Atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish zarurati


Download 22.91 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi22.91 Kb.
#1569469
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ekologik madaniyat


Reja:
1.Atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish zarurati.
2.Atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish asoslari.
3. Ekologiya huquqining predmeti.
4.Xalqaro ekologiya huquqi.
5.Ekologiya huquqining o’ziga xos usullari
6.Ekologik huquqning boshqa huquq sohalaridan farqi.
Atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish zarurati
Siz ekologiya va atrof-muhitni muho­faza qilish haqidagi tasavvurlarga ega bo'ldingiz. Uning umumiy va xususiy jihatlarini ko'rib chiqdingiz. Ekologik muammolarning yil sayin ko'payib borayotganligiga ishonch hosil qildingiz. «Ushbu muammolarni bartaraf etish, atrof-muhitni barqaror va xavfsiz holda ushlab turishi faqatgina dunyo hamjamiyatimng birgalikdagi harakati va ushbu harakatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishgina insoniyatni ekologik inqirozdan olib chiqishi mumkin», deydi buyuk ingliz ekolog olimi Yu.Odum. Bu haqda 2002 yil Janubiy Afrika Respublikasining Yoxanasburg shahrida bo'lib o'tgan «Barqaror rivojlanish»ga oid xalqaro sammitda ham alohida e'tibor berilgan.
Kishilik jamiyatining bundan keyingi rivoji qanday yo'ldan borishi kerak, degan o'rinli savol tug'iladi. Bizning fikrimizcha, yagona yo'l umuminsoniy qadriyatlarni ifoda etuvchi, xalqaro huquq prinsiplaridan kelib chiquvchi va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlovchi huquqiy-demokratik yo'ldir. Hozirgi davrda butun dunyo hamjamiyati uchun eng dolzarb masala, bu barqaror rivojlanishdir. Ta'kidlash joizki, odamlar, avvalambor, o'z sihat-salomatligi, tinchligi va baxtli hayoti uchun qayg'uradilar, albatta. Ana shunday ezgu niyatlarini amalga oshirishda kishilar butun kuch-g'ayratlarini ishga soladilar, muayyan davlat tarkibidagi turli progressiv jamoa (uyushma)larga birlashadilar. Kishilik jamiyatining hozirgi rivojlanish bosqichidagi, bunday xatti-harakatlari kishilarning yurish-turishi, ya'ni hayot faoliyatini ifodalovchi qoida va me'yorlar orqaligina amalga oshiriladi. Ij-timoiy munosabatlarning ana shunday yozma ifodasi fanda huquq deb ataladi.
Atrof-muhit muhofazasi, uning buzilgan qismlarini qayta tiklash, atrof-muhit xavfsizligini ta'minlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish jarayonida yuzaga keladigan kishilar o'rtasidagi munosabatlar ijtimoiy munosabatlar turkumiga kirib, fanda umumlashtirilgan tarzda uni- ekologik munosabat, aniqrog'i, ekologik-huquqiy munosabat deb ataladi.
Barqaror rivojlanish yo'lida turgan har qanday davlat uchun huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish pirovard maqsad hisoblanadi. Chunki unda xalq irodasi qonunlarda aks etadi, fuqarolarning davlat boshqaruvida faol ishtirok etishlari qonun ustivorligini ta'minlashda va adolatni yuzaga chiqarishda so'zsiz xizmat qiladi.
Ekologik munosabatlarni huquqiy tartibga solish uchun milliy va xalqaro huquqda ekologik me'yorlar va qoidalarni tabiat qonuniyatlariga mos ravishda ishlab chiqish, ularni vakolatli davlat organlari, nodavlat tashkilotlar yoki jamoalar tomonidan qabul qilish, faoliyat ko'rsatuvchilar (ishtirokchilar) o'rtasida ushbu me'yorlarni umummajburiy kuchga ega qilish va albatta, huquqiy madaniyatli kishilarni rag'batlantirish, huquqbuzarlarni esa tegishli yuridik javobgarlikka tortish mexanizmi (muqarrarligi)ni yaratish zarur. Aks holda, atrof-muhitni muhofaza qilishning huquqiy jihatdan tartibga solish imkoniyatini yuzaga chiqarish mumkin bo'lmaydi.Demak, ekologik munosabatlarni huquqiy tartibga solish nafaqat atrof-muhit muhofazasiga, balki xalqlar va davlatlar o'rtasida barcha mahalliy, mintaqaviy va umumbashariy masalalarni demokratik yo'sinda hal etishga hamda insoniyatni barqaror rivojlanish tamoyillariga rioya qilishga olib kelar ekan.

Download 22.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling