3-mavzu: nerv tizimining yoshga bog‘liq xususiyatlari reja


Download 31.75 Kb.
bet1/14
Sana07.09.2023
Hajmi31.75 Kb.
#1673901
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-nerv sistemasi


3-MAVZU: NERV TIZIMINING YOSHGA BOG‘LIQ XUSUSIYATLARI
REJA:
1. Nerv sistemasining umumiy tuzilishi
2. Nerv sistemasining dominanta hususiyati
3. Nerv tolalarining miyelinlashuvi
4. Qo‘zg‘alish, tormozlanish, dominantaning yoshga xos xususiyatlari
5. Nerv markazlarining turli bo‘limlarining tuzilishi va rivojlanishi
6. Bosh miya
7. Vegetativ nerv sistemasi
8. Ontogenezda bosh miya katta yarimsharlarining rivojlanishi
9. Refleks va refleksning turlari
Tayanch tushunchalar: Nerv, neyron, qo‘zg‘alish, tormozlanish, bosh va orqa miya, refleks, shartli va shartsiz refleks, ichki va tashqi tormozlanish.
3.1. Nerv sistemasining umumiy tuzilishi
Nerv tizimining funksiyasi ikki qismga bo‘lib o‘rganiladi. Nerv sistemasining birinchi funksiyasi odam organizmining barcha, hujayra, to‘qima, organlari va tizimlarining ishini boshqarish, tartibga solish, tashqi muhitdan, ichki organlardan keladigan axborotlarni qabul qilish va ularni markaziy nerv sistemasiga etkazib berish, organizmdagi barcha organlarni bir-biri bilan bog‘lash va organizmning bir-butunligini ta’minlash, ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqariladigan turli gormonlarning qon orqali organizmga ko‘rsatadigan ta’sirini, moddalar almashinuvini boshqarish, o‘sish va rivojlanishga ta’sir etishdan iborat.
I.P. Pavlov nerv tizimining bu vazifasini uning quyi funksiyasi deb atagan. Bu vazifani orqa va bosh miyaning quyi qismlari (uzunchoq, o‘rta, oraliq, miya va miyachada joylashgan nerv markazlari bajaradi.
Nerv tizimining ikkinchi vazifasi shundan iboratki, u odamning tashqi muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan bog‘lanishini, muomalasini tashqi muhit sharoitiga moslashuvini ta’minlaydi. Tashqi muhit ta’sirida, atrofdagilar bilan munosabati natijasida odamda paydo bo‘lgan fikrlash, bayon etish, bilim olish, xunar o‘rganish, xotira kabi yuksak insoniy hususiyatlar ham nerv tizimining ana shu ikkinchi vazifasiga kiradi. I.P. Pavlov nerv tizimining bu vazifasini oliy nerv faoliyati deb atagan. Nerv tizimining bu vazifasini uning yuqori qismida joylashgan (bosh miya yarim sharlari va uning po‘stloq. qismi) nerv markazlari bajaradi.

Download 31.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling