2 mundarija
Download 3.9 Mb. Pdf ko'rish
|
SHISHA VA KERAMIKA (2)
1 2 MUNDARIJA T.s Nomlanishi Sahifasi 1 Kirish 2 Ma’ruzalar matni 3 Amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma 4 Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholashga doir uslubiy ko’rsatmalar 5 Referat mavzulari ro’yxati 6 Glossariy 7 Fanning o’quv dasturi 8 Fan bo’yicha ishchi o’quv dasturi 9 Tarqatma materiallar 10 Nazorat savollari 11 Test savollari 12 Baholash tartibi va mezonlari 13 Adabiyotlar ro’yxati 14 Muallif haqida ma’lumot 3 1- MAVZU : FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI. SHISHA VA KERAMIK MATERIALLARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI Reja: 1. Keramika buyumlari texnologiyasi tarixi. 2. Keramika va olovbardosh buyumlar ta’rifi. 3. Keramika va olovbardosh buyumlar klassifikastiyasi. 4. Keramika va olovbardosh materiallar ishlab chiqarishning umumiy texnologik tizimi. Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar. Nazorat uchun savollar. 1. Keramika buyumlari texnologiyasi tarixi. Keramika mahsulotlarining dastlabkisi idish bo’lgan. Unda oziq-ovqat pishirilgan va ortiqchasi saqlangan. Jumladan, neolit davrida tuxumsimon qilib ishlangan dastlabki idishlardan ovqat saqlash va pishirishda foydalanilgan. Xitoyda miloddan avvalgi 3 ming yillikdagi Yanshao davrida keramikaning rivojlanishi boshlangan. XII-XIII asrlarda esa ularning shuhrati butun dunyoga tarqalgan. Chinni nomi bilan atalgan bunday mahsulotlar Markaziy Osiyo va Eronga ham keltirilgan. Markaziy Osiyoda VIII-XII asrlarda sopol idishlar ishlab chiqarish yuqori pog’onali ko’tarilgan. Bu erlarda yashil, kulrang buyumlar olish odat tusiga kirgan. Ismoil Somoniy maqbarasi shu davrda yaratilgan noyob inshoatlardan namunadir. Keramika chinnisi ishlab chiqarish Evropada 1700 yillarning boshiga to’g’ri keladi. Birinchi chinni zavodi 1710 yili Meysenda, ikkinchi 1717-1718 yillarda Venada ishga tushirilgan. Rossiyada birinchi chinni zavodi Peterburgda 1744 yilda qurilgan. XIX-XX asrlarda keramika sanoati Markaziy Osiyoda jadal sur’atlar bilan rivojlandi. XX asrning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Quvasoy, Xiva, Regar kabi ulkan chinni korxonalari qurildi va ishga tushirildi. Farg’ona viloyatining Rishton qishlog’ida 1970 yili keramika zavodining ishga tushirilishi sopol idish va badiiy buyumlar assortimentini ko’paytirish imkonini berdi. O’zbekistonda barpo etilgan keramika sanoatining yirik korxonalari qatoriga nomlari yuqorida qayd qilinganlardan tashqari Samarqand va Toshkent kulolchilik yodgorlik buyumlari, Andijon, Chimboy, G’ijduvon, Xiva va Termiz kulolchilik buyumlari zavodlari, Angren keramika kombinati, Toshkent qurilish materiallari kombinati kiradi. 2. Keramika va olovbardosh buyumlar ta’rifi. Keramika so’zi grekcha keramike - kulol san’ati ma’nosini anglatadi. U aslida yunoncha keramos - tuproq, sopol, kuydirilgan gil so’zidan kelib chiqqan. Keramika - maxsus tuproq yoki tuproq bilan turli minerallar aralashmasidan hosil qilingan aralashmani pishitib, undan tayyorlangan va keyin qattiq qizdirib hosil qilingan mahsulotdir. Olovbardosh buyum - keramika texnologiyasi bo’yicha ishlab chiqarilgan va olovbardoshligi 1580°C dan kam bo’lmagan keramika buyumi. 3. Keramika va olovbardosh buyumlar klassifikastiyasi. 4 Keramika buyumlari tadbiq etilishi, xossalari, ishlatilayotgan xom-ashyo turi yoki pishgan mahsulotning fazaviy tarkibiga ko’ra klassifikastiyalanadi. Keramika buyumlari iste’mol (tatbiq) etish oblastiga ko’ra uch katta qismga bo’linadi: 1) qurilish va sanoat qurilishi materiallari; 2) texnika materiallari; 3) maishiy-xo’jalik materiallari. Qurilish va sanoat qurilish materiallari davrasiga qurilish keramikasi mahsulotlari va o’tga chidamli materiallar kiradi. Qurilish keramikasi devorbop, tomga va fasadga oid keramika, pol plitkasi, kanalizastiya uchun ishlatiladigan sopol quvurlar, kimyoviy chidamli keramika, filtrovchi kovak keramika, keramzit, agloporit va sanitariya qurilish sopol buyumlaridan tashkil topgan. Ularga quyidagicha talqin berish mumkin: - qurilish keramikasi mahsulotlari - mayda va yirik donali keramika massalari asosida olingan va qurilishda ishlatishga mo’ljallangan g’isht va cherepista kabi materiallar; - devorbop keramika buyumi - oddiy tuproqdan yasalgan, yuqori haroratda ishlov berish yo’li bilan olingan va devor yasash uchun xizmat qiladigan mahsulot; - tombop keramika buyumi - tuproq asosida yasalgan va temir tunka o’rnini bosuvchi qurilish keramikasi mahsuloti; - drenaj uchun ishlatiladigan keramika buyumi - keramika massalari asosida yuqori harorat berish yo’li bilan olingan va metall quvirlarning o’rnini bosuvchi mahsulot; - tashqi yuza keramikasi - tashqi pardozlash uchun ishlatiladigan yuzali tosh, g’isht va koshinlar; - ichki pardozlash keramikasi - ichki pardozlash uchun ishlatiladigan koshinlar, izrazsti va boshqa buyumlar; - effektiv g’ovak keramika - keramzit, agloporit, graviy kabi g’ovak keramika materiallari; - sanitariya-texnika buyumi - keramika texnologiyasi asosida yasalgan vanna, rakovina, unitaz va boshqalar; - qurilishning qadimiy va oddiy materiali - tuproq asosida yasalgan va 950- 1000 °C li haroratda kuydirib olingan g’isht; - sun’iy qurilish keramikasi - Markaziy Osiyo va boshqa issiq iqlimli erlarda tuproq asosida yasalgan va kuydirish yo’li bilan olingan qurilish g’ishtisimon mahsulotlar. Texnikada qo’llanuvchi materiallar asosan texnika keramikasi gruppasiga mansub. Texnika keramikasi 6 tur mahsulotlarni o’z ichiga oladi: yuqori o’tga chidamli oksidlar keramikasi, elektroizolyastiyaga moyil silikatli va alyumosilikatli keramika, yuqori dielektrik o’tkazuvchanligiga ega bo’lgan keramika, magnit xossalariga ega bo’lgan keramika, baland haroratda eriydigan kislorodsiz birikmalar asosidagi keramika va kermatlar. Maishiy xo’jalik buyumlari asosan nafis keramika gruppasidan tashkil topgan. Nafis keramika buyumlari 2 turga - chinni va sopol buyumlariga bo’linadi. Keramika mahsulotlari tayyorlov usuli, ishlov berish xili, strukturasi, qattiq mayda zarrachalarining bir-biriga yopishib qolishi, sirlanganligi, yuzasining ko’rinishi, shakli va o’lchami, o’tga va kislotaga chidamliligi asosida ham qism, gruppa va turlarga bo’linadi. 5 Tayyorlov usuliga ko’ra, masalan barcha o’tga chidamli buyumlar shliker yoki eritmadan quyilgan, plastik shakllangan, yarim quruq presslangan, plastik bo’lmagan kukunsimon massadan zichlashtirilgan, tog’ jinsi va quyma bloklardan arralangan buyumlarga ajraladi. Termik ishlov berish xiliga qarab esa ushbu mahsulotlar kuydirilmagan (monolit tosh), kuydirilgan (shamot g’ishti) va eritib qo’yilgan (quyma kvarst ) mahsulotlarga bo’linadi. Keramika mahsulotlari quyma badiiy bezaklangan, naqshlangan, silliqlangan, emal bo’yoqlar bilan badiiy bezaklangan buyumlardan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Sindirib ko’rilgan yuzaning xarakteri (strukturasi) bo’yicha barcha buyumlar ikkiga - mayda tolali tuzilishga ega bo’lgan va yirik tolali tuzilishga ega bo’lgan buyumlarga ajraladi. Keramika buyumlari shuningdek sirlangan va sirlanmagan bo’lishlari mumkin. Tashqi muhit ta’siridan saqlash va dekorativ tus berish uchun buyumlar (masalan, sopol va chinni, ichki va tashqi pardozlash plitkalari, yuzali g’isht va kanalizastiya quvurlari) sir bilan qoplanadi. Keramika buyumlari o’tga chidamlilik nuqtai nazaridan ikki katta gruppaga ajraladi: 1. Oddiy keramika buyumi va materiallari - qurilish g’ishti, sopol, chinni, koshin, quvur va boshqalar. Ularning shakli 1580°C li haroratda o’zgaradi. Odatda qurilish g’ishti 1250°C dan yuqori haroratda, sopol va chinni esa 1400-1500°C dan yuqori haroratda eriydi. 2. Olovbardosh keramika buyumi va materiallari - shamot, dinas g’ishti va boshqalar. Ular 1580°C li haroratda ham o’z shaklini o’zgartirmaydi. Keramika buyumlari xom-ashyo va kuydirish temperaturasiga ko’ra 2 klassga ajraladi: 1. Suv yutuvchanligi 15% gacha bo’lgan va qisman pishgan serkovak buyumlar klassi - devorbop, tombop va pardozlash materiallari; 2. Suv yutuvchanligi 0,5% dan yuqori bo’lmagan va batamom pishgan zich zarrachali buyumlar klassi - chinni, texnika keramikasi va boshqalar. Olovbardosh materiallar klassifikastiyasiga kelsak, ular kimyo-mineralogik tarkibga ko’ra quyidagicha turlanadi: 1. Kremnezemli buyumlar - dinasli olovbardosh buyumlar va kvarst shishasi asosida olingan buyumlar; 2. Alyumosilikatli buyumlar - yarim nordon g’isht, shamot g’ishti va yuqori glinazyomli buyumlar; 3. Magnezialli buyumlar - magnezialli o’tga chidamli buyumlar va magnezialli-ohakli (dolomitli) buyumlar; 4. Magnezial - shpinelli buyumlar - magnezit-xromitli o’tga chidamli buyumlar, shpinelli buyumlar va boshqalar; 5. Magnezial-silikatli buyumlar - forsteritli o’tga chidamli buyumlar va boshqalar; 6. Uglerodli buyumlar; 7. Karbid kremniyli buyumlar; 8. Цirkonli buyumlar - baddelitli va stirkonli olovbardosh buyumlar; 9. Oksidli buyumlar - berilliyli, magniyli, kalstiyli va boshqa oksidli olovbardosh buyumlar; 10. Kislorodsiz buyumlar - nitridli, boridli va boshqa olovbardosh buyumlar. 6 Olovbardoshlik xossalariga ko’ra barcha materiallar 3 gruppaga ajraladi: 1. Olovbardoshligi 1580-1770°C bo’lgan o’tga chidamli buyumlar; 2. Olovbardoshligi 1770-2000°C bo’lgan yuqori o’tga chidamli buyumlar; 3. Olovbardoshligi 2000°C dan yuqori bo’lgan o’ta yuqori o’tga chidamli buyumlar. 4. Keramika va olovbardosh materiallar ishlab chiqarishning umumiy texnologik tizimi. Keramika materiallari ishlab chiqarishning umumiy texnologik tizimi quyidagi asosiy jarayonlarni o’z ichiga oladi: 1. Xom ashyo (shamot, kaolin, kvarst, kvarst qumi, magnezit, dolomit va boshqalar) ni maydalash; 2. Xom-ashyoni frakstiyalarga ajratish; 3. Xom-ashyoni tortish; 4. Xom-ashyoni aralashtirish; 5. Aralashmaga shakl berish; 6. Qoliplangan buyumni quritish; 7. Quritilgan buyumni kuydirish; 8. Kuydirilgan buyumni sortlash; 9. Kuydirilgan buyumni upakovkalash; 10. Mahsulotni tayyor buyumlar omboriga joylash. Keramika mahsulotlari xom-ashyosi 3 gruppa - yopishqoq, kengayuchan va eritgich materiallari orasidan tanlanadi. Plastik xom-ashyo - keramika masalalarining asosiy komponenti bo’lib, u kuchli yopishqoqlik xususiyatiga ega ekanligi tufayli samarali shakllashni ta’minlaydi. U keramika mahsulotlari tarkibi, tuzilishi va xossalariga kuchli ta’sir o’tkazadi. Ularga gil va kaolinlar kiradi. Chinni, sopol va shamot olovbardosh g’ishtlarida kaolin A1 2 O 3 · 2SiO 2 · 2H2O quyidagicha parchalanib, asosiy mineral faza mullit 3Al 2 O 3 · 2SiO 2 ni hosil qiladi: Al 2 O 3 ·2SiO 2 ·2H 2 O Al 2 O 3 ·2SiO 2 + 2H 2 O Kaolinit Metakaolinit 3 (Al 2 O 3 ·2SiO 2 ) 3 Al 2 O 3 ·2SiO 2 + 4SiO 2 Mullit Kengayuchan xom-ashyolar - quritish va kuydirish jarayonlarida mahsulotlarni deformastiyalanishdan asraydi, shakllangan keramika buyumining qiyshayishi va darz ketishining oldini oladi. Ular tabiatiga ko’ra 3 turli bo’ladi: - tabiiy-kvarst qumlari, kvarst, unlangan kvarstitlar, gilli slanest va boshqalar; - texnogen-toshqol va kullar; - sintetik-shamot - past temperaturada kuydirilgan (odatda 1000°C) va unlangan gillar; Eritgichlar - pastroq temperaturada eritma hosil qilish hisobiga gillarning pishish temperaturasini pasaytiradi. Natijada qattiq fazada pishishdan suyuq fazoviy pishish mexanizmiga o’tiladi. Eritgichlarning gal va kengayuvchan moddalarga ta’siri 2 xil bo’lishi mumkin: 7 - ularning erish temperaturalari asosiy gilli minerallarning erish temperaturalariga nisbatan pastroq bo’ladi - dala shpatlari, nefelin-sienitlar, spodumenlar va hokazo. - eritgich moddalari shixtaning asosan minerallari bilan past haroratda eruvchan evtektika hosil qiladi - bo’r, dolomit, magnezit va boshqalar: Chinni toshi tarkibiga plastik moddalardan tashqari kengayuchan va eritgichlar ham kiradi. Olovbardosh buyumlar ishlab chiqarishning tipik sxemasi xom-ashyo (o’tga chidamli tuproq, kaolin, magnezit, kvarstit va boshqa) larga oldindan ishlov berish, pishgan yarim fabrikat olish uchun ularni (kvarstitlardan tashqari) kuydirish, maydalash, bog’lovchi komponent (shamotli olovbardosh buyumda tuproq, dinasli olovbardosh buyumda ohakli sut va boshqa) larni qo’shish, ularni aralashtirish, og’irligi 3-25 kg li buyumlar olish uchun shakllash (presslar yordamida yoki boshqa usullarda) va quritish, qoliplardan chiqarilgan buyumlarni tunnel yoki boshqa pechlar yordamida 1300-1750°C li haroratda kuydirish. Shisha qattiqligi, mustahkamligi, amorfligi bilan xarakterlanadigan shaffof jism sanaladi. Shaffofligidan tashqari shishaning yuqorida aytilgan hossalari hamma 8 qattiq jismlar uchun xosdir. Lekin shisha bir qator hossalarga ham egaki, bu suyuq holat uchun ham tipik hisoblanadi. Shishaga jahon olimlari turlicha aniqlik kiritishdi. 1939 yil Rossiya Fanlar Akademiyasi olimlari tomonidan shishaga quyidagicha izoh berildi: “Shisha deb qotish, suyuqlanish temperaturasi va kimyoviy tarkibidan qattiy nazar qizdirib suyuqlantirilgan moddani sovitishdan xosil bo’lgan va qattiq jism xossalarini o’zida namoyon etuvchi hamma amorf jismlariga aytiladi, unda suyuq holatdan shisha xolatga o’tish jarayoni qaytar bo’lishi shart”. AQSh olimlari tashkiloti shisha tushunchasiga quyidagi aniqlikni kiritishdi: «Shisha kristallizastiyasiz qattiq xolatgacha sovitilgan noorganik mahsulotdir». Shisha rangsiz va rangli, shaffof va noshaffof bo’lishi mumkin. Ularni qattiq xolatgacha kristallizastiyasiz sovitish mumkin va ular bu ko’rinishda ko’pgina spestifik xossalarga ega bo’ladilar. Shisha strukturasi to’g’risida yanada aniqroq tassavurga ega bo’lish uchun qattiq va suyuq faza orasidagi bog’lanishni ko’rib chiqish kerak. Suyuqliklarning rentgenostrukturali analizi shuni ko’rsatadiki, suyuqliklarda yaqin masofa tartibliligi mavjud bo’lib, uzoq masofa tartibliligi mavjud emas. Qattiq jismlarda uzoq va yaqin masofa tartibliligi mavjud bo’lib, strukturasi esa butun hajm bo’yicha tartibliligi ta’minlanadi. Toza kristall modda eritmasi sovitilsa, ularda aniq muzlash nuqtasi borligi ko’rinadi, bu nuqtada kristallar hosil bo’lishi hisobiga qotish sodir bo’ladi. Lekin ba’zida suyuqlikni muzlash temperaturasidan past temperaturasigacha kristallar hosil qilmasdan sovitish mumkin. Bu holda suyuqlik juda sovitilgan holda bo’ladi. Juda sovitish holati tez uchrab turadigan holatdir. Suyuqlikka chang tushishishnig oldini olinsa, juda tez sovitish jarayoni mukammal sodir bo’ladi. Suyuqlikda begona bo’laklar paydo bo’lsa (yot qo’shimcha, chang, soch tolasi va boshqalar) kristallizastiya markazlari hosil bo’lish imkoniyati paydo bo’ladi. Juda sovitilgan suyuqlik metastabil holatda bo’ladi, negaki, uning ozod energiyasi unga mos kristallning ozod energiyasidan katta bo’ladi. Lekin juda sovitilgan suyuqlik strukturasida har qanday unga yaqin strukturaga qaraganda ozod energiyasi bo’ladi. Shisha holati bilan normal qattiq yoki suyuq holat orasidagi bog’lanishni suyuqlik sovishida ro’y beradigan jarayonlar bilan tushintirish mumkin. MAVZUNI MUSTAXKAMLASh UChUN VAZIFALAR: “Keramik materiallar ishlab chiqarish” va “Shisha materiallar ishlab chiqarish” texnologiyasining asosiy jarayonlarining “Venna diagrammasi” yordamida solishtiring. Umumiy jixatlari 9 Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar. • Keramika - grekcha keramike (yunoncha keramos) - tuproq, sopol, kuydirilgan gil, kulol san’ati manolarini anglatadi. • Keramika materiali - tabiiy tuproq yoki tuproq bilan turli minerallar va organik moddalar aralashmasidan hosil qilingan loyni pishitib, quyib, quritib va keyin qattiq qizdirib hosil qilingan mahsulot. • Olovbardosh buyum - keramika texnologiyasi bo’yicha ishlab chiqarilgan, o’txona va pechlar qurishda ishlatiladigan, olovbardoshligi 1580°C dan kam bo’lmagan keramika buyumi. • Qurilish keramikasi - oddiy tuproq yoki tuproq bilan maxsus qo’shilmalardan yasalgan, yuqori haroratda ishlov berish yo’li bilan olingan va qurilishda devor kabilarni yasash uchun xizmat qiladigan mahsulot. • Texnika keramikasi buyumi - keramika texnologiyasi asosida yasalgan o’tkazgich, yarim o’tkazgich, izolyator, magnit xossali buyum va boshqalar. • Maishiy-xo’jalik materiallari - keramika texnologiyasi bo’yicha gil, kaolin, kvarst va dala shpati aralashmasidan olingan chinni va sopol kabi nafis mahsulotlar. Nazorat savollari. 1. Keramika so’zi nimani anglatadi. 2. Keramika mahsulotlariga ta’rif bering. 3. Keramika tadbiq etish oblasti va texnologik xususiyatlariga ko’ra qanday bo’linadi? 4. Qurilish keramikasi buyumlari qatoriga qanday sanoat va grajdan qurilishida ishlatiladigan buyumlar kiradi? 5. Devorbop, tombop, drenaj va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladigan keramika buyumlariga ta’rif bering. 6. Texnika keramikasi buyumlari qanday xossalari bilan bir birlaridan farqlanadi? 7. Maishiy- xo’jalik materiali deb qanday mahsulotga aytiladi? Sun’iy keramika buyumlari qaysi mamlakat va o’lkalarda paydo bo’lgan? Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling