Atrof-muhitni boshqarish predmeti
Download 49.47 Kb.
|
3-тема
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Tabiat-jamiyat” tizimining evolyutsion rivojlanishida quyidagi beshta ijtimoiy-ekologik bosqichlari mavjud: 1-bosqich
. Atrof-muhitni boshqarish predmeti. Butun dunyoda atrof-muhitni samarali boshqarish (atrof-muhitni muhofaza qilish) korxonalarda ishlab chiqarish sifatini boshqarish tizimi bilan bevosita bog’langan bo’lib, uning asosiy vazifalarini hal qilishda muhim o’rin tutmoqda va korxonani umumiy boshqarish tizimini ajralmas qismi sifatida qaralmoqda. Inson — biosferaning farzandi – biosferada yashovchi tirik organizmlar turkumiga kiruvchi, lеkin murakkab hayotiy faoliyat yurgizuvchi individdir. Inson ongining yuqoriligi, nutqining rivojlanganligi, ijodiy faolligi, takomillashgan mehnat qurollarini yarata olishi, axloqiy, ma’naviy hamda ruhiy o’z-o’zini anglay olishi bilan boshqa tirik organizmlardan tubdan ajralib turishi bilan birga, o’zini “hukmdor” -deb his qildi. Inson, tabiat qonunlarini tushingan va tushinmagan holatda o’zini, tabiatga — homiy, doimiy tarzda “o’zgartiruvchi” (konvertor) sifatida qarab, unga ijobiy va salbiy (asosan salbiy) ta’sir ko’rsata boshladi. U, o’z bilimi va tajribalariga tayanib, tabiiy resurslardan foydalana boshladi hamda, o’zini xohish-istaklariga moslab, sun`iy landshaft(turli inshoot)larni yarata boshladi. Tarixdan bizga ma’lumki, “Tabiat-jamiyat” tizimining evolyutsion rivojlanishida quyidagi beshta ijtimoiy-ekologik bosqichlari mavjud: 1-bosqich. Uzoq vaqt davomida insonlar tayyor mahsulotlarni termachilab va ov bilan kun kechirganlar. Insonlar tabiiy sharoit va oziq-ovqatning mavjudligiga to’la qaram bo’lgan. Bundan 40 ming yil oldin yer yuzida aholi soni 10 mln. kishidan ortgan. Keyingi 30 ming yil davomida, mehnat va ov qurollarini takomillashtirish, hayvonlarni xonakilashtirish (chorvachilikni shakllanishishining dastlabki bosqichi), ayrim o’simliklarni etishtirish (ziroatchilikni shakllanishishining dastlabki bosqichi) bilan insoniyat asosan, oziq-ovqat ta’minoti masalasini hal qilgan. Bu davrda insonlarning atrof-muhitga ta’siri mahalliy darajada bo’lgan. Bu ibtidoiy bosqich -deb yuritiladi. Keyinchalik dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi bilan insonlar o’troq yashashga o’ta boshladilar va jamiyat shakllandi. Insonlarning atrof-muhitga ta’siri xarakteri va miqyosi o’zgarib borgan. Download 49.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling