«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan


Download 0.53 Mb.
bet1/77
Sana22.11.2021
Hajmi0.53 Mb.
#176613
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
ЕТК маруза





ANNOTATSIYA
«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua DTS talablari asosida tuzilgan. Respublikamizda iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirish hamda bozor munosabatlarining rivojlantirishda malakali mutaxassislarni tayyorlashga zaruriyat katta. SHuning uchun, ushbu fanni o‘qitilishidan maqsadi–sanoat ishlab chiqarishdagi asosiy elektr texnologik qurilmalarining fizik asoslari. Vazifasi- ishlash prinsipi, sxemalari va konstruktiv echimlar hamda ishlashini boshqarish bo‘yicha bilimlarni shakllantirishdan iborat.

Fanni ishlab chiqarishdagi o‘rni – sanoat korxonalarning elektr uskunalari va iste’molchilarini loyihalash, montaj qilish, ishlash va holatlarini boshqarishda ularning xarakteristikalarini bilish,normal holatlarni hisoblash, tahlil qilish.

Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun talabalar quydagilarni o‘zlashtirish lozim:

Elektr texnologik qurilmalar fani asosiy elektr energetika fani hisoblanib 3-4 semestrda o‘qitiladi. O‘quv-uslubiy majmuani amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika, nazariy mexanika), umumkasbiy (mashina detallari;) materiallar qarshligi, mashina va mexanizimlar nazariyasi; metrologiya, standartlash-tirish va sertifikatlash; energetika (gidro va issiqlik qurilmalari); elektr energetika asoslari (elektr energiyani uzatish, tasimlash va iste’moli; stansiya va podstansiyalarning elektr kismi; o‘tkinchi jarayonlar; elektr tarmoqlari va tizimlari; stansiya va elektr ta’minoti tizimining rele himoyasi, shaxarlarning elektr ta’minoti) va h.k fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari talab etiladi.

Elektr texnologik qurilmalar tizimlarini va tarmoqlarini loyihalash qurish, montaj qilish, ishlatish va holatlarini boshqarishda uning elementlarining xarakteristikalarini bilish, almashtirish sxemalarini qurish, normal holatlarini hisoblash, holatlarini tahlil qilish zarurdir.

Ushbu fan talabaga yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun zaruriy bilimlarni beradi. SHuning uchun ushbu fan elektr energetika asoslari kursi fani hisoblanib, ishlab chikarish texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘inidir.

Talabalar “Elektr texnologik qurilmalari” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedogogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar va maketlaridan foydaliniladi. Ma’ruza, amaliy va tajriba mashg‘ulotlarida mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnalogiyalardan foydaliniladi.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling