Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Download 7.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/22
Sana16.02.2017
Hajmi7.17 Kb.
#580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22

ЧИСЛО  МАХА  –  Max  soni;  siqiluvchan  suyuqlikning  harakat  rejimini  xarakterlovchi  o’lchamsiz 
miqdor  bo’lib,  u  shu  masalaga  mos  jism  yoki  suyuqlik  tezligi  miqdorining  siqiluvchan  suyuqlikdagi 
tovush tezligiga nisbatiga teng bo’lgan son: M=v/v
зв

ЧИСЛО  РЕЙНОЛЬДСА  (Re)  –  Reynold  soni  (Re);  qovushoq  suyuqlik  harakati  rejimini  ifodalovchi 
o’lchamsiz  miqdor  bo’lib,  u  berilgan  masaladagi  v  o’rtacha  tezlik  va  l  masofa  ko’paytmasining 
 
kinematik  qovushoqlik  koeffisi-yentiga  nisbatiga  teng,  ya’nu  Re=vl/
  Izoh:  1.  Berilgan  sharoitda 
suyuqlikning  turbulent  harakatidan  laminar  harakatiga  yoki  uning  laminar  harakatidan  turbulent 
harakatiga  otish  momentini  ifodalovchi  Reynolds  sonining  qiymati  «Reynoldsning  kritik  soni»  deb 
ataladi.  2.  Agar,  zarur  bo’lganda,  suyuqlikning  turbulent  harakatidan  laminar  harakatiga  yoki  uning 
laminar  harakatidan  turbulent  harakatiga  otishi  joyi  borligini  ta’kidlash  lozim  bo’lsa,  u  holda  mos 
ravishda  «Reynoldsning  kritik  sonidan  quyi»  va  «Reynoldsning  kritik  sonidan  yuqori»  degan  atama 
qo’llaniladi. 
ЧИСЛО  СТРУХАЛЯ  –  Struxal  soni;  f  chastota  va  l  chiziqli  o’lchov  ko’paytmasining  v  tezlik 
miqdoriga nisbatiga teng o’lchamsiz son: Sh = f L v.  
ЧИСЛО  ФРУДА  –  Frud  soni;  massaviy  kuchlar  ta’sirini  ifodalovchi  yoki  dinamik  o’xshashlik 
mezonini harakterlovchi o’lchamsiz miqdor bo’lib, u berilgan masaladagi v
2
 - o’rtacha tezlik kvadratining 
g - ogirlik kuchi tezlanishining shu masalaga taalluqli l uzunlikka ko’patmasiga nisbatiga teng, ya’ni Fr= 
v
2
/(gl).  Izoh:  Reynolds  va  Frud  sonlari  suyuqlik  harakatining  dinamik  o’zshashligi  kriteriyalari 
hisoblanadi. 
ЧИСЛО  ЭЙЛЕРА  –  Eyler  soni;  ba’zi  hollarda  dinamik  o’xshashlik  mezoni  sifatida  foydalaniladigan 
2
Eu
v
p


 o’lchamsiz son (ifoda), bunda qaralayotgan oqimga taalluqli p – bosim (yoki bosim tushishi), ρ 
va v – mos ravishda suyuqlikning zichligi va tezligi.  
ЭФФЕКТ  МАГНУСА  –  Magnus  effekti;  bu  havo  oqimidagi  qattiq  jism  atrofida  havo  sirkulyatsiyasi 
natijasida ko‘taruv-chi kuchning paydo bo‘lishi. 
 
 
1.7. NAZORAT TURLARI BO’YICHA NAMUNAVIY SAVOLLAR 
 
1-Joriy nazorat savollari 
 
1.  Gidravlika fani nimani o’rganadi va uning asosiy masalalari qanday? 
2.  Gidravlikaning rivojlanish tarixi to’g’risida nimalarni bilasiz? 
3.  Gidravlikaning zamonaviy bosqichi va uning boshqa fanlar bilan bog’liqligini ayting. 

 
14
4.  Suyuqlik va gazlarning asosiy fizik xossalarini ayting. Ularning har biriga ta’rif bering. 
5.  Suyuqlikning  siqiluvchanligi  deb  nimaga  aytiladi?  Hajmiy  siqilish  koeffisiyenti  uchun  formulani 
yozing va uning fizik ma’nosini ochib bering. 
6.  Suyuqlikning ichki ishqalanishi kuchlari uchun formulani (Nyutonning qovushoqlik qonunini) yozing. 
Bu formulaga kirgan barcha miqdorlarning fizik ma’nosini ayting. 
7.  Suyuqlikning kinematik  va dinamik qovushoqlik  koeffisiyentlari orasidagi qanday o’zaro bog’lanish 
mavjud? Bu koeffisiyentlarning o’lchov birliklarini chiqaring. 
8.  Suyuqlikning maxsus xossalarini ayting. 
9.  Suyuqlikning murakkab modellaridan qaysilarini bilasiz? 
10.  Qovushoq-plastik suyuqliklar va ularning xossalarini ayting. 
11. Gidrostatik bosim va uning xossalari. Gidrostatik bosim turlari. 
12. Gidrostatikaning asosiy tenglamasini chiqaring. 
13. Sath sirti deb nimaga aytiladi? Sath sirti tenglamasini yozing. 
14. Paskal  qonuning  mazmuni  nimadan  iborat  va  u  gidrostatikaning  asosiy  tenglamasi  bilan  qanday 
bog’liqlikka ega? Qanday gidravlik uskunalarning ishlash jarayoni Paskal qonuniga asoslangan? 
15. Tekis devorga ta’sir etuvchi yig’indi gidrostatik bosim kuchi qanday aniqlanadi? Bosim markazi deb 
nimaga  aytiladi?  Bosim  markazi  qanday  joylashgan?  Bosim  markazi  oqirlik  markazi  va  devorning 
ho’llanish  sirti  markaziga  nisbatan  qanday  joylashgan?  Bosim  markazi  joylashishi  aniqlanadigan 
formulani keltiring, unga kirgan barcha parametrlarni izohlang. 
16. Gorizontal tekis devorga ta’sir etuvchi kuch qanday aniqlanadi? «Gidrostatik paradoks»ning mazmuni 
nimadan iborat? 
17. Egri  chiziqli  (silindrik)  sirtga  ta’sir  etuvchi  bosimning  gorizontal  va  vertikal  tashkil  etuvchilari 
qanday aniqlanadi? Bu formulalarni chiqaring.  
18. Egri chiziqli sirtga ta’sir etuvchi to’la  yig’indi  bosimga teng kuchli  bosim qo’yilgan  nuqta va uning 
yo’nalishi qanday aniqlanadi? 
19. Arximed qonuning mazmuni nimadan iborat? Jismning cho’kish chuqurligi va uni siqib chiqargan suv 
hajmi haqida nimalar bilasiz?  
20. Suyuqlikda  suzuvchi  jismning  muvozanat  shartlari  va  chayqalmaslik  sharti  qanday?  Metomarkaz 
nima? 
21. Suyuqlik harakati turlari. Suyuqlik harakatining asosiy turlariga ta’rif bering va misollar keltiring. 
22. Suyuqlik oqimining asosiy gidravlik xarakteristikalarini ayting. 
23. Uzviylik tenglamasining ma’nosini tushuntiring. 
24. Kesimdagi  to’la  gidrodinamik  napor  tushunchasiga  ta’rif  bering.  Gidrodinamik  napor  ifodasiga 
kiruvchi  har  bir  hadga  izoh  bering: to’la  naporning  ifodasiga kiruvchi  har  bir  hadning geometrik  va 
energetik  talqinini  ayting.  To’la  gidrodinamik  naporni  tashkil  etuvchi  barcha  hadlarning  o’lchov 
birliklari qanday? 
25. Real  suyuqlik  oqimi  uchun  D.Bernulli  tenglamasini  yozing.  Bu  tenglamaga  kiruvchi  har  bir  hadga 
izoh bering. 
26. D.Bernulli tenglamasini keltirib chiqaring. 
27. D.Bernulli  tenglamasini  tahlil  qila  turib,  tezlik  va  bosim  orasidagi  o’zaro  bog’lanish  ifodasini 
chiqaring. 
28. Kesim bo’yicha tezliklar taqsimotining tekis emasligi nimadan va u D.Bernulli tenglamasida qanday 
hisobga olingan? 
29. Real  suyuqlik  oqimi  uchun  D.Bernulli  tenglamasidagi  koeffisiyent  qanday  fizik  ma’noga  ega?  U 
nimalardan topiladi? 
30. Real  suyuqlik  oqimi  uchun  uning  naporli  quvurlardagi  va  ochiq  o’zanlardagi  tekis  harakatida 
D.Bernulli tenglamasini qanday soddalashtirish mumkin? 
31. Venturi  suv  o’lchagichining  ishlash  tamoyili  nimalardan  iborat?  Venturi  suv  o’lchagichi  yordamida 
sarfni aniqlashning formulasini chiqaring. 
32. Asosiy suv o’lchagich asboblar turlarini sanang va ularning ishlash tamoyillarini tavsiflang. 
33. Gidravlik  va  pyezometrik  nishablik  (qiyalik)  deb  nimaga  aytiladi?  Qanday  holda  gidravlik  qiyalik  
pyezometrik qiyalik bilan mos tushadi? 
34. Tekis harakatda naporli va pyezometrik chiziqlar qanday geometrik ko’rinishga ega bo’ladi? Qanday 
hollarda bu chiziqlar bir biriga yaqinlashadi va bir biridan uzoqlashadi? 

 
15 
35. Gidravlik  radius  deb  nimaga  aytiladi  va  uning  quvur  diametri  bilan  munosabati  qanday?  Sizga 
ma’lum bo’lgan gidravlik radius ishtirokidagi formulalarni yozing. 
36. Tabiatda suyuqlik harakatining qanday tartiblari  mavjud? Bu  harakat tartiblarini tavsiflang.  Aniq bir 
holatda suyuqlik harakatining tartibi qanday aniqlanadi? Suyuqlik harakatining tartibini o’rganishning 
zarurati nimada? 
37. Suyuqlik  harakatining  tartibi  oqimning  qanday  xarakteristikalaridan  bog’liq?  Laminar  va  turbulent 
harakatda suyuqlik oqimi naporining yo’qolishi va tezligi orasida qanday bog’lanish bor? 
38. Doiraviy  quvurda  suyuqlik  oqimining  jonli  kesimi  bo’ylab  tezliklarning  notekis  taqsimlanishi 
suyuqlik harakatining qaysi tartibida (laminar yoki turbulent) kuzatiladi va nima uchun? 
39. Oqimning uzunligi bo’ylab naporning yo’qolishini aniqlash uchun hisob formulalarini keltiring. 
40. Darsi  formulasini  yozing.  Bunda  gidravlik  ishqalanish  koeffisiyenti  nimadan  bog’liq?  Barcha 
qarshilik  sohalarini  sanab  o’ting,  ularning  har  biri  qachon  o’rinli  va  bu  sohalar  doirasida  gidravlik 
ishqalanish koeffisiyenti qaysi omillardan bog’liq? 
41. Quvurda laminar oqim tartibida napor yo’qolishi qanday aniqlanadi? 
42. Qanday  quvur  gidravlik  silliq  deb  ataladi?  Gidravlik  silliq  quvurning  uzunligi  bo’ylab  naporning 
yo’qolishi qaysi omillardan bog’liq? 
43. Turbulent tartibli harakatda gidravlik ishqalanish koeffisiyenti qaysi omillardan bog’liq? 
44. Qarshilikning kvadratik sohasi deb nimaga aytiladi? 
45. Shezi  formulasini  yozing,  uning  barcha  parametrlarini,  bu  formuladan  kelib  chiquvchi  barcha  hisob 
bog’lanishlarini  (sarf  uchun,  gidravlik  qiyalik  uchun,  uzunlik  bo’ylab  naporning  yo’qolishi  uchun) 
izohlang. Shezi koeffisiyentining o’lchov birligi qanday? 
46. Shezi  koeffisiyenti  va  gidravlik  ishqalanish  koeffisiyenti  o’zaro  qanday  bog’langan?  Bu 
koeefisiyentlarning o’lchov birliklari qanday? 
47. Shezi koeffisiyenti va gidravlik ishqalanish koeffisiyentining o’zaro bog’lanish ifodasini chiqaring. 
48. Mahalliy qarshilik deb nimaga aytiladi? Mahalliy qarshilikda naporning yo’qolishi nima sababdan? 
49. Quvurning qo’qqisdan kengayishida naporning yo’qolishi qanday ifodalanadi? 
 
2-Joriy nazorat savollari 
 
1.  Naporli quvurlar hisobining asosiy formulalarini keltiring. 
2.  Qanday  miqdor  sarf  xarakteristikasi  yoki  sarf  moduli  deb  ataladi?  Sarf  xarakteristikasi  qaysi 
formuladan aniqlanadi va uning o’lchov birligi qanday? Bu miqdorning fizik manosi qanday? 
3.  Sodda  quvur  dem  nimaga  aytiladi,  uning  hisobida  qanday  asosiy  masalalar  uchraydi  va  ular  qanday 
yechiladi? 
4.  Diametrlari har xil bir necha quvurlardan tashkil topgan sodda quvurning hisobi uslubini keltiring. 
5.  Qisqa va uzun quvurlar hisobida qanday farqlar bor? 
6.  Yopiq  suv  quvurlari  hisobida  magistral  quvurlar  bo’laklari  va  ularning  tarmoqlari  diametrini 
aniqlashning uslubida nima farq bor? 
7.  Quvurlarning parallel va ketma-ket ulanishi hisobi uslubini tushuntiring. 
8.  Quvurlarning qanday ulanishi parallel ulanish deb ataladi? Parallel ulangan quvurlar hisobi nimalarga 
asoslangan? Quvurlar parallel ulanishining hisob formulalarini keltiring. 
9.  Parallel  quvurlar  tarmoqlari  bo’ylab  umumiy  sarf  qanday  taqsimlanadi  (har  ikkala  tarmoqdagi 
quvurlar  diametrlari  bir  xil,  har  xil  va  bir  tarmoq  quvurining  uzunligi  ikkinchisinikidan  to’rt  marta 
katta bo’lgan holatlarni izohlang)? 
10. Gidravlik  zarba  deb  nimaga  aytiladi?  To’g’ri  chiziqli  gidravlik  zarbada  bosimning  oshishi  hisobi 
uchun  formulani  yozing.  Bu  formulaga  kirgan  har  bir  parametrga  izoh  bering.  Qanday  holatda 
gidravlik  zarba  to’g’ri  chiziqli  emas  deb  ataladi?  To’g’ri  chiziqli  bo’lmagan  gidravlik  zarbada 
bosimning  oshishi  qaysi  hisob  formulasidan  aniqlanadi?  Gidravlik  zarbaga  qarshi  qanday  asosiy 
choralar qo’llaniladi? 
11. Jo’mrakning  yopilishi  jarayonida  ma’lum  vaqt  oralig’ida  quvurdagi  bosim  oshishini  qanday  topish 
mumkin? 
12. Suyuqlikning  teshikdan  va  nasadkadan  oqishida  sarfni  aniqlashning  formulasini  chiqaring.  Bu 
formulaga kirgan har bir hadga izoh bering. 

 
16
13. Teshikdan  oqishda  sarf,  tezlik,  siqilish  va  qarshilik  koeffisiyentlari  orasida  qanday  bog’lanish 
mavjud? Bu koeffisiyentlarning fizik ma’nosini ayting. 
14. Bir  xil  naporli  yupqa  devorli  idishning  kichik  doiraviy  kesimli  teshigi  va  unga  ulangan  normal 
uzunlikli  tashqi  silindrik  nasadka  orqali  suyuqlikning  oqishida  sarf  va  tezlik  qanday  aniqlanadi? 
Natijalar qanday taqqoslanadi? 
15. Tashqi  kengayuvchan  silindrik  va  konussimon  nasadkalar  orqali  suyuqlikning  oqishida  vakuumning 
hosil bo’lishini L.Bernulli tenglamasidan foydalangan holda izohlang. Bu ikki xil nasadkalardan qaysi 
birida kattaroq vakuum kuzatiladi? 
16. Kirish  kesimining  yuzasi  bir  xil  bo’lgan  ikkita  tashqi  kengayuvchan  silindrik  va  konussimon 
nasadkalar orqali suyuqlikning oqishida qaysi biri suvni ko’p o’tkazish xususiyatiga ega bo’ladi? 
17. Ko’ndalang  kesimlari  bir  xil,  ammo  uzunliklari  1,6  sm  va  4  sm  bo’lgan  nasadkalardan  qaysi  biri 
suyuqlik oqimini ko’proq o’tkazish xususiyatiga ega?  
18. Teshik va nasadkadan oqishda rezervuardan oqish vaqtining o’zishi uchun formulani chiqaring. 
19.  Suv  bilan  to’ldirilgan  ikkita  silindrik  idish  bir  xil  tubiga  va  undagi  suvning  bir  xil  sathiga  ega. 
Idishlardan  biring  teshigi  tubi  markazida  ikkinchisiniki  esa  devoriga  yaqin  tubida  joylashgan.  Agar 
teshiklarning yuzalari bir xil bo’lsa, qaysi bir idishdan suv tezroq oqib ketadi? Bunday holat bo’lishini 
izohlang. 
20. Agar  vertikal  silindrik  idishdagi  suvning  sathini  ikki  marta  kattalashtirsak  va  idish  tubining  yuzasini 
ikki  marta  kamaytirsak  idishning  tubidagi  teshik  orqali  suvning  oqib  chiqib  ketish  vaqti  qanday 
o’zgaradi? 
21. Ochiq  o’zanlarda  suyuqlikning  tekis  harakatiga  ta’rif  bering. Tekis  harakatda  gidravlik  hisob  uchun 
asosiy tenglamani keltiring. 
22. Kanal  ko’ndalang  kesimining  asosiy  shakllarini  sanab  o’ting.  Jonli  kesimi  trapeseidal  bo’lgan 
o’zanning gidravlik elementlarini hisoblash formulalarini yozing. 
23. Kanallar hisobi bo’yicha asosiy masalalar va ularni yechish usullarini sanab o’ting. 
24. Kanalning suv bilan to’ldirilish chuqurligi va bunday kanalda suv harakatning o’rtacha tezligi qanday 
aniqlanadi? 
25. Agar  kanaldagi  suv  sarfi,  kanal  tubining  nishabligi,  uning  to’ldirilish  chuqurligi,  o’zan  devorining 
g’adir-budirligi  va sapchib qaytish  miqdorining koeffisiyenti  berilgan  bo’lsa, u  holda kanal tubining 
kenligi qanday aniqlanadi? 
26. O’zanning  gidravlik  ko’rsatgichi  deb  nimaga  aytiladi  va  u  qanday  hisoblanadi?  O’zanning  gidravlik 
ko’rsatgichi yordamida kanalning to’ldirilish chuqurligi qanday aniqlanadi? 
27. Kanalning  eng  qulay  ko’ndalang  gidravlik  kesimi  tushunchasiga  ta’rif  bering.  Kanalning  eng  qulay 
ko’ndalang  gidravlik  kesimida  kanal  tubining  kengligi  va  uning  to’ldirilish  chuqurligi  orasidagi 
munosabat qaysi formuladan aniqlanadi? 
28. Ochiq o’zanlarda suyuqlikning notekis harakati qachon kuzatiladi? Qanday holatlarda oqimning quyi 
tarafiga qarab oqim chuqurligi kamayib boradi yoki o’sib boradi? 
29. Kesimning  solishtirma  energiyasi  tushunchasiga  ta’rif  bering.  Kesimning  solishtirma  energiyasi 
miqdori  uchun  ifodani  yozing.  Kesimning  solishtirma  energiyasi  grafigi  chizing.  Soqin  va  jo’shqin 
oqimning  chuqurligini  grafikda  tasvirlang.  Soqin  va  jo’shqin  oqimlarda  chuqurlikning  oshishi  bilan 
kesim solishtirma energiyasi qanday o’zgaradi? 
30. Qaralayotgan  kesimdagi  oqimning  to’la  solishtirma  energiyasi  va  kesimning  solishtirma  energiyasi 
o’rtasida qanday juziy farq bor? 
31. Qanday chuqurlik kritik chuqurlik deb ataladi va u qanday aniqlanadi? 
32. Oqim kritik chuqurligini hisoblashning umumiy formulasini chiqaring. 
33. O’zan  ko’ndalang  kesimi  to’g’ri  to’rtburchak  bo’lgan  hol  uchun  oqimning  kritik  chuqurligini 
hisoblash formulasini chiqaring. 
34. O’zan uchun kritik nishablik deb nimaga aytiladi va uning miqdori qanday aniqlanadi? 
35. Qanday  harakat  sokin  deb  ataladi?  Qanday  harakat  jo’shqin  deb  ataladi?  Oqim  harakatining  holati 
qanday aniqlanadi? 
36. Reynolds soni va Frud soni uchun formulalarni yozing. Bu parametrlarning o’lchov birliklari qanday? 
Ularning amaliy ahamiyati nimada? 

 
17 
37. Prizmatik  o’zanda  suyuqlik  notekis,  barqaror,  ravon  o’zgaruvchan  harakatining  differensial 
tenglamasi  tahlilini  keltiring.  Shu  tahlil  asosida  harakatning  notekis  tartibida  oqim  chuqurligining 
o’zgarish qoidasini tuzng. 
38. Barqaror  notekis  harakatda  oqim  erkin  sirtining  egri  chiziqli  ko’rinishlarini  sanab  o’ting.  Ularni 
misollarda izohlang. 
39. Gidravlik  sakrash  deb  nimaga  aytiladi?  Chuqurlik  qo’shmasi  deb  nimaga  aytiladi?  To’g’ri 
to’rtburchakli  o’zan  uchun  chuqurlik  qo’shmasi  formulasini  yozing.Qaysi  holatlarda  gidravlik 
sakrashning o’ta chiqqan (kritik), ko’milgan va uzoqqa haydalgan joylari paydo bo’ladi? 
40. Oqova  deb  nimaga  aytiladi?  Oqovaning  turlarini  izohlang.  Oqova  orqali  sarfni  aniqlashning  hisob 
formulasini yozing. Bu formulaga kiruvchi barcha parametrlarni izohlang. 
41. Filtrasiya  deb  nimaga  aytiladi?  Filtrasiya  koeffisiyenti  deb  nimaga  aytiladi?  Laminar  va  turbulent 
filtrasiyalarning qanday farqlari bor? 
42. Laminar va turbulent tartiblar uchun tekis harakatda tuproq qatlami oqimining tezligi va sarfi qanday 
aniqlanadi? 
 
1-oraliq nazorat savollari 
 
1. 
Gidravlika fani tushunchalari.  
2. 
Gidravlika fanining rivojlanish tarixi. 
3. 
Suyuqlikning fizik xarakteristikalari. 
4. 
Suyuqlikning fizik xossalari va ularning amaliy tadbiqlari. 
5. 
Bosimning fizik ma’nosi. 
6. 
Barometrik bosim. 
7. 
Absolyut va ortiqcha bosim. Vakuum. 
8. 
Bosim o’lchagich asboblar. 
9. 
Suyuqlikning asosiy xossalari: uzviylik, oquvchanlik, siqiluvchanlik, qovushoqlik. 
10.  Tomchili suyuqliklar. 
11.  Reologiya. Nyuton reologiyasi, reologiya qonuni. 
12.  Ideal va real suyuqliklar tushunchasi. Dinamik qovushoqlik koeffisiyenti. 
13.  Qovushoq suyuqliklarning oqish xususiyatlari. Kinematik qovushoqlik koeffisiyenti va uni aniqlash 
usullari. 
14.  Gidravlik bosim, uning xossalari. Gidravlik bosim kuchi tushunchasi. 
15.  Paskal qonuni. 
16.  Atmosfera bosimi. Barometrik formula. 
17.  Uzviylik tenglamasi. Sarf tenglamasi. 
18.  Gidrostatikaning asosiy qonuni. 
19.  Gidrostatikaning differensial tenglamasi. 
20.  Suyuqlikka ta’sir etuvchi kuchlar. 
21.  Sath sirti tenglamasi. 
22.  Suyuqlikning muvozanat sharti. Hajmiy kuchlar potensiali. 
23.  Aralashmaydigan suyuqliklar muvozanati. Ularning ajralish sirti. 
24.  Nisbiy muvozanat. Suyuqlikning harakatlanayotgan idishdagi muvozanati. 
25.  Suyuqlik bosimi. Bosim markazi. 
26.  Egri sirtga ta’sir etuvchi bosim. 
27.  Jonli kesim. 
28.  Ho’llanish perimetri. 
29.  Gidravlik radius. Gidravlik diametr. 
30.  Absolyut va ortiqcha bosimlar. Gidrostatikaning asosiy tenglamalari. 
31.  Suyuqlikning tekis gorizontal sirtga bosimi, gidravlik paradoks. 
32.  Jismning suyuqlikda suzish nazariyasi. Suzish sharti. Arximed qonuni. 
33.  Sushayotgan jismning ustivorligi. Ustivorlik sharti. 
34.  Suzayotgan jismning ustivorligini oshirish uslublari. 
35.  Gidrodinamika asoslari. Suyuqlikning harakati turlari. Reynolds soni. 
36.  Suyuqlik oqimining sharrachali modeli. Oqimning kinematik elementlari. 

 
18
37.  Suyuqlik sarfi. Sarf turlari, ularning o’lchov birliklari va analitik ifodalari. 
38.  Oqimning o’rtacha tezligi tushunchasi. Sharrachaning uzviylik tenglamasi. 
39.  Ideal suyuqlikning elementar sharrachasi uchun D.Bernulli tenglamasi. 
40.  D.Bernulli tenglamasining energetik ma’nosi. 
41.  Real suyuqlik oqimi uchun D.Bernulli tenglamasi, uning geometrik talqini. 
42.  Gidravlik qarshilik turlari. 
43.  Veysbax formulasi bo’yicha taziyq (napor)ning yo’qolishini aniqlash. 
44.  Sodda quvurlar hisobi uslubi. 
45.  Gidravlik bosim o’lchagich asboblar. Pyezometrining tuzilishi, ishlash tizimi va qo’llanilishi. 
46.  Suyuq manometrning tuzilishi, ishlash tizimi va qo’llanilishi. 
47.  Suyuq vakuummetrning tuzilishi, ishlash tizimi va qo’llanilishi. 
48.  Oqim chizig’i. Oqim sharrachasi. Oqim chizig’i tenglamasi. 
49.  D.Bernulli tenglamasi va uning fizik ma’nosi. Bu tenglamaning geometrik va energetik talqini. 
50.  Qovushoq suyuqlikning elementar sharrachasi uchun D.Bernulli tenglamasi. 
51.  Gidravlik qiyalik. O’rtacha gidravlik qiyalik. 
52.  Pyezometrik qiyalik. 
53.  Pyezometrik chiziq. 
54.  Eyler tenglamasi. 
55.  Gidravlik qarshilik turlari. 
56.  Oqimning laminar va turbulent tartibi. 
57.  Reynolds soni. Reynoldsning kritik soni. 
58.  Gidrodinamik o’xshashlik. 
59.  Darsi–Veysbax formulasi. Veysbax formulasi. 
 
2-oraliq nazorat savollari 
 
1. 
Suyuqlikning kichik teshik orqali oqish xususiyatlari. 
2. 
Suyuqlikning kichik teshik orqali oqish tenglamasi. 
3. 
Nasadkalar turlari va ularning texnikada qo’llanilishi. 
4. 
Quvurdagi gidrozarba. Gidrozarba nazariyasi. 
5. 
Gidrotaranning tuzilishi, ishlash tizimi va qo’llanilishi. 
6. 
Taziyq (napor)ning yo’qotilishi haqida tushuncha. 
7. 
Laminar oqimda quvurning ko’ndalang kesimi bo’ylab tezlikning taqsimlanishi. 
8. 
Laminar oqimda o’rtacha va maksimal tezliklar nisbati. 
9. 
Doiraviy  quvurda  ishqalanish  hisobiga  taziyq  (napor)ning  yo’qotilishi.  Puazeyl–Gagen  formulasi 
(=64/Re). 
10.  Turbulent oqim. 
11.  Nikuradze tajribalari. 
12.  G’adir-budirlik tushunchasi. Nisbiy g’adir-budirlik. 
13.  Taziyq gidravlik yo’qotilishi koeffisiyentining Reynolds sonidan bog’liqligi. 
14.  To’la g’adir-budir quvurlar tushunchasi. 
15.  Qanday hollarda quvurdagi oqim gidravlik silliq deb ataladi? 
16.  Blazius formulasi (=0,3161/Re
0,25
), u qachon qo’llaniladi? 
17.  Shifrinson  formulasi (=0,11(k/d)
0,25
). U qanday hollarda qo’llaniladi? 
18.  Mahalliy qarshilik turlari. 
19.  Mahalliy qarshilikdan o’tishda taziyq yo’qotilishining tezlikdan bog’liqligi. 
20.  Qo’qqisdan kengayish. Mahalliy qarshilik koeffisiyentini hisoblash formulasi. 
21.  Bord formulasi. 
22.  Qo’qqisdan torayish. Sharrachaning siqilish koeffisiyenti. 
Download 7.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling