7-bob. Dinamika Qatorlari
Download 363.83 Kb.
|
7-mavzu lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.4. Dinamika qatorlarini o‘rganishning boshqa statistik metodlari 7.1. Dinamika qatorlari: mohiyati, tasnifi, tuzish qoidalari
- Dinamika qatorlari deb
7-BOB. Dinamika Qatorlari 7.1. Dinamika qatorlari: mohiyati, tasnifi, tuzish qoidalari 7.2. Dinamika qatorlarini statistik tahlil qilish ko‘rsatkichlari 7.3. Dinamika qatorlarini qayta ishlashni statistik usullari 7.4. Dinamika qatorlarini o‘rganishning boshqa statistik metodlari 7.1. Dinamika qatorlari: mohiyati, tasnifi, tuzish qoidalari Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy hodisa va jarayonlarni vaqt bo‘yicha o‘zgarishini o‘rganish juda muhim. Chunki, hodisalarni o‘z vaqtida o‘rganmaslik, kerak bo‘lganda firmaning faoliyati haqida muhim va taqdiriy qarorlarni vaqtida qabul qilmaslik uni og‘ir raqobat sharoitida nochorlikka olib kelishi mumkin. Firma va kompaniyalar faoliyati dinamikasini o‘rganishdan asosiy maqsad vaqt bo‘yicha rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash va o‘lchashdir. Bunga dinamika qatorlarini tuzish va tahlil qilish vositasi orqali erishiladi. Dinamika qatorlari deb, ijtimoiy hodisa va jarayonlarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishini tavsiflovchi sonlar qatoriga aytiladi. Dinamika qatorlarida ikki unsur (element) mavjud: 1) vaqt ko‘rsatkichi (t); 2) shu vaqtga tegishli daraja (U). Dinamika qatorlarida vaqt ko‘rsatkichi sifatida ma’lum bir payt (sana) yoki davr (oy, yil) olinishi mumkin. Dinamika qatorlarining darajalari ijtimoiy hodisalarning sonini, hajmini, miqdorini vaqt bo‘yicha o‘zgarishini o‘zida aks ettiradi va ular mutlaq, nisbiy va o‘rtacha miqdorlarda ifodalanadi. To‘g‘ri tuzilgan dinamika qatorlari solishtirma ko‘rsatkichlardan tashkil topadi. Qanday dinamika qatori to‘g‘ri tuzilgan qator deyiladi? Bu savolga javob berish uchun dinamika qatorlarini tuzishda quyidagi qoidalariga rioya qilish zarur: 1) dinamika qatorining uzunligini aniqlash. Vaqt qancha uzun bo‘lsa dinamika qatori shuncha yaroqli degan fikr mavjud. Lekin iqtisodiyot barqaror rivojlanmagan xolatda uzun dinamika qatorlarini qo‘llash maqsadga muvofiq emas, chunki unday dinamika qatori rivojlanishni turli etap(bosqich)larini qamrab oladi. Bunday sharoitda tahlil maqsadi rivojlanish etaplarini aniqlash bo‘lib qoladi; Lekin dinamika qatorlari qisqa muddatga ham tuzilishi maqsadga muvofiq emas. Ma’lumki, odatda 5 yildan kam vaqt ichida rivojlanish tendensiyalari yorqin namoyon bo‘lmaydi; 2) dinamika qatorlarining hadlar bir hil o‘lchov birliklarida berilishi kerak. Agar birinchi had so‘mda o‘lchangan bo‘lsa, qolgan hadlar ham shu o‘lchov birlikda baholanadi; 3) hadlarning hisoblangan aniqlik darajasi bir xil bo‘lishi, (0,1, 0,01, 0,001 va h.k.) zarur; 4) hamma hadlar bitta metodologiya bilan aniqlangan bo‘lishi kerak. Masalan, aholi dinamikasini o‘rganmoqchimiz. Ma’lumki, aholi mavjud aholi, doimiy aholi, vaqtincha yashovchilar va boshqa toifalarga bo‘linadi. Demak, qatorning birinchi hadida doimiy (yoki boshqa toifadagi) aholi soni berilsa, qolgan hadlarda ham faqat shu toifadagi aholi soni berilishi kerak; 5) dinamika qatorlarining ko‘rsatkichlari hudud bo‘yicha ham taqqoslama bo‘lishi shart. Masalan, Buxoro viloyati bo‘yicha keyingi 30 yilda erishilgan natijalarni tahlil qilish uchun dinamika qatorlari tuzildi. Bu tuzilgan qator hadlarini taqqoslash mumkin emas, chunki keyingi 30 yil ichida Buxoro viloyatining chegarasi bir necha marta o‘zgardi, ya’ni undan hozirgi kunda Navoiy viloyatiga qarashli tumanlar ajralib chiqdi, qo‘shildi va yana ajraldi. Demak, 30 yil uchun tuzilgan hadlarni taqqoslash uchun ularni hammasini Buxoro viloyatining yoxud yangi, yoxud eski hududi bo‘yicha hisoblash kerak; dinamika qatori ko‘rsatkichlari davrning uzun va qisqaligi bo‘yicha ham bir xil bo‘lishi kerak. Dinamika qatorlari hodisalarni tavsiflash vaqtiga qarab, payt(moment)li va davriy dinamika qatorlariga bo‘linadi. Paytli dinamika qatorlari o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni ma’lum bir aniq payt (moment)ga holatini ifodalaydi, aks ettiradi. Masalan, aholi soni, kassadagi pul qoldig‘ini faqatgina ma’lum paytga hisoblanadi, aniqrog‘i rasmga olinadi. Download 363.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling