Agrobiologiya
Download 1.15 Mb.
|
TOK KASALLIKLARI-Abduqodir
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karantin tadbirlari va kurash choralari .
O’ZBEKISTAN RESPUBLIKASI QISHLOQ XO’JALIGI VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI "AGROBIOLOGIYA" FAKULTETI «AGROKIMYO, O’SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH VA KARANTINI» KAFEDRASI
Mavzu: Tokning tillarang sarg’ayishi va unga qarshi kurash choralari Tayyorlagan: A. Madiyev Qabul qilgan: J. Hamudullayev Nukus-2019 Mavzu: Tokning tillarang sarg’ayishi va unga qarshi kurash choralari Kirish: Tokning sariq kasalligi. Karantin tadbirlari va kurash choralari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISH Respublikamiz qishloq xo’jaligining muhim tarmoqlari bo’lgan bog’dorchiliq va uzumchilikni yanada rivojlantirish, yetishtirilayotgan meva va uzum hosilining miqdori va sifatini oshirishning asosiy shartlaridan biri tok va mevali daraxtlarni zararli organizmlardan, jumladan kasalliklardan himoya qilishdir. Urug’li va danakli mevali daraxtlar, tok, yongok, anor va anjirda bir necha o‘nlab zamburug’, bakteriya, virus, fitoplazma va nematodalar qo’zg’atadigan infeksion kasalliklar mavjud bo’lib, ular hosilning ko’p qismini nobud qilishi mumkin. O’zbekistan iqlimi, xususan qish nisbatan iliq, bahor va yoz boshi sernam va iliq bo’lishi kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar qishda hayotchanligini saqlashi, o’simliklar o’suv davrida esa kasalliklar tarqalishi va rivojlanishi uchun juda qulay sharoit yaratadi. Natijada ba’zi kasalliklar (olma va nokning kalmaraz va un-shudring, Urug’li va danakli mevali daraxtlarning monilioz, barg buralish, o’rikning klyasterosporioz, tokning un-shudring va antraknoz, barcha mevali daraxtlarning kora rak, ildiz bug‘zi raki, sitrus ekinlarining gommoz, ildiz chirish kasalliklari va b.) har mavsumda va deyarli barcha bog’larda va uzumzorlarda qayd etiladi. Kurash choralari o‘tkazilmagan hollarda bu kasalliklarning ba’zilari (misol uchun, bexining monilioz va tokning un-shudring kasalliklari va ba’zi boshkalar) Hosil butunlay yo’qotilishiga olib keladi. Kurash chora-tadbirlari bog’ va uzumzor yaratish uchun joy tanlash, sog‘lom ko’chat va nihollar ekishdan boshlanadi, o‘sayotgan tok va mevali daraxtlarni himoya qilish faoliyati esa kasalliklar tarqalishi va rivojlanishini mavsum davomida kuzatishlar o‘tkazish va ularning natijalarini tahlil qilish asosida tashkil etiladi. Kurash choralari o‘z ichiga genetik-seleksion (chidamli navlar yaratish va qo‘llash), agrotexnik va sanitar-gigienik (kasal va qurigan poya, shox va novdalarni kesib olish, toklarni xomtok qilish, bog’ va tokzorlarmi begona o‘tlar va xas-xashaklardan toza tutish va h.) va kimyoviy (fungitsid, bakteritsidlar va kasallik tashuvchi hasharotlarga qarshi insektitsid qo‘llash) usullarni oladi. Kasalliklar har yili kuzatiladigan va kuchli rivojlaiadigan mintaqa yoki ayrim joylarda profilaktik va qirib yo’qotuvchi kurash choralari qo‘llaniladi. Qo‘llanmada mevali daraxtlar, tok, anor va anjirning infeksion va noinfeksion kasalliklari, yuqumli kasalliklarning geografik tarqalishi, belgilari, qo’zg’atuvchilarning tashxislari, kasalliklarning zarari va rivojlanish sikllari, meva va uzumning omborxonalarda saqlash paytida uchraydigan kasalliklari hamda kasalliklarga qarshi tavsiya qilingan zamonaviy kurash chora- tadbirlari keltirilgan. Bu kasalliklarning aksariyati O‘zbekistonda keng yoki muayyan darajada tarqalgan, ba’zilari qayd etilmagan, ammo ularning uchrash ehtimoli bor. Qo‘llanmada O‘zbekistonga kirish xavfi bo’lgan mevali, yongok mevali daraxtlar va tokning karantin kasalliklari ham yoritilgan. Kitob 12 bobdan iborat. Uning tarkibiga 20 ta jadval, 167 ta (jumladan 142 ta rangli) fototasvir va 4 ta ilova kiritilgan. Mevali daraxtlar va tokni kasalliklardan himoya qilishda O‘zbekistonda ishlatishga ruxsat qilingan fungitsid, gerbitsid va meva omborxonalarida ishlatiladigan insektitsidlar ro‘yxati 1-ilovada, kitobda keltirilgan mevali daraxtlar,sitrus ekinlari va tok turlarining o‘zbekcha, ruscha va lotincha nomlari 2-ilovada, kitobda ishlatilgan maxsus atamalarning izohli lugati 3-ilovada va mikroorganizmlar lotincha nomlarining ko‘rsatkichi 4-ilovada berilgan. Havola etilayotgan ushbu qullanma raxbarlar, bog’dorchilik va uzumchilik sohasi mutaxasislari, oliy va o‘rta o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, talabalari, ilmiy xodimlar hamda meva va uzum etishtiruvchi xavaskorlarga mo‘ljallangan. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling