1-savolga javob


Download 35.78 Kb.
bet1/5
Sana01.12.2021
Hajmi35.78 Kb.
#178562
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari


1-savolga javob

Inson tabiiy va ijtimoiy mavjudot ekanligini hozirgi zamon fani ham tasdiqlam oqda1. Shuning uchun ham insondagi tabiiylik bilan ijtimoiylik orasidagi aloqadorlik mexanizmini bilish falsafada eng muhim ahamiyatga molik muammolardan biridir. Insondagi tabiiylik bilan ijtimoiylik o'rtasidagi dialektik aloqadorlikni to'la tasawur qilmoq uchun, eng awalo, yagona biologik turga mansub bo'lgan insonning boshqa biologik maxluqotlardan sifatiy farqini ifodalovchi eng umumiy va o'ziga xos xususiyatlari, xossalarini bilib olish zarur. Chunki insondagi biologik o'ziga xos xususiyatlar va xossalar uning ijtimoiy fazilatlari, individual xislatlariga ham o'z ta’sirini o'tkazadi. Chunonchi, insonning yagona biologik tur sifatidagi eng muhim xususiyati — yoshidir (umri). Hozirgi zamon fani ma’lumotlariga qaraganda, inson bolasi turli turna kasalliklar va ijtimoiy badbaxtliklarga giriftor bo'lmasa, uning o'rtacha yoshi, ya’ni umr ko'rishi 80—90 yil atrofida bo'ladi.- Afsuski, insonning biologik o'ziga xosligi ijtimoiy muhit ta’sirida o'zgarib turadi.,Masalan, o'tgan asming to'qsoninchi yillarining boshida vujudga kelgan iqtisodiy, siyosiy, ekologik inqirozlaming keskinlashishi oqibatida insonning o'rtacha umr ko'rishi Rossiyada 69,6 yoshdan 66 yoshga tushgan bo'lsa, O'zbekistonda 69,3 yoshga to'g'ri keldi. Boshqacha aytganimizda, inson yoshi, umrining uzoq yoki qisqaligi, ijtimoiy vaziyatlar tufayli barcha zamonlarda ham o'zgarib turgan. Tarixning guvohlik berishicha, odam bolasi qadim zamonlarda 20—22 yil umr ko'rgan, XVIII asrga kelib, insonning o'rtacha umr ko'rishi 30 yoshga yetdi. XX asr boshlarida G'arbiy Yevropa mamlakatlarida odam o'rtacha 56 yil umr ko'rgan. XX asr oxirlariga kelib rivojlangan mamlakatlarda u o'rtacha 75—80-yil umr ko'ra boshladi. Insonning boshqa biologik mavjudotlardan tub farqini ko'rsatuvchi eng muhim xususiyatlaridan yana biri — inson umri bosqichlarining (bolalik, o'sm irlik, yoshlik, yetuklik, keksalik) o'ziga xos biologik xususiyatlaridir. Masalan, xotinqizlaming bola tug'ish davri o'rtacha 15—49 yoshga to'g'ri keladi. Xuddi shuningdek, inson degan biologik mavjudot qaysi yoshda gapirishni boshlaydi? Qaysi yoshda uylanadi yoki turmushga chiqadi? Qaysi yoshda jinsiy aloqa qilishni boshlaydi? Ushbu savollarga bo'lgan javoblar ham insonning boshqa biologik mavjudotlardan tub farq etuvchi xususiyatlari mavjud ekanligini isbotlaydi. Insondagi biologik xususiyatlar turg'un yoki o'zgarib turishi mumkin ekanligini unutmaslik lozim. Inson irqi turg'un biologik xususiyat bo'lsa, insondagi fiziologik xususiyatlar o'zgarib turuvchidir. Ya’ni, inson irqi uzoq vaqtlardan buyon o'zgarmasdan, barqarorligicha turgan bo'lsa, uning gavda tuzilishi esa zamonlar almashishi bilan, u yashayotgan tabiiy muhitning o'zgarishi bilan o'zgarib turgan. Bu esa inson irsiy (genetik) xususiyatlarining o'zgarib borishiga ham sabab bo'lgan. Insonning biologik xususiyatlari haqida gapirganda, uning har bir vakilining, ya’ni har bir kishining o'ziga xos takrorlanmas, ota yoki onasi tufayli vujudga kelgan genetik xususiyatlarga ega bo'lishini ham unutmaslik darkor. Ushbu nodir betakrorlik tabiiy va ijtimoiy omillar yordamida kuchaytirilishi yoki so'ndirilishi ehtimoldan xoli emas. Inson zotida hali foydalanilmagan cheksiz imkoniyatlar, qobiliyatlar va talantlar mavjud ekanligini tan olish insondagi tabiiylik bilan ijtimoiylik orasidagi dialektik aloqadorlikni o'rganish jarayonining eng muhim prinsiplaridan biridir. Insondagi tabiiylik bilan ijtimoiylik orasidagi o'zaro dialektik aloqadorlik mexanizmini o'rganish jarayonida har bir kishining o'ziga xos xususiyatlari mavjud ekanligini tan olmaslik, amaliyotda qobiliyatli, talantli, iqtidorli kishilarni kamsitishga, ularni jamiyatning oddiy ijroclji «murvatchalariga» aylantirib qo'ydi. Qobiliyatli, talantli kishilarni qobiliyatsiz, loqayd kishilar bilan tenglashtirish ijtimoiy adolat norma va prinsi plariga zid ekanligini ham unutmaslik zarur. Inson tabiiy va ijtimoiy, boshqacha aytganimizda, bir vaqtning o'zida ham ijtimoiy, ham organik olamga taalluqli ekanligi uning www.ziyouz.com kutubxonasi mohiyatini tushunib olishda bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Ushbu muammolar orasida quyidagi ikki muammo haqida to'xtalib o‘tmoqchimiz. Aristotel insonning mohiyatida hayvoniy (biologik) va siyosiy (ijtimoiy) boshlang'ich asos borligini inobatga olib, uni «siyosiy hayvon», degan editj^ Miinozara, bahslarga sabab bo‘lgan mulohaza shundan iboratki, o‘sha ikki boshlang'ich asosning qay biri inson faoliyati, his-tuyg‘ularini belgilashda asosiy rol o'ynaydi? Insonda tabiiylik (biologik) va ijtimoiylikning o'zaro aloqadorligi qanday sodir bo'ladi? Yuqorida biz inson bolasining har biri o'ziga xos takrorlanmas xususiyatlaiga ega ekanligi haqida to'xtalib o'tgan edik. Qizig'i shundaki, biz kishilarni ba’zi biologik belgilariga qarab (masalan, yoshi, jinsi) ma’lum guruhlarga birlashtiramiz, boshqa birovlarini esa ijtimoiy belgilariga (masalan, kasbi, mutaxassisligi, ish staji va boshqalar) qarab, yana allakimlami insondagi tabiiylik (biologik) va ijtimoiylik orasidagi aloqadorlikka qarab ma’lum tabaqalarga birlashtiramiz. Shunday ekan, o'sha belgilarga qarab tabaqalashtirilgan guruhlaming (masalan, xotin-qizlar) biologik o'ziga xosligi jamiyat faoliyati uchun ahamiyatga egami? Ushbu muammolar atrofida faylasuflar va boshqa insonshunos olimlar orasida uzoq vaqtlardan buyon munozaralar davom etmoqda. Muammolar yechimiga bag'ishlangan turli konsepsiyalar, ilmiy yo'nalishlar vujudga kelmoqda. Chunonchi, ba’zi birovlar kishilaming irqiy belgilariga qarab insoniy fazilatlarini baholashni taklif etayotirlar. Ayrim irqlarning insoniy fazilatlari yuqori, ayrimlamiki esa past, chunonchi «oliy» va «past» tabaqali irqlar bo'ladi, degan fikr-mulohazalarni bayon etmoqdalar. XX asrda, hatto o'tgan asming boshlarida ham, «oq irq» jahonda mavjud bo'lgan barcha irqlarning buyugidir, degan uydirmalar tarqatilganligi fikrimiz dalilidir. Turgan gapki, jahon ilmiy jamoatchiligi bunday g'ayri ilmiy fikr-mulohazalarni, irqchilik g'oyalarini antigumanistik qarash sifatida qattiq qoraladi. Uning ijodkorlarini reaksionlikda aybladi. Haqiqatdan, yer yuzida yashayotgan turli irqlarga mansub insonlaming ongi va faoliyatidagi turli ziddiyatlar, keskin tafovutlar mavjudligi faqat uning irqi bilan bog'liq emas. Nemis www.ziyouz.com kutubxonasi biolog olimi E.Gekkel (Ch.D arvin ta ’limotining m ashhur targ‘ibotchisi) 1904-yilda ta’kidlaganidek, turli irqqa mansub odamlar aqliy qobiliyatlari, madaniy saviyalarida katta farq bo'lishiga qaramasdan bunday tafovutdan ulaming hayotdagi qadrqimmatlarini mutlaqo boshqacha baholash lozim, degan ma’no kelib chiqmasligi zarur. Insonni hayvondan yuksaklikka ko‘targan narsa — bu madaniyatdir. Odamlarni madaniyatga chorlovchi qudrat esa aql-idrokdir. Shuningdek, erkaklar bilan xotin-qizlar o'rtasidagi biologik farqning ijtimoiy munosabatlarga ta’siri ham turlicha izohlandi. C hunonchi, erkaklar jam iyat hayotida aksariyat hollarda ulug'landi, xotin-qizlami kamsitish holatlari avj olib, ikki jinsni bir-biriga qarama-qarshi qo'yish vujudga keldi. Ikki jins orasidagi farq ijtimoiy munosabatlarda ham o'z ifodasini topa boshladi. Natijada, erkaklar «oliy», «yuqori» tabaqa, xotin-qizlar esa «quyi» tabaqa vakili, deb qarash asrlar osha davom etaverdi. Turgan gapki, bunday tengsizlik xotin-qizlarning erkaklar bilan tenglikka erishish uchun kurashining avj olishiga sabab bo'ldi. Xotin-qizlaming erkaklar bilan tenglik uchun kurashi 100—150 yil oldin boshlandi, xolos. Ilm-fan rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda xotin-qizlaming ijtimoiy hayotdagi ishtiroki yildan-yilga oshib borayotgan bo'lsada, hali bu borada yechimini kutib yotgan dolzarb muammolar ko'p. Jahon jamoatchiligi ongiga jinslar orasidagi farq «yuqori» yoki «quyi» jinsni birini-ikkinchisiga qarama-qarshi qo'yish bilan emas, balki ular orasidagi aloqadorlik, bir-biriga ko'maklashish, hamkorlik qilish — inson tabiatidagi turli-tumanlilikning manbai ekanligi singdirib borildi. vMsondagi tabiiylik va ijtimoiylikning o'zaro aloqadorligi ular orasidagi munosabatlami aniqlashda ham turli yondashuvlar, turli qarashlar mavjud. Birinchi qutbdagi olimlar inson mohiyatini haddan tashqari biologiyalashtirsalar, ikkinchi qutbga mansub qarash tarafdorlari uni sotsiologiyalashtiradilar. Biologiyalashtiruvchilar yoki naturalistlar, insonning inson bo'lib kamol topishida uning ongi va faoliyati manbaini biologik omillardan qidiradilar, inson kamolotida biologik omillaming rolini bo'rttirib ko'rsatadilar. Sotsiologiyalashtiruvchilar esa inson tabiatini, www.ziyouz.com kutubxonasi uning mohiyatini ijtimoiy munosabatlardan, ijtimoiy muhitdan izlaydilar, insonning inson bo'lib shakllanishida ijtimoiy muhit hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb tushunadilar.^ Insonning mohiyatini biologiyalashtiruvchi konsepsiyaga irqchilikni ulug‘lovchi rasizm, sotsial-darvinizm oqimlarini misol qilib ko'rsatish mumkin1. Rasizmning reaksion mohiyati haqida biz yuqorida to‘xtalib o‘tdik. Shuningdek, ushbu konsepsiyani sotsial-darvinizm oqimi tarafdorlari ham shod-u xursandlik bilan qo'llab-quwatlaganlar. Ma’lumki, angliyalik mashhur iqtisodchi, o‘ta dindor T.Maltus (1766—1834-y.) ijtimoiy hayot yakka kishining yashashi uchun kurash maydoni vazifasini bajaradi, bunday murakkab kurashga moslasha bilgan kishigina ba’zi yutuqlami qo'lga kirita oladi, degan fikrni olg'a surgan edi. Maltusdagi yashash uchun kurash g'oyasini Ch.Darvin (1809— 1882-y.) o'zining tabiiy tanlanish va evolyutsion taraqqiyot haqidagi ta ’limoti uchun asos qilib oldi. Ch.Darvin ta’limotidagi yashash uchun kurash g'oyasi sotsial darvinizm tarafdorlari tomonidan jamiyatga tadbiq etildi. Jamiyatda turli sinflar orasidagi kurashda oliy sinf vakillari hayotda yuqori pozitsiyani egallab turishlari lozim. Chunki yuqori sinf vakillari aqliy qobiliyatlari boshqalarnikidan ustun, degan xulosalar chiqardilar. Boshqacha aytganimizda, Charlz Darvinning biologik ta’limoti sotsial darvinizm tarafdorlari tomonidan tabiiy fanlarning keyingi yutuqlari asosida boyitildi, yashash uchun kurash g'oyasi faqat tabiatga taalluqli emas, balki jamiyat hayoti uchun ham bu qonunga bo'ysunish lozim, degan g'ayriilmiy fikr-mulohazalarini olg'a sura boshladilar. Amerikalik zoolog olim E.O.Uilson inson bosib o'tgan tarixiy taraqqiyot yo'lini boshqa sayyorada yashovchi zoolog ko'zi bilan o'rganilsa, inson mohiyatini to'la bilsa bo'ladi, buning uchun, boshqa sayyoralardan turib yerdagi hayvonlar katalogini tuzish darkor, deb tushuntiradi. Ana shunday nuqtayi nazar bilan, ya’ni boshqa sayyorada yashovchi zoolog ko'zi bilan biologiyaga nazar solsak, barcha gumanitar va ijtimoiy fanlar biologiyaning maxsus bo‘limlari ekanligiga ishonch hosil qilamiz, deb ta’kidlaydi, E .O .U ilson. Tarix va badiiy adabiyot inson faoliyatini yagona biologik tur sifatida o ‘rganuvchi vosita ekanligiga guvoh b o ‘lam iz, deydi pirovardida u. Insonning m ohiyatini biologiyalashtiruvchi qarashlarga qarshi chiqqan boshqa bir guruh insonshunos olim lar inson kam olotida hal qiluvchi om il — ijtim oiy m uhit, ya’ni inson ijtim oiy m uhitning m ahsuli, degan g'oyani ilgari surdilar. A yniqsa, bizning asrimizda antiutopik adabiyotda ham m ani tenglashtirishga qaratilgan ijtim oiy g'oyaga asoslangan yangi ideal jam iyat m odelini yaratishga qaratilgan harakatlar boshlandi. M asalan, angliyalik antiutopik yo^uvchi O.Xaksli o'zining «Yangi dunyoning to'lg'oqlari» (1932-y.) rom anida m ehnatning turiga qarab, o'sha m ehnatga m oslashgan inson degan m avjudotning sunyiy turlarini yaratish mumkinligini isbotlashga urinadi va o'sha yasam a insonning dastlabki tiplarini yaratadi. B a’zi faylasuflar, ruhshunoslar insonning m ohiyatini ruhiy holatlar, istaklar, intilishlar va mayllar belgilaydi, degan g'oyalam i ilgari suradilar. Bunday qarashlami freydizm ta’lim otida yaqqol ko'rishim iz m um kin. Ushbu ta’lim otning asoschisi — avstriyalik vrach, psixolog olim Zigm und Freyddir (1835—1939-y.)1. Inson ruhiyatining buyuk tadqiqotchisi Z .Freydning fanga qo'shgan hissasini jahon jam oatchiligi haqli ravishda A ristotel, N yuton, G yote, Darvin, Eynshteyn kashfiyotlari bilan ten glashtiradi. Z igm und Freyd inson ruhiy-m a’naviy olam ini tahlil qildi, inson m a ’naviy olam i shakllanishida onglilik bilan on gsizlik orasidagi o'zaro aloqadorlik m exanizm ini har tom onlam a o'rgandi. U inson m a’naviyatini chuqur o'rganib, ongsizlik in ­ son ruhiyatining asosini tashkil etadi, degan xulosaga keladi va uning tushuntirishicha, insonda onglilikka qaraganda ongsizlik tom on intilish kuchliroq bo'ladi. O ngsizlikni belgilovchi va hal qiluvchi m u h im omil — jinsiy mayldir. Inson ruhiyati xuddi shu jinsiy maylning qondirilishi bilan bevosita bog'liq. Ruhiyatning buzilishi ham ana shu jinsiy m aylning qondirilm aganligi1 ning natijasi ekanligini isbotlab berdi. Z.Freyd qadim zam onlardan buyon insoniyat yaratgan madaniyat insonning ana shunday his-tuyg‘ularini ta’qiqlagan, oqibatda bu holat inson ruhiyatining eng chuqur va qorong‘u joyida saqlanib qolavergan1, deb ta ’kidlaydi. Freydning ruhiy tahlil ta’limotida «psixologik energiya» tushunchasi alohida aham iyatga ega. Y a’ni inson shu energiya asosida o'z hayotini davom ettiradi, faoliyat ko'rsatadi. Ushbu energiya uni yashashga, faoliyat ko'rsatishga undaydi, deb tushuntiradi. Freydning e ’tirof etishicha, inson ongi va faoliyati, onglilik bilan ongsizlik orasidagi dialektik aloqadorlikka bog'liq. O nglilikni oshirm oq uchun ongsizlikning ham faolligini oshirm oq zarur. Ongsizlik — takom illashib, o'zgarib turadigan ruhiy jarayondir. O ngsizlik o'zgarm as, tug'm a instinktgina em as, balki u ong singari uzluksiz o'zgarib turadi, deb ko'rsatadi. Shuning uchun bilish jarayoni insonning faqat ongli holatini o 'z ichiga olm ay, balki ongsiz, noratsional faoliyatini ham o'z ichiga m ujassam lashtirishini isbotlab berdi. Freyd qarashlarini uning tarafdorlari E .F rom m , V .R ayx, G.M arkuze va boshqalar davom ettirdilar. Ayniqsa, E.From m uning ruhiy tahlil haqidagi ta’lim otini ijtimoiy hayotga tadbiq etdi2. Lekin From m «ijtimoiy muhitni» tahlil etganda, odam larning manfaatlari turlicha • ekanligi, inson ijtim oiy m ohiyatini mavhum ruhiy tahlil yordamida tushuntirib bo'lm asligini fahmlay olm adi. U o'zining asarlarida hozirgi kapitalistik ijtimoiy muhitni ruhiy kasalga mubtalo bo'lgan «hasta jamiyat», deb ta’rifladi3. VxMamning inson sifatida shakllanishida tabiiy (biologik) va ijtim oiy (sotsiologik) omillar dialektikasini ochib berishda ijtimoiylik rolini bo'rttirib ko'rsatgan falsafiy ta’limotlardan biri marksizm edi. Marksizm asoschilarining tushuntirishicha, inson tabiatini belgilashda hal qiluvchi rolni ijtimoiy muhit o'ynaydi^,JBunday biryoqlama yondashuv inson muammosini o'iganuvchi tabiiy fanlaiga ham o'z ta’sirini o'tkazdi. Oqibatda, inson biologiyasi haqida bayon etilgan eng ilg‘or fikr-mulohazalar haqida lom -m im deyilmadi. Insonning turli ijtimoiy fazilatlari haqida zo'r berib gapirildi. Amalda esa inson biologiyasi vulgarlashtirildi. Natijada, inson his-tuyg'ulari kamsitildi, jismi esa sotsiolQgiyalashtirilgan o'ziga xos ijtimoiy shaklga aylantirildi. Jamiyat hayotida, kundalik turmushda inson m a’naviy ehtiyojlari moddiy ishlab chiqarish ehtiyojlariga nisbatan keyingi o'ringa surib qo'yildi. M oddiy jabhada ishtirok etayotgan kishilarni haddan ortiq ulug'lash, «hazrati ishchi», «hazrati dehqon», degan uydirmalar o'ylab topildi. M a’naviy ishlab chiqarishda halol va fidoyilik qilayotgan, o'n yillab zahmat tortgan olim , yozuvchi, shoir mehnatini «ikkinchi nav» qarichi bilan o'lchash urf bo'ldi. Inson tani (biologiyasi) bilan m a’naviyati orasidagi aloqadorlik mexanizmi chuqur tahlil etilmadi. M oddiy ishlab chiqarishni uzluksiz kengaytirish tabiiy resurslar kamayib ketishiga, tabiat muvozanatining buzilishiga sabab bo'ldi. Fan-texnika yutuqlarini xalq xo'jaligiga tatbiq etish, chunonchi, turli zaharli ximikatlardan foydalanishning ortib borishi odamlar salomatligini yemirdi. Odamlar, ayniqsa, onalar salomatligining zaiflashishi bilan jismonan majruh tug'ilgan bolalaming soni ko'payaverdi. Tabiiyki, jismi zaif kishining m a’naviyati ham majruh bo'ladi. Natijada, jism onan majruh, m a’naviy qashshoq kishilar soni yildan-yilga ortib boraverdi. S h u n d a y q ilib , in so n u ch ta qudrat: ta n a -r u h iy a tm a’naviyatning yig'indisidir. Insonning biologik holati deganda, uning tanasida, ya’ni jism ida sodir bo'ladigan m orfoflziologik, genetik, nerv-m iyasida ro'y bergan va berayotgan elektroxim ik o'zgarishlar, uning yoshi, irqi, jinsini ifodalovchi alom atlari tushuniladi. Insonning ruhiy, ya’ni psixologik holati haqida fikrm ulohaza yuritganda, uning his-tuyg'ulari, kayfiyati, irodasi, tem peram enti tushuniladi. Insonning m a’naviyati — jam iyatda mavjud bo'lgan obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv om illar, ayniqsa, barcha ijtim oiy institutlar am alga osh iigan tarbiyaviym afkuraviy ta ’sir natijasida shakllangan fazilatlar, xislatlar, qobiliyatlar, malakalar yig'indisidir. M a’naviyat insonning ijtim oiy qiyofasini vujudga keltiruvchi generator vazifasini bajaradi. M a’naviyatning shakllanishida inson tafakkuri, xotirasi, ta sa w u - ri, diqqati, irodasi ishtirok etadi. B isotida majud bo'lgan butun bilim i, tajribasi, iste’dodi nam oyon bo'ladi. Yuqoridagi fikr-m ulohazalar inson murakkab, bir butun b iosotsial uyushm a ekanligidan dalolat beradi.

2-savolga javob



Psixikaning odamga xos bo’lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning uni yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo’lib kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan til yordamida muloqot qilish jarayonida shakllanishini ijtimoiy tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi. SHu ma’noda ong marksizm klassiklarining ta’kidlashicha ijtimoiy mahsul bo’lib anglagan borliqdan buyuk boshqa narsa emasdir. Ongning strukturasi tuzilishi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday. Uning birinchi ta’rifi-nomining o’zidayoq berilgan bo’lib, ong deganidir. Kishining ongi bizning tevarak atrofimizni qurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmuasidan tarkib topdi. K.Marks. «Ongning yashash usuli va ong uchun nimaningdir borligi bilimdir». deb yozgan edi. Ongning strukturasiga muhim bilish jarayonlari kiradi. Ular yordamida odam o’z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, xayol va tafakkurni qo’shish mumkin. Sezgilar va idrok yordamida miyaga ta’sir etuvchi kuzatuvchilarning bevosita aks etishi natijasida ongda borliqning o’sha momentda kishi tasavvurida hosil bo’lgan hissiy manzarasi gavdalanadi. Xotira ongda o’tmish obrazlarini qaytadan gavdalantiradi. Xayol ehtiyoj ob’ekti bo’lgan ammo hozirgi paytda yo’q narsning obrazli modelini hosil qiladi. Tafakkur umumlashgan bilimlardan fodalangan yo’li bilan masalaning hal etilishini ta’minlaydi. Aytib o’tilgan psixik bilish jarayonidan istalgan birining batamom barbod bo’lishiga olib keladi. 19 Ongning ikkinchi ta’rifi unda sub’ekt bilan ob’ekt o’rtasida aniq farqlanishni o’ziga ifodasini topishi, ya’ni odam «men» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniqbiladi. Tirik organizmlar duyosi tarixida birinchi bo’lib unda ajralib chiqqan va o’zini atrof-muhitiga qarama-qarshi qo’ygan inson o’z ongida ushbu arama-qarshilik va tafovutni saqlab kelmoqda. Jonli mavjudotlar ichida uning o’zigina o’zini bilishga ya’ni psixik faoliyatini o’zini tadqiq etishga yo’naltirishga qodirdir.Odam o’z hattiharakatlarini va umuman o’zini-o’zi ongli ravishda baholaydi. «Men»ning «men emas» degan ajratish har bir kishi kishi bolaligida boshdan kechiradigan yo’l bo’lib, uni o’zidan o’zi anglashi jarayonida yuz beradi. Ongning uchinchi ta’rifi-odamning maqsadini ko’zlovchi faoliyatini ta’minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yaratish ongning funktsiyasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi. Irodaviy qarorlar qabul qilinadi. Harakatlarni bajarishning qanday borishi hisobga olinadi. Unga tegishli tuzatishlar kiritiladi va hakazo. K.Marks «kishi tomonidan berilgan narsaning formasini o’zgartirish bilangina cheklanmaydi, tabiat tomonidan berilgan narsalar bilan birga o’zining ongli maqsadini ham amalga oshiradi. Bu maqsad qonun sifatida kishining ish usulini va bu ishning harakterini belgilab beradi va kishi o’z irodasini ana hu maqsadga bo’ysundirish lozim» deb ta’kidlagan edi. Maqsadni ko’zlovchi faoliyatni amalga oshirishda va yo’nalishida kasallik oqibatida yoki biron-bir boshqa sabablarga ko’ra har qanday buzilishning yuz berishini ongning buzilgani deb qaramoq kerak. Ongning to’rtinchi ta’rifi-uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. «Mening o’z muhitimga bo’lgan munosabatim meninng ongimdir» deb yozgan K.Marks. Kishi ongiga muqarrar ravishda his-tuyg’ular olami kirib keladi, unda murakkab ob’ektiv eng avvalo o’zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o’z aksini topadi. Bu o’rinda esa (jalb etilgan) ijtimoiy boshqa ko’pgina hollarda bo’lgani kabi potologiya normal ongni mohiyatini anglab olishga yordam beradi. Ayrim ruhiy kasalliklarga chalinganda ongning buzilganligi aynan his-tuyg’ular va munosabatlar sohasidagi buzilish bilan belgilanadi: Bemor bunga qadar behad yaxshi ko’rgan onasini suymaydigan bo’lib qoladi. YA’ni kishilar to’g’risida zarda bilan gapiradi va hakazo. Ongning yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha o’ziga xos xususiyatlari va shaklanishi namoyon bo’lishining muqarrar sh arti til hisoblanadi. Nutq jarayoni faoliyatida odam bilimlar hosil qiladi. Kishi dunyoga kelgunga qadar uning uchun insoniyat yaratib bergan tilda mustahkamlab unga etkazgan inson tafakkuri, boyliklari bilan o’z hayotini boyitadi. A.I.Gertsen shunday deb yozgan edi: «Har bir kishi ildizlari sal bo’lsa ham odam ato zamonlariga borib etadigan dahshatli shajaragatayanadi: sohil bo’yidagi to’lqin kabi orqamizda butun boshli okeanbutun bir dunyo tarixining shiddati his etiladi: shu daqiqada bizning miyamizda barcha asrlarning g’oyalari...til, alohida ob’ektiv, sistematik unda ijtimoiy tarixiy tajriba yoki ijtimoiy ong aks etgandir. Kokret odam tomonidan o’zlashtirilar ekan, til ma’lum bir ma’noda uning real ongi bo’lib qoladi.» Ulug’ mutafakkirlar – «Til amaliy, haqiqiy ongdir, boshqalar uchun ham mavjud bo’lgan xuddi shu tufayli men uchun ham mavjud bo’lganongdir...» deb 20 qayd etgan edi. Ong tushunchasi psixologiyada. Psixotriada va boshqa fanlarda uning yuqorida keltirilgan asosiy ta’riflarga mos keladigan ma’noda ishlatiladi. Psixiatorlarning bemorda ong bor yoo’qligi, yo bo’lmasa buzilganligi masalalari doim qiziqtiradi, shu tufayli ular ong deganda bemorning o’z-o’ziga qaerdaligi, vaqt qachonligi, tevarak-atrofdagi vaziyat qandayligi to’g’risida o’z shaxsiy holati ham harakatlari haqida hisob berish imkoniyatlarini tushunadilar. Ong yaxshi saqlanib qolgan odam miyaga kelayotgan yangi axborotga o’zidagi mavjud bilimlarni hisobga olgan holda baho beradi va o’zini tevarak-atrofdagi muhitdan alohida ajratib, boshqa odamlarga faoliyat va vaziyatga nisbatan tarkib topgan munosabatlar sistemasini saqlab qoladi hamda ana shu barcha ma’lumotlar asosida o’z hatti-harakatini idora qiladi. Ong ijtimoiy mahsul bo’lib, faqat odamlarga xosdir. Hayvonlara esa ong bo’lmaydi. Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdan iboratdir. Ongsizlik-kishini o’zini tuta olmaydigan qilib qo’yadigan taaassurotlar bilan bog’liq psixik jarayonlar harakatlar va holatlar yig’indisidir. Psixik holat sifatida ongsizlik voqelikni aks ettirishning shunday bir shakli hisoblanadiki ,bunda harakat o’rni va vaqtini mo’ljal qilish, yaxlitligi yo’qoladi, hattiharakatining nutq yordamida boshqarilshi buziladi. Ongsizlikka quyidagi psixik holatlarni kiritish mumkin: Uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush ko’rish) sezilmaydigan lekin haqiqatda ham ta’sir ko’rsatadigan kuzatuvchilarga javob reaktsiyalari: oldinlari ong harakat bo’lib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga ko’ra endilikda anglanmaydigan bo’lib qolgan harakatlar faoliyatiga undovchi ammo maqsad hissidan anglanmaydigan ayrim moyillar, ongsizlik hodisalariga bemor kishining psixikasida ro’y beradigan ba’zi bir protologik hodisalarni-alahlash, ko’ziga yo’q narsalarning ko’rinishi kabilarni ham ko’rish mumkin. shularga, asoslanib ongsizlikning ongga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixikasiga tenglashtirish noto’g’ri bo’lar edi. Ongsizlik-bu kishining xuddi ong kabi o’ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi miyasida borliqning etarli darajada bir xil bo’lmagan qismiga aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog’liq holda bo’lgandir.

3-savolga javob


Inson — falsafaning bosh mavzusi hisonlanadi. Odam, inson va shaxs tushunchalari esa uning muhim belgilaridir . Insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan o‘rni falsafiy muammolar tizimida muhim o‘rin tutadi. Turli falsafiy ta’limotlarda bu masalalar turlicha talqin etib kelingan. Shunday bo‘lishi tabiiy ham edi, chunki inson mohiyatan ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy sharoitda o‘zligini chuqurroq anglashga, insoniy mohiyatini ro‘yobga chiqarishga intilaveradi. Dunyoni insonning teran qatlamlariga kirmasdan sirtdan bilishga bo‘lgan barcha urinishlar narsalar haqida faqat yuzaki tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Insondan sirtga qarab harakat qiladigan bo‘lsak, narsalar mohiyatini hech anglay olmaymiz, zero bu mohiyat insonning o‘zida mujassamlashgan. Bu fikr qadimgi mutafakkirlargayoq yaxshi ma’lum bo‘lgan. Unga turli ko‘rinishlarda Sharqda ham, yunon-rim falsafiy an’anasida ham duch kelish mumkin.

Xususan, antik davrda Delfidagi Apollon ibodatxonasiga kiraverishda ustunga o‘yib yozilgan, rivoyatlarga qaraganda Suqrot takrorlashni yaxshi ko‘rgan “O‘z-o‘zingni angla”, degan ibora ayniqsa mashhur bo‘lgan. Ajablanarlisi shundaki, oradan ikki yarim ming yil vaqt o‘tgach, hozir ham bu fikr o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U nafaqat narsalar dunyosini, balki inson borlig‘ining mohiyatini, inson va ijtimoiy munosabatlarning asl tabiatini tushunishga harakat qilayotgan har bir odam uchun o‘z-o‘zini anglashga chorlovchi fikr bo‘lib qolmoqda. Buni faqat shu bilan izohlash mumkinki, ayni holda har bir yangi avlod o‘z davri hamda tabiiy-ilmiy va falsafiy tasavvurlarning tegishli darajasi nuqtai nazaridan echishga harakat qiladigan o‘ta murakkab, «boqiy» falsafiy masalalardan biri to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Xususan, qadimgi xitoy faylasufi Lao Szi fikriga ko‘ra, “boshqalarni biluvchi oqil, o‘zini biluvchi donishmanddir”. Protagorning: «Inson barcha narsalar mezonidir», degan fikri ham juda mashhur. «Tangri saltanati bizning ichimizdadir», deb o‘rgatgan Iso Masih. Buddaviylarning: «O‘zligingga nazar tashla, sen Buddasan», degan chorlovi ham yuqoridagi fikr bilan hamohangdir. Islomda «Kimki o‘zini bilsa, u Allohni ham bilgaydir», deyiladi. Demak, inson o‘zini dunyodan oldinroq va ko‘proq biladi, ayni shu sababli u dunyoni o‘zidan keyin va o‘zi orqali anglab etadi. Falsafa dunyoni inson orqali ichdan bilishdir, fan esa insondan tashqaridagi dunyoni yuzaki bilish demakdir.

Beruniy fikricha, insonning fe’l-atvori va ma’naviy qarashlari, surati va siyrati bevosita tabiiy muhit ta’sirida shakllanadi. Zero, aynan shu tabiiy muhit, geografik sharoit xalqlar, millatlar shakllanishining muhim asosi bo‘la oladi.

Forobiy fikricha, inson o‘z tabiatiga ko‘ra hayotini tartibga keltirish, mustahkamlash va takomillashtirish uchun boshqa insonlarga muhtoj bo‘ladi. Yakka holda hech kim buning uddasidan chiqa olmaydi. “Inson shunday maxluqotki, u faqat jamiyatda o‘z ehtiyojlarini qondirishi va oliy ma’naviy darajaga ko‘tarilishi mumkin”2. Inson o‘z hayotining me’mori, ijodkori bo‘lmog‘i, o‘zida fozila xislatlar, iste’dodlarni tarbiyalashi lozim. Bunga esa u jamiyatda yashab faoliyat ko‘rsatgandagina erishadi. Inson ijtimoiy mavjudot. Yolg‘izlik uzlat uni qashshoqlashtiradi, insoniy qiyofasini va baxtga olib boradigan iste’dodini yo‘qotadi.




Download 35.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling