1. tabiat va inson


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)




1. TABIAT VA INSON 
Havo, suv, yer, insonlar, o’simliklar, hayvonlar, 
planetalar, Quyosh, yo’ldo’zlar — bizni o’rab olgan 
butun moddiy olam tabiat deyiladi. 
Inson o’z aqli va mexhati tufayli tabiatga o’zarish 
kiritadi. Inson shahar va kishloqlar yaratdi, fabrika va 
zavodlar qurdi, yerni ekinzorlarga aylantirdi, turli 
mashinalar ixtiro qildi. Inson tabiatni bilishi natijasida 
fanlar paydo bo’ldi. 
Olimlar tabiatda bo’ladigan o’zgarishlarni o’rganib, 
ularning hammasi qonuniyat asosida yuz berishini, ya’ni 
hodisaning biror sababi doimo mavjud bo’lishini 
aniqlashdi. Masalan, turli jismlarning Yerga tushishiga 
sabab ularni Yer tortishidir; Yerda kun va tunning 
almashinishi Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi bilan 
tushuntiriladi; shamolning paydo bo’lishi sabablaridan 
biri — havoning notekis isishidir. 
Tabiat haqidagi fanlarning maqsadi — tabiat 
qonunlarini ochish, o’rganish va ulardan inson 
eutiyojlari uchun foydalanishdan iborat. 
Tabiat haqidagi fanlar doimo rivojlanadi. Biz tabiat 
qonunlarini to’laroq va chuqurroq bila boramiz va ularni 
tobora ko’proq amalda qo’llanamiz.
2. FIZIKA NIMA BILAN SHUG’ULLANADI? 
Fizika — tabiat haqidagi fanlardan biridir. Fizika so’zi 
grekcha fyuzis so’zidan kelib chiqqan bo’lib, 
t a b i a t demakdir. 
Fizikada mexanik issiqlik elektr, yorug’lik hodisalari 
o’rganiladi. Bu hodisalarning hammasi fizik hodisalar 
deyiladi. Muzning erishi, suvning qaynashi, toshning 
tushishi, lampochka qizigan tolasining yorug’lik 
chiqarishi, chaqmoq — bularning hammasi har xil fizik 
hodisalardir. 
Tabiatni o’rganadigan boshqa fanlar ham bor: masalan, 
astronomiya, kimyo, geografiya, botaniqa, zoologiya. Bu 
fanlarning hammasi fizika qonun-laridan foydalanadi. 
Masalan, geografiyada iqlimni, daryolarning oqishini, 
shamolning payido bo’lishini tushuntirishda ulardan 
foydalaniladi. Fizika qonunlari yordamida 
hayvonlarning yerda va baliqlarning suvda qanday 
harakatlanishi, turli hayvonlarning qanday qilib tovush 
chiqarishi va kabul qilishi, ularning ko’rish organlari 
qanday joylashganligi zoologiyada tushuntiriladi. 
Fizika — eng qadimiy fanlardan biridir. Bizning 
eramizdan bir necha yuz yillar avval yashagan grek 
olimlari birinchi fiziklar edi. Bu olimlar birinchi bo’lib 
tabiatda kuzatiladigan hodisalarni tushuntirishga urinib 
ko’rdilar. 
A r i s t o t e l (bizning yeramizdan oldingi 384—
322 yillar) qadimgi eng ulug’ olimlardan bo’lib, fanga 
«fizika» so’zini kiritgan. Fizikada kashf etilgan va 
o’rganilgan hamma narsa turli mamlakat va xalqlar 
olimlarining zo’r mehnati natijasidir. 
1. Fizika nima? 2. Fizika nimani o’rganadi? 3. Fizik 
hodisalarga misollar keltiring. 4. Nima uchun fizika tabiat 
haqidagi asosiy fanlar-dan biri hisoblanadi 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling