Boshskeletsizlar (acrania) kenja tipi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Maruza (2)
BOSHSKELETSIZLAR (ACRANIA) KENJA TIPI Boshskeletsizlar kenja tipining umumiy tavsifi. Boshskeletsizlar kenja tipi vakillarining tashqi va ichki tuzilishi, ko`payishi, rivojlanishi, sistematikasi va kelib chiqishi. Boshskeletsizlar haqiqiy dengiz hayvonlari bo`lib, ko`pchilik turlari suv tubida hayot kechiradi. Bu kenja tip vakillari butun hayoti davomida xordalilar tipining tuzilishi xususiyatlarini saqlab qoladi. Ana shu sababdan boshskeletsizlar xordalilarni kelib chiqishini tushuntirishda katta ahamiyatga ega. Boshskeletsizlar kenja tipi 30-35 ga yaqin turdan iborat yagona Xordaboshlilar (Cephalochordata) sinfini o`z ichiga oladi. Boshskeletsizlar kenja tipining vakillaridan - lantsetniklar Atlantika, Tinch va Hind okeanlari hamda ular bilan bog’liq bo`lgan tropik va mo``tadil iqlimli dengizlarda, shu jumladan, Qora dengizda ham tarqalgan. Lantsetniklar odatda sohil yaqinida suv tubida hayot kechiradi. Lantsetnikni birinchi marta P.S.Pallas 1774 yilda tasvirlab bergan. Lekin olim uni mollyuskalar tipiga kiritgan. Keyinchalik ayrim zoolog olimlar lantsetnikni baliqlarga kiritishgan. Faqat atoqli rus embriologi A.O.Kovalevskiy lantsetnikni haqiqiy xordali hayvon ekanligini va u lichinka xordalilar bilan umurtqalilar kenja tiplari o`rtasida turuvchi oraliq forma ekanligini ko`rsatib bergan. Xordaboshlilar sinfi lantsetniklar (Branchio-stoma) va simmetriyasizlar (Asymmetron) avlodlarini o`z ichiga oladi. Keyingi avlod vakillarining tanasi assimmetrik tuzilishga ega. Ularning kattaligi 5 sm ga yaqin bo`lib, jinsiy bezlari tanasining o`ng tomonida joylashganligi va suzgich qanotlarining tuzilishi bilan haqiqiy lantsetniklardan farq qiladi. Boshskeletsizlardan Qora dengizda tarqalgan Yevropa lantsetnigi - Branchiostoma lanceolatum yaxshi o`rganilgan. Quyida Yevropa lantsetnigining tuzilishi va hayot kechirishiga tavsif beriladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling