7-mavzu. Alohida tartibda ish yuritish Alohida toifadagi ishlar tushunchasi va mohiyati
Download 30.89 Kb.
|
7-мавзу.маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar Bankrotlik tushunchasi va alomatlari Bankrotlik (iqtisodiy nochorlik)
7-MAVZU. Alohida tartibda ish yuritish 1. Alohida toifadagi ishlar tushunchasi va mohiyati Iqtisodiy sudlarda alohida toifadagi ishlar bo‘yicha ish yuritishning da’vo ishlarini yuritishdan farqli jihatlari va o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: birinchidan, alohida toifadagi ishlar bo‘yicha iqtisodiy sudda ish da’vo arizasi taqdim etish orqali emas, balki ariza berish orqali qo‘zg‘atiladi; ikkinchidan, alohida toifadagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar da’vo ishlarini yuritishda ishtirok etuvchi shaxslardan farq qiladi. Masalan, bunday toifadagi ishlarda taraflar (da’vogar va javobgar), uchinchi shaxslar ishtirok etmaydilar. Ish da’vogar tomonidan emas, balki arizachi tomonidan qo‘zg‘atiladi; uchinchidan, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlarda huquq to‘g‘risida nizo bo‘lmaydi, bunday ishlar bo‘yicha manfaatdor shaxslar ishga jalb qilinadilar (uchinchi shaxslar emas), shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar kelishuv bitimi tuza olmaydilar, manfaatdor shaxs yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan fakt mavjudligini tan olish imkoniyatiga ega emas va hokazo; to‘rtinchidan, bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar faqat iqtisodiy sudlar tomonidan IPKda nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha, bankrotlik to‘g‘risidagi qonunda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda ko‘riladi. Alohida toifadagi ishlarga yaxlit tushuncha berish mushkul, chunki yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash bilan bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarning umumiy jihatlari bo‘lishi bilan bir qatorda ularning o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. Shu sababli quyida har ikki alohida toifadagi ishlar bo‘yicha iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishning o‘ziga xos xususiyatlariga maxsus to‘xtalamiz. 2. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar Bankrotlik tushunchasi va alomatlari Bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) deganda iqtisodiy sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘liq hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuniga (bundan buyon – Qonun) muvofiq yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslar iqtisodiy sud tomonidan bankrot deb e’tirof etilishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkor (bundan buyon YTT) deb belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tib, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs hisoblanadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik YTT tomonidan mustaqil, mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi. YTT O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli. Umumiy qoidaga ko‘ra qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof etiladi. Qonunda alohida toifadagi qarzdorlarga nisbatan maxsus qoidalar ham belgilagan bo‘lib, ular ustuvor tarzda tatbiq etilishi kerak. Bunday maxsus qoidalar jumlasiga, xususan, shaharni tashkil etuvchi va unga tenglashtirilgan korxonalarni bankrot deb topish asoslari to‘g‘risidagi qoidalar kiradi. Download 30.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling