1. O’zbekiston tarixini davrlashtirish. O’zbekistondagi poleolit, mezolit, neolit, eneolit va bronza davri yodgorliklari


Download 320.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana02.01.2022
Hajmi320.9 Kb.
#198880
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-семинар



1-Mavzu: Markaziy Osiyo –insoniyat tsivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri. 

1. O’zbekiston tarixini davrlashtirish. 

2. O’zbekistondagi poleolit, mezolit, neolit, eneolit va bronza davri yodgorliklari. 

3. Urug’chilik jamoasining shakllanishi. 

 

Birinchi  masalani  o’qitishda  talabalarning  e’tiborini  quyidagi  jihatlarga  qaratish  lozim. 

O’zbekiston  tarixini  tadqiq  etish  va  uni  o’rganishda  davrlashtirishning  ahamiyati  alohidadir.  CHunki, 

O’zbekiston tarixi  sahifalari ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy, ma’naviy  voqeliklar nisbatini aniqlash, 

ularning sabablarini anglash va kelajakda xulosalar chiqarib berishda muhim va dolzarb masala hisoblanadi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov  ta’kidlaganidek,  “Tarix  xotirasi,  jonajon 

o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash, milliy o’zlikni anglashni, ta’bir joiz 

bo’lsa,  milliy  iftixorni  tiklash  va  o’stirish  jarayonida  g’oyat  muhim  o’rin  tutadi”

1

,  zero,  “o’z  tarixini 



bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q”

2



Tarixni davrlashtirishdek muhim masalagi turlicha yondoshuvlar mavjud. Ko’pgina arxeolog olimlar 

mehnat qurollari qanday materiallardan yasalganini asos qilib olib, insoniyat tarixini qadimgi tosh, o’rta 

tosh, yangi tosh, tosh-mis, bronza, temir davrlariga bo’lganlar. Bunday yondoshuv to’g’ridek ko’rinsada, 

kishilik  jamiyati  taraqqiyotining  bir-biridan  farq  qiluvchi  muhim  davrlarini  belgilashda  yetarli  darajada 

asos bo’la olmaydi. 

Insoniyat taraqqiyoti bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o’tishi, uning barkamollashib borishi, ongi, 

tafakkuri va mahoratining o’sib borishi maqsadli intilish natijasida sodir bo’ladi. Inson tarixni yaratuvchi 

sub’ektdir. Ramziy ma’noda tarixni uni yaratgan va yaratayotgan xalqning tarjimai holi deyish mumkin. 

SHu boisdan qadimgi tarix, o’rta asrlar tarixi, zamona tarixi kabi iboralarni ishlatamiz. Bularni jamlasak 

yaxlit tarix kelib chiqadi. Tarixni davrlashtirishda mana shu omilni nazarda tutmoq lozim. 

O’zbekistonning  boy  betakror  tarixi  bo’lib,  uning  o’ziga  xos  tarixiy  taraqqiyot  davrlari  bor.  Uni 

quyidagi yirik davrlarga bo’lish mumkin. 

 

Ibtidoiy-jamoa tuzumi. 



 

Qadimgi davr: davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi. 



 

O’rta asrlar davri. 



 

Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri. 



 

Sovet hokimiyati hukmronligi davri. 



 

Milliy istiqlol davri. 



Bu  davrlarning  har  biri  yana  o’ziga  xos  kichik  davrlarga  bo’linadi.  Xalq  o’z  tarixini  asosan  o’z 

davlatini qurishdan boshlab yaratishga kirishadi. Ma’lumki turkiy xalq o’z tarixida 18 ta buyuk va shavkatli 

saltanat  qurgan  xalqdir.  Saltanatlar  tarixi  ayni  paytda  sulolalar  tarixi  hamdir.  Shunday  ekan  milliy 

davlatchiligimiz tarixini o’rganish millatimiz manguligini kafolatlashdir. 




Download 320.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling