1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. FIZIKA NIMA BILAN SHUG’ULLANADI
1 1. TABIAT VA INSON Havo, suv, yer, insonlar, o’simliklar, hayvonlar, planetalar, Quyosh, yo’ldo’zlar — bizni o’rab olgan butun moddiy olam tabiat deyiladi. Inson o’z aqli va mexhati tufayli tabiatga o’zarish kiritadi. Inson shahar va kishloqlar yaratdi, fabrika va zavodlar qurdi, yerni ekinzorlarga aylantirdi, turli mashinalar ixtiro qildi. Inson tabiatni bilishi natijasida fanlar paydo bo’ldi. Olimlar tabiatda bo’ladigan o’zgarishlarni o’rganib, ularning hammasi qonuniyat asosida yuz berishini, ya’ni hodisaning biror sababi doimo mavjud bo’lishini aniqlashdi. Masalan, turli jismlarning Yerga tushishiga sabab ularni Yer tortishidir; Yerda kun va tunning almashinishi Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi bilan tushuntiriladi; shamolning paydo bo’lishi sabablaridan biri — havoning notekis isishidir. Tabiat haqidagi fanlarning maqsadi — tabiat qonunlarini ochish, o’rganish va ulardan inson eutiyojlari uchun foydalanishdan iborat. Tabiat haqidagi fanlar doimo rivojlanadi. Biz tabiat qonunlarini to’laroq va chuqurroq bila boramiz va ularni tobora ko’proq amalda qo’llanamiz. 2. FIZIKA NIMA BILAN SHUG’ULLANADI? Fizika — tabiat haqidagi fanlardan biridir. Fizika so’zi grekcha fyuzis so’zidan kelib chiqqan bo’lib, t a b i a t demakdir. Fizikada mexanik issiqlik elektr, yorug’lik hodisalari o’rganiladi. Bu hodisalarning hammasi fizik hodisalar deyiladi. Muzning erishi, suvning qaynashi, toshning tushishi, lampochka qizigan tolasining yorug’lik chiqarishi, chaqmoq — bularning hammasi har xil fizik hodisalardir. Tabiatni o’rganadigan boshqa fanlar ham bor: masalan, astronomiya, kimyo, geografiya, botaniqa, zoologiya. Bu fanlarning hammasi fizika qonun-laridan foydalanadi. Masalan, geografiyada iqlimni, daryolarning oqishini, shamolning payido bo’lishini tushuntirishda ulardan foydalaniladi. Fizika qonunlari yordamida hayvonlarning yerda va baliqlarning suvda qanday harakatlanishi, turli hayvonlarning qanday qilib tovush chiqarishi va kabul qilishi, ularning ko’rish organlari qanday joylashganligi zoologiyada tushuntiriladi. Fizika — eng qadimiy fanlardan biridir. Bizning eramizdan bir necha yuz yillar avval yashagan grek olimlari birinchi fiziklar edi. Bu olimlar birinchi bo’lib tabiatda kuzatiladigan hodisalarni tushuntirishga urinib ko’rdilar. A r i s t o t e l (bizning yeramizdan oldingi 384— 322 yillar) qadimgi eng ulug’ olimlardan bo’lib, fanga «fizika» so’zini kiritgan. Fizikada kashf etilgan va o’rganilgan hamma narsa turli mamlakat va xalqlar olimlarining zo’r mehnati natijasidir. 1. Fizika nima? 2. Fizika nimani o’rganadi? 3. Fizik hodisalarga misollar keltiring. 4. Nima uchun fizika tabiat haqidagi asosiy fanlar-dan biri hisoblanadi Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling