Atom. Atom tuzilishi haqidagi bilimlarning rivojlanish tarixi O’rganiladigan tushunchalar


Download 7.84 Mb.
bet1/3
Sana21.10.2023
Hajmi7.84 Mb.
#1714652
  1   2   3
Bog'liq
7-sinf 12-mavzu Atom

Atom. Atom tuzilishi haqidagi bilimlarning rivojlanish tarixi

O’rganiladigan tushunchalar:

  • Atom tuzilishi haqidagi bilimlarning rivojlanish tarixi
  • Demokrit ta’limoti
  • Sharq mutaffakirlarining qarashlari
  • J.Dalton, M.V.Lomonosov ta’limotlari

Asosiy tushunchalar Atom atamasi qadimgi yunon tilida "atomos" "bo'linmas ma'nosini bildiradi. Demokritning fikricha, materiya diskretdir. Aristotel fikricha, materiya uzluksiz. Atomlar yo'qolmaydi, qayta joylanadi. Atomlar protonlar, elektronlar va neytronlar deb ataladigan kichik zarrachalardan tuzilgan. Shunday qilib, atomlar bo'linadi va moddaning eng kichik zarrasi emas.

Atom atamasi qadimgi yunon tilida "atomos" "bo'linmas" maʼnosidagi so'zdan olingan bo'lib, kelib chiqishi qadimgi yunon faylasuflarining moddaning eng kichik bo'linmas zarrasi haqidagi fikrlariga borib taqaladi. Levkipp (miloddan avvalgi 500-200-yillar) dunyo eng kichik zarralar va bo'shliqdan iborat, deb ta'kidlagan.

Demokrit (Aflotun) (mil.av. 460-370-yillar) moddalar mayda bo'linmas zarrachalardan iborat deb hisoblagan. Agar mis bo'lagi mayda-mayda bo'laklarga bo'linaversa, u oxiri bo'lib bo'lmaydigan nuqtaga yetadi. Demokrit shu zarralarni atomlar deb atagan. Uning fikricha, materiya diskretdir.

Boshqa tomondan, Aristotel (Arastu) (miloddan avvalgi 384-322) materiya uzluksiz ekanini ta'kidlagan.

Ar-Rozly Aristotelning to'rt unsur haqidagi nazariyasini alkimyoning bosh nazariyasi - atomistik g'oyalar bilan birlashtirgan. Ar-Roziyning "Sirlar kitobi" asari olam va uning kelib chiqishi haqidagi tasavvurlar bilan boshlanadi. Ar-Roziy moddalar abadiy va o'zgarmas zarrachalar (ya'ni atomlar) va ular orasidagi boʻshliqlardan iborat, bu zarrachalar, albatta, o'z o'lchamlariga ega, deya ta'kidlaydi.

Ibn Sino Arastuning tabiat falsafasini himoya qilgan. Beruniy esa Ibn Sinoga e'tiroz bildirgan. Ularning bahsi asosan Arastu tabiat falsafasining muhim masalalaridan biri jismlaming cheksiz bo'linishi bo'yicha boʻlgan. Bu borada Beruniyning Ibn Sinoga qarshi chiqqanini ko'rgan ayrim mualliflar uni Demokrit atomizmining tarafdori degan xulosaga kelganlar.


Download 7.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling