8 - ma’ruza
Uzatmalar. Mexanik uzatmalar haqida umumiy ma`lumotlar. Uzatmalarning asosiy parametrlari. Yuritmalarni kinematik hisoblash. Tishli uzatmalar. Umumiy ma’lumotlar. Tishli uzatmalarning geometriyasi va kinematikasi xususida qisqacha ma’lumotlar. Tishlarning yemirilish turlari. Tishli uzatmalarning ishchanlik qobilyati va hisoblash mezonlari.
2-soat
Ma’ruza rejasi:
Mexanik uzatmalar haqida umumiy ma`lumotlar
Uzatmalarning asosiy parametrlari, foydali ish koeffisiyenti, uzatish nisbati
Yuritmalar haqida qisqacha ma`lumot. Yuritmalarni kinematik hisoblash
Tishli uzatmalar. Geometriyasi va kinematikasi xususida qisqacha ma’lumotlar
Tayanch so’z va iboralar:
- Mexanik uzatmalarning asosiy parametrlari bilan tanishish va yuritmalarni kinematik hisoblashni o’rganish.
Mаqsаd:
Mexanik uzatma – dvigatel harakat parametrlarini mashina ijro etuvchi a’zolariga o‘zgartirib uzatadigan mexanizm (1-rasm). Dvigatel va ijro etuvchi mexanizm orasiga oraliq zveno sifatida uzatmaning kiritilishi turli vazifalarni hal etish bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, avtomobil va boshqa transport vositalarida tezlik qiymati va harakat yo‘nalishini o‘zgartirish, yuqoriga ko‘tarilishda va joyidan qo‘zg‘alishda yetakchi g‘ildiraklardagi aylantiruvchi momentni bir necha bor oshirish kerak bo‘ladi.
Avtomobil dvigatelining parametrlari bilan buni amalga oshirish mumkin emas, chunki dvigatel burovchi moment va burchak tezligi o‘zgarishining tor oralig‘ida barqaror ishlaydi. Bu oraliqdan chetga chiqilganda dvigatel to‘xtaydi (o‘chib qoladi). Elektrodvigatelni ham avtomobil dvigateliga o‘xshab boshqariladi.
Ba’zi hollarda uzatmalar aylanma harakatni ilgarilanma, vintsimon va boshqa turlarga o‘zgartirib beradi.
1-rasm. a - dvigatel, mexanik uzatma; b - mashinaning ijro
etuvchi a’zosining joylashishi
Mashinasozlikda mexanik, elektrik, gidravlik va pnevmatik uzatmalar ishlatiladi. Bulardan eng ko‘p tarqalgani mexanik uzatmalar. Ular boshqa uzatmalar bilan aralash holda ham qo‘llaniladi. «Mashina detallari» fanida faqat mexanik uzatmalar o‘rganiladi, ular ikki asosiy turga bo‘linadi: harakatni ishqalanish hisobiga uzatadigan (tasmali, friksion uzatmalar); ilashish hisobiga uzatadigan (tishli, chervyakli, zanjirli, vintli) uzatmalar.
Uzatmaning asosiy parametrlari quyidagilar. Har bir uzatmada (1, b-rasm) ikki asosiy val - kiruvchi - yetaklovchi va chiquvchi - yetaklanuvchi val bo‘ladi. Ko‘p pog‘onali uzatmalarda bu vallar orasida oraliq val joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |