Bola tug‘ilgani uchun beriladigan nafaqa


Download 437.32 Kb.
bet1/21
Sana03.12.2023
Hajmi437.32 Kb.
#1801480
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Ijtimoiy xizmatlar va moddiy yordamning boshqa turlari


Bola tug‘ilgani uchun beriladigan nafaqa (suyunchi puli)
Bola tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan nafaqa (suyunchi puli) bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarini tashkil etadi.
Mazkur nafaqa:

  • ishlayotgan ayollarga – ish joyidan;

  • ta’lim olayotgan ayollarga – o‘qish joyidan;

  • o‘qimaydigan va ishlamaydigan ayollarga – eri ishlaydigan yoki o‘qiydigan joyidan;

  • o‘qimaydigan va ishlamaydigan ota-onalarga – Pensiya jamg‘armasi tomonidan to‘lanadi.

  • Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bola tug‘ilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida murojaat qilingan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladi va nafaqa puli nafaqa etkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot tomonidan to‘lanadi.

Nafaqani olish uchun FHDYo bo‘limi tomonidan berilgan bolaning tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomasini topshirishi lozim. Mazkur ma’lumotnoma FHDYo bo‘limi tomonidan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bilan birga taqdim etiladi. Nafaqa olinishi uchun ma’lumotnoma nafaqani to‘lovchi organga 6 oy ichida topshirilishi kerak. Ushbu muddat o‘tgandan keyin nafaqa to‘lanmaydi.

  • Agar ma’lumotnoma yo‘qotib qo‘yilsa, ish, o‘qish joyidan nafaqa olinmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga asosan FHDYo bo‘limidan takroran ma’lumotnoma olish lozim bo‘ladi.

  • O‘lik bola tug‘ilgan xollarda nafaqa to‘lanmaydi.

Bolalar uyiga qabul qilish
Bolalar uyi etim bolalar, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar hamda psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun davlat ta’lim-tarbiya va davolash-sog‘lomlashtirish muassasasi hisoblanadi.
Bolalar uyi kecha-kunduz faoliyat ko‘rsatadi va 2 tipdan iborat bo‘ladi:
1) bolalar 3 yoshgacha bo‘ladigan umumiy tipdagi Bolalar uyi. Zaruriyat bo‘lganda ushbu muassasalarda 4 yoshgacha qabul qilinadigan, ular 7 yosh to‘lgangacha bo‘lishi mumkin bo‘lgan psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan guruhlar tashkil etiladi;
2) 4 yoshgacha qabul qilinadigan, ular bu erda 7 yoshga to‘lgangacha bo‘lishi mumkin bo‘lgan psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tipdagi Bolalar uyi.

Download 437.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling