11-mavzu: qon va qon aylanish sistemasining yosh xususiyatlari va gigiyenasi reja


Download 27.18 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi27.18 Kb.
#1582882
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11 maruza


11-MAVZU: QON VA QON AYLANISH SISTEMASINING YOSH XUSUSIYATLARI VA GIGIYENASI
REJA:
1. Qonning ahamiyati
2. Qonning tarkibi
3. Qon guruhlari va qon quyish
4. Qonning yoshga xos xususiyatlari
5. Katta va kichik qon aylanishi sistemasining tuzilishi va yosh xususiyatlari
6. Yurakning tuzilishi va yosh xususiyatlari
7. Yurak faoliyatining boshqarilishi
8. Aqliy va jismoniy mehnat vaqtida yurak-tomir sistemasining funksiyalari
Tayanch tushunchalar: qon, to‘qima, hujayra, organ, donor, elitrosit, leykosit, trombosit, anemiya, ferment, gemoglobin, rezus faktor.
10. 1. Qonning ahamiyati.
Qon tomirlarda uzluksiz oqib, organizm tirikligini saqlashda muhim vazifalarni bajaradi: organizmning ichki muhitini qon, to‘qima suyuqligi va limfa tashkil etadi. Bular tomirlarni va to‘qimalar orasidagi kanalchalarni to‘ldirib turadi.
Qon, to‘qima suyuqligi va limfa tarkibi va fizik-kimyoviy xossalarini deyarli o‘zgartirmasdan doimo bir xilda saqlaydi. Bu doimiylik organizmning hayot faoliyati normal kechib turishi uchun zarur shartdir. Qon suyuq biriktiruvchi to‘qim a bo'lib, qizil rangli, yopishqoq, xira, ta’mi sho‘rroq bo‘ladi. Organizmni hayot faoliyati uchun zarur oziq moddalar va kislorod bilan ta’minlaydi, hujayralar va to‘qimalarda moddalar va energiya almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan turli chiqindi moddalarni va karbonat angidridni buyraklar, o‘pka, teriga yetkazib beradi. Shuningdek, oq qon tanachalari - leykotsitlar, organizmga tushgan turli mikroblarni zararsizlantirib, organizmda himoya vazifasini bajaradi. Ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqqan gormonlar qon orqali turli organlarga yetib keladi, qon organlar o‘rtasida aloqa o‘rnatadi, tana haroratini turg‘un saqlashda katta rol o‘ynaydi.
Qonning solishtirma og‘irligi asosan qizil qon tanachalarining soniga va ulardagi gemoglabin miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Qonning solishtirma og‘irligi erkaklarda o‘rtacha 1,050-1,0608 ga, ayollarda 1,053 ga teng. Qoning solishtirma og‘irligi o‘zgaruvchan bo‘lib, u muhit haroratiga, iste’mol qilingan suvning miqdoriga ham bog‘liq. Qon katta odamda o‘rta hisobda tana vaznining 7-8% ni tashkil etadi. Shunday qilib, og‘irligi har xil bo‘lgan kishilarning qoni ham turli miqdorda bo‘ladi. Ogirligi 70 kg bo‘lgan odamda 5-6 1 qon bor. Uning 40-45% qon tomirlarda harakatlanadi, qolgan qismi taloq, jigarda, teri osti to‘qimasida zaxira holda saqlanadi, bunga depolangan qon deyiladi. Bulardagi qon yo‘qotilganda, muskullar ishida, tana harorati ko‘tarilganda, odam bo‘g‘ilganda va boshqa zaruriy holatlarda tomirlarga chiqariladi. Qonning 1/4-1/3 qismi yo‘qolishi hayot uchun xavfli hisoblanadi.

Download 27.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling