8-maʼruza. Novogalen preparatlar. Tirik organizmlardan olinadigan dori turlari va olish texnologiyasi


Download 52.23 Kb.
bet1/19
Sana02.06.2024
Hajmi52.23 Kb.
#1835903
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Novogalen preparatlar. Tirik organizmlardan olinadigan dori turlari va olish texnologiyasi


8-MAʼRUZA.
Novogalen preparatlar. Tirik organizmlardan olinadigan dori turlari va olish texnologiyasi.
Novogalen preparatlarini galen preparatlaridan farqi.
Novogalen preparatlarni olishdagi texnologik bosqichlar.
Ajratuvchilarga qoʻyiladigan talablar.
Ajratma olish usullari.
Ajratmani yot moddalardan tozalash.
Novogalen preparatlari

NOVOGALEN PREPARATLARI

  • Novogalen preparatlari 19-asr oxirida Germaniya va Fransiyada ishlab chiqarila boshlandi. Oʻsha vaqtlarga kelib, yurak qon tomiri kasalliklarida oʻsimliklardan olingan dori turlarini ishlatish imkoniyatlari qidirila boshlandi, lekin nastoyka va ekstraktlar taʼsir etish tezligi boʻyicha bu talabga javob bera olmas edi. Shuning uchun ularni inyeksion dori turi sifatida ishlatish dolzarb masalaga aylanib qoldi. Bizda yurak glikozidlari saqlovchi preparat adonilen birinchi marta 1923-yilda ishlab chiqarildi.

NOVOGALEN PREPARATLARI

  • Keyinchalik ishlab chiqarish texnologiyasi takomillasha borib, boshqa guruh biologik faol moddalar saqlovchi dorivor oʻsimliklardan novogalen preparatlari ishlab chiqarila boshlandi. Ular dorivor oʻsimliklardan olingan boʻlib, oʻz tarkibida taʼsir qiluvchi moddalar majmuasini tabiiy holda saqlaydigan va yot moddalardan toʻla tozalangan, turgʻinlashtirilgan boʻlib, taʼsir qiluvchi moddasi boʻyicha baholanadi. Bu bilan ular nastoyka va ekstraktlardan farq qiladi. Novogalen preparatlari taʼsiri boʻyicha toza moddalarga yaqin boʻlsa ham, terapevtik taʼsir qilishi koʻlami ancha kengligi, hamda taʼsir qiluvchi moddalar majmuasini saqlashi bilan galen preparatlarga yaqin turadi. Bu preparatlarni tayyorlash usullari xar biri oʻziga xos boʻlsada, asosan xom ashyo va ajratuvchini tayyorlash, ajratma olish, yot moddalardan tozalash, baholash va qadoqlash bosqichlaridan iborat boʻladi. Ajratma olishda avvalgi boʻlimlarda bayon etilgan hamma usullardan foydalanish mumkin. Oʻsimlik xom ashyolari Galen preparatlariga oʻxshash tayyorlanadi.

Download 52.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling