2. 4-rasm. Ges uchun quriladigan gidroteхnik inshaotning plani


Download 149.98 Kb.
bet1/10
Sana18.10.2023
Hajmi149.98 Kb.
#1708517
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Derevatsion GESlar


Oqim bo’ylab suv o’zanining chuqurligi va kengligi bir necha joydan o’lchanadi va o’rtacha miqdori topiladi. Suv tezligini aniqlash uchun suvga suzuvchi po’kak yoki suzuvchi buyum tashlanib 10 metr masofani bosib o’tish vaqti aniqlanadi. Suvning tezligi va suv oqimining kesim yuzasi ma’lum bo’lganida suv sarfi quyidagi ifoda yordamida hisoblab aniqlanadi:
Q = f × h × b × v , litrov / sekund larda (2)
Bu erda: Q — suv sarfi, l/s;
f — suv oqimi koeffitsienti;
h — suv oqimining chuqurligi, detsimetrov;
b — suv oqimining kengligi, detsimetrov;
v — suv oqimining tezligi, detsimetr/ sekund da.
Suv oqimi koeffitsienti f = 0,5…0,8 bo’ladi.
Suv oqayotgan kanal devorlarini qarshiligini ifodalaydi, notekis qirg’oqlar, toshli tub, kengligi katta va chuqurligi kam bo’lganida suv oqimi koeffitsienti kichik bo’ladi. Agar suv oqimi koeffitsientini f = 0,6 deb qabul qilsak; suv oqimi chuqurligi h – 2 m ;
suv oqimining kengligi b – 2,0 m ( 20 dm ); suv oqimining tezligi v – 0,5 m / s ( 5 dm v sekundu ) bo’lsa, suv sarfi Q quyidagicha bo’ladi:
Q = 0,6 2,0 2,0 10 5 = 120 l / s.
GES uchun quriladigan derivatsion kanalning trassasi va bo’lishi mumkin bo’lgan suv bosimi (napor) ni oddiy qurilishda ishlatiladigan sath o’lchash vositasida aniqlanishi mumkin (2.3-rasm ).





2.4-rasm. GES uchun quriladigan gidroteхnik inshaotning plani

Daryo yoki soyda quriladigan, quvvati kamida 10 kVt bo’lgan, mikro GES tarkibida quyidagi asosiy gidroteхnik inshaotlar bo’ladi:


Suv yig’gich (to’g’on); rostlagich; derivatsion kanal; bosimli basseyn; bosimli suv quvuri; suvtashlash yo’li ( 2.4-rasm).
Suv yig’gich daryo o’zanidagi suvdan gidrogeneratorning nominal
rejimda ishlab turishi uchun yetarli bo’lgan suvni olish uchun хizmat qiladi. Suv yig’gich uchun joy suv oqimi trassasining burilish joyida, suv oqimi burilishi joylarida yuzaga keladigan suv oqimi tsirkulyatsiyasi natijasida suv tubidagi qatlam qarama-qarshi qirg’oqqa siljigan joyda tanlanadi.
Rostlagich panjarali to’siq va zulfaklar bilan ta’minlangan bo’lib, suv yuzasidagi suzib kelgan iflosliklar, muz yoki suv ostidagi cho’kmalarning derivatsion kanalga tushmasligini ta’minlaydi.
Derivatsion kanal (2.4-rasm) suvni suv yig’gich inshaotidan bosimli basseynga yetkazib berish uchun хizmat qiladi. Kanal tuproqli o’zan ko’rinishida bo’lishi mumkin. Uning qiyaligi, qirg’oqlarini yuvilib ketmasligi uchun va qishda muzlab qolmasligi uchun, 0,001…0,002 bo’lishi kerak, ya’ni kanalning 1000 m uzunligiga 1…2 m balandligi to’g’ri kelishi kerak bo’ladi. Derivatsion kanalning iqtisodiy samarali uzunligi – 200…400 m ligi aniqlangan. Bosimli basseyn (5-rasm) bosimli quvurga suvni bir tekis tashlab turish uchun хizmat qiladi. U monolit temir-betondan ishlangan bo’ladi, va devorlarining qalinligi 25 mm gacha bo’ladi. Bosimli basseynning devorlari gidroizolyatsiyalovchi tarkibli qatlam bilan qoplanadi, uning ustidan esa metal reshetka bilan qoplanadi va suvga inson yoki hayvonlarning beхosdan tushi ketishining oldi olinadi. Bosimli basseynda quyidagi qurilma va moslamalar o’rnatiladi: suv yuzida suzib kegan buyumlarni tutib qolish uchun metall to’r to’siq (reshetka), bosimli suv quvuriga suv o’tish sarfini rostlab turish uchun zulfak (zatvor) va ortiqcha suvni yoki suv osti cho’kmlarini o’tkazib yuborish uchun zulfak (zatvor).
Bosimli suv quvuri suvni bosimli basseyndan gidrogeneratorga yetkazib berish uchun хizmat qiladi. Bosimli suv quvuri metall quvurdan tayyorlanishi, plastmassa yoki asbotsement quvur ko’rinishda bo’lishi mumkin, uning diametri agregat uchun zarur bo’lgan suv sarfi miqdori bilan aniqlanadi. Quvurlar transheyada yoki yer ustida yotqizilish mumkin, yoki ankerli temir-beton tayanchlarda o’rnatilishi mumkin.
Suvtashlama (yo’li) gidroturbinadan chiqqan suvni olib uni sug’orish kanaliga yoki daryo o’zaniga yetkazib berish uchun хizmat qiladi. Suvtashlama (yo’li) tabiiy tuproqdan ishlanadi, bunda hisobga olinadiki, suruvchi quvur og’zi doim suv ostida qoladigan bo’lishi kerak bo’ladi. So’ruvchi quvur og’zi atrofi beton yoki toshli qoplamaga ega bo’ladi, bu kanalni yuvilib ketmasligini ta’minlaydi.
Quvvati 10 kVtdan kam bo’lgan mikro GES inshaoti soddaroq past bosimli bo’lib, quyidagi gidroteхnik inshaotlarni o’z ichiga oladi: suv yig’ish hovuzi, regulyator, derivatsion kanal, lotoklar, so’ruvchi quvur, suvtashlama qudug’i va suvtashlama yo’li. Bunday mikro GES larda bosimli quvur o’rniga konus shaklidagi so’ruvchi quvur ishlatilishi mumkin. Barcha inshaotlarning o’lchamlari ularning quvvatiga mos bo’ladi.




Download 149.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling