Tibbiyot mikrobiologiyasi


Download 242.08 Kb.
bet1/27
Sana31.01.2024
Hajmi242.08 Kb.
#1828400
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Tibbiyot mikrobiologiyasi javob (2)


  1. Tibbiyot mikrobiologiyasi” faniga kirish

Keyingi yillarda mikrobiologiya fani sohasida shu qadar ko'p ma'lumotlar to'plandiki, endilikda u bir necha tarmoqlarga bo'lingan va bu tarmoqlar o'ziga xos rivojlanish yo'lidan bormoqda. Tibbiyot, veterinariya, sanoat yoki texnika, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqatlar mikrobiologiyasi, kosmik mikrobiologiya va boshqalar shular jumlasidandir.
Hozirgi zamon tibbiyot mikrobiologiyasi keng qamrovli soha bo'lib, o'z navbatida bakteriologiya (bakteriyalar haqidagi ta'limot), virusologiya (viruslar haqidagi ta'limot), immunologiya (organizmning patogen va boʻlmagan mikroorganizmlardan hamda organizmga irsiy jihatdan begona bo'lgan antigenlardan himoya qiladigan vositalarini oʻrganadi), Infeksion jarayon.
Tibbiyot mikrobiologiyasi umumiy va xususiy qismlardan iborat. Umumiy qismda mikroblarning tuzilishi va tashqi ko'rinishi (morfologiyasi), fiziologik jarayonlari, genetikasi, ulardagi moddalar almashinuvi va ko'payish jarayonlari, nafas olishi va oziqlanishi, patogen mikroblar bilan makroorganizm o'rtasidagi o'zaro munosabatlar hamda organizmning himoya vositalari (immunitet) o'rganiladi.
Xususiy qismda yuqumli kasalliklar qo'zg'atuvchilarining morfologik, biokimyoviy, patogenlik (kasallik qoʻzgʻatish) xususiyatlari, shuningdek bu kasalliklarni laboratoriya usulida aniqlash, maxsus davolash va oldini olish chora-tadbirlari tahlil qilinadi.


  1. Infeksion jarayon.

Infeksiya - (lotincha infectio – ifloslanish, yuqish degan ma’noni
anglatadi) – bu kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlarning organizmga kirishi bo‘lib, bunda organizm bilan ular orasida murakkab jarayonlar kamplekisi rivojlanadi.
Infeksion jarayon – bu ma’lum tashqi muhit sharoitlarida kasallik qo‘zg‘atuvchilari ta’siriga javoban organizmda yuzaga keladigan fiziologik himoya va patologik reaksiyalar majmuidir. Biologik nuqtai nazardan infeksion jarayon parazitizmning o‘ziga xos bir ko‘rinishi hisoblanadi va bunda har xil yashash sharoitiga (muhitiga) ega bo‘lgan ikki organizm ko’rashadi.




  1. Download 242.08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling