Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


Download 315.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/31
Sana09.04.2023
Hajmi315.68 Kb.
#1346718
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qariganda, mehnat qobiliyatini to‘liq
yoki qisman yo‘qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy ta’minlanishdan iborat konstitutsiyaviy
huquqlarini ro‘yobga chiqarish, davlat pensiyalarining yagona tizimini, ularni tayinlash, hisoblab
chiqarish, qayta hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi.
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minotiga taalluqli huquqlari
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda davlat
tomonidan pensiya bilan ta’minlanish huquqiga egadirlar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Respublika hududidan tashqarida yashab turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini
pensiya bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga
oshiriladi.
(1-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 5-yanvardagi O‘RQ-318-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 4-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga egadirlar.
(1-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 5-yanvardagi O‘RQ-318-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 4-modda)
Ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar va ularning oilalari ushbu Qonunga binoan davlat
pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. Ularning ijtimoiy ta’minlanish tartibini O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo‘yadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-son qarori bilan
tasdiqlangan “Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga
layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 
nizom
.

Download 315.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling