6-mavzu. Bir turga mansub bo‘lgan iqtisodiy jarayonlarni prognozlashda o‘rtacha qiymatlarni hisoblash


Download 118.18 Kb.
bet1/6
Sana30.10.2023
Hajmi118.18 Kb.
#1733686
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-mavzu amaliy


6-mavzu. Bir turga mansub bo‘lgan iqtisodiy jarayonlarni prognozlashda o‘rtacha qiymatlarni hisoblash

Bu mavzu bo‘yicha talaba olgan nazariy bilimini quyidagi ko‘rsatkichlarni hisoblashni o‘rganish bilan mustahkamlashi mumkin:



  1. Arifmetik o‘rtacha, garmonik o‘rtacha va boshqa analitik o‘rtachalarni hisoblashni;

  2. O‘rtachalarning matematik xossalari va ulardan foydalanishni;

  3. Arifmetik o‘rtachani «shartli moment» usulida hisoblashni;

  4. Tuzilmaviy o‘rtachalarni aniqlashni hamda ularning qo‘llanilishini.

Arifmetik o‘rtacha – o‘rtachaning amaliyotda keng qo‘llaniladigan turidir. U o‘z navbatida oddiy va tortilgan ko‘rinishda bo‘ladi.
Oddiy arifmetik o‘rtacha – o‘rtalashtirilayotgan variant(had)lar takrorlanmaydigan paytda qo‘llaniladi va quyidagi formula bilan aniqlanadi:

bu erda: lar o‘rganilayotgan belgining variantlari;  -variantlar soni; -o‘rtacha miqdor.


1-masala Kichik korxonada 10 ta ishchi ishlaydi va ular fevral oyida quyidagicha maosh olishgan (ming so‘mda): 375, 373, 370, 462, 460, 455, 457, 548, 544, 560.
Echilishi
O‘rtacha ish haqini hisoblash uchun variantlarning yig‘indisini ularning soniga bo‘lamiz:

Demak, kichik korxonada ishchilarning o‘rtacha oylik ish haqi 460,4 ming so‘mni tashkil etgan.


Tortilgan arifmetik o‘rtacha oddiy arifmetikdan farq qilmaydi. U faqat ishni tezlashtirish yoki osonlashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Tortilgan arifmetik bo‘yicha o‘rtacha miqdorni hisoblash uchun berilgan variantlar ni ularning chastotalariga (variantlarning qaytarilishi yoki uchrashish tezligi chastota deyiladi) ko‘paytirib, olingan natijani chastotalar yig‘indisiga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi.



2-masala Fermer xo‘jaliklarida paxta ekin maydoni va bir gektardan olingan hosil bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:



t/r

Hosildorlik(x), s/ga

Ekin maydoni(f), ga

1

22

60,0

2

24

56,0

3

26

45,0

4

30

50,0

5

32

48,0




Download 118.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling