BOLALARDA, ChANOQ UMURTQA POG‘ONASI VA OYoQ ShIKASTLARINING
XUSUSIYaTLARI
ChANOQ SUYaKLARINING SINIShI
Bolalarda chanoq suyagining jarohati kam uchrasada (1,4— 4,3%), ammo og‘ir kechadi.
Chunki chanoq suyaklarining sinishi ko‘pincha balandlikdan tushib ketish,
avtomobildan
shikastlanish oqibatida kuzatiladi. Bunda faqat chanoq suyaklari sinmay, balki qorin va chanoq
bo‘shlig‘ida joylashgan ichki a’zolar ham jarohatlanadi.
Sinish chizig‘i U-simon tog‘aydan, dumg‘aza-yonbosh
sinxondrozidan yoki yonbosh
suyagining oldingi qirralaridan o‘tadi. Chanoq bir necha suyaklarning birlashishidan tashkil
topganligi, birikib chanoq halqasi va yopqich
teshigini hosil qilishi, undan boshlangan
muskullarning son suyagiga va ko‘krak qafasiga birikishi o‘ziga
xos sinishlar va singan
bo‘laklarning o‘zgacha siljishiga sabab bo‘ladi.
Singan chanoq suyagining tasnifi. A) Chanoq suyagi qirralarining sinishi. B) Chanoq
halqasining butunligi buzilmagan holda sinishi. V) Chanoq halqasining butunligi buzilgan holda
sinishi. G) Chanoq suyagining quymich kosachasi sohasida sinishi.
Chanoq suyagi qirralarining sinishi. Bu turdagi sinishlar deyarli yengil kechadi.
Bunday jarohat yoshi kattaroq bolalarda ko‘proq uchraydi. Ta’sir qiluvchi
kuch bevosita suyak
qirralariga ta’sir qiladi.
Yonbosh suyagining old-yuqorigi qirrasi singanda singan yerda og‘riq sezilib,
shish
paydo bo‘ladi. Singan bo‘lak son fassiyasini taranglashtiruvchi va mashinachi muskulning
qisqarishi ta’sirida pastga tortiladi. Bemor oyog‘ini ko‘tarib oldiga yurganda og‘riq kuchayadi.
Shuning uchun bunday bemorlar orqaga qadam tashlab yurishni ma’qul ko‘radilar. Bu
Lozinskiy
simptomi deyiladi.
Davosi. Birinchi o‘rinda singan sohaga 1%li novokain eritmasidan yuboriladi (bolaning
yoshiga qarab 10 ml gacha). Keyin esa yuqorida aytib o‘tilgan
mushaklar tarangligini
kamaytirish uchun oyoq 2 haftaga Beller shinasiga qo‘yiladi. Agar bunday holatda bemor
yotishga qiynalsa, u holda uni Volkovich holatida yotqizish mumkin.
Yonbosh suyagining oldingi pastki qirrasi singanda singan joyda og‘riq,
teri ostiga qon
quyilishi va shish kuzatiladi. Singan bo‘lakni sonning to‘g‘ri muskuli tortadi.