6-ma’ruza. Jamoalar haqida ta’limot (Biotsenoz)


Download 19.54 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi19.54 Kb.
#1537448
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 ma\'ruza. Jamoalar haqida ta’limot (Biotsenoz)

6-ma’ruza. Jamoalar haqida ta’limot (Biotsenoz)


Reja:
1.Biotsenozning tasnifi.
2.Biotsenozdagi organizmlar guruxi va ularning funktsiyasi.
3.Jamoadagi organizmlar.
4.Yirtqich-o’lja, parazit xo’jayin munosabatlari.


Tayanch so’zlar: biotsenoz, produtsent, konsument, redutsent, kommensalizm, ammensalizm, mutalizm, neytralizm, raqobat.
Biotsenoz haqida tushuncha
Biotsenoz —bu lotin tilidan olingan so’z bo’lib, "bios" — hayot, "tsenoz" —umumiy, deb tarjima qilinadi. "Biotsenoz" terminini nemis biologi Myobius K. tomonidan 1877-yilda berilgan. Bu o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning birgalikda yashashini ifodalab, bunday yashash ma’lum yer yoki suv havzasida uchrashi mumkin. Biotsenozdagi organizmlar o’zaro va abiotik muhitga bog’liqdir.
Moddalarning aylanma harakatida qatnashishiga qarab, biotsenozga kiruvchi organizmlar 3 guruhga bo’linadi:
I. Produtsentlar (hosil qiluvchilar), avtotrof organizmlar bo’lib, anorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladi. Bu yashil o’simliklardir.
II. Konsumentlar (qabul qiluvchilar), geterotrof organizmlar bo’lib, avtotrof organizmlar hisobiga yashaydi. Ular uchga bo’linadi:
1—darajali konsumentlar— o’simlikxo’r hayvonlar, parazit bakteriyalar va zamburug’lar;
2—darajali konsumenlar—o’simlikxo’r hayvonlarni iste’mol qiladigan yirtqichlar;
3 — darajali konsumentlar — superparazitlar.
III. Redutsentlar . Bular tuproqdagi mikroorganizmlar bo’lib, o’simlik va hayvon qoldiqlari bilan oziqlanib, uni parchalovchi organizmlardir. Birgalikda o’suvchi va bir —biri bilan bog’liq bo’lgan organizmlar guruhi biotsenoz deyiladi. Biotsenozni tashkil qiluvchi o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar jamoasining birga yashashga moslashuvi ularning abiotik faktorlarga bo’lgan o’xshash ehtiyojlarida ifodalanadi.
"Biotsenoz" atamasi hozirgi zamon ekologik adabiyotlarda, ma’lum territoriya uchastkalarni belgilash maqsadida ham ishlatiladi. Masalan, bug’doy dalasi biotsenozi, o’tloq biotsenozi, o’rmon biotsenozi, va hokazolar. Bunda, birga yashashga moslashgan o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar kompleksi hisobga olinadi.
Biotsenoz egallab turgan muhit biotop deb ataladi, biotop — biotsenozning yashash muhitidir (bu lotincha so’z bo’lib, "bios" —hayot, "topos" — yashash joyi demakdir).
Er yuzidagi biotsenozlar ko’p yarusli bo’lib, ular har xil balandliklarda, vertikal joylashgan qatlamlarga ega. Masalan, o’rmonlarda daraxtning ildizi va tanasining joylashishiga qarab bir necha yaruslar ajratish mumkin:
1. Daraxtlar.
2. Butasimon o’simliklar va yosh daraxtlar.
3. O’tsimon o’simliklar va butachalar.
4. Moxlar.
Hayvonlar ham o’rmonda har xil yaruslarni egallab, ya’ni har xil balandliklarda yashaydi. Ko’p qushlar uz uyalarini yerda quradi. Olaqush, zag’izg’on va boshqalar esa daraxtlar tanasiga (qizilishton va boshqalar), uchinchi xillari esa daraxtlarning ustiga quradi(12-rasm.)
Har bir yarusdagi o’simlik, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar o’rtasida kuchli bog’lanish kuzatiladi.
Jamoalar strukturasida turlarning roli bir xil emas. Bir xil turlar asosiy rol o’ynaydi, son jihatidan ustun va ular dominant deyiladi. Biotsenozdagi muhit sharoitini belgilovchi turlar edifikatorlar deb yuritiladi va ular dominantlarga kiradi.
Biotsenozdagi tirik organizmlar egalab turgan makon ekologik nisha deyiladi. Har bir tur o’zining ekologik nishasiga ega, u shu yerda yashaydi va o’sha joydan o’z ovqatini topib yeydi.

Download 19.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling