdiqlanganda;
umumiy ulushli mulk qatnashchilari o‘rtasida ko‘chmas mulk yoki uning bir qismining aniq qismini belgilash, o‘zgartirish yoki ular o‘rtasida ko‘chmas mulk yoki uning bir qismidan foydalanish tartibini belgilash to‘g‘risidagi shartnomalar tasdiqlanganda;
Oldingi tahrirga qarang.
mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.
(21-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Notarial harakatni amalga oshirish uchun notarius tomonidan talab qilib olingan yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlarning, ular vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning (aniq bitimni tuzish uchun berilgan ishonchnomalardan tashqari) asl nusxalari notarial idorada olib qolinmaydi.
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning nusxalari ularga notariusning “asliga to‘g‘ri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida keltirilgan hujjatlardagi ma’lumotlar bilan yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri sohasidagi vakolatli organning yer uchastkasining maydoni yoki ko‘chmas mulk yoxud uning bir qismi miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlari o‘rtasida farq mavjud bo‘lsa, ko‘chmas mulk yoki uning bir qismiga huquq belgilovchi hujjatlarga notarius boshqa shaxsga o‘tkazilgan qismi haqida belgi qo‘yadi, shuningdek o‘z imzosi va muhrini qo‘yib, nusxasini olib qoladi.
(21-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
22. Bitim rasmiylashtirilayotganida, mazkur Reglamentning 20-bandida ko‘rsatib o‘tilgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilib olinib o‘rganilgandan so‘ng, quyidagi hujjatlar notarius tomonidan idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan Tizim orqali avtomatik tarzda yoki kuryerlik xizmatidan foydalangan holda olinadi:
kommunal xizmatlar (gaz ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va oqava suvlarni chiqarish, issiqlik ta’minoti (markaziy isitish va issiq suv ta’minoti) bo‘yicha xizmatlar) va elektr energiyasi uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar o‘rtasidagi ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
MIB ma’lumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar. Bunda tekshirish o‘tkazilgan sana va vaqti ko‘rsatilgan hamda maxsus QR-kodga ega bo‘lgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi ko‘chirma chop etiladi va tegishli hujjatlar yig‘majildi bilan birga tikiladi;
(22-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
kadastr ma’lumotnomasi;
soliqlar bo‘yicha budjet oldida qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
turar joyda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatda bo‘lgan shaxslar haqidagi ichki ishlar organining ma’lumotnomasi;
ko‘chmas mulk yoki uning bir qismi garovga qo‘yilgan bo‘lsa, garovga oluvchining roziligi.
23. Bitimda yer uchastkasining yoki ko‘chmas mulkning yoxud uning bir qismining haqiqiy maydoni haqidagi ma’lumotlar kadastr ma’lumotnomasi va mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlar asosida yoziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kadastr ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan yer uchastkasining yoki ko‘chmas mulkning yoxud uning bir qismining haqiqiy maydoni mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda ko‘rsatilganidan ko‘p bo‘lsa, shuningdek ko‘chmas mulkning yoki uning bir qismining mulkdori ustki qavat qurgan, qo‘shimcha imorat qurgan yoki yashash xonasi bo‘lmagan qismini qayta ta’mirlab, yashash xonasiga o‘zgartirgan bo‘lsa yoki boshqacha tarzda o‘zgartirgan bo‘lsa, notarius tuman (shahar) hokimining bu o‘zgarishlar to‘g‘risida qarori va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarorini va (yoki) tuman (shahar) qurilish bo‘limining qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga ruxsatnomasini taqdim etishni talab qiladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Tuman (shahar) hokimining bunday qarori bo‘lmaganda, yer uchastkasining maydoni yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining maydoni mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Kadastr ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan yer uchastkasining yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining haqiqiy maydoni mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda ko‘rsatilganidan kam bo‘lsa, boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimda ularning maydoni kadastr ma’lumotnomasi bo‘yicha ko‘rsatiladi.
24. Ko‘chmas mulk yoki uning bir qismi mulkdori tomonidan ushbu mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimda uning aniq qismlaridan foydalanish tartibi ko‘rsatilishi mumkin.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri ko‘chmas mulk yoki uning bir qismining o‘ziga tegishli ulushini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitim matnida ushbu mulkning aniq qismlaridan foydalanish tartibini faqatgina quyidagi hollarda ko‘rsatib o‘tishi mumkin:
umumiy ulushli mulkning ishtirokchilari o‘rtasida foydalanish tartibi haqida tegishli bitim mavjud bo‘lganda;
sudning mulkning aniq qismlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi sud hujjati mavjud bo‘lganda.
Notarius bitim matnida ushbu ko‘chmas mulk yoki uning bir qismidan foydalanish tartibi ana shu ulushni sotib olayotgan shaxs uchun ham majburiy ekanligini tushuntiradi.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari o‘rtasida umumiy mulkdagi ko‘chmas mulk yoki uning bir qismidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi kelishuv ushbu mulkning aniq qismlaridan (kvartiralar, xonalar, qavatlar va shu kabilardan) foydalanish tartibi ko‘rsatilgan holda alohida bitim tuzish yo‘li bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bunday bitimlarni tasdiqlashda kadastr ma’lumotnomasi talab qilinadi.
Bitim taraflariga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 221-moddasi tushuntirilib, bu haqda bitimning matnida yoziladi.
Mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat ko‘zdan kechirish uchun talab qilinadi va uning nusxasiga notariusning “asliga to‘g‘ri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi, asl nusxasi qaytariladi.
25. Ulushlarning miqdorini belgilash haqidagi yoki ulushlarning miqdorini o‘zgartirish to‘g‘risidagi kelishuv, agar ko‘chmas mulk yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda ulushlarning miqdori ko‘rsatilmagan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa, asosiy bitimga qo‘shimcha kelishuv tuzish yo‘li bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
Agar ulushlar miqdorining o‘zgartirilishi umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri tomonidan qo‘shimcha qurilish (yonma-yon imorat qurish, bino ustiga qavat qurish va shu kabilar) yoki ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini buzish yo‘li bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, notarius tuman (shahar) mahalliy davlat hokimiyati organining bu o‘zgarishlar to‘g‘risida ruxsatnomasini yoki ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasini, shuningdek kadastr ma’lumotnomasini talab qiladi. Mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat tekshirilib, umumiy ulushli mulk ishtirokchisiga qaytarib beriladi.
Ko‘chmas mulk yoki uning bir qismining umumiy ulushli mulkka ega bo‘lgan ishtirokchilaridan har birining ulushlari miqdorini belgilash yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlashda mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (hujjatlar) nusxasi notarial idorada qoldiriladi, asl nusxasi (nusxalari) esa umumiy ulushli mulk ishtirokchilariga qaytariladi.
26. Qurib bitkazilmagan ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimni tasdiqlashda, quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
kadastr ma’lumotnomasi;
davlat soliq xizmati organining ma’lumotnomasi;
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi Reyestrdan ko‘chirma yoki guvohnoma;
qurilishi tugallanmagan obyektga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida Reyestrdan ko‘chirma.
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotnomalar notarius tomonidan kuryerlik xizmatidan foydalangan holda yoki idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.
27. Notarius uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod ta’minlash sharti bilan boshqa shaxsga berish shartnomasini tasdiqlashda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni tasdiqlashning umumiy qoidalariga rioya qiladi.
Ushbu shartnomani tasdiqlash paytida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga beruvchi shaxsning mehnatga layoqatliligi (yoshi yoki sog‘lig‘i bo‘yicha) tekshirilib, bu haqda shartnoma matnida ko‘rsatilishi lozim. Mazkur shartnomada uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga beruvchiga moddiy ta’minotning qanday turlari berilishi, ularni har oydagi pullik bahosi va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining qiymati ham ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va moddiy ta’minotning qiymati taraflar kelishuviga binoan belgilanadi.
Shaxs voyaga yetmagan bo‘lsa, u uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod ta’minlash sharti bilan boshqa shaxsga beruvchi bo‘la olmaydi.
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 530 — 534-moddalari talablari asosida amalga oshirilishi va ularning mazmuni tushuntirilganligi shartnomada ko‘rsatib o‘tilishi lozim.
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish shartnomasi bo‘yicha uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini mulk qilib berish majburiyatini olgan shaxsning vafotiga yoki ushbu shartnoma bekor qilingunga qadar notarius tomonidan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga taqiq qo‘yiladi.
28. Mulk huquqi asosida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk yoki uning bir qismining davlat tashkilotlari tomonidan sotib olinishida, yuqori tashkilotlarining ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini sotib olishga ruxsati bo‘lgan taqdirda, oldi-sotdi shartnomalari tasdiqlanadi.
29. Yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni tasdiqlash mazkur Reglamentning 20-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlar talab etiladi:
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;
yuridik shaxs vakolatli organining tegishli qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va h.k.);
taraflar o‘rtasida hisob-kitob bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya, to‘lov topshiriqnomasi, memorial order, kirim va chiqim kassa to‘lov hujjatlari, to‘lov majburiyati kechiktirilgan hollar bundan mustasno).
Yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi yuridik shaxs kuzatuv kengashining qarori taqdim etilgan taqdirda, ko‘chmas mulk yoki uning bir qismining qoldiq balans qiymati haqida yuridik shaxs rahbari va bosh hisobchisining imzosi qo‘yilgan ma’lumotnoma hamda yuridik shaxsning sof aktivlari haqida ma’lumot ham talab etiladi.
30. Budjet tashkilotlarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari) hamda boshqa asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolarda sotiladi.
31. Xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashda mazkur Reglamentning 20-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga mulk huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi yoxud mahalliy davlat hokimiyati organining qarori yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 1989-yil 21-iyundagi 203-son qaroriga muvofiq notarial tartibda tasdiqlangan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining oldi-sotdi, hadya shartnomalari;
oilaning birgalikda yashovchi barcha voyaga yetgan a’zolarining roziligi;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining xususiylashtirilishiga rozilik bergan (vafot etgan shaxslar bundan mustasno) shaxslarning notarius, Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan yozma roziligi (agar xususiylashtirish “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinguniga qadar amalga oshirilgan bo‘lsa, bunday rozilik talab etilmaydi);
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlaridan (Toshkent shahrida — “Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va ma’lumotnomalar berish markazi” davlat unitar korxonasidan) olingan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining xususiylashtirilishiga rozilik bergan shaxslar vafot etgan taqdirda ularning o‘lim haqidagi guvohnomasi yoki dalolatnoma yozuvidan ko‘chirmasi (nusxasi olib qolinib, asli qaytarib beriladi).
Mazkur bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan ma’lumotnoma notarius tomonidan kuryerlik xizmatidan foydalangan holda yoki idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini oluvchi taraf chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lganda, ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlash ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash guvohnomasi yoki ID-kartasi taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
(32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
321. Xorijiy davlat fuqarolari quyidagi shartlarda ko‘chmas mulkni sotib olgan taqdirda ularning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoniga 6-ilovada ko‘rsatilgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari:
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida — 300 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda;
Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida — 200 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublikaning boshqa viloyatlarida — 100 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda.
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga muvofiq ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xorijiy davlatlar fuqarolari yangi barpo etilgan ko‘chmas mulk obyektlarini (bundan yer uchastkasi mustasno) quyidagicha sotib olish tarzida investitsiya kiritgan holda:
Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida — qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 150 000AQSh dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlarida qiymati 180 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmaganda;
boshqa hududlarda — qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 70 000 AQSh dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlarida qiymati 85 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan.
Mazkur bandda nazarda tutilgan ko‘chmas mulkni sotib olishda o‘zaro hisob-kitoblar bank hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi hamda uni tasdiqlovchi hujjat notariusga taqdim etiladi.
“IT-visa”ga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar va ularning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi va farzandlari) tomonidan ko‘chmas mulk sotib olishda ularga nisbatan mazkur bandda ko‘rsatilgan ko‘chmas mulkning qiymati tatbiq etilmaydi va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlarning axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, IT-park rezidentlarining ta’sischilari (ishtirokchilari)ga “IT-visa” o‘rniga IT-park direksiyasi tomonidan tavsiyanoma beriladi. Bunday tavsiyanoma “IT-visa”ga tenglashtiriladi.
(321-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan Toshkent shahrida joylashgan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan bitimlar va ko‘chmas mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish shartnomalari quyidagi hollarda notarial tasdiqlanadi, agar sotib oluvchi tomon:
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahri hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda bo‘lgan) va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning ilovasidagi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olishishi huquqiga ega bo‘lgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalarining ro‘yxatining (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) 2, 3, 6 va 7-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblansa va ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining (keyingi o‘rinlarda — M va FRB) doimiy ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini taqdim etsa. Bunda, notarius:
(33-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ro‘yxatning 2 va 3-bandlari asosida doimiy ro‘yxatga olingan shaxsning doimiy ro‘yxatga olinganligiga uning qayd varag‘i orqali uch yil to‘lganligini;
(33-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Ro‘yxatning 6-bandi asosida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan shaxs tomonidan kamida uch yil lavozimda bo‘lganligi munosabati bilan ko‘chmas mulk sotib olinayotgan bo‘lsa, ushbu shaxsning Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida ko‘rsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining ma’lumotnomalari asosida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil lavozimda bo‘lganligini tekshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
34. O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan Toshkent viloyatida joylashgan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan bitimlar va ko‘chmas mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish shartnomalari quyidagi hollarda notarial tasdiqlanadi, agar sotib oluvchi tomon:
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olingan bo‘lsa;
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda bo‘lgan) va Ro‘yxatning 2, 3, 6 va 7-bandlariga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olingan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblansa va MvaFRBning doimiy ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini taqdim etsa. Bunda, notarius:
(34-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ro‘yxatning 2 va 3-bandlari asosida doimiy ro‘yxatga olingan shaxsning doimiy ro‘yxatga olinganligiga uning qayd varag‘i orqali uch yil to‘lganligini;
(34-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Ro‘yxatning 6-bandi asosida doimiy propiska qilingan shaxs tomonidan kamida uch yil lavozimda bo‘lganligi munosabati bilan ko‘chmas mulk sotib olinayotgan bo‘lsa, ushbu shaxsning Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida ko‘rsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining ma’lumotnomalari asosida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil lavozimda bo‘lganligini tekshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
35. O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan ko‘chmas mulkni sotib olish bitimlarini notarial tasdiqlash ushbu shaxslar tomonidan yangi qurilgan narxi shartnoma tuzilgan sanadagi bazaviy hisoblash miqdorining 3 300 baravaridan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda amalga oshiriladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk deganda, mulk huquqi (tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni va inshootni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori yoki qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga ruxsatnomasi asosida) vujudga kelgan paytdan e’tiboran uch yil o‘tmagan ko‘p qavatli turar joy binolari, qurilish dasturlari doirasida namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilgan yakka tartibdagi uy-joylar (jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) tushuniladi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasiga ega bo‘lgan diplomatik korpus xodimlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro tashkilotlar, xorijiy banklarning doimiy vakolatxonalari xodimlari bo‘lgan chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi hududidan uy-joy sotib olishlari mumkin.
(35-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Diplomatik vakolatxonani va vakolatxona boshlig‘i qarorgohini joylashtirish uchun ko‘chmas mulkni sotib olish haqidagi bitimlarni tasdiqlashda Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosini oldindan xabardor qilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.
36. Er (xotin)ning umumiy birgalikdagi mulki bo‘lgan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitim tuzish uchun xotinning (erning) notarius, Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan yozma roziligi olinishi lozim.
Ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazayotgan fuqaro eri yoki xotini yo‘qligi (beva ekanligi yoki bo‘ydoq) haqida yozma ariza taqdim etganda, notarius bitimning ikkinchi tarafini ariza bilan tanishtiradi va huquqiy oqibatini tushuntiradi. Ikkinchi taraf arizaga familiyasi, ismi, otasining ismini to‘liq yozib, imzo qo‘yadi. Ushbu holatni aniqlashda notariusga tegishli ravishda quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi: ushbu Reglamentning 6-bandida ko‘rsatilgan fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjatlardan biri, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma yoki o‘lim haqidagi guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoxud dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar. Ushbu ariza ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazayotgan fuqaroning shaxsan o‘zi tomonidan beriladi, bitim vakil orqali tuzilgan taqdirda esa — u tomonidan ishonchnoma beruvchining eri yoki xotini yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda vakildan bunday ariza olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bitim taraflarining o‘lim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi, eri yoki xotini yo‘qligi haqidagi ma’lumotlar, tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha ma’lumot talab qilmasdan, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinadi.
Elektron tizimlarda texnik nosozliklar bo‘lganda, ushbu tashkilotlar bilan axborot almashuvi kuryerlik xizmati orqali amalga oshiriladi.
Agar murojaat qiluvchi tomonidan tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi guvohnomalar taqdim etilsa, ushbu hujjatlar ham murojaat qiluvchining fuqarolik holatlarini tasdiqlash uchun qabul qilinadi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilari bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Er yoki xotindan biri vafot etganda ularning nikohi davomida orttirilgan umumiy birgalikdagi mol-mulkiga nisbatan vorislik qoidalari qo‘llaniladi.
Er (xotin)ni bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risida sud hujjati mavjud bo‘lgan hollarda notarius bitimni tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini bitim matnida ko‘rsatib o‘tishi va taraflarga huquqiy oqibatini tushuntirishi lozim.
Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo‘yicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan ko‘chmas mulk nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo‘lsa yoki er-xotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo‘lsa bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi.
Notarius qonunga muvofiq, er va xotinning har birining mol-mulki yoxud er va xotindan birining mehnati hisobiga mol-mulkning qiymati ancha oshishiga olib kelgan mablag‘lar (kapital ta’mirlash, qayta qurish, qayta jihozlash va boshqalar) qo‘shilgani aniqlansa, er yoki xotindan har birining mol-mulki sud tomonidan ularning birgalikdagi mulki deb topilishi mumkinligi haqida tushuntirishi lozim.
37. Notariuslar tomonidan bitimni tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
qirib o‘chirilgan yoki qo‘shimchalar kiritilgan, so‘zlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari bo‘lgan, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlar;
bir necha varaqlarda bayon etilib, varaqlari raqamlanmagan va ip o‘tkazib tikilmagan hujjatlar, hujjatni bergan tashkilot mansabdor shaxsining imzosi va muhri bo‘lmagan hujjatlar;
faksimile imzo muhri qo‘yilgan hujjatlar.
38. Taqdim etilgan hujjatning aynanligiga shubha tug‘ilsa, notarius bu hujjatni olib qolib, uni ekspertizaga yuborishga haqlidir.
Notarius hujjatni ekspertizaga yuborish to‘g‘risida qaror chiqaradi va unda qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi, hujjatning nomi, u kimning nomiga berilganligi, notarial harakatni amalga oshirish uchun hujjat kim tomonidan taqdim etilganligi (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxs bo‘lsa uning nomi va joylashgan eri (pochta manzili), STIR, hujjatni ekspertizaga yuborish zaruratini keltirib chiqargan holatlar, hujjat ekspertiza qilinishi uchun qayerga (qaysi ekspertiza muassasasiga) yuborilayotganligi va ekspertiza hal etishi uchun qo‘yilayotgan savollar ko‘rsatiladi.
Notarius o‘z tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxslarning iltimosiga ko‘ra notarial tasdiqlab berilgan hujjatning barcha nusxalariga uning mohiyatini o‘zgartirmaydigan qo‘shimchalarni kiritishi yoki uning aniq arifmetik xatolarinigina tuzatishi mumkin.
39. Notarius amalga oshirilayotgan bitimning o‘zi yoki boshqa notarial idora tomonidan manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirilganligi yoki to‘xtatib turilganligi haqidagi ma’lumotlarni Tizim orqali tekshiradi.
40. Bitimni tasdiqlashda mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va (yoki) xatlanmaganligi Tizim orqali tekshiriladi. Bunda, mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqidagi ma’lumotnoma chop etiladi va tegishli hujjatlar yig‘majildi bilan birga tikiladi.
Jismoniy va yuridik shaxsning talabiga ko‘ra unga tegishli mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqida ma’lumotnoma belgilangan miqdordagi to‘lov undirilgandan so‘ng beriladi.
7-bob. Bitim loyihasini tayyorlash tartibi
41. Mazkur Reglamentning 20 — 40-bandlarida keltirilgan tegishli hujjatlar talab qilib olingan va ma’lumotlar tekshirilganidan so‘ng notarius, notarius yordamchisi, stajori yoki kotibi tomonidan bitim loyihasi tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bitim loyihasi jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan mustaqil tayyorlangan va notariusga taqdim etilgan hollarda esa — notarius bitim loyihasining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.
(41-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan bitimlarning loyihalari yoki notarial idorada tayyorlanadigan bitimlarning loyihalari qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmasligi lozim.
(41-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Bitim loyihasi notarial idorada tayyorlangan hollarda taraflarning xohishiga qarab bitim matni o‘zgartirilishi yoki unga qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
42. Bitim matni aniq va ravshan yozilgan bo‘lishi lozim, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech bo‘lmaganda bir marta so‘z bilan, hujjatning matnida baholar ko‘rsatilsa, raqam hamda so‘z bilan yozilishi, yuridik shaxslarning nomlari esa — ularning organlari joylashgan yerlarini (pochta manzilini) ko‘rsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi, zarur hollarda esa bankdagi hisobvaraq va soliq to‘lovchining shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — STIR) ko‘rsatilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzili, STIRi to‘liq ko‘rsatilgan holda yozilishi, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan bo‘lsa, ularning fuqaroligi ham ko‘rsatib o‘tilishi kerak.
Bunda, bitimning mazmuni Tizimga aniq va to‘liq kiritilishi hamda taraflarga tushuntirilishi lozim.
43. Bitimning matnida (tegishliligiga qarab):
u qanday bitim ekanligi (bitimning nomi);
bitim imzolangan sana so‘zlar bilan qayd qilinishi;
bitim tasdiqlangan notarial idoraning nomi va joylashgan eri (pochta manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;
taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzili, pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi bo‘lsa, uning fuqaroligi;
bitimda yuridik shaxs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaxsning to‘liq nomi, joylashgan eri (pochta manzili), STIRi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organning nomi;
bitim predmeti, uning tarkibi va tavsifi;
bitim predmeti qaysi hujjatga asosan tegishli ekanligi va bu hujjatlarning kim tomonidan va qachon berilganligi yoki tasdiqlanganligi;
bitim predmeti boshqa shaxsga o‘tkazilishi taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi (Tizim orqali chiqarilgan ma’lumotnoma raqami);
bitim predmetining kadastr qiymati (agar mavjud bo‘lsa) va taraflar tomonidan kelishilgan baho;
bitim predmeti uchun haq to‘lashning shakli va zarur hollarda muddatlari;
bitim predmetiga nisbatan uni oluvchida mulk huquqining vujudga kelishi;
bitim predmetiga nisbatan majburiyatlarni oluvchiga o‘tishi yoki boshqa holatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
taraflarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra qonunchilik hujjatlariga zid kelmaydigan huquq va majburiyatlarining o‘tishi haqidagi boshqa shartlar;
(43-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
bitim predmeti uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘lganida, mazkur uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida foydalanish huquqini saqlab qoluvchi shaxslar ro‘yxati (oldi-sotdi, ayirboshlash shartnomalarida);
Oldingi tahrirga qarang.
bitim predmetiga nisbatan mulk huquqining o‘tishi munosabati bilan qonunchilik hujjatlari talablari tushuntirilganligi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozimligi (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mulklar bo‘yicha);
(43-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
bitim necha nusxada tuzilganligi;
bitimning mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan tushuntirilganligi, bitim matni bilan taraflar to‘liq tanishganligi va taraflarning asl maqsadiga muvofiq kelishi o‘z aksini topishi kerak.
Bitimning tasdiqlovchi yozuvda gerbli (maxsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi ko‘rsatilishi lozim.
44. Bitim Tizimga kiritiladi hamda har bir bitim alohida tartib raqami bilan ro‘yxatga olinadi va notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvda ko‘rsatiladi.
Tizimdagi tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Bitimni rasmiylashtirishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JSh ShIR) kiritilishi shart:
O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan fuqarolari;
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
JSh ShIR mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha (doimiy) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
JSh ShIR mavjud bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar.
16 yoshga to‘lmagan fuqarolarda JSh ShIR mavjud bo‘lmaganda Tizimga ularning tug‘ilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(45-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Yuridik shaxsning STIRi Tizimga kiritilishi shart.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
8-bob. Bitim yuzasidan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
46. Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar o‘zaro hisob-kitoblarni istalgan shaklda (naqd pul yoki naqd pulsiz) amalga oshirishi mumkin.
47. Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar ixtiyoriy tarzda o‘zaro hisob-kitoblarni bank xizmatlaridan yoki notariusning depozit hisobvarag‘idan foydalangan holda amalga oshirishlari mumkin.
Bunda, notarius sotib oluvchi tarafdan sotuvchining hisobvarag‘iga pul mablag‘lari o‘tkazilganligi yoki notariusning depozit hisobvarag‘ida saqlanayotganligi haqidagi tegishli bankning ma’lumotnomasini talab qiladi. Mazkur ma’lumotnomalar hujjatlar yig‘majildiga tikiladi.
48. Bitim taraflar o‘rtasida to‘lov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan tuzilgan taqdirda, ushbu bitimni tasdiqlagan notarius tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq qo‘yiladi va bu haqidagi ma’lumotlar Tizimga kiritiladi.
Bunda, mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga qo‘yilgan taqiq ko‘chmas mulk uchun shartnomada nazarda tutilgan pul mablag‘lari sotuvchining bank hisobvarag‘iga to‘liq o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda bekor qilinadi.
Agar to‘lov majburiyatlarini kechiktirish muddati tugagandan so‘ng to‘lov amalga oshirilsa, notarius sotib oluvchidan sotuvchi tomonidan berilgan majburiyatning bajarilishini qabul qilib olinganligi haqida tilxatni talab etadi.
9-bob. Bitimni tasdiqlash uchun to‘lovlarni amalga oshirish tartibi
49. Bitimni tasdiqlashda notarius tomonidan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining miqdorlariga asosan davlat boji va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlar miqdorlari doirasida huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bitim gerbli maxsus blankada chop etilgan hollarda qonunchilik hujjatlariga muvofiq gerb yig‘imi undiriladi.
(49-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Tasdiqlanayotgan bitim, shu jumladan bitimni tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar Tizimga to‘liq kiritilganidan so‘ng notarial harakat uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori Tizimda avtomatik ravishda hisoblanadi.
Bitim loyihasi taraflarga o‘qib tanishib chiqish uchun taqdim etilgandan keyin Tizim orqali to‘lov kvitansiyalari (invoys) bitimni tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaxsga chiqarib beriladi hamda uning Tizimga kiritilgan mobil telefoni raqamiga to‘lovlarning miqdori, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni” raqami ko‘rsatilgan SMS xabar yo‘llanadi.
Notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsning mobil telefoni mavjud bo‘lmaganda, istisno tariqasida, Tizimga u tomonidan ko‘rsatilgan, notarial idoraga birga kelgan boshqa shaxsning mobil telefoni raqamini, agar faqat o‘zi kelgan bo‘lsa, notariusning mobil telefoni raqamini kiritishga ruxsat etiladi.
Bitim to‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar Tizimga kelib tushgandan hamda notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxs notarial harakatni tasdiqlash kodini notariusga berganidan so‘ng tasdiqlanadi.
To‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumot (invoys) Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yig‘majildiga tikiladi.
Bitim davlat bojining imtiyozli to‘lanishiga huquq beruvchi yaqin qarindosh bo‘lgan shaxslar o‘rtasida tuzilayotgan bo‘lsa, ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi va ularning kseronusxasi olib qolinadi.
10-bob. Bitimni taraflar tomonidan imzolash tartibi
50. To‘lovlar amalga oshirilib, bitim loyihasi to‘liq tayyor bo‘lgandan so‘ng, taraflar bitimni imzolash uchun notarius huzuriga bir vaqtda taklif etiladi.
51. Bitim loyihasi taraflarga o‘qib tanishib chiqish uchun taqdim etiladi.
Agar notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, ko‘zi ojiz bo‘lsa yoki qandaydir sabablar tufayli ko‘zi yaxshi ko‘ra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitimni o‘qiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib o‘qib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
52. Bitimning barcha nusxalarini taraflar (ularning qonuniy vakili, vasiy yoki homiysi) familiyasi, ismi va otasining ismini to‘liq yozib notarius ishtirokida shaxsan imzolaydilar.
Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra bitimni o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, bitimni uning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qo‘yilishi lozim. Bunday hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish chog‘ida audio va videoyozuv vositalaridan foydalaniladi.
Fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra bitimni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganida, bitimni uning topshirig‘iga ko‘ra imzolagan fuqaro, hujjatni tarjima qilib bergan tarjimon (surdo yoki tiflo tarjimon) va boshqalar ham o‘zlariga ma’lum bo‘lgan axborotlarni oshkor qilishi taqiqlanadi.
53. Taraflarning kamida ikkita barmoqlari izlari maxsus moslamalarda skaner qilinadi.
Agar murojaat etuvchining jismoniy nuqsoni (barmoqlarning yo‘qligi, barmoq izlari yo‘qolganligi va boshqa) sababli maxsus moslamalarda ularning barmoq izlarini skaner qilish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, notarial harakatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va videoyozuv vositalarida qayd etiladi hamda bu haqida bitimning tasdiqlovchi yozuvida qayd etiladi.
54. Bitimning barcha nusxalariga notarius tegishli tasdiqlovchi yozuvni yozib, Tizimda qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan to‘lovlar (davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq) miqdorini ko‘rsatib imzolaydi va muhrini qo‘yadi.
55. Bitim bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip o‘tkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi, hujjatning oxirgi varag‘i yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, notarial idoraning muhri bosiladi.
56. Bitim tasdiqlangandan so‘ng ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar haqidagi ma’lumotlar Reyestrga faqat notariusning talabnomasiga asosan notarius tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda huquq egasini o‘zgartirish shaklida kiritiladi va bir vaqtning o‘zida Reyestrdan ko‘chirma beriladi.
11-bob. Bitimni videokonferensaloqa rejimida tasdiqlash tartibi
57. Taraflar turli hududlarda joylashgan notarial idorada masofadan turib videokonferensaloqa rejimida bitimni notarial tasdiqlashi mumkin va bunday bitim ularning birgalikdagi ishtirokisiz amalga oshirilayotgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida taraflar notariuslar huzurida bo‘lishi shart.
Mazkur tartib asosida barcha turdagi bitimni tasdiqlash mumkin. Bu kabi bitimni tasdiqlashda tegishliligiga qarab bitimlarni tasdiqlashning umumiy qoidalari qo‘llaniladi.
Bitimni notarial tasdiqlash taraflarning tegishli notariusga beriladigan arizasiga asosan amalga oshiriladi va ariza notarial tartibda shahodatlantirilmaydi.
Bunda, bitimning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
bitimning birinchi tarafi tomonidan taqdim qilingan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, shaxsini tasdiqlovchi (bitimning ikkinchi tarafining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi) va boshqa hujjatlarning qonuniyligini o‘rganib chiqadi;
videokonferensaloqa orqali bitimni tasdiqlashda tegishli bitim kartochkasini yaratadi va ma’lumotlarni Tizimga kiritadi;
bitimning birinchi tarafi bilan o‘zaro muloqotda notarius tomonidan qanday turdagi bitim tuzilayotganligini, bitimning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntiradi, ushbu bitim mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi, taraflar o‘rtasida hisob-kitob bo‘lganligini aniqlaydi hamda hujjat matni bilan taraflar to‘liq tanishib, notarius tomonidan ovoz chiqarib o‘qib berilgan holda bitimning birinchi tarafi tomonidan imzolanadi hamda barmoq izlarini skaner qilish jarayonini videokonferensaloqa orqali Tizimda to‘liq qayd etadi;
taraflar hamda ularning o‘zaro kelishilgan boshqa shartlari haqidagi ma’lumotlar asosida bitim loyihasini elektron shaklda tuzadi;
Tizimda joylashtirilgan bitim loyihasini chop etadi va bitimning tegishli qismiga bitimning birinchi tarafiga imzo qo‘ydiradi hamda barmoq izlarini skaner qilish jarayonini videokonferensaloqa orqali Tizimda to‘liq qayd etadi va bitim bilan birga saqlaydi.
Bitimda tasdiqlovchi yozuv ko‘rsatilishi lozim.
Misol:
Men Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, Tinchlik ko‘chasi, 1-uyda joylashgan, Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasining notariusi R.G.V., fuqaro B.A.G.ning mening huzurimda qo‘ygan imzosini haqiqiyligini shahodatlayman.
Sotuvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, ya’ni shaxsiy muloqot davomida uning muomalaga layoqatliligiga shubha tug‘ilmadi, notarial harakatni amalga oshirish davomida uning muomalaga layoqatsiz ekanligi haqida hech qanday ma’lumotlar mavjud emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Shartnoma sotuvchining xohish-irodasi va qonunchilik hujjatlari asosida videokonferensaloqa orqali masofadan turib rasmiylashtirilayotganligini tasdiqlayman. Uy-joy sotuvchiga tegishliligi tekshirildi, bu jarayon “Notarius” AATda videokonferensaloqa orqali to‘liq qayd etildi.
(57-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Sotuvchi fuqaro B.A.G. tomonidan taqdim qilingan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasida saqlanadi.
Ushbu hujjat, uy-joy oldi-sotdi shartnomasining ajralmas qismi hisoblanib, mazkur shartnoma Toshkent shahar, M. Ulug‘bek tumani, Baraka ko‘chasida joylashgan, M. Ulug‘bek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. tomonidan videokonferensaloqa orqali tasdiqlangan.
Notarius bitimni imzolab, muhr bilan tasdiqlaydi va mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa hujjatlarni skaner qilib Tizimga joylashtiradi.
Bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarius quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Tizimga joylashtirilgan bitim bilan bog‘liq hujjatlarni yuklab oladi va chop etadi;
Tizim orqali bitimning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius bilan videokonferensaloqa orqali videomuloqot o‘rnatadi, bunda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi taraflar tasvirga to‘liq tushirilishi shart.
Shuningdek, notarius bitimning ikkinchi tarafiga qanday turdagi bitim tuzilayotganligini, bitimning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntiradi, ushbu bitim mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi, taraflar o‘rtasida hisob-kitob bo‘lganligini aniqlaydi hamda hujjat matnini sotib oluvchiga to‘liq tanishtirib, ovoz chiqarib o‘qib beradi. Bitimning ikkinchi tarafi tomonidan bitim imzolangandan so‘ng, uning barmoq izlarini skaner qilish jarayoni videokonferensaloqa orqali Tizimda to‘liq qayd etiladi.
Bitimda tasdiqlovchi yozuv ko‘rsatilishi lozim.
Misol:
Ushbu shartnomani, men Toshkent shahar, M. Ulug‘bek tumani, Baraka ko‘chasida joylashgan, M. Ulug‘bek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. taraflarning xohish-irodasi va amaldagi qonunlarga asosan sotuvchi — B.A.G. Nurafshon shahar 1-son DNIda bo‘lgan holda videokonferensaloqa orqali masofadan turib tasdiqladim. Bu jarayon “Notarius” AATda videokonferensaloqa orqali to‘liq qayd etildi.
Sotuvchi B.A.G.ning shaxsi Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasining notariusi R.G.V. tomonidan aniqlandi va sotib oluvchi A.A.V.ning shaxsi men, M. Ulug‘bek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. aniqladim.
Sotib oluvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, ya’ni shaxsiy muloqot davomida uning muomalaga layoqatliligiga shubha tug‘ilmadi, notarial harakatni amalga oshirish davomida uning muomalaga layoqatsiz ekanligi haqida hech qanday ma’lumotlar mavjud emas.
Elektron shaklda berilgan hujjat qog‘ozda berilgan hujjat bilan teng yuridik kuchga ega.
Taraflar tomonidan imzolangan hujjatlar bitta yig‘majild shakliga keltiriladi, bunda maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip o‘tkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varag‘i yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi va tegishli yozuv kiritiladi.
Yaxlit holga keltirilgan bitim bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarius tomonidan skaner qilinib, Tizimda shu reyestr raqam qayd qilingan kartochkaga joylashtiriladi.
Bitim ikki nusxada tuziladi, bir nusxasi bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarial idorada saqlanadi va ikkinchi nusxasi bitimning ikkinchi tarafiga beriladi.
Bitimning ikkinchi tarafiga uning so‘roviga ko‘ra bitimning nusxasi o‘zi murojaat qilgan notarius tomonidan chop etib berilishi mumkin.
58. O‘zbekiston Respublikasi hududida notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar asosida notarial harakatni amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ushbu hujjatning asl nusxasi taqdim etilmasdan, uning o‘rniga notarial harakatning noyob raqami bilan murojaat qilinganda notarius tomonidan ushbu hujjatlar Tizim orqali noyob raqam yoki murojaat qiluvchining JSh ShIR orqali tekshiriladi va shu asosda notarial harakat amalga oshiriladi.
Hujjat va uning noyob raqami shubha tug‘dirgan taqdirda notarius ushbu hujjatni tasdiqlagan notariusga yoki idoraviy notarial arxivga murojaat qilish orqali ma’lumotlarga aniqlik kiritishi mumkin.
Mazkur bandning qoidalari 2020-yil 1-yanvardan keyin tasdiqlangan hujjatlarga nisbatan amal qiladi.
12-bob. Bitimni o‘zgartirish va bekor qilish tartibi
59. Bitimdagi qo‘shimcha va tuzatishlar tegishli shaxslarning (bitim ishtirokchilarining) imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida notariusning imzosidan oldin takroran izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, o‘chirilgan barcha so‘zlarni va raqamlarni boshlang‘ich matnda o‘qish imkoni bo‘lishi lozim.
60. Tasdiqlovchi yozuvning matni texnik vositalarda (kompyuterda) o‘chirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qo‘yilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Reglamentning 59-bandi asosida izohlanishi kerak.
Tasdiqlovchi yozuvlarini amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni bo‘lgan shtamplar ishlatilishi mumkin.
Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sig‘magan taqdirda, u hujjatga biriktirib qo‘yilgan alohida qog‘oz varag‘ida davom ettirilishi yoki to‘la bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip o‘tkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varag‘i yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi.
61. Notarial tasdiqlangan bitimni o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish asosiy bitimga qo‘shimcha kelishuv tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
62. Notarial tasdiqlangan bitimni bekor qilish uchun alohida kelishuv tuziladi. Agar bitimda bir taraf yoki ikkala taraf yuridik shaxs bo‘lsa, bitimni bekor qilish vaqtida yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab bitimni bekor qilish haqidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyrug‘i va h.k.) olinadi. Bitimning barcha nusxalariga bitim bekor qilinganligi haqida yozib qo‘yiladi, unga notariusning imzosi va muhri qo‘yiladi hamda Tizimga bu haqida ma’lumot kiritiladi. Bitimning taraflarga berilgan nusxalarini taqdim etish imkoni bo‘lmagan (yo‘qolgan yoki boshqa) hollarda bu haqida ariza olinadi.
Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bitimni bekor qilishda bitim predmeti ko‘chmas mulk bo‘lib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirda, Tizim orqali yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri sohasidagi vakolatli organning bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi to‘g‘risidagi belgilangan namunadagi ma’lumotnomasi olinadi hamda ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi tekshiriladi.
Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bitimni bekor qilishda, agar mulk er-xotinning birgalikdagi mulki bo‘lsa, notarius ulardan ikkinchisining (mulk oluvchining) bitimni bekor qilishga rozi ekanligi to‘g‘risidagi notarius, Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizasini talab qiladi.
Notarius bitimni haqiqiy emas deb topganligi to‘g‘risidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimini olgan taqdirda, bu haqda bitimning notarial idora yig‘majildlarida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, o‘z imzosi va muhrini qo‘yadi va Tizimga ma’lumot kiritadi.
Bitim sud tomonidan haqiqiy emas deb topilganda yoki taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilinganda notarial idorada saqlanayotgan bitim predmetiga oid mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning kseronusxasini qoldirib, asl nusxasini mulkdorga yoki uning merosxo‘rlariga yoxud vakillariga qaytarib beradi. Notarial idorada qolgan bitimning kseronusxasiga uning qaytarilganligi haqida hujjatni olgan shaxs imzo qo‘yadi. Bitimning asl nusxasi merosxo‘rlarga berilgan taqdirda, ularning merosxo‘r ekanligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar tekshiriladi va ularning kseronusxalari notarial idorada qoldiriladi.
Bitim bekor qilingan vaqtda to‘langan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun to‘lovlar qaytarilmaydi.
63. Notarius yo‘l qo‘ygan xatosi natijasida o‘zi rasmiylashtirgan bitimning noto‘g‘riligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu bitimni belgilangan tartibda bekor qilish choralarini ko‘rish uchun bu haqda prokurorga xabar qilishga majbur. Notarius prokurorni xabardor qilganligi to‘g‘risida tegishli hududiy adliya organlarini xabardor qiladi.
13-bob. Bitimni tasdiqlashni rad qilish tartibi
64. Qonunning 38-moddasiga asosan notarius quyidagi hollarda bitimni tasdiqlashni rad etadi, agar:
bunday bitimni amalga oshirish qonunga zid bo‘lsa;
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoki zarur vakolatlari bo‘lmagan vakil bitimni tasdiqlashni so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa;
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida ko‘rsatilgan maqsadlarga zid bo‘lsa;
bitim qonun talablariga muvofiq bo‘lmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
bitimni tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmasa.
(64-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Shuningdek, bitimni tasdiqlash uchun to‘lovni to‘lamaslik bitimni tasdiqlashni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Bitimni tasdiqlash rad etilgan taqdirda bitimni tasdiqlashni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.
Notarius bitimni tasdiqlash to‘g‘risidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
65. Notarius bitimni tasdiqlashni rad etganda to‘langan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undirilgan to‘lovlar qaytariladi.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
14-bob. Hujjatlarni notarial idorada saqlash va notarial arxivga topshirish
66. Qonunning 10-moddasiga asosan, notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini ta’minlashi, o‘z notarial arxivini yuritishi shart.
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil o‘tgach adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarga (keyingi o‘rinlarda — notarial arxiv) topshirilishi kerak.
Notarial rasmiylashtirilgan bitimning elektron nusxasi Tizimda saqlanadi va elektron arxiv shakllantirib boriladi.
67. Bitimlar yig‘majildlari notarial idora arxiviga topshirilishiga qadar changdan, quyosh nuri ta’siridan himoyalaydigan va ularning yaxshi saqlanishini ta’minlaydigan shkaflarda turadi.
Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayoni qayd etilgan audio va videoyozuv fayli notarial harakatga Tizim tomonidan berilgan reyestr raqami bilan nomlanadi va elektron axborot tashuvchi jismlarda saqlanadi.
Kalendar yil yakunida audio va videoyozuvlar fayllari nusxalari DVD disklarga yoziladi hamda notarial idoraning temir javoni yoki seyflarida alohida saqlanadi.
Elektron axborot tashuvchi jismlarda yoki DVD disklarda saqlanayotgan audio va videoyozuvlar fayllari notarius ishdan bo‘shaganda yoki boshqa ishga o‘tkazilganda tekshirib ko‘rilgan holda dalolatnoma asosida qabul qilinib, yangi tayinlangan yoki vazifasi yuklatilgan notariusga topshiriladi.
Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonini qayd etilgan audio va videoyozuvlar fayllari belgilangan tartibda notarial harakatlar yig‘ma jildlari bilan idoraviy notarial arxivlarga topshirilishi kerak.
68. Yig‘majildlardan biron-bir hujjat olish va berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
69. Kalendar yil tugashi bilan mas’ul shaxs yig‘majildlarni notarial idora arxivida saqlash uchun tayyorlaydi.
Yig‘majilddagi hujjatlar turkumlashtiriladi, rasmiylashtiriladi, tartibga keltirilib, muqovalanadi va tikiladi.
Yig‘majild oxirida alohida toza varaqqa tikilgan varaqlar soni yoziladi. Ushbu varaqqa mas’ul shaxs va notariusning imzolari hamda notariusning muhri qo‘yiladi.
Yig‘majild muqovasidagi sana hujjatlar yig‘majildini yuritish boshlangan va tugallangan kun, oy va yilga muvofiq kelishi kerak.
70. Notarial idora hujjatlar va materiallarni notarial arxivga topshirishidan oldin mas’ul shaxs ularni tayyor holga keltiradi.
71. Notarial idora tomonidan hujjatlar va materiallar notarial arxivga topshirilayotganda, ularning butligini ko‘rib chiqish adliya boshqarmasining doimiy faoliyat olib boruvchi ekspert komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
72. Ekspert komissiyasi hujjatlar va materiallarni ko‘rib chiqishda arxiv ishi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi.
(72-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
73. Ekspert komissiyasi tomonidan hujjatlar notarial arxivga topshirilishi lozim deb topilganda, ikki nusxada topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi.
Dalolatnomada topshirilayotgan hujjatlar ro‘yxati to‘liq ko‘rsatilishi shart. Dalolatnoma ekspert komissiyasi a’zolari va notarial idorada rahbarlik qiluvchi notarius tomonidan imzolanadi hamda unga notariusning gerbli muhri qo‘yiladi.
74. Bitimlar yig‘majildlari ular tasdiqlangan vaqtdan boshlab notarial arxivda 75 yil mobaynida saqlanadi.
15-bob. Yakuniy qoidalar
75. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, uning murojaati ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda, bitimni tasdiqlash uchun to‘langan to‘lovlar qaytariladi.
76. Notarius o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan murojaat qiluvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi kerak.
77. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha notarial faoliyat ustidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
78. Murojaat qiluvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(78-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
79. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(79-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Notariuslar tomonidan ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning ma’muriy reglamentiga
ILOVA
Ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
SXEMASI


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling