17-mavzu. Investitsiya tavakkalchiligi va ularni pasaytirish yo'llari reja


Download 0.77 Mb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1578812
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
17-mavzu (2)


17-mavzu.INVESTITSIYA TAVAKKALCHILIGI
VA ULARNI PASAYTIRISH YO'LLARI


Reja:
1. Investitsiya faoliyatida tavakkalchilik va uning xususiyatlari.
2. Iqtisodiy tavakkalchilik sharoitida investitsiya loyihaiarining tahlili.
3. Investitsiya loyihalari tahdidlarining asosiy turlari tavsifi.
4. Investitsiya loyihalari tavakkalchiligini (risk) hisoblash usullari va
ularni pasaytirish yo‘llari.


Tayanch iboralar: tavakkalchilik, investitsiya loyihasi tavakkalchiligi, diskont,
fors-major tavakkalchiligi, sug'urtalanadigan va sug ‘urtalanmaydigan
tavakkalchiIiklar, boshqaruv, sotish, moliya, kredit, valyuta tavakkalchiliklari, qayta
moliyalashtirish, siyosiy, iqtisodiyt та ’muriy, huquqiy va regional tavakkalchiliklar,
zararsizlk nuqtasi, xa^izlikzaxim darajasi, sezgirlik, sug'urtalash
1. Investitsiya faoliyatida tavakkalchilik va uning xususiyatlari
Tavakkalchilik grekcha ridsicon, ridsa so'zidan olingan bo’lib, yo‘qotish, skala degan ma’noni anglatadi - bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy sharoitlardan ozgina chekinilganda, daromad1ami ololmaslik yoki zararlarning paydo bo’lib qolish ehtimolidir.
Tavakkalchilik, boshqacha qilib aytganda, kutilishi mumkin bo’lgan xatar - investitsiyadan mo’ljallangan foydani olish jarayoniga xos bo’lgan noumidsizlikdir.
Shu bilan birga potensial investor tomonidan qo‘yilgan pul mablag’larini yo'qotish
mumkinligi hamdir.
Tavakkalchilik tushunchasiga juda ham yaqin boMgan noaniqlik tushunchasi
ham mavjud bo’lib, u tavakkalchilikning aniq turlarini tasniflash uchun “tavakkalchilik” atamasining sinonimi sifatida qo’llaniladi. Noaniqlik deganda,
investitsiya loyihasini amalga oshirish shart-sharoitlari haqidagi ma’lumotlami to’l yoki aniq emasligi tushuniladi. Masalan, inflyatsiya, texnika va texnologiyalardagio‘zgarishlar haqidagi loyiha quwati, obyektning qurilish va foydalanishga topshirish muddatlari, xarajat va natijalaming noto‘g‘ri hisob-kitobi kabi ma’lumotlaming to’la yoki aniq emasligi natijasida noaniqlik kelib chiqadi. Bundan tashqari noaniqlik deganda, mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy holatga yetarlicha baho bermaslik va boshqa shu kabilar tushuniladi. Loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga kelish imkoniyati bilan bog’liq ko‘ngilsiz holatlar va oqibatlar noaniqligi tavakkalchilik
tushunchasi bilan izohlanadi.
Xulosa qilib aytganda, tavakkalchilik - oqibatning yaxshi bo’lishiga umid Bog’lab, xavf ehtimolligini zimmasiga olgan holda qilinadigan harakat deb, ta’rif berish mumkin.
Tavakkalchilik bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar ehtimolligi joriy davr ma’lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda tavakkalchilik e’tiborga olinadi. Noaniqlik esa bunday ehtimollik bo’lgan va kelasi davr ma’lumotlari yetishmasligi yoki to’la emasligi sababli suby ektiv aniqlangan vaqtda e ’tiborga olinadi. Har qanday holda ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyatsiya, foiz stavkasi, talab va taklif, ishlab chiqarish, sotish va boshqalar) kelajakning ma’lum emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo'lishi mumkin. Chunki o‘tgan davr ma’lumotlari asosida faqat noma’Ium kelajakda yuz berishi mumkin bo’lgan o‘tgan rivojlanish tendensiyasini aniqlash mumkin.
O’zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalami muvaffaqiyatli jalb etish ma’lum darajada uch guruh omillarga bog’liq bo’ladi.
Iqtisodiyotga investitsiyalarni muvaffaqiyatli jalb etish ma’lum darajada uch guruh omillarga bog’liqligi:


Barcha guruhlar bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. Misol uchun, yetarl darajada jalb qiluvchi boMmagan investitsiya sharoitlari, hatto yuqori quwatli investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ham pasaytirib yuboradi.Bozor iqtisodiyotida boMgan ichki va tashqi investitsiyalami jalb qilish bo‘yicha sharoitlami shakllantirayotgan davlatlar uchun investitsiya


tavakkalchiliklari tavakkalchiliklaming muhim turlaridan biridir. Shuning uchun ham
tavakkalchilikni, uning manbalarini va uning oldini olish usullarini aniqlash .rivojlanayotgan mamlakatlar uchun hayotiy muhim vazifa bo'lib hisoblanadi.Mamlakatdagi investitsiya faoliyati iqtisodiyotning ustuvor sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan belgilanmoqda. Investitsiya loyihalari kelajakka tegishli bo’lganligi sababli ulami amalga oshirish natijalarini aniq taxmin qilish muammodir. Bunday loyihalar kutilishi mumkin bo’lgan tavakkalchiliklar va noaniqliklami hisobga olgan holda bajarilishi kerak. Investitsion qaror bir qator kutilishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga ega bo‘lgan hollarda, qaror tavakkalchilikli yoki noaniqliklarga ega deb hisoblanadi.


Iqtisodiy kategoriya sifatida tavakkalchilik – bo’lishi mumkin bo’lgan yoki Bo’lmaydigan hodisa. Agar bu hodisa bo’lsa, ijobiy (foyda, daromad yoki boshqa tushum) va salbiy (xarajatlar, zarar, yo‘qotish) natija bo’lishi yoki hech qanday natija bo’lmasIigi mumkin. Moliyaviy operatsiyalar tavakkalchilik darajasini baholashni, uning miqdorini aniqlashni va uni kamaytirish chora-tadbirlarini qo’llashni talab qiladi.


Tavakkalchilikni ma’lum bir qaromi qabul qilish natijasida zaxiralami yo‘qotish imkoniyati, daromadlami ololmaslik yoki qo‘shimcha xarajatlar zarurati sifatida belgilash mumkin.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling