12-Mavzu: Uxlatuvchi vositalar. Tutqanoqka qarshi vositalar. Parkinsonizmga qarshi vositalar. Uxlatuvchi vositalar


Download 27.79 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi27.79 Kb.
#1589732
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Фармакология 12-дарс (1)


12-Mavzu: Uxlatuvchi vositalar. Tutqanoqka qarshi vositalar. Parkinsonizmga qarshi vositalar.
Uxlatuvchi vositalar
Uyqu odam uchun zarur fiziologik jarayon bo’lib, organizmda sodir bo’ladigan biologik ritmning ko’rinishidir. Bunda oliy nerv faoliyati, umuman markaziy nerv sistemasiga tegishli ayrim faoliyatlar susayadi (es-hush, axborotlar qabul qilish yo’qoladi, tana mushaklari bo’shashadi, nafas chuqurlashadi, tana harorati pasayadi, yurak urishi sekinlashib, qon bosimi tushishi mumkin).
Agar odam 5.7 kun davomida uyqudan mahrum bo’lsa, har xil ruhiy va boshqa kasalliklarga duchor bo.lishi mumkin. Bularning kelib chiqishida evolutsiya davrida qaror topgan bioritmning buzilishi ma’lum darajada ahamiyatlidir. Uyqu davrida markaziy nerv tizimi hujayralarining faollik chog’ida sarflangan energiya manbayi tiklanadi. Uyquning kelib chiqishi, uning mexanizmi ancha murakkab
bo’lgani uchun hozirgacha bu borada aniq bir fikr yo’q. Uxlatadigan vositalar deb, ma.lum sharoitda tabiiy uyquga yaqin uyqu holatini keltirib chiqaradigan farmakologik moddalarga aytiladi. Zamonaviy tushuncha bo’yicha uyqu faol jarayon bo’lib, almashinib turadigan ikki davr (faza)dan tashkil topishi ma.lum.
1. .Sustkash, sekin yoki sinxronlangan. uyqu. Bunda ichki a’zolar faoliyati susayadi. Masalan, yurak urishi sekinlashadi, qon bosimi pasayadi, nafas chuqurlashadi, tana harorati pasayadi, moddalar almashinuvi sekinlashadi va boshqalar. Bir so’z bilan aytganda, uyqu chuqur va bir tekis bo’lib, tush ko’rish kuzatilmaydi. Uyquning bu fazasi butun uyqu davrining 75% ini tashkil etadi va ikkinchi fazasi bilan almashinib turadi.
2. .Jadal, tezkor yoki desinxronlangan. uyqu fazasi. Bunda simpatik nervning faoliyati kuchayishi sababli yurak urishi tezlashadi, qon bosimi ko.tarilib turadi, gapirish holatlari bo’lishi mumkin, moddalar almashinuvi tezlashadi, har xil tushlar
ko.rib, bezovtalik alomatlari bo’ladi. Uyquning birinchi fazasi yuqorida qayd etilganidek, nerv hujayralarining faollik davrida sarflangan energiyani to’plash va faolligini tiklash uchun zarur. Ikkinchi fazada esa, taxmin qilinishicha, markaziy nerv tizimining faol davrda olingan axborotlarini (ma.lumotlarni) tahlil va taqsim qilish jarayonlari bajariladi. Bir so’z bilan aytganda, ikkinchi faza faol bo’lib,
organizm uchun zarurligi inkor etilmaydi. Uyqusizlik hozirgi paytda odamlar orasida juda keng tarqalgan xastalikdir. Bu odamning hishayajonlariga zo’r keladigan holatlarning ko’payishi, turmush tarzining har xil bo’lishi, hayot maromining tezlashishi, ruhiy kasalliklar, og’riq bo’lishi va ayrim endokrin xastaliklar va boshqalar (tireotoksikoz, giðertoniya, nevrasteniya va b.) uyqusizlikka sabab bo’ladi. Uyquning buzilishi yuqorida qayd etilgan fazalarning, uyqu strukturasining o.zgarishi bilan namoyon bo’ladi. Uyqusizlik, asosan, quyidagi uch ko.rinishda bo’ladi: zarur sharoit yaratilganiga qaramasdan (yorug’lik va tovushlarning bartaraf etilishi va b.) uyquning kelishi uzoq vaqt cho.ziladi, uyqu muddati qisqaradi (3.4 soat), uyqu yengil o’tib, tez-tez uyg’onib turiladi. Bular har xil holatlar, kasalliklar (haddan tashqari charchash, hayajonlanish, bezovtalik, nevroz, nevrasteniya, og.riq sezish va b.) da kuzatiladi. Uyqu kelishining qiyinlashishi emotsional holatlarda, aksariyat yoshlarda, qisqa muddatli uyqu esa qariyalarda uchrab turadi. Uyqusizlik yuqorida aytilganidek, ayrim xastaliklarning belgisi bo’lib, ushbu va boshqa kasalliklarning kechishini og’irlashtirib, asoratlarga sabab bo’lishi mumkin. Uyqusizlikni bartaraf etish uchun uyqu keltiradigan dorilar beriladi. Bu dori vositalarini ishlatishdan oldin uyqusizlikning sabablari aniqlanishi darkor.
Birinchi galda ushbu sabablarni yo’qotish tadbirlari ko’riladi (og’riq qoldirish, asosiy kasallikni davolash va boshqalar). Uxlatadigan dori vositalariga quyidagi talablar qo’yiladi: uyquning kechishi, tuzilishi va muddati tabiiy uyquga yaqin bo’lishi; tanada yig’ilib qolmasligi; uyqudan keyin noxush holatlar bo’lmasligi; qaramlik chaqirmasligi; allergik va shunga o’xshash salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak. Afsuski, mavjud dori vositalari bularga to’liq javob bera olmaydi.
Uxlatadigan dori vositalari tasnifi

  1. Narkotik ta.sirga ega preparatlar:

-Geterosiklik birikmalar . barbituratlar (fenobarbital, benzonal, benzobamil, geksamidin);
-Alifatik birikmalar (xloralgidrat, bromizoval).
B. Trankvilizatorlar g u r u h i g a k i r u v c h i p r e p a r a t l a r . benzodiazepinlar (klonazepam, nitrozepam, sibazon). Barbituratlar asosiy uyqu preparatlari hisoblangan. Lekin keyingi vaqtlarda ular o’z mavqeyini yo’qota boshladi. Chunki barbituratlar keltirib chiqaradigan uyqu kechishi bo.yicha tabiiy uyqudan farqlanadi. Uyquning kelishini yengillashtiradi, lekin uning tuzilishiga, fazalariga ta’sir etib, ko.pincha uyqu chuqur bo’lmasdan uyg’onib turish, uyqudan keyingi uyg’onish davrida noxush holatlar (umumiy bo.shashish, lanjlik, mudrash va boshqalar) kuzatiladi. Barbituratlar qayta-qayta berilganida kumulatsiya (tanada yig’ilishi), qaramlik va tolerantlik holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababdan ularning bir necha preparatlari (barbamil, siklobarbital hamda barbital, barbital natriy, etaminal natriy tabletkalari) Rossiya davlat reyestridan chiqarilgan, O.zbekiston davlat reyestriga kiritilmagan. Ulardan fenobarbital va etaminal-natriy preparatlari O.zbekiston davlat reyestriga kiritilgan va tibbiyot amaliyotida ishlatiladi. Barbituratlarning farmakologik ta’siri yuborilayotgan dozasiga bog’liq. Ular markaziy nerv tizimiga tanlab ta’sir etib, kichik dozada tinchlantiradi, o’rtacha dozada uxlatadi va katta dozalarda esa narkoz holatini yuzaga keltiradi. Bunday ta.sir ular og’iz orqali yuborilganda ham kuzatiladi. Chunki barbituratlar kuchsiz kislotalilik xususiyatiga ega bo.lgani uchun oshqozon va ingichka ichakda yaxshi so.riladi, organizmda qon bilan tarqalib, lipofil (yog’da eruvchan) bo’lgani sababli gematoensefalik to’siqdan o‘tadi va markaziy nerv tizimiga o’z ta’irini ko’rsatadi. Ularning bir qismi qondagi oqsillar bilan bog.lanadi. Erkin holdagilari (fenobarbitaldan tashqari) jigarda mikrosomal fermentlar ta’siridaoksidlanib, metabolizmga uchraydi. Organizmdan suvda eruvchanmetabolitlar shaklida (asosan, buyraklar orqali) chiqib ketadi.
Fenobarbital esa o’zgarmagan holda sekinlik bilan chiqariladi.
Chunki oqsillar bilan ko.proq bog.langani uchun uning yarim chiqib ketish vaqti (t1/2) bir necha kunni tashkil qiladi. Shuning uchun ham fenobarbital uzoq muddat qabul qilinsa, kumulatsiya holatini yuzaga keltiradi va zaharlanish kuzatiladi. Preparat uxlatadigan ta’sirdan tashqari tutqanoqqa qarshi va biotransformatsiyada qatnashadigan mikrosomal fermentlar faolligini oshiradigan induktorlik ta.sirga ham ega. Shu sababdan fenobarbital tutqanoqlarda ishlatiladigan preparatlar guruhiga o’tkazilgan (M.D.Mashkovskiy). Etaminal natriy preparatining eritmasi venaga yuborish yo’li bilan qisqa muddatli narkoz olish uchun ishlatiladi (noingalatsion narkoz moddalariga qarang).Benzodiazepin guruhiga kiruvchi preparatlar trankvilizatorlar hisoblanadi va tinchlantiruvchi ta’sir ko’rsatib, uyqu kelishini tezlashtiradi. Bulardan nitrozepam va boshqalar samarali hisoblanadi.
Ushbu dori vositalari . benzodiazepinlar past ishqoriy xususiyatli bo’lgani uchun, asosan, o’n ikki barmoqli ichakda so’riladi; organizmda qon bilan tarqaladi, 60.95% qondagi oqsillar bilan bog’lanadi. Faqat erkin holdagilari gematoensefalik
to’siqdan o’tadi va markaziy nerv tizimiga ta’sir ko’rsatadi. Asosan, jigarda mikrosomal fermentlar ta’sirida oksidlanadi va o’t bilan chiqib ketadi. Ular, chunonchi, uyqu tuzilishiga ta’sir etmaydi, ya’ni tabiiy uyquga o’xshash uyqu chaqiradi, kumulatsiya va noxush holatlarni keltirib chiqarmaydi. Mikrosomal fermentlarga ta’sir etmaydi. Shunday qilib, benzodiazepinlar (nitrozepam, tazepal, fenazepam va boshqalar) asosiy uxlatuvchi preparatlar hisoblanib, amalda uyqusizlikning hamma turlarida keng qo.llaniladi. Ular ayniqsa asabning buzilishi, bezovtalik va boshqa emotsional holatlar bilan bog’liq uyqusizlikda qo’l keladi. Nitrozepam O’zbekiston davlat reyestriga kiritilgan va tibbiyot amaliyotida keng
ishlatiladi. Uning uxlatadigan ta.sir muddati fenobarbitalga o’xshash 30.40 daqiqadan keyin boshlanib, 6.8 soat davom etadi. Preparat kattaroq dozada tutqanoqqa qarshi ta’sir ko’rsatgani uchun ushbu xastalikda ham qo’llaniladi. Nitrozepam homiladorlik davrida tavsiya etilmaydi. U kattaroq dozalarda nojo’ya
holatlarga (umumiy holsizlik, ataksiya, bosh og’rig’i va boshqalar) sabab bo’lishi mumkin. Bular preparat dozasini kamaytirish bilan bartaraf etiladi.

Download 27.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling