21 mavzu: investetsiya va uning iqtisodiyotdagi o`rni investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi
Download 0,98 Mb. Pdf ko'rish
|
21-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Zaxiralarga investitsiyalar Tayanch so’z va iboralar
- . Avtonom investitsiyalar grafigi
348 21 MAVZU:INVESTETSIYA VA UNING IQTISODIYOTDAGI O`RNI 1. Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi. 2. Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz stavkasidan boshqa omillar. Akselerator modeli. 3. Asosiy fondlarga investitsiyalar 4. Zaxiralarga investitsiyalar Tayanch so’z va iboralar: Investitsiya, avtonom investitsiya, real foiz stavkasi, akseletator modeli, kapital zaxirasi. Investitsiyalar yoki kapital qo’yilmalar – bu, hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo’yilgan kapitaldir. O’zining moliyaviy shakliga ko’ra, ular foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga qo’yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga ko’ra investitsiyalar yangi korxonalar qurish, uzoq muddat xizmat ko’rsatuvchi mashina va asbob-uskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu bilan bog’liq bo’lgan aylanma kapitalning o’zgarishiga ketgan xarajatlardir. Shuningdek investitsilar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham kiritiladi. Investitsiyalarni turli guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng ko’p duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash ob’ektiga ko’ra uch turga bo’linadi. 1. Ishlab chiqarish investitsiyalari; 2. Tovar-moddiy zaxiralariga investitsiya; 3. Uy-joy qurilishiga investitsiya. Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida real foiz stavkasi qaraladi. Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar hajmi kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar uchun qarz bahosi ortib, ular ko’rsatadigan foyda normasini pasaytirib qo’yadi. Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz stavkasi dinamikasiga teskari proportsional tarzda o’zgarishini ko’rsatadi. Avtonom invstitsiya funksiyasi quyidagi ko’rinishga ega: I = e - dR Bu yerda: I – avtonom investitsiya xarajatlari; 349 e – foiz stavkasi 0 ga teng to’lgandagi investitsiya xarajatlarining maksimal hajmi. U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatldari, er, foydali qazilma boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi; R – real foiz stavkasi; d–investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o’zgarishga ta’sirchanligini miqdoriy belgilovchi empirik koeffitsient. Grafikdan e nuqtasi shuni bildiradiki, banklar nolga teng foiz stavkasi bilan kredit berganlarida hamda ularning kredit resurslari cheksiz ko’p bo’lganda ham mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi tufayli investitsiya xarajatlari ma’lum miqdor bilan chegaralanadi. R 0 rasm. Avtonom investitsiyalar grafigi Download 0,98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling